Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.3K subscribers
7.26K photos
1.66K videos
133 files
7.65K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#jamoatchilik_kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi saylandi

👉
Batafsil
______________
#общественный_совет

Избран председатель Общественного совета при Государственном налоговом комитете Республики Узбекистан

👉
Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jamoatchilik_kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi saylandi
__
#общественный_совет

Избран председатель Общественного совета при Государственном налоговом комитете Республики Узбекистан

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#jamoatchilik_kengashi

Ayni daqiqalarda Savdo sanoat palatasida "Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi muhokamasi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati va Jamoatchilik kengashi a’zolari, shuningdek, Moliya vazirligi, Savdo sanoat palatasi, Biznes Ombudsman va soliq maslahatchilari ishtirok etmoqda.

Soha mutaxassislari takliflarini olish va loyihani yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#jamoatchilik_kengashi

Jamoatchilik kengashi a’zolari foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakllarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi

Joriy yilning 8-fevral kuni Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakllarini to‘ldirish masalalari hamda faktoringni tartibga solish bo'yicha Soliq kodeksiga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar kiritish bo‘ldi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, soliq hisoboti shakllari soliq to‘lovchilarni ogohlantirish va xatolikarning oldini olishiga yordam berishi hamda soliq organlari nazorat funksiyalarini amalga oshirishi uchun etarli ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.

Mutaxassislar kelgusi yilda foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakllarini to‘ldirish, xususan, soliq to‘lovchilarga ma’lumotlar avtomatik shakllanadigan ba’zi “sariq” katakchalarni tahrirlash imkoniyatini berish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi.

Bundan tashqari, da’vo huquqini (debitorlik qarzlarini realizatsiya qilish) boshqa shaxsga o'tkazishda soliq solinadigan bazani aniqlash tartibining qonunchilik jihatlari muhokama qilindi.

Jamoatchilik kengashi aʼzolari Soliq kodeksiga Oʻzbekistonda faktoringni rivojlantirish yoʻlidagi soliq toʻsiqlarini olib tashlaydigan oʻzgartirishlar kiritishni taklif qildi.

Jamoatchilik kengashi o‘z a’zolarini Soliq qo‘mitasining onlayn seminarlarida ishtirok etish taklifini ma’qulladi.

Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishini 22-fevral kuni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unda, jumladan, Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida “E-Ombor” (E-Aktiv) tizimi masalasi ko‘rib chiqiladi va lizingga soliq solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi.
__
#общественный_совет

Члены Общественного совета обсудили совершенствование форм отчетности по налогу на прибыль

8 февраля этого года в онлайн-формате состоялось очередное заседание Общественного Совета при Налоговом комитете.

В повестку дня вошли вопросы заполнения форм отчетности по налогу на прибыль и предложения по внесению в Налоговый кодекс изменений по налоговому регулированию факторинга.

Эксперты отметили, что формы налоговой отчетности должны способствовать предупреждению и предотвращению ошибок налогоплательщиков и предоставлять достаточный объем информации для осуществления налоговыми органами своих контрольных функций.

Специалисты обсудили предложения по дополнению форм отчетности по налогу на прибыль в следующем году, в частности, предоставлению налогоплательщикам возможности редактирования некоторых «желтых» ячеек, информация в которых формируется автоматически.

Кроме того, были обсуждены  законодательные аспекты порядка определения налоговой базы при уступке права требования (реализации дебиторской задолженности). 

Члены Общественного совета предложили внести изменения в Налоговый кодекс, которые снимут налоговые преграды для развития факторинга в Узбекистане.

Общественный совет одобрил предложение об участии его членов в онлайн-семинарах Налогового комитета.

Следующее заседание Общественного совета решено провести 22 февраля. На нем, среди прочих, при участии специалистов Налогового комитета будет рассмотрен вопрос о системе E-Ombor (E-Aktiv) и обсуждены предложения по совершенствованию налогообложения лизинга.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jamoatchilik_kengashi

Jamoatchilik kengashining navbatdagi* yig‘ilishi MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot va kurs farqlari bo‘yicha soliq hisobini huquqiy tartibga solish masalalariga bag‘ishlandi

Joriy yilning 15-fevral kuni Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan onlayn formatda hisobot va soliqqa tortishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Prezidentimizning “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (PQ-4611 24.02.2020-yil) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda Soliq kodeksida kurs farqlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

So‘zga chiqqan ekspertlar yirik soliq to‘lovchilar uchun MHXSga majburiy o‘tish bo‘yicha qonunchilik talablarini amalga oshirishda muammolar mavjudligini qayd etdi.

Jamoatchilik kengashining ayrim a'zolari quyidagilar hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlashni majburiy deb hisobladi:
- boshqa shaxslarning pul moliyaviy resurslarini jalb qiluvchi va ulardan o‘z manfaatlari yo'lida foydalanadigan tashkilotlar;
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilar;

MHXS taqdim etishga majburiy o‘tgan, ammo buning uchun iqtisodiy rag‘batga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari buni og‘ir, deb hisoblaydi, degan fikr bildirildi.

Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni jadallashtirish taklif etilmadi. Bu O‘zbekistonga buxgalterlar uchun uzilishlarsiz, korxonalar uchun ortiqcha xarajatlarsiz xalqaro moliyaviy hisobot tamoyillariga o‘tish imkonini beradi.

Mutaxassislar kurs farqini atroflicha muhokama qilib, Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi.

Mazkur masalalarni muhokama qilishni davom ettirish va kengash a’zolari tomonidan ma’qullangan takliflarni e’lon qilish hamda Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishini 29-fevral kuni o‘tkazishga qaror qilindi.

* Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi 22-fevral kuni o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qilingan edi. Navbatdan tashqari seminar masala dolzarbligi sababli bo‘lib o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jamoatchilik_kengashi

Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari VM-595-son qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi 16-may kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Avvalo, tadbirkorlar onlayn nazorat-NKTlarni erkin tanlashi va soliq organlari tomonidan muayyan bir rusumdagi texnikadan foydalanishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi dolzarb masala ko‘tarildi.

Mutaxassislar Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-595-son 22.09.2021) qarorida belgilangan normalar bo‘yicha ham fikr almashdi. Ayni paytda mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilmoqda.

Jamoatchilik kengashi a’zolari mazkur hujjatni takomillashtirish, xususan, QQS guvohnomasini olish va uni bekor qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq xavfi darajasini aniqlash va boshqa talablar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
__________
#общественный_совет

Члены Общественного совета при Налоговом комитете дали свои предложения по пересмотру положений ПКМ №595

16 мая в онлайн-формате состоялось очередное заседание Общественного совета при Налоговом комитете.

В первую очередь, был затронут актуальный на сегодняшний день вопрос о свободном выборе предпринимателем онлайн-ККТ и недопустимости принуждения со стороны налоговых органов к использованию определенной модели.

Специалисты также обменялись мнениями по положениям Постановления Кабинета Министров "О мерах по дальнейшему совершенствованию учета налогоплательщиков и упрощению порядка возмещения НДС" (ПКМ № 595 от 22.09.21 г.). В данное время проводится оценка регуляторного воздействия этого нормативно-правового акта.

Членами Общественного совета высказаны предложения по усовершенствованию документа, в частности, пересмотру порядка получения и аннулирования действия свидетельства НДС, определения уровня налогового риска и других требований.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jamoatchilik_kengashi

Jamoatchilik kengashi va Soliq qo‘mitasi mutaxassislari "Avtokameral" tizimidagi formulalarni muhokama qilmoqda

Ayni daqiqalarda Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va qo‘mita mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Unda Jamoatchilik kengashi raisi Mixail Perper, shuningdek, soliq maslahatchilari Irodaxon Abbosxonova, Irina Podolskaya va Natalya Turalinovalar ishtirok etmoqda.

Ekspertlar Soliq qo‘mitasi mutaxassislari bilan birgalikda “Avtokameral” tizimida soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshiruvdan oldingi tahlil qilish formulalarini muhokama qilmoqda.
___________
#общественный_совет

Специалисты Общественного совета и Налогового комитета обсуждают формулы в системе "Автокамерал"

В эти минуты проходит встреча с членами Общественного совета при Налоговом комитете. В ней принимают участие председатель Общественного совета Михаил Перпер, а также налоговые консультанты Иродахон Аббосхонова, Ирина Подольская и Наталья Туралинова.

Эксперты совместно со специалистами Налогового комитета обсуждают формулы предпроверочного анализа деятельности налогоплательщиков в системе "Автокамерал".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads