Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.1K subscribers
7.6K photos
1.77K videos
141 files
8.01K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#EHF #yashirin_iqtisodiyot

📘Yuridik shaxslar va YATTlar tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat taqdim etilganda, ushbu tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilganlik uchun hisobvaraq-faktura taqdim etilmaydi.

Bugungi kunda onlayn-NKTlardan foydalanuvchilar uchun soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirish tizimi joriy etilgan bo‘lsada, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi baʼzi tadbirkorlar jismoniy shaxslarga realizatsiyalarini bir tomonlama EHF orqali rasmiylashtirgan.

Xususan, joriy yilning I choragida 27 188 ta korxona tomonidan jami QQS summasi 3,6 trln so‘mga bir tomonlama EHF, shundan 1,6 trln so‘mlik EHFlar ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarga realizatsiya uchun rasmiylashtirilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tovarlar (xizmatlar) harakati ketma-ketligini nazorat qilish maqsadida quyidagilar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati cheklanishini maʼlum qiladi:

🔸2022-yil 11-iyuldan onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish, neft-gazni qayta ishlash, ularni saqlash va tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar;

🔸2022-yil 11-sentabrdan norezidentdan import qilingan ishlar (xizmatlar) hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar.

👉Noruda foydali qazilmalarni tashishda EHF tovar-transport yukxati asosida shakllanadi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv
#yashirin_iqtisodiyot

Qurilish sohasida uchrayotgan soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlari muhokama qilindi

Fiskal institutda DSQ rahbariyati va mas'ul xodimlari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari, Fiskal instituti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari hamda qurilish sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda soliq nazorat tadbirlari davomida aniqlangan huquqbuzarliklar muhokama qilindi. Xususan:

🔻turar joy obyektlarini o‘rtacha bozor narxidan keskin darajada past narxda realizatsiya qilish;

🔻hisobotlarda xarajatlarni sunʼiy ravishda oshirib ko‘rsatish orqali foyda solig‘ini to‘lamaslik;

🔻jismoniy shaxslar tomonidan qurilish korxonalari ustav jamg‘armasiga yirik miqdorda pul mablag‘lari, bino va inshootlar, qurilish mollari kiritish va realizatsiya qilinishi;

🔻bajarilgan ishlar hajmini EHF rasmiylashtirmaslik orqali yashirish holatlari misollar shaklida taqdimot qilindi.

👉Batafsil
__________
#встреча
#теневая_экономика

Обсуждены типологии схем уклонения от уплаты налогов в строительной сфере

В Фискальном институте при участии руководства и ответственных сотрудников ГНК, экспертов Международного валютного фонда, профессоров и научных сотрудников Фискального института и представителей сферы строительства организован круглый стол.

Обсуждены нарушения, выявленные в рамках мероприятий налогового контроля, в частности:

🔻продажа жилья по цене значительно ниже среднерыночной;

🔻неуплата налога на прибыль путем искусственного завышения расходов в представленной отчетности;

🔻внесение физическими лицами в уставный капитал строительных организаций крупных сумм денежных средств, зданий и сооружений, строительных материалов с их последующей реализацией;

🔻сокрытие фактических объемов выполненных строительных работ за счет неоформления ЭСФ.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda

Yashirin iqtisodiyot ulushining ortishi raqobat va bozor mexanizmlarining izdan chiqishiga, aholi real daromadlarining pasayishi, ishchilar hamda isteʼmolchilar huquqlarining poymol boʻlishiga olib keladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

"Malika" savdo kompleksidagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida ishchi guruh tashkil etilib, "Malika" savdo kompleksidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#yashirin_iqtisodiyot #soliqchi_komakchi

"Jomiy" bozorida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ishlayotgan tadbirkorlar faoliyati qonuniylashtirildi

🔍Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida ishchi guruh tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda.

📍Navbatdagi profilaktik tadbir Olmazor tumanida joylashgan "Jomiy" qurilish mollari bozorida o‘tkazildi.

🧾Tadbir davomida tadbirkorlarga onlayn-NKTlaridan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi tushuntirildi.

📝Onlayn-NKT o‘rnatmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qurilmalar bilan ta'minlandi. Shuningdek, soliqlardan qochish maqsadida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ishlab kelayotgan tadbirkorlar faoliyati bozorda tashkil etilgan "Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi"da qonuniylashtirildi.

Bundan avval "Malika" savdo kompleksidagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganilgan edi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #soliqchi_komakchi

“Chinni bozor”dagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

🔍Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamkorligida “Chinni bozor”dagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

🧾Tadbir davomida tadbirkorlarga onlayn-NKTlaridan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi tushuntirildi.

Bozorda jami 329 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadi. Ularning 78 nafari yuridik shaxs, 251 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘rganish davomida bozorda 234 nafar ishchi qonuniy, 45 nafari esa norasmiy ishlayotgani aniqlandi. Mazkur holatni bartaraf etish bo‘yicha masʼullar tomonidan ish beruvchi tadbirkorlarga ko‘maklashilib, norasmiy ishlayotgan fuqarolar faoliyatlari qonuniylashtirildi.

Avvalroq "Malika" va "Jomiy" bozoridagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganilgan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #soliqchi_komakchi

"Sergeli mashina bozori"da profilaktik tadbir o‘tkazildi


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJga qarashli savdo majmuasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Savdo markazida 1501 ta turg‘un savdo do‘konlari mavjud bo‘lib, o‘rganishlar natijasida tadbirkorlarning 16 nafari onlayn-NKT o‘rnatmaganligi, 35 nafari yanvar oyida chek urmaganligi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan 130 ta fuqarolardan 44 nafari yakka tartibdagi tadbirkor, 28 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yordamchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda 58 tasi yuridik shaxslarga ishchi sifatida rasmiylashtirildi.

Hamkorlikda olib borilgan 3 kunlik tadbir natijasida bozorning savdo tushumi jami 18,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, yanvar oyi holatiga ko‘ra, savdo markazidagi tadbirkorlardan davlat budjetiga 2,3 mlrd so‘m soliq tushumi yo‘naltirilishi ta'minlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Gulistonda 76 mln so‘mlik alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi hamkorligida Guliston shahrida yashirin iqtisodiyotni oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, “Yangi bozor” hududida o‘tkazilgan tadbirlarda noqonuniy alkogol savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan savdo obyektlaridan umumiy hisobda 2 420 dona mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, “Namuna” MFY hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan biri ham noqonuniy alkogol savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida 97 dona alkogol mahsulotlari olindi.

Tadbirlar davomida huquqbuzarlardan jami 76 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Departament tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo`yicha profilaktik tadbirlar

Soliq organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorlikda soliq solish obyektlarini to‘liq hisobga olish, foydalanilmayotgan zaxiralarni safarbar etish orqali budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yashirin_iqtisodiyot

Taksi bozori: "soya"dan shaffof biznesga

O‘zbekistonda yaqin vaqtgacha "soya"da bo‘lib kelgan taksi xizmati sohasida transformatsiya yuz bermoqda. Bugungi kunga qadar Soliq qo‘mitasi iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini legallashtirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishdi.

Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan edi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov uchun 3 trln so‘mlik fiskal chek berildi. 1-mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

To'lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:
125,6 ming nafari 1 mln soʻmgacha;
104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;
45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;
78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;
7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Bu raqamlar norasmiy bandlik va mehnatga haq to‘lashning yashirin shakllarini legallashtirishning natijalarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish – bu haydovchilar va yo‘lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo‘lidagi muhim qadam.
______________
#теневая_экономика

Рынок такси: от теневого сектора к прозрачному бизнесу


В Узбекистане происходит трансформация сферы услуг такси, которая еще недавно находилась в тени. На сегодняшний день Налоговый комитет добился определенных результатов в легализации этого сектора экономики.

Еще в апреле с информационными системами налоговых органов было интегрировано 6 агрегаторов такси. На сегодняшний день интеграцию прошли 142 агрегатора.

С начала года по 15 августа через агрегаторы осуществили более 166 млн поездок, по которым выданы фискальные чеки на сумму 3 трлн сумов. В сравнении с данными на 1 марта (18,3 млн поездок) число зафиксированных в базе данных поездок увеличилось в 9 раз.

Более полумиллиона граждан (576,1 тысяч), ранее работавших нелегально, теперь официально зарегистрированы как самозанятые в сфере пассажирских перевозок. Свыше 361 тысяч из них оказывают услуги через агрегаторы, что в 2 раза больше, чем по данным, доступным в марте.

Фискализация платежей позволяет получать информацию о том, как распределяются доходы самозанятых водителей:
125,6 тысяч из них за это время заработали до 1 млн сумов:
104 тысячи - от 1 млн до 5 млн сумов;
45,3 тысяч - от 5 млн до 10 млн сумов;
78 тысяч - от 10 до 50 млн сумов;
7,6 тысяч - от 50 до 100 млн сумов.

У 171 водителя доход превысил 100 млн сумов.

Эти цифры наглядно демонстрируют результаты легализации неформальной занятости и скрытых форм оплаты труда.

Обеление рынка такси – это шаг к созданию более справедливого и прозрачного рынка, где права как водителей, так и пассажиров защищены законом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads