#hayʼat
Hayʼat majlisi: Davlat soliq xizmati organlarining muhim vazifalari muhokama qilindi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida soliq xizmati tomonidan aholi va tadbirkorlikka ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan muhim vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan Davlat soliq qo‘mitasining Hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan majlisda markaziy apparat tuzilmalari hamda qo‘mita tarkibidagi tashkilot rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari ishtirok etdi.
Majlisda Davlat soliq qo‘mitasi Raisi - qo‘mita Hayʼati Raisi Sh.Kudbiyev mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash, rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan aniq choralarni belgilab berdi.
Hayʼat majlisida dastlab aholi va tadbirkorlardan kelgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan masalalarga ijobiy yechim topish borasidagi ishlar muhokama etildi.
Jumladan, Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektor hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 3 pog‘onali “mahallabay” ishlash tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
4-sektorlarga masʼul rahbarlarga joylarda ko‘tarilayotgan muammolarni hal etishda shaxsiy masʼuliyatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar topshirildi.
Majlis kun tartibidagi ikkinchi masala byudjet tushumlari prognozini taʼminlashga qaratildi. Unda hududiy davlat soliq boshqarmalari tomonidan mahalliy byudjet tushumlari, xususan, 2021 yil uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i tushumini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, Hayʼat majlisida respublikamizdagi barcha dehqon bozorlari va boshqa savdo markazlarida asosiy turdagi isteʼmol tovarlari narxlari barqarorligini taʼminlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar ham muhokama etildi.
Majlisda muhokama etilgan masalalar hamda bildirilgan takliflar asosida:
🔸 4-sektor hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 3 pog‘onali “mahallabay” ishlash tizimi doirasida muammolarni hal etgan holda aholi va tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish;
🔸 byudjet tushumlari prognozini taʼminlash choralarini ko‘rish;
🔸 barcha dehqon bozorlarida asosiy turdagi isteʼmol tovarlari narxlari barqarorligini taʼminlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish haqida Hayʼat qarori qabul qilindi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#hayat
Hay’at majlisi: 13 ta DSI boshlig‘i lavozimidan olindi, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi...
Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisi keskin tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi.
Unda joriy yilning I chorak yakunlari bo‘yicha soliq organlari faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va mamlakatimiz Prezidentining 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalarining so‘zsiz ijro etilishi masalalari muhokama qilindi. Jumladan:
Ayrim yirik soliq to‘lovchilari uchun joriy yilda soliq stavkalarining pasayishiga qaramasdan, budjet tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumbelgilangan iqtisodiy ko‘rsatkich (YaIM)ga nisbatan ham yuqori, ya’ni 17%ga o‘sganligi;
Yirik soliq to‘lovchilardan tashqari boshqa tadbirkorlik subyektlarining soliq ma’murchiligiga mas’ul hududlarda esa tushumlarning o‘rtacha o‘sishi 37%ni tashkil etganligi;
Bundan tashqari, soliq ma’murchiligining indikator soliqlaridan QQS 27%ga, hududlarda esa o‘rtacha 60%ga o‘sganligi;
Aylanmadan olinadigan soliq 1,3 baravarga o‘sib, ushbu soliq turidan eng yuqori o‘sish Farg‘onada 67% va Xorazmda 48%ni tashkil etganligi qayd etildi.
Bunday o‘sishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi qatorida soliq ma’murchiligini raqamlashtirishdagi dadil qadamlar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda mavjud muammolar ochiq va keskin ravishda tanqid qilindi.
Jumladan, soliq ma’murchiligini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va yuklatilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun:
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qashqadaryo va Toshkent viloyati DSB, Kogon hamda Andijon shahar DSI rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi.
Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar DSI boshliqlari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bag‘dod, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar DSI bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, G‘ijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani DSI Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘lim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.
O‘z o‘rnida, yuqori natijalarga erishgan Davlat soliq boshqarmalari va 64 ta soliq inspeksiyalari jamoasini moddiy rag‘batlantirishga qaror qilindi.
Hay’at yig‘ilishida DSQ raisi o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, shaxsiy mas’uliyati belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan har bir bo‘g‘inda temir intizomga rioya etgan holda, jahon bozoridagi keskin tebranishlarga qaramasdan yil boshida belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Soliqchi – ko‘makchi” institutining istiqbolli ko‘rsatkichlari, kichik va o‘rta biznes subyektlarini transformatsiya qilish, soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish kabi muhim yo‘nalishlarda aniq vazifalar belgilab berildi.

Hayʼat: natija, sarhisob va eʼtirof...
Joriy yilning 4-oktabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida qo‘mitaning navbatdagi Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishida o‘tgan 9 oylik natijalar va 2022-yilni munosib ko‘rsatkichlar bilan yakunlash bo‘yicha oktyabr-dekabr oylarida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Taʼkidlanganidek, joriy yilning 9 oyida budjetga 110 trln so‘m tushumlar jalb etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 trln so‘mga ko‘p (17%).
Tushumlarning o‘sishida yangi joriy etilgan instrumentlar ning hissasi sezilarli darajada bo‘ldi.
Xususan, QQS to‘lovchilarini soliq xavfiga qarab avtomatik segmentlash va QQS zanjiri uzilishini hisoblash (Tax gap) mexanizmi, hisobiga - 4,1 trln so‘m QQS tushdi va shuningdek, 2 mingga yaqin korxonaning 1,9 trln so‘mlik QQS zanjirida uzilishlar bo‘lganligi sababli byudjetdan asossiz mablag‘larni qaytarib olishining oldi olindi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomiga rioya etilishi bo‘yicha rag‘batlantirish institutining (“Cashback” va “Soliq” mobil ilovasi joriy etilishi aholining faolligini oshirib, yashirin tovar aylanmalarini soyadan chiqarishga sabab bo‘ldi va onlayn-NKM orqali tovar aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 161 foizga o‘sgani qayd etildi (79,7 trln so‘mdan 128,5 trln so‘mga yetdi).
Erishilgan ko‘rsatkichlarni, Xalqaro valyuta jamg‘armasining xalqaro soliq xuquqi bo‘yicha professori Rita de la Feria ham eʼtirof etganligi eslab o‘tildi. Xususan, u QQS zanjiri uzilishining avtomatlashtirilganligi, rivojlangan mamlakatlarning o‘zida ham barmoq bilan sanarli davlatlardagina borligi va umuman sohaning raqamlashtirilishini yuksak baholab o‘tgan edi.
Shuningdek, faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 17 ta DSI rahbar xodimlariga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish, hayfsan va ogohlantirish kabi intizomiy jazo choralari tayinlandi.
Shu bilan birga, soliq tushumlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan hududiy soliq organlari alohida eʼtirof etildi. III chorakda vazifalarni o‘z vaqtida va vijdonan bajargan hududiy davlat soliq organlari xodimlari munosib rag‘batlantirildi.
Yig‘ilishda IV chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

✅ Hay’at: erishilgan natijalar va oldinda turgan muhim vazifalar muhokama etildi
Joriy yilning 4 noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi rahbarligida qo‘mitaning navbatdagi Hay’at majlisi o‘tkazildi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq xizmati organlari boshliqlari telekommunikasiya vositalari orqali ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yirik soliq to‘lovchilarga (Navoiy va Olmaliq KMK) foyda va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlari stavkasining pasaytirilganligi, amortizasiya ajratmalari normalari – o‘rtacha 2 barobarga, 1 martalik investisiyaviy chegirma miqdori – 2 barobarga, faoliyat natijasida ko‘rilgan va kelgusi davrga o‘tkaziladigan zararlarning cheklangan miqdori joriy soliq davri soliq bazasining 60%idan 100%igacha oshirilganligiga qaramay, yanvar-oktyabr oylarida byudjetga 123,8 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 trln so‘mga ko‘p soliq tushumari ta’minlanganligi va hududiy davlat soliq boshqarmalarida tushumlarning o‘sishi 33 %ga yetganligi qayd etildi.
Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140 %, QQS 133 % va foyda solig‘i tushumlari (Navoiy va Olmaliq KMKlaridan tashqari) 156 %ga o‘sganligi ko‘rsatilib, yil yakunigacha ushbu o‘sish darajasini saqlab qolish manbalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish, QQS manfiy summalarni qoplab berish bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansolarlikka yo‘l qo‘yilayotganligi hamda soliq organlari tomonidan mavjud raqamlashtirish yangi instrumentlari orqali yetishtirilgan paxta hosilini hisobini yuritish va o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishda qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetarlicha ko‘maklashilmayotganligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Yo‘l qo‘ygan jiddiy xato kamchiliklari uchun Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi DSBlarining 4 nafar mas’ullari maxsus unvonlaridan mahrum etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, 4 ta rahbar va mas’ullarning intizomiy javobgarliklari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish so‘ngida, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning IV choragi va yillik prognoz ko‘rsatkichlarini barcha soliq turlari bo‘yicha sifatli ravishda so‘zsiz ta’minlash va qo‘shimcha daromadlarni jalb etish borasida ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hayat
Hayʼat yigʻilishi: 2023-yil yakunlari va joriy yilning dastlabki oyi natijalari tanqidiy muhokamasi va ustuvor vazifalarga bagʻishlandi
Soliq qoʻmitasining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda 2023-yil yakunlari va 2024-yilning dastlabki oyi natijadorligi tanqidiy ravishda keskin muhokama etilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Jumladan:
▫️mahallabay ishlash yangi institutining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish hisobiga mahalliy soliqlar bazasini kengaytirish;
▫️isteʼmol bozori va iqtisodiyotning oʻsishiga mos ravishda tushumlarni taʼminlash;
▫️yashirin ish oʻrinlari va ish haqini legallashtirish, soliqdan qochish sxemalarining oldini olish;
▫️xodimlarning ish samardorligi (KPI) va malakasini oshirish, kadrlarni tanlash hamda tizimda ijro intizomini yanada mustahkamlash masalalari jiddiy tanqid qilindi.
Shuningdek, qoʻmita raisi oʻrinbosarlari, hududiy boshqarma va tuman (shahar) rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi. Xususan, Izboskan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Mirzayev, Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Qodirov, Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i E.Erkabayev, Doʻstlik tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Tursunmuratov, Oqdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i O.Ilyasov, Jomboy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Baratovlarga hayfsan berildi.
Joriy yilda soliq organlarining ustuvor vazifalari 2024-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida makroiqtisodiy kompleks boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilganligi va ularning soʻzsiz ijrosini taʼminlashga qaratilgan yoʻl xaritasi loyihasi muhokama etildi.
Bunda:
▪️soliq bazasini kamida 20-30 %ga oshirish orqali belgilangan prognoz koʻrsatkichlari va qoʻshimcha daromadlarni jalb etish hisobiga soliq tushumlari barqarorligini taʼminlash;
▪️mahallabay ishlash tizimini kengaytirish va davlat ulushi yuqori soliq toʻlovchilar bilan “korxonabay” ishlash hamda toʻlov intizomini mustahkamlash;
▪️tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish, ularning ishonchini qozonish va maʼmurchilikni yanada yaxshilashga qaratilgan sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish;
▪️soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarishni ragʻbatlantirish va faqat reyting koʻrsatkichlari asosida manzilli tekshirishlar hisobiga har bir xodim, har bir tekshirish samaradorligini oshirish;
▪️xodimlarning dunyoqarashi, malakasi, Vatanga va xizmat burchiga sadoqati hamda shaxsiy masʼuliyatini oshirish kabi qoʻshimcha vazifalar belgilab olindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Hayʼat majlisi: erishilgan natijalar tahlil qilindi va galdagi vazifalar belgilab olindi
Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil I choragi, jumladan fevral oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda mart oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan navbatdan tashqari hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning yanvar-fevral oylarida budjetga 28 068 mlrd so‘m (fevral oyida 14 306,3 mlrd so‘m) soliq tushumlari taʼminlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 % o‘sdi.
Daromadlarni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 44 % (+369 mlrd so‘m), mol-mulk solig‘i 35% (+273 mlrd so‘m), yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 29 % (+697 mlrd so‘m), JShODS 23% (+976 mlrd so‘mga), AOS 19 % (+64 mlrd so‘m) o‘sdi.
Yanvar-fevral oylarida Pensiya jamg‘armasi daromadlari 7,1 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 937,3 mlrd so‘mga (15%) oshdi.
Shuningdek, “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida inspektorlar faoliyati ham tahlil qilindi.
Joriy yilning fevral oyida 1 119 nafar inspektorning samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 90 ball va undan yuqori bo‘lgan, shundan 496 nafari 95-100 ballik natijaga erishgan.
“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi maʼlumotlariga asosan samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) 90 ball va undan yuqori bo‘lgan 1 650 nafar rahbar va xodimlar rag‘batlantirildi.
Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, QQS maʼmurchiligi yo‘nalishlarida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajargan xodimlarga ham mukofot pullari berildi.
Shu bilan birga, biriktirilgan hududida yetarli ishlar tashkil etmagan 69 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shuningdek, 17 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Majlisda mart oyi, jumladan I chorak prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq taʼminlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Hayʼat majlisi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi
Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil aprel oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda may oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan Hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlanganidek, aprel oyida 14,6 trln soʻmlik soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning aprel oyiga (13 trln soʻm) nisbatan 1,6 trln soʻmga (12,1%) oʻsishga erishildi. Xuddi shu davrda – mol-mulk soligʻi 56%, aylanmadan olinadigan soliq 45%, yer soligʻi 38% va QQS 25% oʻsgan.
Shu bilan birga, aprel oyida 19 ta tuman (shahar)larda umumiy tushumlarni hamda 58 ta soliq inspeksiyasida aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hamda aksariyat hududlarda qoʻshimcha daromadlarni jalb etishda kutilgan natijalarga erishilmaganligi jiddiy tanqid qilindi.
Shuningdek, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi boʻyicha aprel oyi yakuniga koʻra samaradorlik koʻrsatkichi Navoiyda 68,8 ball, Toshkent shahrida 69,6 ball Qashqadaryoda 70 ball, Jizzaxda 70,3 balni tashkil etib, past daraja qolganligi tanqid qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Hayʼat yigʻilishida “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari faoliyati ham tahlil qilindi.
Xususan, joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” ATda baholash natijalariga koʻra respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi 92,2 ballni tashkil etib, 9 ta viloyatda 90 balldan oshgan boʻlsa, Andijon (84,8), Fargʻona (87,2), Samarqand (87,5), Namangan (89,7), Jizzax viloyatlarida 90 ballga yetmaganligi har bir mahalla kesimida tanqidiy muhokama etilib, masʼullarning hisobotlari eshitildi.
Oʻtgan oyda 377 nafar inspektorning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 95 balldan yuqori, 1 416 nafari esa 90 va 95 bal oraligʻidagi koʻrsatkichlarga erishgan boʻlsa, 2615 nafar inspektorlar 90 baldan past natijalarni qayd etgan.
Yigʻilishda, aprel oyida foydalanilmagan imkoniyatlar koʻrsatib oʻtilib, may oyida byudjetga soliq tushumlari va qoʻshimcha daromadlarni taʼminlash, soliq qarzini undirish, “korxonabay” va “mahallabay” ishlashda har bir xodimning samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, toʻlov intizomiga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlariga reyting koʻrsatkichlarini yaxshilashga koʻmaklashish, soliq toʻlovlarini kamaytirgan xoʻjalik subyektlari bilan manzilli ishlash kabi qator yoʻnalishlarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hayʼat majlisi: I yarim yillik yakuni va III chorakdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi
Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Majlisda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari, mahallalar, shuningdek korxonalarga biriktirilgan xodimlar (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.
Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi qayd eildi.
Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 %, yer soligʻi 31,2 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21%, AOS 19 % va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 %ga oʻsdi.
Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 % va QQS 20,6 %ga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16%) oshdi.
Eʼtirof etish kerakki, erishilgan natijalarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda.
“DSB maʼmurchiligi” (korxonabay)
2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi.
Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 balni tashkil etdi.
“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi (mahallabay)
Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi.
Shundan soʻng, xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.
Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.
Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi.

Shaxsiy masʼuliyat va tadbirkorlar ishonchi muhim omil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha I yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini tashkil etish maqsadida Soliq qoʻmitasi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, barcha tuman, shaharlar soliq inspeksiyalari boshliqlari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Hayʼat yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha hududiy soliq idoralari rahbarlarining mahalliy Kengashlarga murojaatnomasini tashkil etish, davlat budjetiga belgilangan prognoz koʻrsatkichlari va qoʻshimcha daromadlarni soʻzsiz taʼminlash borasida har bir boshqarma boshligʻining taqdimotlari muhokama qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ortiqcha toʻlovga yoʻl qoʻymaslik, mehnat, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻrilishi toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularning bartaraf etish ahvoli tanqidiy muhokama qilindi hamda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.
Respublikadan yordam olayotgan eng ogʻir - Boʻzatov, Boʻston, Qorakoʻl, Konimex, Yangiobod, Mingbuloq, Payariq, Sariosiyo, Sardoba, Pskent, Soʻx va Yangibozor tumanlari tushumlarini 2 karraga oshirish boʻyicha qoʻmita va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining shaxsan masʼuliyati belgilandi. Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlashda yondoshuv va ish uslubini tubdan oʻzgartirish taʼkidlandi.
Yigʻilishda, tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa etib belgilandi.
Prokuratura va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, ish oʻrinlari va ish haqi fondini legallashtirish boʻyicha har bir masʼul va rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yigʻilish amaliy seminar tarzida davom ettirilib, hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyasi rahbarlari maxsus oʻquv dasturlari asosida:
▫️qoʻshimcha manbalarni aniqlash boʻyicha mavjud dasturiy mahsulotlar imkoniyatidan keng foydalanish;
▫️“mahallabay”, “korxonabay” ishlash institutlari samaradorligini oshirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama amaliy koʻmak berish, har bir xodim faoliyati ular tomonidan baholanishi sababli o‘zaro ishonch va xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga koʻtarish;
▫️soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish va sud jarayonlarida budjet manfaatlarini himoya qilish;
▫️ish oʻrinlari va roʻyxatdan oʻtmasdan ishlayotgan fuqarolar faoliyatini legallashirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda manfaatdor idoralar bilan hamkorlik;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mavzularida oʻquv-amaliy seminarlari oʻtkazildi.
Shuningdek, dolzarb vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Hayʼat majlisi: 10 oylik natijalar tahlili, muhim vazifalar
Joriy yilning 10 oyi, jumladan oktabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Hayʼat yigʻilishida Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, qoʻmita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.
10 oylik natijalar:
• Umumiy tushum: 152,8 trln soʻm📈 15%
• Oktabr: 17,8 trln soʻm📈 17%
“Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlarida har bir xodimning samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etilishi natijasi va iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar zaminida 10 oylik oʻsish koʻrsatkichlari:
• Mol-mulk soligʻi ▲ 39%
• Yer soligʻi ▲ 26,3%
• Aksiz ▲ 22,4%
• Suv soligʻi ▲ 28,4%
• QQS ▲ 17,3%
• JSHODS ▲ 18,2%
Shu bilan birga, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent viloyatlari hamda Yirik soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish hududiy soliq inspeksiyalarida toʻliq foydalanilmayotgan yoʻnalishlar aniq koʻrsatib berildi.
Asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🔹toʻlov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish;
🔹ortiqcha toʻlov summalarini hosil qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
🔹tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan subyektlarga koʻmaklashish;
🔹ogohlantirishlardan keyin ham kamchiliklarni takrorlashda davom etayotgan ayrim xavfdagi soliq toʻlovchilarga nisbatan manzilli soliq nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish.
Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 31 nafar xodimlarga intizomiy choralar qoʻllanildi.
Shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash (KPI) natijasiga koʻra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Yigʻilish yakunida sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish hamda “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari orqali soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, shu bilan birga noyabr-dekabr oylari uchun soliq tushumlari boʻyicha nazorat koʻrsatkichlari belgilab berildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hayʼat majlisi: 10 oylik natijalar tahlili, muhim vazifalar
Joriy yilning 10 oyi, jumladan oktabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Hayʼat yigʻilishida Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, qoʻmita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.
10 oylik natijalar:
• Umumiy tushum: 152,8 trln soʻm
• Oktabr: 17,8 trln soʻm