Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.4K subscribers
7.73K photos
1.83K videos
145 files
8.18K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Bekobod: DSQ maxsus shtabi faoliyatidan

📍Toshkent viloyati Bekobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hudud aholisi turmush farovonligini oshirish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi masʼul etib biriktirilgan.

📚Bugun hududda maxsus shtab ishchi guruhi tomonidan mahallabay kesimda muammolar o‘rganilib, fuqarolar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta'mirlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Batafsil: "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Xorazm viloyatining Urganch shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi masʼul etib biriktirilgan

📝Qo‘mita raisining maxsus shtabi tomonidan Urganch shahrini investitsion salohiyatini oshirish, aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi.

♻️Aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar bo‘yicha 51 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi va buning natijasida 2 200 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Batafsil:
"Reportaj 24" ko‘rsatuvida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida DSQ raisining maxsus shtabi faoliyat yuritmoqda

📍Maxsus shtab tomonidan tumanning barcha qishloq va mahallalari to‘liq o‘rganilib, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Bugungi kunga qadar tumanda:

🔹116 ta elektr yog‘och tayanch ustunlari temir-beton ustunlarga almashtirildi;
🔹9,3 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi, 12 ta yangi transformatorlar o‘rnatildi;
🔹4,5 km yangi gaz tarmoqlari tortilib, 2 ta gaz taqsimlash shoxobchasi qayta taʼmirlandi;
🔹216,3 kmga yaqin suv tarmoqlari tortildi, 4,1 km tarmoqlar taʼmirlandi;
🔹350 km ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, 5 km asfalt yo‘llar joriy taʼmirlandi.

📹Hududda amalga oshirilayotgan ishlar batafsil "Tafsilot" dasturida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

DSQ raisiga biriktirilgan Marhamat tumani qizil hududdan yashil hududga aylanmoqda

📍Andijon viloyatining Marhamat tumanida 175,7 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi tomonidan hududni rivojlantirish, aholi bandligini ta‘minlash va ularga qulaylik yaratishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Tumanda yil boshidan buyon:

🔹9 ta suv inshooti qurib bitkazildi;
🔹46,8 km havo uzatish tarmoqlari tortildi;
🔹104 km elektr tarmog‘i mukammal ta'mirlandi;
🔹11 ta yangi transformator o‘rnatildi;
🔹185 ta tungi yoritish tizimlari almashtirildi;
🔹4,6 km gaz tarmog‘i joriy, 12 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta'mirlandi.

📹Hududda amalga oshirilayotgan ishlar "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Sariosiyo: Mahallabay ishlash tizimi amalda

📍Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsion salohiyatini oshirish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi mas'ul etib biriktirilgan.

📝Hududda qo‘mita raisining maxsus shtabi tomonidan mahallabay kesimda muammolar o‘rganilmoqda.
O‘rganishlarda doimiy ish bilan taʼminlash, kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar hal etilmoqda.

Tuman aholisiga yanada qulaylik yaratish maqsadida yo‘llar taʼmirlandi, ichimlik suv tarmoqlari tortildi, simyog‘och va transformatorlar yangisiga almashtirilmoqda.

👉Batafsil: "Tafsilot" ko‘rsatuvida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

DSQ raisining maxsus shtabi sahro bag‘ridagi mo‘jiza – Qoraqalpog‘istonda ham faoliyat olib bormoqda

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsion salohiyatini oshirish hamda hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga ko‘maklashish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi masʼul etib biriktirilgan.

📚Qo‘mita raisining maxsus shtabi tomonidan hudud qiyofasini tubdan yangilash, aholiga qulaylik yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida "Tafsilot" dasturida hikoya qilinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Farg‘ona tumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi tomonidan mahallabay kesimda muammolar hal etilmoqda

📍Farg‘ona tumani – viloyatning Qirg‘iziston bilan chegaradosh tog‘li hududi. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsion salohiyatini oshirish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi mas'ul etib biriktirilgan.

Qo‘mita raisining maxsus shtabi tomonidan tumanning 76 ta mahallasida o‘rganishlar olib borilib fuqarolar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta'mirlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

📹Hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar "Reportaj 24" ko‘rsatuvida.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

DSQ raisiga biriktirilgan Jondor tumani ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylanmoqda

📍Buxoro viloyatining Jondor tumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Obod mahalla” dasturi doirasida tumanning “Luqmon” va “Samonchuq” mahallalarida 51,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar hisobidan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

📹 "Reportaj 24" da qo‘mita raisining maxsus shtabi tomonidan hudud qiyofasini tubdan yangilash, aholiga qulaylik yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida hikoya qilinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#4_sektor

Ko‘kdalada yangi maktab qurilib foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 21-aprelda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Ko‘kdala tumanida
4 ta yangi maktab qurish haqida ko‘rsatma bergandi. Bugun ana shu maktablarning birinchisi foydalanishga topshirildi.

Ko‘kdala tumanining Xo‘jaobod qishlog‘ida
Davlat soliq qo‘mitasi homiyligida bunyod etilgan yangi maktabning ochilish marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, o‘qib, ulkan ilm-fan yutuqlariga erishish yo‘lida kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Mazkur hududda aholi soni ko‘pligi bois, 160 o‘ringa mo‘ljallangan eski maktabda o‘quvchilar soni 400 nafardan oshib ketgandi. Tabiiyki, o‘quv xonalarining yetishmasligi, sinfda o‘quvchilar sonining me’yordan oshiqligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsirini ko‘rsatmasdan qolmasdi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#4_sektor

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar DSI boshlig‘i Prezident sovg‘asi – Spark bilan taqdirlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram