Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.35K photos
1.68K videos
135 files
7.72K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#uchrashuv

Ishtirokchi yoshlar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan soliq tizimining mahallaga tushirilishi chin ma'nodagi xalqchil islohot ekanligini ta'kidladi.

Yoshlardan biri tengdoshlariga qarata soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash davlat oldidagi burchi ekanligini aholi ongiga singdirish muhim vazifalaridan biri ekanligini aytdi.

Xususan, mahallalarning tadbirkorlik salohiyati va aholi soliq madaniyatining oshishida mahallalarga biriktirilgan xodimlarning bilim va tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Uchrashuv so‘nggida soliq xizmati organlaridagi samarali mehnati, o‘z kasbiga sadoqati, yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib, faolligi va tashabbuskorligi bilan 2023-yil davomida tengdoshlariga o‘rnak, namuna bo‘lib kelayotga bir guruh yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Soliq qo'mitasi Yandex bilan raqamli agregatorlar bozorini “oqartirish” masalasini muhokama qildi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyev “Yandex GO” kompaniyalar guruhining elektron tijorat va logistika xizmatlari boʻyicha Bosh direktori D.Shuleyko bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda “Yandeks” xizmatini O‘zbekiston bozorida mahalliylashtirishning amaliy natijalari muhokama qilindi.

Avvalroq kompaniya soliq rezidenti maqomini olib, soliq organlari bilan integratsiyani amalga oshirgan edi. Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilishi natijasida dekabr-yanvar oylarida korxona tomonidan 5,2 mlrd so‘m soliqlar to‘landi.

Yig‘ilishda onlayn agregator yordamida amalga oshirilayotgan yo‘lovchi tashish ishtirokchilariga soliq solish tizimini amaldagi soliq qonunchiligi talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
____________
#встреча

Налоговый комитет обсудил с компанией Yandex обеление рынка цифровых агрегаторов

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел встречу с директором бизнес-группы электронной торговли и логистических сервисов Yandex Даниилом Шулейко.

Обсуждены практические результаты локализации сервиса Yandex на рынке Узбекистана.

Ранее компания получила статус налогового резидента и осуществила интеграцию с налоговыми органами. Проведена совместная работа по фискализации платежей при наличной и безналичной оплате. В результате в декабре-январе компанией обеспечено 5,2 млрд сумов налоговых поступлений.

В ходе встречи рассмотрены предложения по дальнейшему совершенствованию системы налогообложения участников пассажирских перевозок, осуществляемых с помощью онлайн-агрегатора, в соответствии с требованиями действующего налогового законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni paytda Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga asosan moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan umumiy ovqatlanish va savdo sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan Prezident farmoniga muvofiq qabul qilingan o‘zgartirishlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
____
#встреча

В настоящее время проходит встреча с предпринимателями в сфере общественного питания и торговли, в отношении которых ранее были применены финансовые санкции по статье 227 прим.1 Налогового кодекса.

Заместитель председателя Налогового комитета и председатель Торгово-промышленной палаты предоставляют разъяснения по изменениям, принятым в соответствии с Указом Президента.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #MXIK

Tadbirkorlar faoliyatidagi xatolarni to‘g‘rilashga imkoniyat


O‘tkazilgan tahlillar natijasida joriy yilning 3-aprel kuni 6,6 mingta onlayn-NKT chekida qariyb 138 mingta o‘lchov birligi ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri aks ettirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu esa tahlika-tahlil dasturida avtomatik ravishda korxonada tovarlar kirim-chiqimining nomutanosibligi yoki ayrim mahsulotlarning uzoq muddat saqlanib qolishi natijasida muddati o‘tgan qoldiq tovarlar mavjudligi kabi ma’lumotlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Natijada ushbu tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin.

Chekda mahsulot (xizmat)larning noto‘g‘ri aks ettirilgan o‘lchov birliklarini tuzatishga ko‘maklashish maqsadida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda my3.soliq.uz portalida o‘lchov birligi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan cheklarni aniqlash funksiyasi yaratilgani haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida barcha o‘lchov birliklari kiritilganligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.

Soliq to‘lovchilar Onlayn-NKTdan foydalanish yo‘riqnomasi yordamida yoki xizmat ko‘rsatuvchi TXKMga murojaat qilgan holda onlayn-NKT cheklarida no‘to‘g‘ri ko‘rsatilgan o'lchov birligini to‘g‘rilashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #hamkorlik

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va kadrlar malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik

Soliq qo’mitasi rais o‘rinbosari Ulug‘bek Sa’dullayev, qo‘mita rahbar-xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor Sultonali Mehmonov boshchiligidagi universitet jamoasi mutasaddilari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Unda mamlakatimizda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga mos holda, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ularning salohiyatini doimiy rivojlantirib borish uchun zarur boʻlgan strategiyalarni hamkorlikda ishlab chiqish hamda taʼlim va oʻquv dasturlari yaratish, maqsadli amaliyot rejalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida yuqorida muhokama qilingan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro Hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolashga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o'tgan yig'ilishda Kengash a'zolari, Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, palata raisi D.Vaxobov hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Unda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilindi.

Xususan, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan soliq nazorati, QQS salbiy farq summasini qaytarish, yuridik shaxslar ko‘chmas mulki uchun minimal stavkalar belgilash, yirik soliq to‘lovchilar ma'murchiligi va boshqa shu kabi takliflar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.

Kengash a'zolari hamda soha mutaxassislarining qizg‘in va konstruktiv muloqoti yakunida bildirilgan taklifrar asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini takomillashtirishga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir

Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev yoshlar bilan uchrashdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Markaziy istirohat bog‘ida tashkil etilgan uchrashuv ochiq va samimiy tarzda o‘tdi.

Uchrashuvda Sherzod Kudbiyev yoshlarga oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari uchun tavsiyalar berdi. Ularni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini bildirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish va hal etish maqsadida ushbu soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

👉 Jonli efir
_________
#встреча

В эти минуты проходит встреча с предпринимателями в сфере торговли и общественного питания для обсуждения и решения проблемных вопросов, с которыми они сталкиваются в своей деятельности.

В ней принимают участие руководство и специалисты Налогового комитета.

👉Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads