Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.8K subscribers
7.67K photos
1.82K videos
144 files
8.12K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#alkogol_tamaki

Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.

☝️ Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Soliq organlari
:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida
alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

👉 Batafsil

🖊 Qonun bugun – 26-avgustdan kuchga kirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#alkogol_tamaki

🖊 O‘zbekiston Respublikasinig 2023-yil 24-maydagi OʻRQ-844-son Qonuni bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishga qator cheklovlar kiritildi?

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Toshkent viloyatida 93 mln soʻmlik
alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi

Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent tumani hamda Angren shaharlarida noqonuniy savdoga qoʻyilgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi.

📍Zangiota tumanida joylashgan doʻkondan 5 turdagi 226 dona qiymati 12,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Parkent tumanida fuqaroga tegishli omborxonadan 14 turdagi 5053 dona qiymati 69,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Angren shahrida 5 turdagi 1010 quti qiymati 12 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi hamda ular vaqtincha olib qoʻyildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————
#контрольные_мероприятия #алкоголь_табак

В Ташкентской области пресечена продажа алкогольной и табачной продукции на сумму 93 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, в
Зангиотинском, Паркентском районе, а также г.Ангрене Ташкентской области выявлена незаконная реализация алкогольной и табачной продукции.

Обнаружено и временно изъято:

📍из магазина в Зангиотинском районе - 5 видов алкогольной продукции в количестве 226 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 12,1 млн сумов;

📍со склада, принадлежащего гражданину, в Паркентском районе - 14 видов алкогольной продукции в количестве 5053 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 69,1 млн сумов;

📍в городе Ангрене - 5 видов табачной продукции в количестве 1010 пачек стоимостью 12 млн сумов без акцизных марок.

Оформленные по вышеуказанным случаям документы переданы в правоохранительные органы для принятия законных мер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Namangan shahrida noqonuniy sotilayotgan 26 mln so‘mlik
alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Namangan shahrida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlarini sotayotgan fuqaro aniqlandi. Fuqarodan 15 turdagi 1242 quti umumiy qiymati 19,5 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.

Shuningdek, ayni shu hududdagi yana bir fuqaro noqonuniy ravishda alkogol mahsulotlari sotish bilan shugʻullanayotganligi ma'lum bo‘ldi. Sotuvda bo‘lgan 40 turdagi 6,9 mln soʻmlik alkogol mahsulotlari vaqtincha olib qo‘yildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads