Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92K subscribers
7.05K photos
1.59K videos
128 files
7.43K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#stol_tennisi

2023 ITTF – Markaziy Osiyo umidlari haftaligi

Joriy yilning 25 – 30-oktabr kunlari Toshkent shahrida "2023 ITTF - Markaziy Osiyo umidlari haftaligi" o‘tkazildi.

Ushbu sport haftaligi Xalqaro, Osiyo, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyalari hamda Soliq qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

“Central Asian University” binosida bo‘lib o‘tgan haftalikda 11 yoshgacha bo‘lgan yoshlar stol tennis bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa sportchi yoshlar uchun yirik xalqaro musobaqalar sari jiddiy qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan final bosqichida O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikalari yosh stol tennischilari raqiblari bilan bellashdilar.

Yakunda tengdoshlaridan ildamroq va chaqqonroq harakat qilgan Eron Islom Respublikasi o‘smirlari musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Musobaqa so‘ngida ishtirokchilar diplom va medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#avtokameral #soliqchi_komakchi

Soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish tekshiruv va jarimalarning oldini oladi

💻Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududiga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda masofadan oʻtkazilmoqda.

🔎Sentabr oyida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida
1700 ta subyekt soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolarini mustaqil bartaraf etib, qariyb 695 mlrd soʻmlik soliqlarni qoʻshimcha hisoblashga qayta hisobotlarni taqdim etdi. Natijada, ushbu subyektlarda soliq auditi oʻtkazilishi hamda ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi oldi olindi.

Afsuski berilgan imkoniyat va yengilliklarga qaramasdan yuborilgan talabnomaga javob bermagan korxonalar ham yoʻq emas. Talabnomaga befarq boʻlgan ana shunday 403 ta korxona faoliyatida soliq auditi tayinlanishi haqida ularga xabarnomalar yuborildi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi

Yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan "Tabiat uchun birlashaylik" shiori ostida kuzgi daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida 5 millioninchi foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi

📈Yil davomida foydalanuvchilar soni 3 mln nafarga oshdi. Ilovadan faol foydalanadigan fuqarolar soni 4,6 mln nafarni tashkil etadi.

🎗Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
Ijtimoiy keshbek
Ish haqi ma'lumotlari

Shuningdek Soliq mobil ilovasida:
👉O'zbekiston bo'ylab sayohat qilib turizm uchun keshbek olish;
👉Chet el fuqarolari Tax free tizimi orqali xarid qilgan mahsulotlar uchun QQSni qaytarib olishi;
👉Jismoniy shaxslar xonadonida quyosh paneli orqali ishlab chiqargan va yagona elektr energetika tizimiga uzatgan elektr energiyasi uchun budjetdan subsidiya olishi mumkin (Quyoshli xonadon xizmati).

Ilovaning yangi imkoniyatlari – elektron raqamli imzo uchun to‘lov.

🥇Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” mukofoti g‘olibi.
__________
#мобильное_приложение

5-миллионный пользователь зарегистрирован в мобильном приложении Soliq

📈За год число пользователей выросло на 3 млн. Активно пользуются приложением 4,6 млн человек.

🎗Самые популярные услуги:
Кешбэк за покупки
Постановка на учет договоров аренды
Регистрация в качестве самозанятого
Уплата налогов
Налоговый партнер
Социальный кешбэк
Справка о заработной плате

А еще в мобильном приложении Soliq:
👉за путешествия по Узбекистану можно получить туристический кешбэк;
👉иностранные граждане могут вернуть НДС за свои покупки по системе Tax Free;
👉за электрическую энергию, произведенную на солнечных панелях и переданную в единую электроэнергетическую систему, физлица могут получить субсидию из бюджета (услуга "Солнечный дом").

Новые возможности приложения - оплата за электронную цифровую подпись.

🥇Мобильное приложение Soliq - победитель премии "Бренд года - 2022".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Mubin Mirzayev – "Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari bekor qilinishi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan sunʼiy ravishda soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatishni oldini oladi va aholiga sifatli dori vositalarini realizatsiya qilinishini taʼminlaydi".

Bugungi kunda amalda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 76 ta turdagi dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlari import qilinganda QQSga tortiladi.

Biroq, chakana savdoda barcha turdagi dori vositalarining aylanmasi QQSdan ozod etilganligi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olingan tovar-moddiy boyliklar boʻyicha toʻlangan QQS summasini hisobga olish (zachet) imkoniyati mavjud emas va mahsulot tannarxini oshishiga olib kelmoqda.

Misol uchun: “Revmoksikan” 1 foizlik 1,5 ml. donasini cheklagan ustmasini qo‘shib hisoblaganda 53,9 ming so‘mga sotishi belgilangan bo‘lsada, 3 baravar qimmatga 166,3 ming so‘mga sotayotganligi holati aniqlangan.

QQSni toʻliq zanjirini yaratish maqsadida 2024-yilning 1-apreldan boshlab QQS boʻyicha dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelingan xomashyo, tibbiy va veterinariya xizmatlariga belgilangan imtiyozlarini bekor qilish taklif qilinmoqda.

Bunda ijtimoiy reestrga kirgan fuqarolarga xarid qilgan dori vositalari uchun toʻlangan QQSni qaytarib berish joriy etish moʻljallanmoqda.

Import va chakana savdoda dori vositalari aylanmasi uchun QQSni toʻliq joriy etilishi dori vositalarini soliq hisobotlarida haqiqiy narxini koʻrsatishda manfaatdorlikni oshiradi.

Ushbu imtiyozlar QQSni 2023-yildan 15 foizdan 12 foizga pasaytirishini inobatga olgan holda bekor qilinmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokamasida asosiy soliq turlari boʻyicha soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirish, tarkibida shakar mavjud boʻlgan gazlangan ichimliklar uchun aksiz soligʻi joriy etish va ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etildi

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

O‘zbekistonda 9 oy davomida:

🏭 71,8 mingta ishlab chiqarish korxonasi 29 trln so‘m soliq to‘lagan;

🏨 176,7 mingta xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxona 16 trln so‘m soliq to‘lagan;

🏪 153 mingta savdo sohasidagi korxona 15 trln so‘m soliq to‘lagan;

🏗 34,5 mingta qurilish korxonasi qariyb 5,7 trln so‘m soliq to‘lagan;

🍽 20,5 mingta umumiy ovqatlanish sohasidagi korxona 662 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
__________
#цифровизация #налоговые_поступления

За 9 месяцев в Узбекистане:

🏭 71,8 тысяч производственных организаций уплатили 29 трлн сумов налогов;

🏨 176,7 тысяч
организаций в сфере обслуживания уплатили 16 трлн сумов налогов;

🏪 153 тысячи
организаций в сфере торговли уплатили 15 трлн сумов налогов;

🏗 34,5 тысяч строительных организаций уплатили почти 5,7 трлн сумов налогов;

🍽 20,5 тысяч организаций в сфере общественного питания уплатили 662 млрд сумов налогов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Soliq qoʻmitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan onlayn-seminarlardan yozib olingan videotasvirlarni YouTube kanalida koʻring:

👉 Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash va to'lash tartibi

👉 Aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarini to'ldirish tartibi

👉 Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish

👉 Onlayn-NKT, fiskal cheklar, xarid summasidan 1% keshbek qaytarish va "Soliq hamkor" tizimi
___________
#онлайн_семинар

Записи онлайн семинар-тренингов при участии специалистов Налогового комитета и подведомственных организаций можно просмотреть на канале в YouTube:

👉
Порядок начисления и уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю

👉Порядок заполнения отчетности по налогу с оборота

👉Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС

👉Онлайн-ККТ, формирование электронных фискальных чеков, возврат потребителям 1% кешбэка и система «Налоговый партнер»

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Eksportchi korxonalarga 4,6 trln so'm QQS qaytarilgan

Import tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga qator imtiyoz va preferensiyalar berilgan.
Jumladan, Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka boʻyicha soliq solinadi.
👉 Soliq kodeksi 262-modda

Shuningdek, ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilganda nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi.
👉 Soliq kodeksi 260-modda

Soliq toʻlovchi nol stavkada realizatsiya qilingan aylanmasi boʻyicha tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlangan QQSni hisobga olish huquqiga ega.
👉  Soliq kodeksi 266-modda 

Eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari tezlashtirilgan tarzda qoplab beriladi (qaytariladi).
👉 Soliq kodeksi 274-modda

Joriy yilning o‘tgan o‘n oyida 1 249 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan tovarlar eksporti hamda bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar realizatsiyasida qo‘llanilgan nol darajali stavka natijasida hosil bo‘lgan QQS salbiy farq summasini qoplash yuzasidan taqdim etilgan 3 936 ta murojaat asosida jami 4 630,1 mlrd so‘m mablag‘lar qaytarib berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram
#НДС

Предприятиям-экспортерам возвращено 4,6 трлн сумов НДС

При переработке на таможенной территории импортных товаров предоставляется ряд льгот и преференций.

В частности, в соответствии с таможенным законодательством услуги по переработке товаров, помещенных под таможенный режим переработки на таможенной территории Республики Узбекистан, облагаются налогом по нулевой ставке при условии вывоза продуктов переработки за пределы таможенной территории Республики Узбекистан.
👉ст.262 НК

Вместе с тем, налогообложение товаров, вывезенных с территории Республики Узбекистан, ранее помещенных под таможенную процедуру переработки на таможенной территории Республики Узбекистан, и (или) товаров (продуктов переработки, отходов и (или) остатков), полученных (образовавшихся) в результате переработки товаров, помещенных под таможенную процедуру переработки на таможенной территории Республики Узбекистан, производится по нулевой ставке.
👉
ст.260 НК

Налогоплательщик имеет право на зачет НДС, уплаченный за товары (услуги), использованные в производстве товаров, обороту по реализации которых облагается по нулевой ставке.
👉ст.266 НК

Лицам, осуществляющим экспорт и приравненные к ним операции, — в части суммы, образовавшейся в результате применения нулевой ставки, НДС возмещается (возвращается) в ускоренном порядке.
👉
ст.274 НК

За 10 месяцев этого года 1 249 субъектам предпринимательства на основании представленных ими 3 936 обращений о возмещении отрицательной разницы по НДС, возникшей при экспорте товаров, а также в результате применения нулевой ставки при реализации товаров, помещенных под таможенный режим переработки на таможенной территории и вывозимых с территории Узбекистана, возвращены средства в размере 4 630,1 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads