Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.2K subscribers
7.18K photos
1.63K videos
130 files
7.56K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#shaxmat

Soliq xizmati xodimlari “aql gimnastikasi”da bahslashdi


Shaxmat aqlni charxlovchi, xotirani mustahkamlovchi hamda fikrlash va oqilona qaror qabul qilishga undovchi sport turi sanaladi.

Soliq xizmati xodimlarida ayni jihatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan soliq xizmati xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rais kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 4-noyabr kuni Soliq qo‘mitasida musobaqaning final bosqichi o‘tkazildi. Unda Soliq qo‘mitasi markaziy apparati, viloyatlar, YSTBHSI, “Yangi texnologiyalar” IAM, Soliq servis, Fiskal institut va soliq texnikumlarida o‘tkazilgan saralash bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.

Keskin va murosasiz aql janglaridan iborat bo‘lgan final bahslari yakuniy natijalariga ko‘ra Namangan viloyati soliq boshqarmasi vakili Sharof Sulaymonov 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2-o‘rin Xorazm viloyati soliq boshqarmasi vakili Murod Iskandarovga, 3-o‘rin Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi vakili Quvonch Azimovga nasib etdi.

Musobaqa so‘nggida g‘oliblar va faol ishtirokchilarga maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 6-noyabr

oktabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 ноября 2023 года последний день

за октябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст. 390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_NKT

Onlayn-NKT tizimi foydalanuvchilari uchun eslatma!❗️

👉Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart
👉Tadbirkorlarning savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rnatilgan onlayn-NKTlari ro‘yxatini qanday ko‘rish mumkin?
👉Onlayn chek maʼlumotlari soliq hisobotlarida aks etmayapti. Bu holatga nima sabab bo‘lishi mumkin?
👉Vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar cheklarda qanday aks ettiriladi?
👉Komitent o'z vositachi (komissioner)lari ro'yxatini qanday shakllantiradi?
👉Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin
👉Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda cheklarda qanday aks ettirish mumkin?
👉Tovar realizatsiyasi uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) cheklarda qanday aks ettiriladi?
👉Kredit va avans cheklarni qay tarzda kuzatish mumkin?
👉Vositachi va marketpleyslarning onlayn-NKT cheklari haqidagi maʼlumotlarni qanday koʻrish mumkin?
👉Onlayn-NKT cheklarini tahrirlash bo‘yicha qo‘llanma
___________
#онлайн_ККТ

Памятка использующим онлайн-ККТ❗️

👉Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом
👉Как предпринимателям просмотреть перечень онлайн-ККТ, установленной в их точках торговли и обслуживания?
👉Данные онлайн чека не отражаются в налоговой отчетности, в чем причина?
👉Как отразить в чеках реализацию товаров по договору комиссии?
👉Как комитенту сформировать список своих комиссионеров?
👉Как просмотреть информацию о чеках комиссионеров и маркетплейсов?
👉Комитент может исправить неправильные ИКПУ в чеках своих комиссионеров-маркетплейсов
👉Как отразить в чеках реализацию товаров в рассрочку (кредит)?
👉Как отразить в чеках реализацию товаров при получении аванса от покупателя?
👉Как просмотреть авансовые и кредитные чеки?
👉Инструкция по корректировке чеков онлайн-ККТ

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#markirovka

1,4 mlrd soʻmdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi


Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 mlrd 403 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 623 ta tadbirkorlik subyekti va fuqarolarda jami 52 689 dona 886,2 mln soʻmlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.
Xususan:
- 560 ta tadbirkorlik subyektida 39 716 dona 750,8 mln soʻmlik;
- 63 nafar fuqaroda 12 973 dona 135,4 mln soʻmlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 360 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qoʻyilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 46 970 quti 516,8 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:

- 77 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektidagi 20 383 quti 255,5 mln soʻmlik;
- 283 nafar fuqarodagi 26 587 quti 261,3 mln soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

❗️ Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227 prim 1–moddasiga asosan, Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini noqonuniy amalga oshirish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186 prim 1moddasi hamda Jinoyat kodeksining 186 prim 1moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
——————-
#маркировка

Пресечен незаконный оборот алкогольной и табачной продукции стоимостью свыше 1,4 млрд сумов


В ходе проверок, проведенных органами государственной налоговой службы в январе-октябре текущего года, выявлена незаконная торговля алкогольной и табачной продукцией на общую сумму 1 млрд 403 млн сумов.

У 623 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию алкогольной продукции, предотвращена незаконная продажа 52 689 единиц алкогольной продукции на сумму 886,2 млн сумов без акцизных марок, с акцизными марками старого образца и поддельными акцизными марками, без соответствующих документов, а также без цифровой маркировки.
В частности, изъята нелегальная алкогольная продукция:
- у 560 субъектов предпринимательства 39 716 единиц на сумму 750,8 млн сумов;
- у 63
граждан 12 973 единиц на сумму 135,4 млн сумов.

У 360 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию табачной продукции, предотвращена незаконная продажа 46 970 пачек табачной продукции на сумму 516,8 млн сумов без акцизных марок, а также без цифровой маркировки:
- у 77 субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную торговлю 20 383 пачек на сумму 255,5 млн сумов;
-
у 283 граждан 26 587 пачек на сумму 261,3 млн сумов.

❗️ Нарушение правил маркировки согласно ст.227-1 Налогового кодекса, незаконный оборот алкогольной и табачной продукции согласно ст.186-1 Кодекса об административной ответственности и ст.186-1 Уголовного кодекса влечет за собой ответственность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Qashqadaryoda 125 mln so‘mga yaqin noqonuniy sotilayotgan alkogol mahsulotlari aniqlandi


Soliq organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 44 turdagi 8034 dona umumiy qiymati 124,6 mln soʻmlik alkogol mahsulotlari noqonuniy savdoga qoʻyilganligi aniqlandi.

Xususan:
Shahrisabz shahridagi oziq-ovqat bozori atrofida joylashgan savdo nuqtasida 11 turdagi 3 683 dona jami 48 mln 861 ming soʻmlik;
ayni shu hududda joylashgan navbatdagi doʻkonda 9 turdagi 2 616 dona jami 50 mln 352 ming soʻmlik qalbaki aksiz markali hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari noqonuniy savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun olib
qo‘yildi.

Alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi yuzasidan Jizzax, Xorazm, Navoiy hamda Toshkent viloyatlarida ham nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#eksport #import

Xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha dalolatnomalarni tizimga kiritishning muddatlari uzaytirildi

Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning eksport va importi bo‘yicha maʼlumotlar dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda TSOYaEATga* kiritilishi belgilandi.
👉 VMQ-560-son 24.10.2023

Avval mazkur dalolatnomalarni kiritish uchun 1 kunlik muddat belgilangan edi.

Maʼlumot uchun: eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga BHMning 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJtK 171-modda

*Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi
__________
#экспорт #импорт

Продлены сроки введения в систему актов по экспорту и импорту услуг

 
Внесено изменение в Положение «О порядке осуществления контроля и осуществления внешнеторговых операций».

Согласно ему сведения об экспорте и импорте оказанных услуг должны быть внесены в ЕЭИСВО* не позднее 20 числа месяца, следующего за месяцем, в котором составлен акт.
👉ПКМ №560 от 24.10.2023 г.

Ранее был установлен однодневный срок для внесения данных актов.

К сведению: нарушение установленного порядка осуществления экспортно-импортных операций — влечет наложение штрафа на должностных лиц от 8 до 12-кратного размера БРВ.
👉 ст.171 Кодекса об административной ответственности

*Единая электронная информационная система внешнеторговых операций

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Markirovka – kontrafakt mahsulotlar aylanmasining oldini oladi


Mamlakatimizda 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.

👉 Hammasi raqamli markirovka haqida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#markirovka #tamaki

Farg‘onada noqonuniy sotilayotgan qariyb 530 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqaro aniqlandi.

Fuqaroga tegishli xonadonlar ichidagi omborxonalar ko‘zdan kechirilganda jami 25 turdagi 52 970 quti umumiy qiymati 529,7 mln so‘mlik belgilangan namunadagi aksiz markasi mavjud boʻlmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi va ular daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#маркировка #табак

В Фергане пресечена незаконная реализация табачных изделий на сумму 530 млн сумов

В ходе контрольных мероприятий, проведенных в Коканде Налоговым управлением Ферганской области и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, выявлен гражданин, осуществляющий торговлю табачной продукцией без государственной регистрации в качестве предпринимателя.

При осмотре складских помещений в домах, принадлежащих гражданину, обнаружено хранение 52 970 пачек табачной продукции 25 видов без акцизных марок установленного образца, а также без цифровой маркировки общей стоимостью 529,7 млн сумов, которые были изъяты в качестве вещественных доказательств.

Для принятия законных мер по данной ситуации были оформлены и переданы в правоохранительные органы соответствующие документы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#QQS

Yirik soliq to‘lovchilarning 1,6 trln so‘m QQS summasi soliq va bojxona organlarida o‘zaro hisobga olingan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga muvofiq, Hududlararo soliq inspeksiyasida soliq maʼmurchiligi yuritilayotgan korxonalar tovarlarni bojxona orqali import qilishlarida to‘lanadigan QQS summalarini soliq organlaridagi mavjud ortiqcha to‘lovlari hisobiga qoplash (hisobga olish) bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi bilan o‘zaro hisobga olish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 10 oyida mazkur imkoniyatdan 119 ta korxona foydalangan holda 5 635 holatda bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan 1,6 trln so‘mlik QQS o‘zaro hisobga olindi.

Buning natijasida, ushbu korxonalarning soliq organlaridagi QQS bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lovlari hisobidan tovarlarni bojxonadan ortiqcha mablag‘ sarflamasdan tezkor ravishda rasmiylashtirilishiga erishildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#НДС #импорт

Налоговыми и таможенными органами произведен взаимозачет 1,6 трлн сумов НДС крупных налогоплательщиков

Согласно Постановлению Президента №471 от 30.12.2022 г., внедрен механизм взаимного учета с Таможенным комитетом сумм НДС, уплачиваемых при импорте товаров через таможню, за счет имеющихся в налоговых органах переплат по налогу предприятий, находящихся в ведении Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам.

За 10 месяцев текущего года этой возможностью воспользовались 119 организаций и в 5 635 случаях осуществлен взаимозачет 1,6 трлн сумов НДС, подлежащего уплате по грузовым таможенным декларациям.

В результате этого за счет имеющихся у этих организаций переплат по НДС в налоговых органах удалось в оперативном порядке пройти процедуру таможенного оформления товаров без излишних затрат.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Bojxona hududida qayta ishlangan tovarlar uchun QQSni hisobga olishning qonunchilik me’yorlari tushuntirildi

Soliq organlari tomonidan eksport operatsiyalari va bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga soliq solish tartibi yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur tag‘ibot tadbirlarida mamlakatimizning barcha hudulari qamrab olindi. Seminarlarda tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiblari va bunda nol darajali stavkaning qo‘llanilishi, eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan boshqa qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xususan, qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar eksport qilinganda, qayta ishlash operatsiyasida foydalanilgan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan QQSni hisobga olish hamda hosil bo‘lgan QQS salbiy farq summalarini qoplash yuzasidan qonunchilik me'yorlari tushuntirildi.

Tadbirlarda ishtirok etgan xo‘jalik subyekti vakillari tadbirkorlik faoliyatining aynan ushbu ushbu yo‘nalishi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldi.

Hududiy soliq organlarida tashkil etilgan seminarlar:

📍Qoraqalpog‘iston
📍
Andijon
📍
Toshkent sh
📍Jizzax
📍Qashqadaryo
📍Namangan
📍Samarqand
📍Surxondaryo
📍Toshkent v.
📍Xorazm
📍YSTBHSI
Seminarlar davom etmoqda…

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads