Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.6K subscribers
7.66K photos
1.82K videos
144 files
8.11K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#turizm
#keshbek

Turizm uchun keshbeklarga start berildi

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida turizm uchun keshbek” platformasi ish boshladi. Endilikda mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

Platforma foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida keshbek qaytarish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan “Soliq” mobil ilovasi (Android/iOS) qo‘llanildi.

Sarflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchi:
🔹transport xizmatlaridan foydalanganlik;
🔹joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik;
🔹madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan
cheklarni (QR-kodini) skanerlashi kerak.

Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek #turizm

Sayohat uchun keshbek: ilk natijalar

Sentabrdan oktabrgacha “Oʻzbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohat uchun keshbek platformasida 2 816 ta sayohat qayd etildi.

Bunda, 2 418 nafar fuqaro ichki turizmga sarflangan xarajatlar hisobini yuritishni boshladi. Ular:
✈️ avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
⛺️ joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy me'ros obyektlariga tashrif buyurish uchun
amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Sayohat uchun keshbekka ega bo‘lish uchun JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish va barcha turdagi sayohat cheklarini kiritish lozim.

❗️Eslatib o'tamiz: joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi sayyohlar xarajatlarining 15 dan 50 foizigacha keshbekka ega bo‘lishi mumkin.

👉 PQ-232-son 30.04.2022-y.
👉 VMQ-484-son 31.08.2022-y.
__________________________
#кешбэк #туризм

Туристический кешбэк: первые итоги

С сентября по октябрь месяц в рамках программы «Ўзбекистон бўйлаб саёҳат қил!» на платформе туристический кешбэк зафиксировано 2 816 путешествий внутри страны.

При этом учет потраченных на внутренний туризм средств начали 2 418 граждан. Они регистрировали в мобильном приложении Soliq чеки с QR-кодом:
✈️ за покупку билетов железнодорожного, авиа- или автотранспорта;
⛺️ средства размещения (гостиницы, дома и зоны отдыха, гостевые дома и т.п.);
🕌 за посещение объектов культурного наследия на местах.

Для получения туристического кешбэка необходимо пройти авторизацию по FACE ID с указанием ПИНФЛ и отсканировать чеки за все три этапа путешествия.

❗️Напоминаем: с 1 сентября текущего года туристы, путешествующие внутри республики, могут получить возврат от 15 до 50 % расходов.

👉 ПП-232 от 30.04.2022 г.
👉 ПКМ-484 от 31.08.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#keshbek
#turizm

🔴 Dam olish kunlari oilamiz bilan Buxoroga bordik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan ikki tomonga - borish va qaytish uchun chipta sotib oldik, mehmon uyidan xona oldik. Sayohatimiz davomida biz shunchaki eski shaharni aylanib chiqdik va muzeylarga, madaniy obida majmualariga bormadik. Biz sayohat uchun keshbek olishimiz mumkinmi?

🔵 Sayohat uchun keshbekga ega bo‘lish uchun bir qator shartlarni bajarish kerak:

📲Soliq mobil ilovasida JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish;
shuningdek, sayohatning barcha uch bosqichi uchun amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, ya'ni:
✈️ avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
⛺️ joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish.

Sizning holatingizda 3-bosqich tugallanmagan, ya'ni madaniy meros obyektlariga tashrif buyurganlik uchun chek mavjud emasligi sababli, sayohat uchun keshbek olish mumkin emas deb hisoblanadi.

❗️Eslatamiz: joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi va sayohat davomida sayohatning barcha uch bosqichini bir vaqtning oʻzida yakunlagan sayyohlar xarajatlari uchun 15 dan 50% gacha keshbekka ega bo‘lmoqda.

👉PQ-232 30.04.2022-yil
👉VMQ-484 31.08.2022-yil

👉 Sayohat uchun keshbek: ilk natijalar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#turizm

Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta
16 – 20-oktabr kunlari Samarqand shahrida BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi oʻtkaziladi.

2023-2027-yillar uchun UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar boʻyicha qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilingan Oʻzbekiston uchun
xalqaro miqyosda bildirilgan bunday ishonch yurtimizning nafaqat jahon turizm bozoridagi pozitsiyasi mustahkamligini, balki xalqaro munosabatlardagi faoliyatining ham nechogʻli samarali ekanini namoyon qiladi.

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads