Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.67K videos
135 files
7.7K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#fiskal_institut

Fiskal institutga “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul davom etmoqda

🎓Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining bitiruvchilarini “Soliq va soliqqa tortish” bakalavriat taʼlim yo‘nalishining imtiyozli 2-kurs sirtqi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qiladi.

Batafsil maʼlumot:
📞 71 274 03 00
Sayt:
fiin.uz

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Gretsiyalik mutaxassis Fiskal institutda mas'ul lavozimda faoliyat olib bormoqda

🖊Prezidentimizning 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassis tayinlanishi belgilangan edi.

Ushbu lavozimga Amerikaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan professor – Vassilis Polimenis tayinlangan.

👉Batafsil
👉Vassilis Polimenis intervyusi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Fiskal institutda “Training of trainers” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Soliq ma’muriyatchiligida keng joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda yaratilayotgan dasturiy mahsullar imkoniyatlarini barcha darajadagi davlat soliq xizmati organlari xodimlariga o‘rgatish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Training of trainers” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Dastlabki tinglovchilar ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobining muammolari

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda ayni mavzuda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish, buxgalteriya hisobining muammolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ularning yechimi bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa hamda takliflar berish maqsadida tashkil etilgan konferensiyaga 140 dan ortiq maqolalarning tezislari kelib tushdi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Rahbar xodimlar uchun o‘quv kursi

📚Fiskal institutda hududiy DSB boshliqlarining oʼrinbosarlari uchun o‘quv kurslari bo‘lib o‘tyapti. Kurs davomida tinglovchilar ish faoliyatida samaradorlikka erishish va dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

📝Davlat soliq qoʼmitasi mutaxassislari hamda Fiskal institut professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan oʼquv mashgʼulotlarida hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining 12 nafar oʼrinbosarlari ishtirok etmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#fiskal_institut

Talabalar uchun soliq tizimi rivoji va soliq qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

Fiskal institut mamlakatimiz soliq sohasidagi tayanch bo‘g‘in hisoblanadi. Shu boisdan, institut talabalarga sohaga oid bilim va soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari orqali muntazam ravishda yetkazib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 26-noyabr kuni ana shunday darslarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilma rahbarlari “Soliq tizimini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi istiqbollar” va “Soliq qonunchiligi tushunchasi, turlari va soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt boʻyicha amal qilishi” mavzularida ma’ruza qildi.

Bunda talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri DSQ mutaxassislaridan kerakli koʻnikmalarni egallab, bilimlarini yanada oshirib kelmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal_institut

Fiskal institut jamoasi yarim finalda!

📚
Rossiyaning Moskva shahrida "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda MDH davlatlaridan jami 73 ta jamoa ishtirok etmoqda.

E'tiborlisi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut jamoasi tanlovning chorak finalida Rossiya-Armyan universiteti jamoasi bilan bahs olib borib g‘alabani qo‘lga kiritdi hamda yarim finalga yo‘l oldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#fiskal_institut

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutga o‘qishga marhamat

Hurmatli abituriyentlar,
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut Sizlarni o‘qishga taklif etadi!

Fiskal institutga o‘qishga kirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting va Oliy ta'lim muassasalaridan Fiskal institutni tanlang va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ling.

👨‍💼Bakalavriat

▪️kunduzgi ta'lim
:
▫️ Soliqlar va soliqqa tortish;
▫️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
▫️ Buxgalteriya hisobi va audit;
▫️Raqamli iqtisodiyot;
▫️Ma'lumotlar ilmi;
▫️Xalqaro soliqqa tortish (Qo‘shma ta'lim dasturi)
.
▪️sirtqi ta'lim:
▫️Soliqlar va soliqqa tortish;
▫️Buxgalteriya hisobi va audit
.

👨‍🎓Shuningdek, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Magistr darajasiga ega bo‘ling:

🔹Soliq siyosati va ma'murchiligi;
🔹Buxgalteriya hisobi
.

📌 Qabul 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

☎️Murojaat uchun telefon: 71 230 16 50

👉 Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal_institut

Soliq xizmati organlari va Fiskal institut xodimlari tajriba oshirmoqda

Soliq xizmati organlari va
Fiskal institut pedagog xodimlari Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti (FNS LAB - Neva)da tajriba oshirmoqda.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#fiskal #hamkorlik

Vena Qo‘shma instituti direktori soliq xizmati organlari xodimlarining kasb mahoratini oshirish dasturlari bilan tanishdi

Vena Qo‘shma instituti direktori
Herve Joly Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda soliq xizmati organlari xodimlarining kasb mahoratini oshirish dasturlari bilan tanishdi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha Vena Qo‘shma instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Ushbu hamkorlik "Training for trainers" - pedagog-xodimlarning "Soliqlar va soliqqa tortishning kelajagi" yo‘nalishida onlayn va oflayn kurslar orqali malakasini oshirish masalalarini qamrab oladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads