Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.67K videos
135 files
7.7K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#qurbon_hayiti

Aziz yurtdoshlar jamiyatimiz maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fazilatlarini o‘zida mujaasm etgan qutlug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan Sizlarni, barcha musulmon ummatini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ ayyom mohiyatida jam bo‘lgan mehr-saxovat, sabru qanoat, shukronalik, tinchlik va sog‘likni qadrlashdek ulug‘ fazilatlar bugun alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Donishmand xalqimiz ezgulikning mukofoti faqat yaxshilik ekanini alohida taʼkidlaydi. Shu jihatdan jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, o‘zaro totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.

Shunday ulug‘ kunda Yaratgandan yurtimiz tinchligini, xalqimiz birdamligi, do‘stligi va ahilligining yanada ziyoda bo‘lishini so‘rab qolaman.

Orzu-niyatlari doimo pok va ulug‘ xalqmizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qurbon_hayiti

Aziz yurtdoshlar, asrlar davomida mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin!

Qurbon hayitining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insonparvarlik, shukronalik va mehr-oqibat singari anʼana va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Har yili ushbu ulugʻ bayramni munosib nishonlashga davlat darajasida alohida eʼtibor qaratiladi.

Darhaqiqat, muborak Qurbon hayiti munosabati bilan yolgʻiz keksalar, nuroniylar va nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olib, ularga sovgʻa-salomlar ulashish ezgu anʼanaga aylangan.

Ushbu ayyomda davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimiz ravnaqi, osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin.

Bugungi ibodatlarda duoga qoʻl ochib soʻralgan ezgu niyatlar ijobat boʻlsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter