Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.67K videos
135 files
7.7K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Xonadoniga quyosh panelini o‘rnatganlarga har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi

🖊 Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

👉Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi.

👉Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: fuqarolarga 348 mln soʻm subsidiya hisoblandi

🖊Prezident qaroriga asosan joriy yil 1-apreldan Quyoshli xonadon dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi.

☀️ Ayni kunga qadar 967 nafar jismoniy shaxslarga aprel-iyul oylari uchun quyosh panelida ishlab chiqarilib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan hamda tizimdan isteʼmol qilingan elektr energiyasi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (348 ming kVt/soat) dan kelib chiqib 348 mln soʻm subsidiya hisoblandi hamda toʻlov uchun tasdiqlandi.

📍 Subsidiyaning eng katta qismi qoraqalpog‘istonliklar uchun hisoblangan – 103,6 mln so‘m. Undan keying o‘rinlardan Xorazm viloyati (70,5 mln so‘m) Toshkent shahri (35,6 mln so‘m), Jizzax (30,9 mln so‘m) hamda Navoiy (27,8 mln so‘m) viloyatlari joy olgan.

📲 Subsidiyani "Soliq" mobil ilovasining "Keshbek" bo‘limidagi "Kartaga pul o‘tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM