Sobirov Ibrohimjon
6 subscribers
5 photos
1 video
10 links
Najot bu ilm
Download Telegram
Tavsiya qilaman juda foydali podcast
👍1🔥1
Bir inson boshqa bir insonga zarar berar ekan avvalo o"ziga zarar yetkazgan bo'ladi.J.Rumiy
👍2🔥1💔1
☝️☝️☝️Millat umidi loyihasi tomonidan chet elda o'qishini davom ettirishni istovchilar uchun juda foydali podcast.
🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Bir insonni xurmat qilar ekansiz,avvalo uning vaqtini xurmat qilmog'ingiz kerak.
👍6
Forwarded from Aziz Rahimov
Qasos haqida

-Qo’pol gapirdi. Gaplashib olishga bordik. Ko’pchilik bo’lib bizni do’pposlashdi. Endi nima qilaylik? Biz ham uraylikmi?

Shogirdlar maslahat so’rashdi. Javobini hamma bilishi kerak deb o’yladim.

Eng kuchlilar ham bir vaqtda 7ta odamga qarshi chiqolgan xolos. (Jack Dempsey). Kuchning chegarasi shu. Kuchi bilan tanilganlar pichoqlanish ehtimoli katta bo’ladi. Buni rahmatli sportchilarning oilalari tasdiqlaydi.

Aql va axloq bilan minglab odamga qarshi chiqish, ergashtirish mumkin. Bunga olimlar-u, bloggerlar yaqqol misol bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - zolimga o’xshamaslikka harakat qiling. Eng yaxshi qasos shu bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - yaxshi yashang. E’tibordagi odam bo’ling. Bitta shapaloq o’tadi, ketadi, bu qasos esa doimiy shapaloq bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - uni kechirib yuboring. O’zini yutgan hisoblayversin. Yutqazganini yillar o’tib tushunib yetadi.

Tushunganida - kech bo’ladi.
1👍1
Aslida bu dunyoda hamma narsa manfa'at ustiga quriladi hoh bu siyosat bo'lsin hoh do'stlik.

Ammo ayrim insonlar buni tan olgisi kelmaydi va umr yo'ldosh tanlashda faqat chiroyiga etibor beradi,to'g'ri chiroy ham umr yo'ldosh tanlashdagi omillardan biri ammo asosiy emas.

Umr yo'ldosh tanlashda farzandlaringiz manfa'atini o'ylang,bu jihat ayniqsa ayollarda kuchli.Chunki ular bo'lajak umr yo'doshini qayerda ishlashi,qancha topishi,qayerda o'qiganligi haqida surishtirishadi aslida ayol kishining erkaklarning moddiyatiga qarab tanlashi ham normal holat ammo asosiy omil emas.Chunki u kelajakda ona bo'ladi va farzandini yaxshi sharoitda ulg'ayishini istaydi.

Uylanish yoshida bo'lgan do'stlar bo'lajak umr yo'ldoshingizni nasil-nasabi,oilasi,qayerda o'qiganligi va aqliy salohiyati haqida jiddiy surishtiring,chunki sizning umr yo'ldoshingiz sizni va farzandlaringiz kelajagida muhim ro'l o'ynaydi.

Shu kunlarda hattoki ayrim foxishalarni ham sevib qolgan insonlar haqida eshityapman.Aziz do'stlar vaqtinchalik xissiyotlarga berilib o'zingiz va farzandlaringiz kelajagini barbod qilmang.

Unutmang "Yaratganning" oldida farzandlaringizga qanday ona tanlaganingiz haqida so'ralasiz.

Kattalar aytganidek:kech bo'lsa bo'lsin ammo xato bo'lmasin.

https://t.me/sobirovadvises
2👍1🔥1
Forwarded from Aziz Rahimov
Baxtli nikoh hayotda ham baxtli bo’lishning eng katta garovlaridan ekan. (Diplom, ko’proq pul, ishdan anchaga ko’proq)

Nikohda baxtli bo’lishning oson yo’li - axloqli, dindor yo’ldosh tanlash.

Undayini topishning sinalgan usuli - arziydigan bo’lish. Ya’ni o’zimiz axloqli bo’lishimiz (Aristotel)

Axloqli bo’lishda birinchi qadam - xatolarini bilish.

Topgandan keyin ushlab qolish ham bor. Buning uchun rahimli bo’lish (Umar, r.a.) va bitta ko’zni yumish - eng foydali. (Franklin)

Rahimli bo’lish va ko’zni yumish bu xatolarni kechirish demak.

Shunda, o’z xatolariga chidamsizlik, yaqinlar xatolariga chidashlik (M. Avreliy) -> Baxtli turmushga, u esa -> Baxtli hayotga eng oson yo’l.

P.S.

Statistikada selection bias borga o’xshayapti, ya’ni baxtli oila qura olganlar baxtli hayot ham qura oladi. Shunda ham xulosamizni to'g’riligi faqat oshadi.
🔥2
Forwarded from Aziz Rahimov
“Daromadim ikki marta ko‘paysa, yetadi” — deymiz.

“Pul yigʻishni boshlayman” — deymiz.

Ha-ha.

Daromad ko‘paysa, yig‘ish ko‘paymaydi. Xarajat ko‘payadi.

Avval e’tibor berilmagan matohlar – “muhim” boʻlib qoladi.

Biz ham “odamlardek” yashaylik endi: ichkaridan ovoz keladi.

Housel aytganidek: “Pul yigʻa olish moliya emas, psixologiya”.

Xohishlarini boshqara olgan — pullarini boshqara oladi.
👍21
Forwarded from Aziz Rahimov
Kitob sotib oladiganlar kam.

Sotib olganini ochadiganlar kamroq.

Ochganini tugatadiganlar undan ham kam.

Tugatganini eslab qoladiganlar yanada kamroq.

Eslab qolganiga amal qiladiganlar eng kami.

Kamchilik erishayotgan narsalarga erishish uchun, kamchilik qilayotgan ishlarni qilish foyda beradi.
👍1
Juda zo'r va manfaatli video chiqibdi ko'rishni tavsiya beraman
👍21
1👍1
Assalomu alaykum,hammamizga kirib kelayotgan ramazon bayrami hayrli va barokatli kelsin.Bu muborak oyda hammamizga avvalgi qilgan gunoxlarimizdan poklanish nasib qilsin
👍41
Forwarded from 🌳tranquil🌵🪸🌛 😎🎋🌿🪴🪺🌱
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Forwarded from HSK4级 Davron Nizomov (Davron Nizomov)
Boom yangilik


HSK1-4 gacha boʻlgan video darsliklar, har bir dars
1,-5-2 soatdan oshiq vaqt tushuntirilgan

500 ming soʻmlik online tayyor video darsliklar bor guruhimizga shu yilning 20 maygacha qoʻshilib olishingiz mumkin! 
500 ming soʻm emas , ya'ni  80% chegirma ni qoʻlga kiritishingiz mumkin .
Yaʼni 100 ming soʻm
Shu hisob raqamiga 5614681253481067 shu mablagʻni  👆tashlab skrinshotini @davronnizomov1994 ga yuborib qoʻying

7 kungina vaqtingiz bor. Keyin chegirma asl holiga qaytadi
Guruhda keyingi oy ham qolmoqchi boʻlsangiz yana shu 80% chegirmadan foydalanishingiz mumkin boʻladi

Boshqa ortiqcha savollar berilmasin, namuna kerak deb.
Iyundagi imtihonga tayyorlanish uchun ajoyib imkoniyat
Juda foydali ma'lumotlar berishibti,ishlariga omad!
🎄Yangi 2026-yil muborak bo‘lsin!🎄
Yangi yil sizga yangi imkoniyatlar, katta yutuqlar va yorqin orzular olib kelsin. Hayotingiz quvonchga, qalbingiz xotirjamlikka, xonadoningiz esa baraka va mehrga to‘lsin. Har bir kuningiz omad, sog‘lik va muvaffaqiyat bilan boshlansin.
2026-yil siz uchun eng go‘zal xotiralar va ezgu yangiliklar yili bo‘lsin!
1👍1