SMM | Social Media Marketing
10 subscribers
52 photos
911 videos
113 files
736 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
20-dars videoga olishdan oldin telefon nastroykalari
Brend obro‘sini qanday o‘lchash mumkin?

Biznes egasidan so‘radim: Nega “Giveaway”da qatnashdingiz? Axir undan sizga foyda yo‘q-ku!

— To‘g‘ri. Lekin Instagramda yuz minglab obunachi bo‘lsa, yangi mijozlar brendga ishonadida.

Ammo potensial xaridor obunachilar soniga emas, brend obro‘siga ko‘proq e’tibor beradi.

Uni esa izoh(comment)larga qarab bilib olishadi.

Siz marketolog sifatida buni o‘lchashingiz mumkin.

Buning uchun BRI’ni hisoblaysiz.

BRI nima?

⭐️ BRI(Brand Reputation Index) — brend haqida ijobiy izohlar qanchaligini o‘lchaydigan ko‘rsatkich.

Qanday hisoblaymiz?

BRI = ( ijobiy izohlar soni / umumiy izohlar soni) x 100


Masalan: Bir oyda sizga 200 ta izoh keldi. Ulardan 60 tasi ijobiy, 30 tasi salbiy va 10 tasi neytral.

Bunda: ( 60 / 200) x 100  = 30%

Demak, BRI — 30%

Agar sizda ushbu ko‘rsatkich 70% va undan yuqori bo‘lsa, demak hammasi joyida.

===

To‘g‘ri, faqatgina ijtimoiy tarmoqdagi izohlardan olingan xulosaning o‘zi yetarli emas. Bu soddalashtirilgan formula.

Bundan tashqari, brendga bo‘lgan ishonch, uning qiymati va mijozlar sodiqlik darajasini ham hisobga olish zarur.

🔔 Post foydali bo‘lsa, marketing sohasidagi do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying.

#marketingformula

@maqsadli_mijoz
“Sun’iy intellekt marketologlarning ishini olib qo‘yadi” deyishadi, shu to‘g‘rimi?

Hech kim kelajakni oldindan 100% bashorat qila olmaydi.

Men faqat o‘z tajribamdan kelib chiqib, taxminimni aytaman.

Javobim: HA va YO‘Q. Hozir tushuntiraman.

HA, sizni ishdan bo‘shatadi. Agar sizning vazifangiz:

• ma’lumotlarni kiritish va rejalashtirish;
• ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash;
• aniq qoidalarga asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘lsa, bu vazifalarni AI yordamida bemalol avtomatlashtirish mumkin.

YO‘Q, sizning ishingizni olib qo‘ymaydi. Agar sizda:

• liderlik;
• jamoa bo‘lib ishlash;
• his-tuyg‘ularni tushunish;
• kreativlik va innovatsiya;
• murakkab muammolarni hal qilish;
• tanqidiy fikrlash;
• intuitsiya va moslashuvchanlik;
• chiroyli muomala;
• ishonch uyg‘otish kabi qobiliyatlar bo‘lsa, sizning o‘rningizni robotlar egallab olishi imkonsiz.

Siz qanday fikrdasiz? Javoblaringizni izohlarda qoldiring.

🔔 Post foydali bo‘lsa, uni marketing sohasidagi do‘stlaringizga ham yuborishni unutmang.

#shu_togrimi

@maqsadli_mijoz
To‘g‘ri kontent ko‘p vazifalarni bajaradi

Hozir Instagramda:

Har kuni yangi trend chiqadi, ommalashadi. Keyin u bo‘yicha aksariyat kontent menejerlar brendga to‘g‘ri kelmasa ham video olib, sahifaga joylashadi.

Afsuski, ko‘pchilik shunday videolarni chiqarishdan avval biror reja yoki strategiya tuzmaydi.

Eng yomoni — bu trend auditoriyaga qanday foyda berishini ham bilishmaydi.

Jo Pulitssi “Content Inc” kitobida auditoriya uchun qiymatli kontent yaratish bosqichlari va kontent asosida mahsulot sotib olishga tayyor auditoriyani shakllantirish haqida to‘liq tushuntirib bergan.

Kitobni o‘qish orqali siz:

To‘g‘ri kontent yaratishning 6 ta bosqichi;

Nega mahsulotdan avval kontent yaratish muhimligi;

Kontentni monetizatsiya qilish usullari haqida bilib olasiz.

🔔 Kitobni ingliz tilida o‘qishingiz mumkin. Xarid qiling va foydalaning.

#kitobtavsiya

@maqsadli_mijoz