🦅🦅🦅🌹🌸ХАЁТ СИНОВЛАРИ...!🌹🌸🥳3.06.2020
704 subscribers
27.3K photos
16K videos
65 files
30.6K links
🌐Teлеграммдаги
Xaётий канал.


✳️Бизнинг каналда сизларга:
Xaр куни🆕 Энг aжойиблари💯:

#Фотолар📸
#Xикоялар📚
#Mаслахатлар♻️
#Tабриклар🎁
#Қушиқлар 🎼
#Mонолог🎤

Бош AДМИНКА
#ГУЛИХОНИМ






Биз Сизларни яхши курамиз.
Канал Админлари ва Админкалари
Download Telegram
​​«Hamma ayollar aslida farishtadirlar. Faqat... qanotlarini sindirib qo‘ysangiz, supurgiga minib oladilar xolos».

Paulo Koelo
braziliyalik adib
​​...Yunus alayhissalomning baliqning qornida qanday nido qilganlari esingizdami? «La ilaha illa anta subhanaka, inni kuntu minaz-zolimiyn»–«Sendan o‘zga hech ilohi ma’bud yo‘q. Sen poksan. Albatta, men zolimlardan bo‘ldim», - deb turdilar. «...Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz», - deya marhamat qiladi Alloh taolo Anbiyo surasining 87-88-oyatlarida.
Unutmangki, bizlar - Yunus alayhissalomga baliqning qornidan yo‘l bergan;
Yusuf alayhissalomga chohning ichidan yo‘l bergan;
Muso alayhissalomga dengizning o‘rtasidan yo‘l bergan;
Iso alayhissalomga suvning ustidan yo‘l bergan;
Ibrohim Xalilullohga olovlar orasidan yo‘l bergan Zotning qullarimiz. Bizga yo‘lni faqat U berajak.
Bu yo‘lga sazovor bo‘lmoq uchun esa, ojizlar singari: «qurbon bo‘lyapmiz, beqadr bo‘lyapmiz» deya zorlanmoq emas, anbiyolar singari: «zolimlardan bo‘ldik» deya o‘zimizga zulm qilayotganimizni tan olmoq va o‘z-o‘zimizning islohimiz uchun jiddu jahd etmog‘imiz shart.
T.me/sinovlarihayot
YUK

Og'ir kunlar, po'latday qattiq,
Oyoqlarim tolar shu qadar.
Tungi osmon, oy degan qandil,
Soya solmas hech qanday xatar.

Og'ir kunlar, besamar, bir xil,
Ko'zlarimga botmay qiynalar.
Kuzgi olam etagin qirqib,
Yoqa-yengin tinmay qiymalar.

Og'ir kunlar, shiddatsiz, sokin,
Miltillagan barglar zangori.
Bir nuqtada qotganday oqim,
Bir suratda qotgan angorim.

Og'ir kunlar, do'nmoqda qishga,
Ta'qib etmas meni hech vaqo.
Qorlar bo'lib yog'ib ketishga,
Izn bermas qa'rimda bahor...

XONDAMIR
T.me/sinovlarihayot
ДИЛИДА ҚОЛОЛМАГАНИМ.....

Ишқи дунёларга ўт қўяр, аммо,
Лек ўзи мен дея ёнолмаганим.
Кўзларим ёшлатар бепарволиги,
Дил бериб, дилида қололмаганим.

Шу зайл хижронда ўтмоқда кунлар,
Мени бир бор йўқлаб келолмаганим.
Куйида шамдайин эриб битсам ҳам,
Дил бериб, дилида қололмаганим.

Дарё ўзанига сиғмас сув бўлиб,
Соҳилин бир бор тарк этолмаганим.
Қалбим дарёсида тўғонлар қуриб,
Дил бериб, дилида қололмаганим.

Қалбим оташ эди, музлади, сўнди,
Шу оташ чўғида куёлмаганим.
Дунёлардан тондим, сен деб яшадим,
Дил бериб, дилида қололмаганим .

Хазонрез куз каби сўлиб, сарғайиб,
Умрида баҳори бўлолмаганим.
Алвон лолалардек бағрим қон қилиб ,
Дил бериб, дилида қололмаганим.

Музласа мен томон бошлар йўлаклар,
Кўнглим кўчасига киролмаганим.
Совиб бормоқдадир айтар тилаклар,
Дил бериб, дилида қололмаганим.

Ўчиб кетмоқдадир хотираларинг,
Қалбим кўзгусидан тополмаганим.
Қоронғу тундайин бедор юрагим,
Дил бериб, дилида қололмаганим.

Туйғуларим булоқ сувидай тоза,
Бир бора қониб сув ичолмаганим.
Сенинг танловингдан юрагим пора,
Дил бериб, дилида қололмаганим....

T.me/sinovlarihayot
#Kechir

Kechirimni har doim ham aybdor so‘ramaydi. Kechirimni munosabatlarni ko‘proq qadrlaydigan inson so‘raydi.

©Erix Mariya Remark

T.me/sinovlarihayot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot kitobimni bexos varaqlab ,

Oʼtgan umrimga achinmay qoʼydim......
***
Manda sig‘ar ikki jahon, man bu jahona sig‘mazam,
Gavhari lomakon o‘zim, kavnu makona sig‘mazam.

Arsh ila farshu kofu nun, barchasi mandadir bugun,
So‘zlama, qo‘ygil endi man sharhu bayona sig‘mazam.

Kavnu makondur oyatim, zoti aning bidoyatim,
Istar esang nishonami, men bu nishona sig‘mazam.

Shubha gumon ila kishi, haq bila bo‘lmag‘ay ishi,
Haq tanigan bilurki man shubha gumona sig‘mazam.

Surata boq-u, ma’nini surat ichinda san tani,
Jism ila jon o‘zim, vale jism ila jona sig‘mazam.

Ham sadafu ham injuman, hashru sirot o‘tuvchiman,
Buncha matoyu mol ila men bu do‘kona sig‘mazam.

Ganji nihon mening o‘zim, ayni ayon mening o‘zim,
Gavhari kon mening o‘zim, bahrayu kona sig‘mazam.

Garchi muhiti a’zamam, Odam otimdir Odamam.
Kunfayakun bo‘lib o‘zim, man bu makona sig‘mazam.

Jon bila ham jahon o‘zim, dahr ila ham zamon o‘zim,
Ko‘r bu latifani ki man dahru zamona sig‘mazam.

Anjum ila falak manam, vahy manam, malak manam,
Senki tilingni tiy, bugun men bu lisona sig‘mazam...

Zarra manam, quyosh manam, chor ila panju shash manam,
Surati ko‘r bayon ila, chunki bayona sig‘mazam.

Zot ila sifot ila, qadr ila, barot ila,
Gulbashakar navot ila, basta dahona sig‘mazam.

Nor manam, shajar manam, arsha chiqan hajar manam,
Ko‘r bu olov tilin, ki man, ushbu zabona sig‘mazam.

Shams manam, qamar manam, shahd manam, shakar manam,
Ruhi ravona mandadur, ruhi ravona sig‘mazam.

Garchi bugun Nasimiman, Hoshimiyu Qurayshiman,
Bundan ulug‘dur oyatim, oyati shona sig‘mazam.

Nasimiy
T.me/sinovlarihayot
Узр айтганинг сен хатокор, бошқалар тўғри дегани эмас.

Балки бу бировларга бўлган муносабатни шахсий ҳаётингдан кўра юқорироқ қадрлашингни англатади.
Истиғфор айтиб фарзандли бўлиш мумкинми?

САВОЛ: Мен бир неча йилдан бери оилалиман. Лекин фарзандимиз йўқ. Бир куни бир танишим келиб: «Мен бир олим одамдан эшитдим, агар икковларингиз юз минг мартадан истиғфор айтсангиз, фарзандли бўласизлар», деди. Агар шундоқ бўлса, унинг шартлари қандай бўлади? Жавоб учун олдиндан раҳмат.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло ҳар бир бандага қўша-қўша фарзандларни ато этган бўлсин, жумладан, ушбу саволни йўллаган мухлисимизнинг оилаларига ҳам Роббул оламийн яхши-яхши фарзандларни ато этиб, ўша фарзандларни бу оиланинг аъзоларига кўз қорачиғи бўлишини насийб этган бўлсин.
Албатта, бефарзанд одам турли йўллар билан фарзанд топишнинг пайидан бўлади, Аллоҳ таоло-га илтижо қилади, мутахассисларга мурожаат эта-ди.
Фарзанд кўрмасликнинг сабаблари эрдаги ёки хотиндаги маълум бир беморлик, хасталик, камчи-лик бўлиши мумкин, буни тиббий йўллар билан муолажа қилишга ҳаракъат қилиш лозим бўлади.
Лекин асосий тилак, асосий истак Аллоҳ субҳану ва таолонинг Ўзидан бу нарсани сўраш бўлади. Аллоҳ таолодан фарзанд сўрашнинг, Аллоҳ таолога илтижо қилишнинг йўлларидан бири- Роббул оламийнга истиғфор айтиш, «Астағфируллоҳ» ёки «Астағфируллоҳал аълиял аъзим, аллазий лаа илааҳа илла ҳува ва аътубу илайк» сўзларини кўп марта ихлос билан, Аллоҳдан фарзанд сўраш ния-тида такрорлашдир. Мана бу ерда, демак, ўша маслаҳат берган одам бир олимдан эшитганидай юз минг марта айтишни тавсия қилибди. Бу, бир тажрибадан келиб чиққан нарса, юз минг мартадан кўп бўладими, оз бўладими, лекин ихлос билан қилинса, шу ният билан қилинса, шоядки, Аллоҳ таоло банданинг илтижосини тингласа, дуосини ижобат қилса, сўраган нарсасини берса. Қуръони Каримда Аллоҳ субҳану ва таоло Нуҳ алайҳиссаломнинг тилидан у зот ўз қавмига истиғфор айтишини ва истиғфорнинг фойдаларини баён қилувчи ояти каримани нозил қилган. Нуҳ алайҳиссалом:
«Бас, ўз Роббингизга истиғфор айтинг, албатта у гуноҳларни кўплаб мағфират қилувчидир, дедим» («Нуҳ» сураси, 10-оят), дейдилар-да, кейин истиғфорнинг фойдаларини айтадилар:
«У зот осмондан устингизга кетма-кет (барака ёмғирини) юборадир. Ва сизга молу мулк ва бола-чақа ила мадад берадир». («Нуҳ» сураси, 11-12 оятлар). Ана шу ерда фарзанднинг кўпайишига ҳам Аллоҳ таолога истиғфор айтиш фойда бериши айтилган. Шунинг учун ҳам, Ҳасан Басрий розияллоҳу анҳунинг ҳузурига кишилар келиб, турли нарсалардан: кимдир ёмғир ёғмай қўйганидан, кимдир камбағаллик тарқалганидан, кимдир бефарзандликдан ва бошқа нарсалардан шикоят қилишганида, «истиғфор айтинг», деганлар. Одамлар «Ҳаммага «истиғфор айтинг» деяпсиз, бу қанақа бўлди?» деганида мана шу оятларни ўқиб берганлар. Ҳақийқатан, истиғфорнинг фойдаси ниҳоятда кўп, ана шу фойдалардан бири фарзанд талабидаги кишилар ният билан истиғфорни кўп айтсалар, шоядки, Аллоҳ таоло ушбу ояти кариманинг маъносидан келиб чиқиб, ўша бефарзанд би-родарларга, опа-сингилларга ҳам фарзандларни ато этса. Аллоҳим, барча бефарзанд биродарларимизга, опа-сингилларимизга Ўзингнинг ғайб хазийнангдан қўша-қўша фарзандларни ато қилгин, уларнинг кўзини қувончга тўлдирсин, қалбини, кўксини фарзандга тўлдиргин, мурод-мақсадларига эриштиргин. Валлоҳу аълам.
Alvido Ann.

hikoya

— Boshing qanday vaziyatda og‘riyapti?

Qiz qoshini chimirdi, istehzoli yarim tabassum qildi. Uzun, jozibali barmoqlari bilan sochini o‘ynagancha doktorga kinoyali ohangda dedi:

— Doktor, men o‘laman?!

— O‘lishingni o‘zingdan oldin men bilganman va buni menga bot-bot takrorlashing shart emas.

Asabiyligini yashirishga urinmasin, doktor oyog‘ini tez-tez qoqardi.

— Analgetik ko‘p iste’mol qilyapsan. Ular og‘riq qoldirishi bilan birgalikda kasallikning rivojlanishini ham tezlashtiradi.

— Xo‘p, buning nimasi yomon? Sizning diqqanafas shifoxonangizdagi umrim uch-to‘rt kun, boringki bir haftaga uzayishini nima ahamiyati bor?

— Ann,- doktor o‘rnidan turib, kechagi yomg‘ir dog‘ qilgan derazadan tashqariga boqdi. Farrosh buni e’tiborsiz qoldirgani jig‘iga tegdi, — savolimga javob ber,- davom etdi. — Kunning qaysi qismida, yoki biror doringni kechiktirsangmi, balki nimadir his qilganingdadir?

— Sog‘inganimda…

Qiz go‘yo gap o‘zi haqida ketmayotgandek beparvo bo‘lishga harakat qildi.

— Bolalik qilma.

— Siqilganimda,- yengil uf tortdi.

— Azizam,- doktor qizning yoniga kelib, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Qiz doktorni itardi.

— Siz xushomadlaringiz uchun tutib tutibsizmi meni bu yerda?

Bunday emasligini ikkisi ham bilar edi. Bemorning rangi ham o‘zgara boshladi. Oppoq yuzlaridagi o‘ziga yarashgan so‘lg‘inlik, to‘kilib kamaygan, ammo husniga ta’sir etmagan kipriklarini og‘ir qoqdi. Doktorga qat’iyat bilan gapira boshladi. Bu uchun yaxshigina kuch sarflayotgandi.

— 16 yoshimda uyni tark etganman. Otam ijaraga olingan suv kelmas yerda dehqonchilik qilardi. To‘rt farzandi va onamni qo‘yavering, yerning o‘zidan ortmas edi daromad. Men shafqatsiz shaharga keldim, o‘z bilimim bilan talaba bo‘ldim. Xudbinlik qilib bo‘lsada, muvaffaqiyatlarga erishdim. Pul topa boshladim — butun oilamni ta’minlaydigan darajada. Otam dalani topshirdi. Uyda kichik firma ochib berdim. U juda ozg‘in edi, doktor. Hozir to‘lishib qolgan. Onam ham yashargandek… Ukalarim men kabi qiynalmasdan yashayapti endi. Ular uchun umrimni sarf etdim, bunga afsus etmayman ham. Men uyga borishni, so‘nggi kunlarimni ularning baxtiyorligini ko‘rib o‘tkazishni xohlayman!

— Ann, o‘zingni bunday tutishni bas qil, charchaysan axir.

— Siz esa menga g‘amxo‘rlik qilishni!

— Seni sevaman.

Doktor bu so‘zlarni qizga ko‘p aytgani uchun ikkisiyam hech qanday tuyg‘uni his qilmadi.

— Va siz oilalisiz.

Qiz bor og‘riqlariga alamni undan olmoqchidek zaharxandalik qildi.

— Buni sevgimga dahli yo‘q. Men seni sevaman, evaziga hech narsa kutmayman. Hatto sevgi ham. Seni ikki yil oldin hushsiz ko‘rganimdayoq hech qachon his etmagan tuyg‘uni his qilganman. Ann…

Doktor qizga yana yaqinlashdi, qiz hech qachon itoatkorlik qilmasdi. Kasalligining sababchisi shu insondek tutardi o‘zini.

— Evaziga hech narsa berolmayman ham.

Doktorning xonasidan ensasi qotgancha chiqib ketdi.

Palatasiga kirishi bilanoq nastarinning ifori dimog‘iga urildi, nigohi yotog‘i yonida bir dasta bo‘lib guldonga joylangan nastaringa tushdi. Kayfiyati ko‘tarilib, o‘zgachalikni tuydi. Yuragi hapqirdi. Guldon ostiga «Yoqimtoy Annamga» deb yozilgan qog‘ozcha qoldirilgandi. Anna shu vaqtga qadar gul olmagandi. Unga gul hadya qilishlariga imkon bermagandi. Anna sovuqqon, talabchan va harakatchan, dastlab pul topish uchun ilmga qiziqqan, so‘ng ilmning sehri uni o‘ziga rom qilgan, kelasi oyda dissertatsiyasini yoqlashi kerak bo‘lgan fan doktori edi. Agar u ikki yil ilgari boshidagi og‘riqdan yiqilmaganida shunday bo‘lardi ham.

Anna gullarni hidladi, butun tanasiga — ich-ichiga qadar ham shu ifor o‘rnashgandek. Botib borayotgan may quyoshini kuzata turib, mashinasiga o‘tirayotgan doktoriga ko‘zi tushdi. «Kelishgan», o‘zicha uyatchan jilmaydi. Unga bo‘lgan tuyg‘ularini ortiq yashirmaslikka ahd qildi. «Modomiki, umrimning kafolati yo‘q ekan, nega men kulib yashamay? Nega men sevishimni yashiray?». Anna yaqinda o‘ladigandek emas, qayta tug‘iladigandek his qildi o‘zini. Ayol kishi muhabbatdan ko‘ra xushomadga muhtoj. Kravatga yotib doktor haqida o‘ylay bo
shladi. Nozikta’b bu doktorning e’tiborini tortish uchun shifoxonaning butun ayollari tish-tirnog‘i bilan urinardi. Annadan rashk qilardi, qiz ham bunga arzirdi. Tik qomatli, baland bo‘yli, Amerikada kam uchraydigan osiyoliklarnikidek bodomqovoqlari haddan ortiq unga yarashardi. Hasaddan yonayotgan shifoxona ayollarini Annaning tez orada dunyoni tark etishigina xotirjam qilardi. Annaning atrofida girdu-kapalak doktor esa butun xayoli qizda, uni haqiqatdan ham sevardi.

Muhabbat- insonni yutib yuboradigan kuch.

— Ann…

Doktor sochlari yuziga tushib, g‘ashini keltirayotgan, buni nimaligini anglamasdan yoqimli harakatlar bilan uni olib tashlashga urinayotgan qizni uyg‘otmoqchi bo‘ldi.

— Ann…

— Doktor?

«Anna haqiqatdan ham ma’buda singari go‘zalmi yoki menga shunday tuyiladimi?», xayolidan o‘tkazdi yigit.

— Turaqol, Ann. Sayr qilib kelamiz.

Qiz oppoq yopinchiqni yelkasiga tashlagancha, nima bo‘layotganini hamon idrok etmasdan, yetaklab ketayotgan kishiga so‘zsiz ergashardi.

Etni junjiktiradigan havo Annani tetiklashtirdi. Ular shifoxonaning mo‘jaz va ayni yashillikka burkangan bog‘iga o‘rnatilgan o‘rindiqqa o‘tirishdi.

— Nega bu mahalda..?

Qiz uchun qanchalik yoqimli bo‘lmasin, doktorning bemavrid tashrifi hayratga ham solardi.

— Senga aytadiganim bor.

Doktor sigara tutatdi. Anna tashabbusni yigitdan kutgancha, ojizona, aytilajak gapni kutib turardi.

— Nega uyingga ketmayotganingni so‘rading. Ann, agar sen…

Doktor bu kabi gaplarni kun mobaynida o‘nlab bemorlarga aytar, jarayon unga aslo qiyinchilik tug‘dirmasdi. Hozir esa qarshisidagi ayol 35 yillik umridagi ilk muhabbati edi.

— Agar sen muolajani hatto bir kun to‘xtatib qo‘ysang, darding og‘irlashadi. Sen uyingga ketgudek bo‘lsang, u yerda og‘riqdan jon berishing mumkin. Og‘riq nafaqat boshing, balki butun tanangni dahshatli changallaydi, -Doktor barmoqlari bilan qovog‘ini qattiq bosdi, — Eng yomoni nima, bilasanmi? Seni og‘riqdan talvasaga tushganingni oilang kuzatib va tepangda sendan-da qiynalib turishadi.

Qiz o‘sha vaziyatni ko‘z oldiga keltirdi: mehnat ezgan onaning ko‘zlarida xavotir va qiynoq bilan Annaning boshini silashi, ilojsiz otaning xonaning u yog‘idan bu yog‘iga asabiy o‘tib qaytishi va o‘ziga la’natlar aytishi, ukalarining esa yig‘i to‘la ko‘zlari, hali go‘dak qo‘rquvlari.

Qiz ularni yanayam sog‘indi, hozirning o‘zidayoq oilasi yonida bo‘lishni qattiq xohladi. Uning uyqusi butkul ochilgan, hatto endi hech qachon uxlashni istamasdi.

— Ed… -Anna boshini doktorning yelkasiga qo‘ydi. Nigohini yashirgancha, — Menga og‘riq qoldiruvchi ber, -dedi.

— Avrashga urinma, o‘zingda ko‘p.

— Yo‘q,- zaif ohangda javob qildi — kuchlirog‘idan…

Ular o‘rinlaridan turib, yomg‘irdan keyingi musaffo osmon ostida, uchirilgan fonuschalar kabi nurlari bilan jilolanib, yurakda ajiblikni tuyish mumkin bo‘lgan yulduzlar kuzatuvida, bog‘ o‘rtasidagi nastarinning shamol yengilgina qitiqlab o‘tib, taralgan ifori og‘ushida qorong‘ulikka singib ketishdi.

Qiz palatasida sog‘aygach, uyiga ketishga ruxsat berilgan bemor kabi tetiklik bilan uyg‘ondi. Edvard qizning jamadonini mashinasiga ortdi, u poyezdgacha kuzatib qo‘ymoqchi edi. Stansiyada mitti moviy gulli oppoq ko‘ylakda, egnidan gul sochilgan kabi hazin va ma’yus chehrasida hayajon, qo‘rquv, kutilajak sog‘inch, intiq diydor — umuman o‘lim oldi hislar bilan Anna, qizga bo‘lgan muhabbatidan boshqa hech narsaga ishtiyoqsiz yigit bir-biriga uzoq tikildi. Poyezd ketish muddati bo‘lgach yigit qizni umidsizlik bilan bag‘riga bosdi. Edvardning so‘nggi gapi:

— Dorilaringni vaqtida ich, Ann. Hammasini..!

Qiz poyezd derazasidan yigitga qo‘l silkidi. Ayol sevgan insoni oldida o‘zini kuchli his qilishi mumkin, ammo o‘zini kuchli tuta olmaydi. Ko‘z yoshlarini artarkan, poyezd to‘xtasa, tushib qolishga bajonidil rozi ekanligini his etdi. Ammo poyezd yurgan edi. Uning vazifasi kishilarni borajak manziliga yetkazish, xolos.

— Xayr!

Edvard yaqinini kuzatayotgan barcha kabi shlyapasini boshidan yechib, javoban qo‘l silkidi.

O‘zi eshitadigan darajada esa sekinlik bilan pichirladi:

«Alvido, Ann…»
(Нодирабегим Иброҳимова саҳифасидан
#НЕЪМАТ... (Бўлган воқеа)

Карантин баҳона ҳаммамиз уйда камалиб ўтирибмиз. Ўкитувчи бўлганим учун касбим такозоси билан мен ҳам фарзандларим билан уйдаман. Унда бунда магазинга ёки дорихонага чиқмасам, деярли уйда рўзғор ташвишлари билан овораман. Ўзи табиатим нозикрок бўлгани учунми яқинда шундай кучли шамолладим, иссик- совуқданми, елвизакданми қаттиқ оғридим. Аммо фарзандларимни ўйлаб ўзимни зўрга уч кун деганда оёққа тургиздим. Худога беададшукур, дадамиз ҳам тушунадиганлардан, аҳволим оғиррок бўлгани учун "тез ёрдам чақирамиз"- дедилар, аммо унамадим. Оҳир оқибат ўзимни ўзим даволаб оёқга турдим. "Мана яхшиман" -деганимда ҳид билиш, там билиш сезгиларим йўқолганини билдим. Аллоҳни қудратини қаранг-ки, еган таомингизни лаззати, табиатдаги барча ҳид- ифорларни ҳис қилиш тўйиш бу Аллоҳнинг бизга берган неъмати экан. Еган ичганимни мазасини ҳис қилмаганим учун анча қийналдим. Бу борада ҳар ким ҳар ҳил фикри билдирди:
" Сен каронавирус касаллигини бошингдан ўтказибсан. Ҳали кўп қийналасан..."
Бу қабилидаги гап-сўзлардан ҳафа бўлиб бироз тушкунликка тушгандай бўлдим. Аммо зудлик билан бир қарорга келдим :
- Аҳир мен оптимистман-ку, бундай яшан мен учун эмас,- дедим-у, курашишни бошладим ва ўзимни яхши парваришладим. Ҳар доимгидек озодаликка риоя қилганча, шифокор маслаҳатига амал қила бошладим.
Бир куни доимгидек қўлимни сув билан чайиш учун гулзор томонга бордим ва ...не ажаб-ки, бурним райхон ифорини сезди... Во ажаб райхоннинг ҳиди шунчалик ҳуш бўй экан. Жаннат ҳидининг таровати, бўй, иси қандоқ экан-а... оний лаҳзада ўтган бу фикрлардан бошим айланди, кўзимларимдан ёш чиқиб кетди. Ё Аллоҳ, қудратингдан! Мени аҳир таъм ва ҳид билиш сезгиларим яна қайтган эди.
-Уррааааа ! Ҳаёт ҳам шунчалар гўзал бўладими (бу орада ошхонада маззали таом ҳиди хам димоғимга урилган эди) ...Бирдан шууримни чақмоқ ургандек, фикрларим ёришиб кетди. Ичимда кимдир мени саволга тутиб кетди.
- Хааа сенга бу неъматларни ким кайтариб берди?!
... Парвардигор...
- Ундан олдин Аллоҳ берган неъматларни билармидинг???
- Ха, албатта. Аҳир кўраман, эшитаман, ушлайман, юраман...
- Иш кўплиги, вақт йўқлигини баҳона қилиб ўқимаган намозларинг, қазо қилиб ўқиган намозларинг... а лаббай ёдингга тушаяптими...

Кўраяпсанми , АЛЛОҲ раҳмдил, Аллоҳ меҳрибон, унинг карами кенг. Сендек осий бандасини шунча гуноҳларига қарамай яна бандам деб шунча неъматлар билан сийлаган...

* * *
- Юзингизни юваяпсизми, йиғлаяпсизми? - овсинимни саволи мени ўзимга келтирди.
- Ўзим шунчаки.
Зудлик билан таҳоратимни янгиладиму, шукр намозини ўкишга киришдим...

Ха, айтганча , одамларни гап сўзидан қутилиш учун уч марта анализ таҳлил топширдим. Менда ҳеч қандай касаллик аломатлари йўқ экан.

Ҳулоса ўзингиздан, азизларим. Ўзингизни асранг ва Аллоҳ берган неъматларга шукрона келтиринг...


МУАЗЗАМ НУР
Турғунжон:
Қотил қиз уйида 7кун.
_Мен қория бўлмоқчи эдим._Қиз қонталаш қўллари билан кўз ёшини артди. Ҳижобда юрган аёл қизларни кўрсам ҳавасим ортарди. Ошиқ бўлгандим бу либосга. Улар кўзимга қишда совуққотган чупонга малҳам аловдек кўринарди. Бориб ҳавас билан ушлаган чоғларим бўлди. Етти ёшимда бу либос соҳибаси менга бирам чиройли табассум қилдики ишонасанми гапларимга? -Қиз негадур бақирди уша вақтдаги ҳолат кўз ўнгига гавдаланиб.
_Ишонганим учун қулоқ солаяпман!_деди Ойбек унга жавобан.
_У аёл табассум қилди. "Сенга ёқадими бу либос деди" пешонамдан ўпиб.
_Мен ҳа дедим кўзларим қувнаб.
_Қизимга олган румолни бераман хоп десанг.
Аёлнинг бу гапи мен учун дунёдаги ҳамма яхши сўзлардан аъло эди уша пайт. Румолни бошимга ўрар экан бехосдан отам билан онам келиб қолди.
_Ҳа Ваҳобия! Қизимни ўзингга ўхшатаман деяпсанми?!_деб бақира бошлашди.
Мен ўқувсиз омий ота онамнинг бу ҳолатидан ёш ҳолимда уялиб кетдим.
Опа кулимсиради. Бошимни силаб румолни ечаркан пешонамдан ўпмоқчи бўлди.
_Ҳаром қилма боламни бошини!_онамнинг шанғиллаши дунёни бузди.
Мана шу кундан ҳаётим алғов далғов бўлиб кетди. Менга замонавий бўлишни уқтиришарди. Дин эски сарқит дея бошимни айлантириша бошлашди. Мени узоқлаштиришди. Пулга муҳаббатли қилишди. Пулга муҳаббатим оша борди. Пул учун ҳар нарсага тайёр қизга айландим. Фоҳишалик кучаси кўзимга пул дарёси бўлиб кўринди. Кирдим ҳам. Орсиз эркаклар тудаси пул чангаллаб келавераркан бу ғархонага. Уйида аёли қум чайнаб ётишидан бехабар дажжол малайлари олдимизга жарақ жарақ пуллар билан келарди. Москвага келдим. Бу ерда пул ичига оқа бошладим. Ота онам мендан рози эканлигини қайта қайта таъкидлашарди. Бу нарсалар кун ўтавергач мени зериктирди. Итниям битниям тагига ётиш жонимга тегди. Худди сени интернетдан чақирганим каби мениям чақиришди. Мана шу дачада. Ўзимиздан чиққан пул ҳидига маст йигитлар тудаси. Биласанми ? Улар мени итдай боғлашди. Бир ой ит кунини бошимга солди. Эслагим келмайди у кунларни. Ота онамни шунчалар ёмон курдимки уша онлари. Пулга қизиққан кўзларим ўйилиб кетсин деб йиғлардим. Улар наша таъсирида иблислар қилмайдигон азобларни қилишди. Кунгли нимани истаса уша қилишарди. Неча марта ҳушимдан кетдим. Неча марта қон қусдим. Уларга фарқи йўқ эди. Бир кун ҳаммаси сармаст уйқуда эди. Биттаси аранг девор суяб ҳожатга чиқа бошлади. Секин шивирладим.
_Мени қуйиб юбор илтимос!
_Ннннимагааа?_ғудранди у.
_Сен билан қучоқлашиб ётмоқчиман. Ўзимни одамдай ҳис қилай. Қочсам отиб ташла!_дедим ишонтиришга ҳаракат қилиб.
_Ҳҳҳозир_ дедию бўшаниб келгач қўлларимга боғланган занжир қулфини секин еча бошлади.
_У хонага ўтайлик. _дедим яна шивирлаб.
Хонага кирар кирмас ўзимга куч топиб стол устидаги пичоқни буйнига тортдим. Хириллаганча ерга йиқилди. Бу ҳолатни кўрар эканман яна қилгим келди. Қолганларини ҳам мазза қилиб тезликда суйишни эпладим. Уларни айланиб типирчиланишлари менга завқ берди!_Қизнинг кўзлари яна қизарди. У қурқинчли тус ола бошлаганди. Оғзидан купигини сачратиб яна гапира бошлади._Бу менинг қасосим эди! Нотўғри иш қилдим деган фикр менга яқин ҳам келмади. Бунақаларни ўлдириш керак! Бу лаъинлар ўлимга лойиқ!_деган фикрларни миям олдинга сура бошлади.
Кейин бир чуқур қазидим. Анча чуқур. Туртовиниям ташлаб кумиб ташладим.
Ушандан буён одамларни ўлдираман нимага биласанми ?
_Нимага ?_Ойбек энди у қиздан қурқа бошлаганди.
_Фарзанд оиласини ташлаб келгани учун ўлдираман! Уларни тарбиясига беэътибор бўлгани учун ўлдираман!
_Рисқ излаб келаяптику жиннимисан?!
_ Рисқ Аллоҳданми?
_Албатта!
_Аллоҳ рисқингни уйингдан юртингдан беролмайдими? Ҳокиммиди Аллоҳ халқни молини ейдигон?  Сен Аллоҳни қудрати ҳақида шубҳа қилаяпсанми?
Бу сафар Ойбек жим қолди. У ҳақ эди.
_Намоз ўқишим керак! Соат неча бўлди?_Ойбек атрофга қараб девордаги осилган соатга кўзи тушди.
_Асрга қараб вақт оғибдику!Қўлларимни еч пешиним қазо бўлмасин!_Ойбек ўрнидан турмоқчи бўлиб силтана бошлади.
_Қочиб кетмайсанми?_Қиз унинг олдига бориб кўзларига тик қараб савол берди.
_Йуқ қочмайман!
_Қочсанг ўлдираман!Бу иш менга қийин эмас!Ана қара милтиғим ҳам бор.Кўрдингми?Бошинг ерга тушган тарвуздай титилиб кетади.
_Хоп дедимку!Еч илтимос!
_Мусулмонмисан?
_Мусулмон бўлмасам намоз ўқийманми жиннилик қилма! Занжирларингни ол мендан!
Қиз кулди._Биламан.Аммо ҳақиқий уммат бўлсанг Аллоҳ номи билан онт ич! Қочиб кетмайман де!
_Ўлдирмасанг қочмайман!Сени ўзгартираман.
_Наҳотки!Мения?!_Қиз сакраб кула бошлади.Йигитнинг бир гапи уни ток ургандек шокка солиб қуйди.
_Сени қория қиламан иншааллоҳ!
Қизнинг қонга тўлган кўзлари катта очилди гуё.Ёшланди.Йигитни бағрига босдию занжирларни бирма бир еча бошлади.
Йигит таҳоратга ҳаракат қилар экан ҳамма жойда қон ҳиди анқигандай бўлаверди.Чунки деворнинг ҳар метрида қон излари кўриниб турарди.
_Мен қаерда ўқийман қориям намозимни?_Ойбек биринчи қадамни ташлади қизни ўзгартириш  учун.
Қиз шошиб қолди.Калитлар осилган жойга югуриб ҳашаматли дачанинг бир хонасини очиб берди.Ростдан ичи чиройли эди.Аммо анча вақтдан буён супирилмагани кўриниб турарди.
_Бу хонага одам кирмаган ҳали.Одам ўлдирмадим бу ерга!_Қиз ғалати кулимсиради.
_Бу ерда кейин ўқиймиз хопми?Ҳозир ҳовлида ўқиймиз.
_Мен ҳамми?_Қизнинг лаблари титради.Нечалаб одамни табассум билан ўлдирган қизнинг иккинчи марта ҳаяжонга тушиши эди.Биринчи марта етти ёшида румол бошида ўраган вақти эди.Минг афсуслар бўлсинки буёғи сиз азиз ўқувчимга аён.
_Ҳа ўқийсан!Фақат устингдаги мана бу рудапо кийимингни алиштир хопми?Аммо биласанми мана шу кийимда ҳам юзингдан нур ёғилади фақат сен билмаяпсанда.Бошингдаги беъмани фикрлар қўлингни қонга булғади.Кўп гап керакмас!Тез бўл қазо бўлмасин намозимиз!
Аллоҳ Аллоҳ! Қиз гоҳ кулар  гоҳ йиғлар ўзини ораста қилиш учун устидаги кийимларни алиштириш учун зинадан қоқилганча югуриб тушиб кетди.
Ойбек таҳорат олди. Тоза жой топиб азон айтмоқчи эди кенг куйлак кийган соч йиғиштирилиб румол ўраган қиз орқасидан турди.
_Аллоҳу акбар!_Ойбекнинг тилидан такбир баралла янгради.
Қиз бу такбир йигитни хурсандчилигидан эканлигидан ҳис қилди.Ширингина табассум қилди.Бу табассум яқин ўн йилликдаги самимий илк табассуми эди. Қиз йигит ортидан унга қараб қўлларини қовуштирди.Титради.Саждага йиқилганда ўзини босолмай ҳунграб юборди.Қотил  бўлса ҳам фаҳш дарёсида сузган бўлса ҳам қалбининг туб тубида Аллоҳ инъоми ҳидоят уруғи бор эдида ахир! Йигит намозни адо қилиб бўлгунча қиз саждада йиғлаб тураверди. Унинг қалби  юмшаганди.

Ойбек намозни адо қилиб ҳовли ичидаги дарахт тагидаги ўтиргичга  ўтирди. Қиз ҳам унинг олдига чўккалади.
_Намоз ўқиб енгил бўлдингми ?
Қиз ҳа дегандек бош ирғади.
_Неча кишини бошини единг?
_Бир ой ичидами? Ё ҳаммасини айтайми ?
Ойбек ҳайратдан унга тикилди.
_Наҳотки одам ўлдириш шунчалик осон бўлса а?
_Мен учун осон! Отам билан онамни ҳам шу ерда ўлдирдим. Яна уч ахмоқ ҳам мана шу ойда бошидан айрилди.
_Ота онангниямми?! Нимага ? Қандай қўлинг борди?!
_Кейин айтиб бераман! Икки соат ичида Меладзе одамлари келади. Кетишимиз керак!
_Ким улар?
_Қора бозорда одамнинг органларини сотувчи гуруҳлар.
Йигит бошини ушлади. Қандай ўйин ичида эканлигини энди ҳис қила бошлади. Ўртада онти бор. Аллоҳ номи билан қилинган қасам.
_Одамларни ўлдириб органларини уларга берармидинг?
_Ҳа шунақа. Олдиндан ҳам пул олиб қуйганман. Бу пулларни 100йилдаям ишлаб тополмайсан!
_Пулларинг бошингдан қолсин майлими! Мен ҳам уша қурбонликка аталганмидим?!
_Йуқ десам ишонмайсанку! Ҳа. Аммо сен менинг орзуларим арғимчоғига айландинг. Илк марта сендек инсонни кўрдим. Илк инсон ўзгаришимга ишонди.
_Гапни бас қилгин! Бу ердан кетиш керак!
_Қаерга ?
_Гадой топмасга! Мафиянг тополмайдигон жой бўлса мақсадга мувофиқ бўлармиди. Уйни ёқиб кетамиз!
Қиз бир дачасига бир йигитга қаради.Йигитни танлади девона қалби.
_Пулни олиб чиқай агар.
Қиз югуриб уйга кириб кетди.
Чемадон тўла пулни олиб чиқаркан уй ичида қиз олиб қуйган Ойбекнинг телефони жиринглади.
_Мени телефонимми? Алоқа борми бу ерда?
_Бор. Ҳозир олиб бораман. Ўзим ҳам ишлатаманку.Сенга ёздимку ахир!_Қиз тиржайди.
Телефон юзида қориям деган ёзувни кўрдию аёллиги тутди. Нимагадир аччиғиям келди. Рашкми ахмоқликми ўзиям билмасди. Телефон гўшагини кутарди. Ватсапдан ведио алоқа эди бу.
_Алло қориям яхшимисиз?Хунук тиржайди қиз.
_Алло ассалому алайкум ! Сизни танимадим кимсиз ? Бу телефон эгаси эркак киши эмасмиди мабодо ?
_Ҳа эркак киши. Олиб бораяпманку мана.

Телефон орқали аёли алоқага чиққанини гумон қилган Ойбек югуриб келгунча мана шу суҳбат бўлиб улгурганди.
Телефонни олар экан кўзларидан ёши сизаётган нима бўлаётганидан бехабар лаблари титраётган аёлининг нигоҳи кўринди.
_Қориям яхшимисан?
_Ассалому алайкум! Яхшига ўхшаяпманми? Аёлининг сўзлари титраб чиқди.
_Ҳозир тушинтираман.
_Хоп бисмиллаҳ!_деди аёли эрини тингламоқ учун кўз ёшлари артар экан....

Турғунжон Очилов.
Aгар келажакда бир кун "кошки эди" деб қолишни истамасанг, уч нарсани тўғри танла:
Рафиқангни, ишингни, дўстингни.

Юнус Эмро

T.me/sinovlarihayot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BARCHA BARCHAGA ASSALOMU ALAYKUM...

O'TIB BORAYOTGAN KUN XAMMAMIZGA XAYRLI BO'LSIN.

KIRIB KELAYOTGAN OQSHOM ESA FAYZLI BO'LSIN..

http://T.me/sinovlarihayot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YEG'LAMAYMAN XECH QACHON DESANGIZ XAM MAJBUR YEG'LAYSIZ...

http://T.me/sinovlarihayot
Фарзандингизга қуйидагиларни ўргатиб боринг:

1. Ишониш — Баркамол шахс, ўзига ҳам, ўзгаларга ҳам ҳар жиҳатдан яхши баҳо бериши лозим.

2. Идрок эгаси бўлиши — Инсоннинг ҳар қандай ҳаракат учун маъсулиятли ўз зиммасига олишини айтинг.

3. Мослашиш қобилияти — Инсоннинг ҳаётдаги ўзгаришларга, кутилмаган ҳолатларга мослашишини ўргатинг.

5. Янгиликларни қабул қилиш — Инсоннинг янги фикрлар, ўзгаришларни қабул қилиши, булардан безовталанмаслигини тушунтиринг.

6. Истак — Инсоннинг ўз мақсадларига эришиши учун туйғуларини бошқара олишини ўргатинг ва тушунтиринг.


T.me/sinovlarihayot
Яхши табиатли инсон

Бирор кишининг "Фалон одамнинг табиати, феъл-атвори ёмон" деб шикоят қилганини кўрсанг, билки, бу шикоятнинг талаби ёмондир, ёмондирки, ёмон табиатлининг ёмонлигини айтаяпти!

Чунки яхши табиатли инсон ёмон табиатли, феъл-атворли кишиларга сабр қилади, уларнинг ёмонлигини айтмайди.

Фақат шайх бирортанинг ёмонлигини айтса, бу Аллоҳнинг амри биландир, ғазаб ёки ҳою ҳавасга эргашишдан эмас! Унинг шикояти шикоят эмас, ислоҳдир. У шикоят пайғамбарларнинг шикоятига ўхшашдир.

Мавлоно Румий

#Мулоҳаза

БИЗГА ҚЎШИЛИНГ

T.me/sinovlarihayot