🦅🦅🦅🌹🌸ХАЁТ СИНОВЛАРИ...!🌹🌸🥳3.06.2020
707 subscribers
27.2K photos
16K videos
65 files
30.5K links
🌐Teлеграммдаги
Xaётий канал.

✳️Бизнинг каналда сизларга:
Xaр куни🆕 Энг aжойиблари💯:

#Фотолар📸
#Xикоялар📚
#Mаслахатлар♻️
#Tабриклар🎁
#Қушиқлар 🎼
#Mонолог🎤

Бош AДМИНКА
#ГУЛИХОНИМ

Биз Сизларни яхши курамиз.
Канал Админлари ва Админкалари
Download Telegram
#ibratli_hikoya
Hazrati shayx Ahmad Mag‘ribiy (q.s.) dedilar:
- Onamdan meros qolgan bir uyni sotdim. Badalini Ka’ba mujovirlariga ulashmoqchi bo‘ldim. Barriyada ketayotgan edim, bir qaroqchi arab ro‘paramdan chiqdi:
— Nimang bor? – deb so‘radi.
— Ellik tillam bor, - dedim-da, qo‘liga berdim. Sanadi-da, o‘zimga qaytarib berdi va tuyasini cho‘ktirdi.
— Bu tuyaga min, ketamiz, — dedi.
– Meni nima qilasan? — dedi.
— To‘g‘riligingni ko‘rib, ko‘nglim seni sevdi, – dedi.
Men xohlasam-xohlamasam, tuyasiga mindirdi. Ka’baga bordik. Birgalikda toat va riyozatga mashg‘ul bo‘ldik.
O'sha qaroqchi oqibatda Alloh taoloning valiylaridan bo‘ldi.
Mazkur hikoyatga «Guliston»dan bir bayt ilova qilinsa, uzukka ko‘z qo‘yganday bo‘lar:
Haqni bilgan kimsa aylar rostlig',
Rostg'a yo‘q kamliku ham kostlig'.

📕@sinovlarihayot
#ibratli_hikoya
Suyukli Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam quyidagi hikoyatni rivoyat qilib bergan edilar:
“Bani Isroil qabilasidagi bir savdogar o‘z qabiladoshidan 1000 oltin dinor qarz so‘rab boribdi.
— Men pul berib turishga roziman, biroq tamoyilga ko‘ra, bir guvoh bo‘lishi kerak — debdi qarz berayotgan odam.
— Shohidlikka Alloh kifoya, debdi savdogar.
— Men buni qabul qilaman, ammo sen safardan kelmay qolgan taqdirda pulimni qaytarib berishga bir kishi kafolat bo‘lib turishi zarur.
— Kafolat bo‘lib turuvchi ham Alloh, — javob beribdi savdogar yana.
— Men bunga roziman, — debdi qarz berayotgan kishi. Men senga o‘zimiz kelishgan muddatga ming dinor berib turaman.
Savdogar pulni olib dengiz osha uzoq safarga yo‘l olibdi. U hamma ishlarini bitirib bo‘lishi bilan darhol aytilgan muddatda qarzini qaytarish uchun orqaga qaytib ketadigan kema qidiribdi.
Baxtga qarshi bir qancha vaqt unga kerakli yo‘nalishda qatnaydigan kema topilmadi.
«Guvohim Alloh bo‘lgani sababli zudlik bilan omonatni qaytarishim shart», — xavotirga tushibdi savdogar. «Qanday qilib o‘z vaqtida qarzimni qaytarsam ekan?!».
U chor-atrofga qarab, to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan bir yog‘och bo‘lagiga ko‘zi tushibdi.
Shunda savdogarda yog‘ochning ichini o‘yib, kavak qilish fikri kelibdi. U 1000 dinor pul bilan omonat bergan odamga yozilgan xatni kavakka joylabdi va teshikning og‘zini zichlab yopibdi.
U yog‘och bo‘lagini olib, iltijo qilibdi: «Yo Alloh. Mening 1000 dinor qarz olganligimdan xabardorsan. U odam guvoh talab qilganida Seni shohidlikka keltirsam qabul qildi, kimnidir kafillikka so‘raganida Seni kafil qildim, bunga ham rozi bo‘ldi. Men sidqidildan qarzimni o‘z vaqtida qaytaraman deb harakat qilsam ham buning ilojini qilolmadim. Endi esa bu omonatni Sen orqali berib yuboraman». Savdogar shunday deb yog‘och bo‘lagini suvga tashlabdi va u ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha orqasidan qarab qolibdi.
Belgilangan muhlat yetib kelganida pulni omonatga bergan odam uning dinorlarini olib kelayotgan kema kelgan-kelmaganligini bilish maqsadida dengiz bo‘yiga boribdi. U kemani ko‘rmabdi, ko‘zi faqat o‘tin bo‘lishdan boshqa narsaga yaramaydigan yog‘ochga tushib, uni olib ketibdi. Uyiga kelganidan so‘ng o‘tinni yorib ko‘ribdi va uning ichidagi 1000 dinor pul bilan o‘z nomiga yozilgan maktubni ko‘rib, hayratining cheki bo‘lmabdi.
Bu orada savdogar uyiga qaytadigan kemaga o‘tirib, vataniga kelgan zahotiyoq oyog‘i yerga tegmasdan qarz bergan odamning uyiga o‘qdek uchib boribdi:
— Xudo shohid, — shoshib-pishib tushuntira boshlabdi u, — qasam ichib aytamanki qanday qilib bo‘lsa ham omonatni o‘z vaqtida qaytarishga harakat qildim. Kema qidirib topa olmadim.
Birinchi uchragan kemaga o‘tirib, hozirgina kelib turibman, mana sendan qarzga deb olgan 1000 dinor pul, omonatingni olib qo‘y.
U esa pulni bir chetga surib, savdogardan so‘rabdi:
— Sen menga nimadir jo‘natmaganmiding?
— Axir aytib turibmanku, bugungi kelgan kemadan boshqa kema topa olmadim deb.
Pul bergan odam kulib debdi:
— Alloh sen tarafdan kafil bo‘lib yog‘ochning ichiga solib jo‘natgan omonatingni menga yetkazdi. Bu pulni o‘zingga olib qo‘ygin va haq yo‘lida doimo shunday yurgin.

📕 Sahih al-Buxoriy, 3-juz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇

◾️ T.me/sinovlarihayot
#ibratli_hikoya

Кадрингни Бил

Бир куни Устознинг ёнига бир йигит келди ва деди:
— Ўзимни ҳеч нарсага ярамайдиган, бир чақага қиммат одамдек ҳис қиляпман, яшагим ҳам келмай қолди. Мени ҳамма омадсиз, овсар дейди.
Илтимос, Устоз, менга ёрдам беринг!
Устоз йигитга бир нигоҳ ташлади ва шошиб жавоб қайтарди:
Кечир, ҳозир жудаям бандман, сенга ёрдам беролмайман. Жуда муҳим ишим бор, — у бир оз ўйлаб, гапида давом этди: — Лекин менга ёрдам берсанг, мен ҳам сенга ёрдам бераман.
Жоним билан, Устоз, — деди йигит, ичида яна ўзини камситишаётганини ўйлаб.
Яхши, — деди Устоз ва чап жимжилоғидаги қизил тошли узугини ечиб олди.
Отга мингин-да, бозорга бор. Қарзимни беришим учун мана шу узукни сотишим керак. Уни қимматга сотишга ҳаракат қил ва асло тилла тангадан арзонига сотма! Бўл, тезроқ жўнагин энди!
Йигит узукни олди ва отга миниб бозорга жўнади. Бозорга келгач, у узукни савдогарларга кўрсата бошлади.
Лекин улар тилла танга ҳақида эшитишлари билан узукка қарамай қўйишди. Кимдир унинг устидан кулди, кимдир эса юзини буриб кетди ва фақат бир қария савдогаргина унга бу узук учун тилла танга ўта қиммат нарх эканлигини, узук учун мис танга, жуда ошиб кетса кумуш танга беришлари мумкинлигини айтди.
Қариянинг сўзларини эшитган йигитнинг кайфияти тушиб кетди. Устоз унга узукни фақат тилла тангага сотиш кераклигини айтганди. Бутун бозорни айланиб, юзлаб савдогарларга узукни таклиф қилиб сотолмаган йигит ортига қайтди. У Устоз олдида бошини эгди.
Устоз, топшириғингизни бажаролмадим, — деди у ғамгинлик билан. — Мен узукни кумуш тангага сотишим мумкин эди, лекин сиз фақат тилла тангага сотишим кераклигини айтдингиз. Узукнинг нархи сиз айтганчалик эмас экан.
Ҳозир жудаям муҳим сўзни айтдинг, ўғлим! — деди Устоз. — Узукни сотишдан олдин унинг асл баҳосини аниқлаб олиш керак эди! Унинг асл баҳосини эса заргар билади. Заргарнинг олдига бор ва ундан узукнинг нархини сўра. Лекин у қандай нарх айтмасин, узукни сотмасдан ёнимга қайтиб кел.
Йигит яна отга минди ва заргарнинг олдига йўл олди.
Заргар узукни узоқ синчиклаб текширди, сўнг тарозида тортиб кўрди ва йигитга юзланди:
Устозга айтиб қўй, ҳозир бу узук учун эллик саккиз тилла танга беришим мумкин. Лекин вақт берса, уни етмиш тилла тангага сотиб оламан.
Етмиш тиллага?! — йигит хурсанд бўлиб кетди ва заргарга миннатдорчилик билдириб ортига қайтди.
Ёнимга ўтир, — деди Устоз йигитнинг хурсандлик билан айтган гапларидан сўнг. — Гапимга қулоқ сол, ўғлим. Сен мана шу узуксан. Қимматбаҳо ва такрорланмас! Сенинг асл баҳоингни фақатгина ҳақиқий мутахассис бера олади. Шундай экан, бозорда дуч келган кишидан ўз нархингни сўраб нима қиласан?

✿❀┄┅┅✿❀❤️❀✿┅┅┄❀✿
🌺🌹🌹🌺
✿❀┄┅┅✿❀❤️❀✿┅┅┄❀✿

https://t.me/joinchat/TAp-cAvUN24YApQb