Sinaps – ilmiy-ommabop portal
1.16K subscribers
730 photos
41 videos
16 files
439 links
Sinaps — zamonaviy-ilmiy video, maqola va interaktiv saytlar portali.

Sayt → sinaps.uz
Youtube → youtube.com/@sinapsuz
Instagram → instagram.com/sinaps.uz
Facebook → fb.com/sinaps.uz
TikTok → tiktok.com/sinaps.uz

Bogʻlanish → @sinaps_admin
Download Telegram
▶️ YouTubeʼga joylangan eng birinchi video

Me at the zoo (Men hayvonot bogʻidaman) — Youtube tarmogʻiga joylangan ilk video hisoblanadi. U tarmoqqa 2005-yilning 24-aprel sanasida joylangan. 19 soniyalik video AQSHning San Diyego shahri hayvonot bogʻida suratga olingan, u yerda YouTube asoschilaridan biri boʻlmish Javed Karim fillar haqida gapiradi.

2023-yil 10-yanvarga koʻra, video 302 million marta koʻrilgan.

✹ Video bu yerda: youtu.be/jNQXAC9IVR

@sinapsuz
Tarix, biologiya, geografiya boʻyicha mutaxassislar qidirilmoqda!

Sinaps.uz — inson va olam haqida o‘zbek tilida aytib beruvchi ilmiy-ommabop portal.

Loyiha doirasida:
• ilmiy-ommabop maqolalar yoziladi va mahalliylashtiriladi;
• qiziqarli videolar tarjima qilinadi;
• mavzulashtirilgan (tarix, kimyo, koinot) veb-saytlar yaratiladi.

Biz yangi loyihalar doirasida qiziqarli maqola yoza oladigan tarix, biologiya, geografiya fanlari mutaxassislarini (shuningdek, shu sohadagi talabalar) izlamoqdamiz.

ASOSIY TALABLAR
:
– Koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha tugallangan oliy maʼlumot (yoki shu yoʻnalishlarning 3–4-kurs talabasi boʻlish);
– Ilmiy-ommabop maqolalar yoza olish;
– Masʼuliyat;
– Rus va o‘zbek tillarini bilish;
– Kompyuter savodxonligi.

SHART-SHAROITLAR:

– Shahar markazidagi ofis;
– Yosh va doʻstona jamoa;
– Toʻliq/qisman bandlik;
– Ishbay toʻlov;
– Onlayn ishlash imkoniyati.

Sizga qiziq boʻlsa, iltimos, quyidagi havolaga oʻtib, formani toʻldiring.

@sinapsuz
🦠 Ispanka

Ispan grippi — gripp turining rasmiy nomi, 1918–1920-yillarda pandemiyaga aylangan va taxminan 100 million odamni hayotdan olib ketgan. Bu koʻrsatkich kasallikni tarixdagi eng koʻp odamni qirgan pandemiyalardan biriga aylantiradi.

✹ Mavzuga doir: Viruslarga qanday nom beriladi (masalan, COVID-19)? 🎥

@sinapsuz
👶 Bola ona qornidayoq taʼm sezishi mumkin ekan

Buni Buyuk Britaniya va Fransiya olimlari aniqladi. Eksperiment davomida homilador ayollarga sabzi va karam kukuni toʻldirilgan kapsulalar berildi va soʻng ultratovush yordamida homilaning yuz ifodalari kuzatildi. Maʼlum boʻlishicha, karam homilaga yoqmas ekan, sabzi esa ularni tabassum qildirgan.

✹ Bu haqida batafsil: Ona qornidagi homilada ta’m bilish qobiliyati aniqlandi

@sinapsuz // #anons
🚬 Sigareta qoldiqlaridan in

Baʼzi shahar qushlari in qurishda sigareta qoldiqlaridan foydalanar ekan. Buni meksikalik olimlar eksperiment davomida aniqladi. Taʼkidlanishicha, sigareta ichidagi nikotin bit, kana va burgalarga qarshi kurashda qoʻl keladi.

✹ Bunishi ham qiziq: Nega qushlar ilonizi boʻlib uchadi? 🎥

@sinapsuz
🐈 Yaponiyadagi mushuklar oroli

Aosima — Yaponiyada joylashgan, mushuklar tomonidan “zabt etilgan” orol. 400 gektar maydonda joylashgan bu orolda 20 ga yaqin odam va taxminan 200 ta mushuk yashaydi. Bu orol mushuklarni sevuvchi sayyohlar orasida ham mashhur.

✹ Mavzuga doir: Qanday qilib yovvoyi mushuklar sevimli momiqvoylarimizga aylandi? 🎥

@sinapsuz // #qiziq
🚉 Eng tez yuradigan poyezd

Insonlarga xizmat qilayotgan sayyoramizdagi eng tez yuradigan poyezd bu — Pekin–Shanxay yoʻnalishidagi G27 va G39 poyezdlari. Bu poyezdlar odamlarni 318 km/h tezligida tashiy oladi.

✹ Bunisi ham qiziq: Nega Hindiston va XItoy aholisi buncha koʻp? 🎥

@sinapsuz // #qiziq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐈 Nega mushuklar qutida oʻtirishni xush koʻradi?

Oʻzingiz ham kuzatgan boʻlsangiz kerak, mushuklar quti (yoki qutiga oʻxshash har qanday buyum) ichiga kirib olishni yoqtiradi. Ularning bu odati qadimgi yovvoyi mushuklar bilan izohlanishi mumkin.

Quti mushuklarning yovvoyi ajdodlari yashagan tabiiy boshpanasini eslatib yuborgani uchun bu harakat sevimli uy hayvonimizda ham saqlanib qolgan. Toʻrt tomoni yopiq maydon ularga xavfsizlik hisini hamda atrofni bemalol kuzatish imkonini beradi.

✹ Mavzuga doir: Mushuklar qorongʻida koʻra oladimi?

@sinapsuz // #qiziq
🎻 Salyeri rostdan ham Motsartni oʻldirganmi?

Antonio Salyeri oʻz davrining eng kuchli bastakorlaridan boʻlgan. Bundan tashqari, uning shogirdlari qatorida Lyudvig van Betxoven, Frans Shubert, hatto Volfgang Amadey Motsartning oʻgʻli Frans Motsart ham boʻlgan.

Ammo Salyeri Motsartni oʻldirgani haqidagi gaplar asosli emas. Bu afsona Pushkinning “Motsart va Salyeri” tragediyasi, shuningdek, Milos Formanning “Amadey” filmidan soʻng ommalashib ketadi.

1997-yilda sud Salyerini mutlaqo aybsiz deb topadi.

Motsart biografiyasi: tarix.sinaps.uz/hodisa/motsart/

@sinapsuz // #qiziq
🌫 Smog nima?

Smog tutun, qurum, kul zarralari, chang, yonilgʻi bugʻi kabilardan zaharlangan havo. Smog havoni sargʻish-jigarrang tusga “boʻyashdan“ tashqari, oʻpka va yurak bilan bogʻliq jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

✹ Mavzuga doir: Smog nima?

@sinapsuz // #qiziq
🐼 Panda nima bilan oziqlanadi?

Pandaning asosiy ozuqasi bambuk boʻlsa-da, ular baʼzida boshqa oʻsimliklarning ildizi, barglari va hatto goʻsht ham yeyishi mumkin. Taʼkidlanishicha, panda bir kunda oʻrtacha 12-38 kg bambuk yeya olar ekan.

✹ Mavzuga doir: Pandaning ulgʻayishi haqida infografika

@sinapsuz // #qiziq
🏙 Osmonoʻpar binodagi sharshara

Xitoyning Guyang shahridagi Liebian xalqaro plaza binosi 108 metrli sunʼiy sharsharani ham oʻz ichiga oladi. Ammo uni 1 soat ishlatish naq 115 AQSH dollariga teng boʻlgani sababli sharshara faqatgina maxsus tadbirlardagina yiliga bir necha marta ishlatiladi xolos.

Aytishlaricha, Guyangdagi ushbu sharshara ilk bor ishga tushirilganida odamlar binoda kanalizatsiya bilan muammo chiqdi degan fikr bilan favqulodda yordam xizmatini chaqirgan ekan.

✹ Bunisi ham qiziq: Eng baland va mashhur sharsharalar

@sinapsuz // #qiziq
💧 Dunyodagi eng qisqa daryo

Gruziyada joylashgan Reprua daryosi dunyodagi eng qisqa daryolardan biri hisoblanadi. Daryo Krubera yerosti gʻoridan oqib chiqadi va 18 metrdan soʻng Qora dengizga borib quyiladi.

✹ Bunisi ham qiziq: Nega daryolar tekis oqmaydi? 🎥

@sinapsuz // #qiziq
Germaniyadagi Myunhen texnika universitetida talaba va xodimlar 4-qavatdan 1-qavatga osonlikcha tushib olishi uchun rasmdagidek qurilma oʻrnatilgan.

✹ Bunisi ham qiziq: Birinchi universitet qachon paydo boʻlgan?

@sinapsuz // #qiziq
🌍 Yerning kosmosdan olingan ilk surati

1946-yilning 24-oktyabrida V-2 No.13 raketasi Yer sayyorasini ilk marotaba fazodan rasmga olishga muvaffaq boʻladi. 105 km balandlikda olingan bu suratda AQSHning San Diego, Kanzas, Solt Leyk va San Antonio shaharlarini koʻrish mumkin.

✹ Bunisi ham qiziq: Mikroblar kosmosdan koʻrinadimi 🎥

@sinapsuz // #qiziq
Dunyodagi eng baland odam

Tanishing, turkiyalik 41 yoshli fermer Sulton Kyosen — Ginnes rekordlari kitobiga koʻra, hozirda sayyoradagi boʻyi eng uzun odam. Uning boʻyi 2 metr 51 santimetrni tashkil qiladi, oyoq kiyimining oʻlchami esa 60.

Bu holat uning gipofizi shishishi bilan bogʻliq. 2012-yilda AQSHning Virginiya universiteti shifokorlari uning doimiy oʻsishini sekinlashtirishga muvaffaq boʻldi. Sulton mustaqil yurishga qiynaladi, shu sababli hassa yordamida harakatlanishga majbur.

✹ Mavzuga doir: Devqomat odamlar guruhi mavjudmi?

@sinapsuz
🔭 Maydanak rasadxonasi

Shahrisabz shahridan 45 km janubroqdagi Maydanak togʻida Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga tegishli Maydanak ilmiy taqdiqot majmuasi joylashgan.

Rasadxona olimlari 2010-yilda kichik sayyora kashf qiladi. Sayyora “Samarqand” nomini oladi. Shuningdek, 2012-yili yapon olimlari kashf etgan kichik sayyora rasadxona sharafiga “Maydanak” nomi bilan ataladi.

✹ Mavzuga doir: Fizika va astronomiya mavzusidagi maqolalar

@sinapsuz // #qiziq