Sinaps – ilmiy-ommabop portal
1.53K subscribers
730 photos
41 videos
16 files
439 links
Sinaps — zamonaviy-ilmiy video, maqola va interaktiv saytlar portali.

Sayt → sinaps.uz
Youtube → youtube.com/@sinapsuz
Instagram → instagram.com/sinaps.uz
Facebook → fb.com/sinaps.uz
TikTok → tiktok.com/sinaps.uz

Bogʻlanish → @sinaps_admin
Download Telegram
👸 Xurram sulton

16-asrda bir slavyan ayol asirga olinib, Istanbulga qul sifatida olib kelinadi. Oʻzining quvnoq va xushchaqchaq feʼl-atvori uchun unga “Xurram” (shod, xursand) deb nom qoʻyishadi. Xurram vazir tomonidan Sulton Sulaymonga tuhfa qilinadi va uning 300 nafar kanizakdan iborat haramiga kiradi.

Keyinchalik u Sultonning sevimli xotini va “Xurram sulton” hamda Roksolana nomlari bilan tanilgan Usmonli imperiyasining eng nufuzli malikalaridan biriga aylanadi.

@sinapsuz
🏃 Inglizcha ketish

Уйти по-английски — xayrlashmasdan ketish hollarida ishlatiladigan atama.

Aslida bu atama “Fransuzcha ketish” boʻlishi kerak — 1756–1753-yillarda Angliya va Fransiya oʻrtasida boʻlgan urushda koʻp fransuz askarlari urushdan qochishi kuzatilgan, shu sababli inglizlar bu atamani ishlata boshlagan. Fransuzlar esa bundan xafa boʻlib, atamani “Inglizcha ketish” deb oʻzgartirgan.

@sinapsuz
🐧 Drakula toʻtiqush

Psittrichas fulgidus — Yangi Gvineyada yashovchi qush turi boʻlib, oʻta noyob koʻrinishi sababli drakula toʻtiqushi deb ham ataladi.

Uzunligi — 50 cm, oʻrtacha vazni esa 490–680 gramm. Bu tur kamayib bormoqda va yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida hisoblanadi. Hisob-kitoblarga koʻra, sayyorada taxminan 21 ming juft qush qolgan.

@sinapsuz
🚴‍♂️🚴‍♀️ Tour de France

Tour de France — Fransiyada yuz yildan ortiq vaqt davomida o‘tkaziladigan dunyodagi eng mashhur va nufuzli velosiped poygasi.

✹ Batafsil: “Tur de Frans” poygasiga xush kelibsiz!

@sinapsuz
🐈 Kosmosga chiqqan mushuk

Felliset — koinotga sayohat qilgan tarixdagi ilk mushuk. Parvoz 1963-yil 18-oktabrda Fransiyaning Aviatsiya tibbiyoti oʻquv va tadqiqot markazi tomonidan tashkillashtirilgan.

✹ Mavzuga doir: Insoniyat tarixidagi kosmosga uchgan ilk kosmonavt

@sinapsuz
📷 Fototuzoq uchun atir

Koʻpchilik zoologlar yaguar va yoʻlbarslarni fototuzoqrlarga jalb qilish uchun Calvin Kleinʼning “Obsession for Men” atiridan foydalanadi. Mazkur hid yovvoyi mushuklarni oʻziga jalb etishi bilan mashhur.

✹ Mavzuga doir: Nega texasliklar uyida yoʻlbars boqadi? 🎥

@sinapsuz
84 marta Nobel mukofotini ola olmagan olim

Arnold Zommerfeld (1868–1951) — nemis fizigi va matematigi. Oʻz sohasida yuksak yutuqlariga qaramay, olim biror marta ham Nobel mukofotiga sazovor boʻla olmadi, garchi uning nomzodi 84 marta qoʻyilgan boʻlsa-da.

✹ Mavzuga doir: Nobel 2023 mukofotini kimlar va nima uchun oldi?

@sinapsuz
Bu Avstriya, Avstraliya emas! 🇦🇹🇦🇺

“Uzr, bu Avstriya, Avstraliya emas! Yordam kerakmi? Tugmani bosing” yozuvi Avstriyaning Zalsburg shahri aeroportida yozilgan. Britaniyalik mashhur yurist Nazir Afzal aytishicha, har yili taxminan 10 kishi Avstraliyaga boraman deb Avstriyaga uchib keladi.

✹ Bunisi ham qiziq: Nega kenguru faqat Avstraliyada uchraydi?

@sinapsuz
🐄 Eng koʻp sut bergan sigir

Ubre Blanka (1972–1985) — Fidel Kastro buyrugʻiga binoan maxsus yetishtirilgan kubalik sigir. 1982-yilda bir kunda 110 litr sut berib Ginnes rekordlar kitobiga kirgan (oddiy sigirnikidan 3 barobar koʻp).

✹ Mavzuga doir: Sigirlar zinadan tusha oladimi?

@sinapsuz
Ingliz tilida “sen” soʻzi bormi?

Maʼlumki, ingliz tilidagi “you” soʻzi “siz” deb tarjima qilinadi, yaʼni bu tilda soʻzlashuvchi barcha bir-birini sizlaydi.

Ammo Buyuk Britaniyaning baʼzi qishloqlarida “thou” soʻzi bor, u ancha eski, ammo hozirgacha qoʻllanadi. Taʼkidlanishicha, bu soʻz baʼzi odamlar tomonidan xudoga murojaat qilganda ham ishlatiladi.

@sinapsuz
💀 ✈️ Kamikadze

Kamikadze — Yaponiya sohillari yaqinida yuz bergan tayfunning nomi. Bu atama XX asr oʻrtalarida Tinch okeandagi urushning soʻnggi bosqichida yaponiyalik oʻzini oʻldiruvchi uchuvchilarga nisbatan ham qoʻllana boshladi.

Bu uchuvchilar, odatda, oʻz samolyotlarini dushmanga zarur boʻlgan obyektlar, jumladan, kazarmalar, qurol omborlari, oziq-ovqat hamda kiyim-kechak saqlanadigan joylarga yoʻnaltirgan va halok boʻlgan.

@sinapsuz
Dushmanlik arxitekturasi

Zamonaviy shahar dizaynida “dushmanlik arxitekturasi” (Hostile architecture) degan atama bor. Bu usul aholining xatti-harakatlarini nazorat qilish va shahar obyektlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadi.

Masalan, oʻtirish uchun moʻljallangan joylarga odamlar yotib olmasligi uchun maxsus ship yoki boltlar qoʻyiladi, yoki maysazorni ustidan yurmasliklari uchun u yerga ishlamaydigan suv purkagichlar oʻrnatiladi.

@sinapsuz
🧪 Fransiy

Eng ogʻir va faol ishqoriy metall. Kamyobligi boʻyicha astatdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Yer qobigʻida taxminan 20–30 gramm fransiy mavjud, xolos.

✹ Elementlar davriy jadvali: davriy.sinaps.uz

@sinapuz
😵‍💫 Ponzo illyuziyasi

Ishonish qiyin, ammo yuqoridagi rasmda 3 ta furgonning oʻlchami bir xil. Miyamiz obyekt oʻlchamni uning foniga asoslanib aniqlaydi. Aynan shu tushuncha Ponzo illyuziyasi deb ataladi.

✹ Mavzuga doir: Gipnozni kim kashf etgan?

@sinapsuz
📓 Eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob

Bibliya — nafaqat tarixdagi eng koʻp sotilgan kitob, balki eng koʻp oʻgʻirlangan kitob hamdir.

✹ Mavzuga doir: Birinchi kitob qachon yozilgan?

@sinapsuz
Gilyotina

Gilyotina (fransuzchadan guillotine) — boshni kesish orqali oʻlim jazosini amalga oshirish uchun mexanizm. Ilk bor XVIII asr oxirlarida Fransiyada qoʻllana boshlangan.

Taʼkidlanishicha, qurilma insonparvarlikka asoslanib oʻylab topilgan, chunki oʻta oʻtkir pichoq boshni shunchalik tez kesib tashlaganki, mahkum azob chekmagan. Ammo birinchi bor ommaviy qatl paytida bu xaloyiqqa unchalik ham hush kelmagan, ular koʻproq qon va mahkumning qiynalishini istagan.

@sinapsuz
🌑 Oy — butun odamzodning mulki

1967-yilgi BMT shartnomasiga koʻra, hech bir mamlakat Oy yoki boshqa samoviy jismlarga egalik qila olmaydi, chunki ular “butun insoniyat mulki” hisoblanadi.

✹ Mavzuga doir: Osmonda nechta Oy bor? 🎥

@sinapsuz