Онлайн кассы Узбекистан
239 subscribers
45 photos
4 videos
1 file
27 links
Официальный канал разработчиков ПО для онлайн-ККМ и виртуальной кассы SIMURG
Мы в канале:
🛠 Размещаем карточки, подсказки и видеоуроки, которые облегчают освоение
🆕 Публикуем анонсы и описания наших разработок
💡 Размещаем полезные инструкции
Download Telegram
#markirovka

Markirovkaning yangi tartibi: biznes uchun imkoniyat, iste’molchiga kafolat

Raqamli markirovka — bu mahsulotlarga qo‘yiladigan maxsus kodlar bo‘lib, ular mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan yo‘lni kuzatishga imkon beradi. Bu tizim iste’molchilarni qalbaki mahsulotlardan, ayniqsa qalbaki dori-darmon va alkogol mahsulotlaridan himoya qiladi. Markirovka bozorda shaffoflikni ta'minlaydi va biznesni qo‘llab-quvvatlaydi.

To‘siqlar kamaydi — o‘sish va rivojlanish imkoniyati kengaydi

Ilgari tadbirkorlar mahsulotga markirovka kodini 90 kun ichida qo‘llashlari kerak edi. Agar ushbu muddatda kod ishlatilmasa “yaroqsiz” hisoblanardi va to‘langan pul qaytarilmas edi. Endi bu muddat bekor qilindi. Shu bilan birga, ishlatilmagan markirovka kodlari uchun to‘langan to‘lovlar yangi kodlar sotib olinganda hisobga olinadi.

Oldindan to‘lov olinmaydi — biznes uchun adolatli shartlar

Endilikda kodlar uchun to‘lov faqat ular mahsulotga qo‘yilgandan keyingina amalga oshiriladi. Ilgari tadbirkorlar mahsulot chiqarilmasa ham oldindan to‘lov qilishga majbur edi. Bu yangilik ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy yukni kamaytirdi va jarayonni adolatli hamda qulay qildi.

Baʼzi kodlar endi bepul beriladi

Agar siz tannarxi past mahsulotlar — masalan, lampa yoki 7 500 so‘mgacha bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarayotgan bo‘lsangiz, markirovka kodlarini bepul olasiz.

Barcha savollar bo‘yicha Call-markaz orqali murojaat qiling

Markirovkaga oid masalalarni tezkor hal qilish imkoniyati yaratildi. Endi tadbirkorlar asl belgisi operatorining kun-u tun faoliyat yuritadigan call-markazi orqali murojaat qilib, yordam olishlari mumkin.

Markirovka fuqarolarga nima beradi?

Qalbaki mahsulotlar xavfi kamayadi va mahsulot sifatiga ishonch ortadi: mahsulotning qaysi bosqichlardan o‘tganini kuzatish va uning haqiqiyligini Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Raqamli markirovka tizimining joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytiradi hamda soliq tushumlarini oshiradi. Bu mablag‘lar esa yo‘llar, maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurishga yo‘naltiriladi.

👉PQ-190-son, 23.05.2025-yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads