Онлайн кассы Узбекистан
234 subscribers
51 photos
5 videos
3 files
34 links
Официальный канал разработчиков ПО для онлайн-ККМ и виртуальной кассы SIMURG
Мы в канале:
🛠 Размещаем карточки, подсказки и видеоуроки, которые облегчают освоение
🆕 Публикуем анонсы и описания наших разработок
💡 Размещаем полезные инструкции
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan yoki ular asosida yaratilgan qadoqlardan foydalanish mumkin

Soliq organlarining tahlillarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar miqdori, oʻlchov birligi va qiymatida katta farqlar aniqlanmoqda. Bu haqda avval ham bir necha bor xabar qilingan edi.

Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdori notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli:
▫️sotilgan tovarlar tannarxining haqiqiy holati buzilishi;
▫️tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
▫️soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi mumkin.

Endilikda 👉 mazkur roʻyxatdagi mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan yoki ular asosida yaratilgan qadoqlardan foydalaniladi.

Misol uchun, konfet (01704001016000000) mahsuloti uchun qat’iy kilogram o’lchov birligi biriktirilgan. Mazkur mahsulotni qadoqlagan holda realizatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda kilogram o’lchov birligidan foydalangan holda iste’mol qadog‘ini shakllantirish lozim bo‘ladi.

Konfet mahsulotini realizatsiya qilishda EHF rasmiylashtirish uchun ushbu shakllantirilgan qadoqdan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Ushbu mahsulotlar chakana savdoda Onlayn-NKT cheklari orqali realizatsiya qilinganda tasnif.soliq.uz saytida ko'rsatilgan o'lchov birliklaridan foydalaniladi.

Qadoq yaratish bo‘yicha videoqo‘llanmadan foydalanishingiz mumkin.

Tovar va xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha EHF shakllantirish jarayonida tadbirkorlik subyektlarida tushunmovchilik yoki boshqa koʻzda tutilmagan holatlar uchraganda soliq organlari ularga yaqindan yordam berishga doim tayyorligini maʼlum qiladi.

Murojaat uchun:

📞 1198
📱 Telegram

Soliq qo'mitasi Qo'shilgan qiymat solig'i ma'muriyatchiligi boshqarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

- Biz mahsulotni 300 va 500 grammlik qadoqlarda sotamiz. O‘lchov birligini kilogrammga qanday o‘zgartirish mumkin?

Buni amalga oshirish uchun tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali 0,3 kg va 0,5 kg qadoqlarni yarating. Ushbu qadoqni "Tanlanganlar" ro‘yxatiga qo'shing va EHF rasmiylashtirishda foydalaning.

📱Mahsulot qadoqlarini yaratish bo'yicha videoqo‘llanma
___________
#ИКПУ

- Мы продаем товар в упаковке по 300 и 500 грамм. Как изменить единицу измерения на килограмм?

Для этого через персональный кабинет на сайте tasnif.soliq.uz создайте упаковки по 0,3 кг и 0,5 кг. Добавьте эти упаковки в "Избранное" и используйте их при оформлении ЭСФ.

📱Видеоинструкция по созданию упаковки товаров

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Ikki yil davomida foydalanilmagan MXIKlar nofaol holatga o‘tkaziladi

Avval xabar berilganidek, "Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risida" gi Nizom tasdiqlangan.
👉VMQ-263-son, 28.04.2025-yil

Unga muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan 2 yil davomida foydalanilmagan MXIKlar nofaol holatga o‘tkaziladi.

O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, tasnif.soliq.uz katalogida mavjud 484,3 mingta MXIK kodlaridan 96,2 mingtasi (19,9 %) 2023-yil 1-yanvardan buyon EHF va onlayn-NKT cheklarida foydalanilmaganligi aniqlandi.
👉Ushbu MXIKlar ro‘yxati

2025-yil 15-iyundan boshlab mazkur roʻyxatdagi MXIKlar nofaol holatga oʻtkazilishi ma'lum qilinadi.
__________
#ИКПУ

Неиспользуемые в течение двух лет ИКПУ станут неактивными

Ранее сообщалось об утверждении Положения "О порядке ведения и использования Единого электронного национального каталога продукции (товаров и услуг)".
👉ПКМ № 263 от 28.04.2025 г.

В соответствии с ним ИКПУ, которые в течение 2 лет не используются налогоплательщиками, переводятся в статус неактивных.

По итогам изучения выявлено, что из 484,3 тысяч ИКПУ, представленных на tasnif.soliq.uz, 96,2 тысяч ИКПУ (19,9%) с 1 января 2023 года не применяются в ЭСФ и чеках онлайн-ККТ.
👉Перечень этих ИКПУ

Cообщаем, что с 15 июня текущего года ИКПУ из этого перечня станут неактивными.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads