Онлайн кассы Узбекистан
234 subscribers
51 photos
5 videos
3 files
34 links
Официальный канал разработчиков ПО для онлайн-ККМ и виртуальной кассы SIMURG
Мы в канале:
🛠 Размещаем карточки, подсказки и видеоуроки, которые облегчают освоение
🆕 Публикуем анонсы и описания наших разработок
💡 Размещаем полезные инструкции
Download Telegram
#markirovka

Markirovkaning yangi tartibi: biznes uchun imkoniyat, iste’molchiga kafolat

Raqamli markirovka — bu mahsulotlarga qo‘yiladigan maxsus kodlar bo‘lib, ular mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan yo‘lni kuzatishga imkon beradi. Bu tizim iste’molchilarni qalbaki mahsulotlardan, ayniqsa qalbaki dori-darmon va alkogol mahsulotlaridan himoya qiladi. Markirovka bozorda shaffoflikni ta'minlaydi va biznesni qo‘llab-quvvatlaydi.

To‘siqlar kamaydi — o‘sish va rivojlanish imkoniyati kengaydi

Ilgari tadbirkorlar mahsulotga markirovka kodini 90 kun ichida qo‘llashlari kerak edi. Agar ushbu muddatda kod ishlatilmasa “yaroqsiz” hisoblanardi va to‘langan pul qaytarilmas edi. Endi bu muddat bekor qilindi. Shu bilan birga, ishlatilmagan markirovka kodlari uchun to‘langan to‘lovlar yangi kodlar sotib olinganda hisobga olinadi.

Oldindan to‘lov olinmaydi — biznes uchun adolatli shartlar

Endilikda kodlar uchun to‘lov faqat ular mahsulotga qo‘yilgandan keyingina amalga oshiriladi. Ilgari tadbirkorlar mahsulot chiqarilmasa ham oldindan to‘lov qilishga majbur edi. Bu yangilik ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy yukni kamaytirdi va jarayonni adolatli hamda qulay qildi.

Baʼzi kodlar endi bepul beriladi

Agar siz tannarxi past mahsulotlar — masalan, lampa yoki 7 500 so‘mgacha bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarayotgan bo‘lsangiz, markirovka kodlarini bepul olasiz.

Barcha savollar bo‘yicha Call-markaz orqali murojaat qiling

Markirovkaga oid masalalarni tezkor hal qilish imkoniyati yaratildi. Endi tadbirkorlar asl belgisi operatorining kun-u tun faoliyat yuritadigan call-markazi orqali murojaat qilib, yordam olishlari mumkin.

Markirovka fuqarolarga nima beradi?

Qalbaki mahsulotlar xavfi kamayadi va mahsulot sifatiga ishonch ortadi: mahsulotning qaysi bosqichlardan o‘tganini kuzatish va uning haqiqiyligini Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Raqamli markirovka tizimining joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytiradi hamda soliq tushumlarini oshiradi. Bu mablag‘lar esa yo‘llar, maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurishga yo‘naltiriladi.

👉PQ-190-son, 23.05.2025-yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Markirovkalangan mahsulotni quyib sotish (rozliv) uchun jazo choralar qo‘llanilmaydi

Hozirgi kunda markirovkalanmagan alkogolli mahsulotlar, suv va salqin ichimliklarni realizatsiya qilish Soliq kodeksining 227¹-moddasiga asosan huquqbuzarlik hisoblanadi.

Shu bilan birga, markirovkalangan alkogolli mahsulotlar, suv va salqin ichimliklarning qisman sotuvga chiqarilishi (quyib sotish)ni to‘g‘ri hisobga olish imkonini beruvchi texnik yechim va reglamentning tasdiqlanmagani sababli, tadbirkorlarga noto‘g‘ri quyib sotish uchun jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Bu birinchi navbatda, umumiy ovqatlanish, restoran va mehmonxona sohasidagi korxonalarga taalluqlidir, chunki ular faoliyatining xususiyati bo‘yicha suv, salqin ichimliklar va alkogolning zavod qadoqlarini ochib, keyinchalik sotishga chiqaradilar.

Majburiy raqamli markirovka qoidalarining buzilishi faqat markirovkasiz mahsulotlarni quyib sotishda tan olinadi.

Soliq qo‘mitasi tomonidan markirovkalangan mahsulotlarni donalab yoki quyib sotish bo‘yicha belgilangan tartibda realizatsiya qilishni to‘g‘ri va biznes uchun qulay tarzda tashkil etishga qaratilgan texnik yechim ishlab chiqilmoqda. Yaqin vaqt ichida ushbu masala bo‘yicha biznes vakillari bilan kelishilgan reglament amaliyotga joriy etiladi.
____________
#маркировка

За розлив маркированной продукции меры наказания не применяются

На сегодняшний день реализация немаркированной алкогольной продукции, воды и прохладительных напитков рассматривается как нарушение согласно статье 227¹ Налогового кодекса.

При этом ввиду отсутствия утвержденного технического решения и регламента, позволяющих корректно учитывать частичное выбытие (отпуск розлив) маркированной алкогольной продукции, воды и прохладительных напитков, к предпринимателям за неправильный розлив меры наказания не применяются.

Это в первую очередь касается предприятий общественного питания, ресторанного и гостиничного бизнеса, которые по специфике деятельности открывают заводскую упаковку воды, прохладительных напитков и алкоголя для последующей реализации.

Нарушением правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) будет признаваться исключительно розлив немаркированной продукции.

Налоговым комитетом разрабатывается техническое решение корректной и удобной для бизнеса реализации маркированной продукции в розлив и поштучно. В ближайшее время согласованный с бизнес-сообществом регламент будет введен в практику.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Sherzod Kudbiyev, Soliq qo‘mitasi Raisi:

Soliq inspektori kirib 50 gramm quygan viskini markirovkasiz sotibsan deb jazo qo‘llamaydi. Faqat butilkaning o‘zi markirovkalangan bo‘lsa, agar markirovkalanmagan butilka bo‘lsa bu katta xato.

_____________________________
#маркировка

Шерзод Кудбиев, Председатель Налогового комитета:

На текущий момент действующего регламента по розливу маркированный продукции нет. Я могу с полной ответственностью сказать, что ни одной меры наказания из-за неправильного розлива не применялось и не будет применяться. Пока нет механизма, мы не имеем права никого наказывать. Единственное, наказание может быть за то, что у вас будет использован немаркированный алкоголь - за это наказание неотвратимо.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Sigaralarni donalab sotganlik uchun jazo choralari qo‘llanilmaydi

2021-yil 1-yanvardan boshlab tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovka qilish joriy etilgan. Soliq kodeksining 227¹-moddasiga ko‘ra, markirovka qilinmagan tamaki mahsulotini sotish huquqbuzarlik hisoblanadi.

Hozirgi paytda sigaralarni donalab sotishda to‘g‘ri hisobga olish bo‘yicha tasdiqlangan texnik yechim va reglament mavjud emasligi tufayli tadbirkorlarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Bu avvalo, mahsulot xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchi qadoqini ochib, sigaralarni donalab chakana sotuvga chiqaradigan litsenziyaga ega savdo nuqtalariga taalluqli.

Faqatgina markirovka qilinmagan qadoqdan donalab sotish holatlari raqamli markirovka qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

Soliq qo‘mitasi tomonidan markirovka qilingan mahsulotlarni quyib hamda donalab sotish bo‘yicha to‘g‘ri va biznes uchun qulay texnik yechim ishlab chiqilmoqda. Yaqin vaqtlarda biznes vakillari bilan kelishilgan reglament amaliyotga joriy etiladi.
__________
#маркировка

За продажу сигар поштучно меры наказания не применяются

Обязательная маркировка табачных изделий внедрена с 1 января 2021 года. Согласно статье 227¹ Налогового кодекса реализация немаркированной табачной продукции считается нарушением.

В настоящее время, ввиду отсутствия утвержденного технического решения и регламента по корректному учету сигар при поштучной продаже, к предпринимателям меры наказания не применяются.

Это касается, в первую очередь, торговых точек с лицензией, которые по специфике товара открывают заводскую упаковку сигар для последующей розничной реализации поштучно.

Нарушением правил обязательной цифровой маркировки будет признаваться исключительно поштучная реализация сигар из немаркированной упаковки.

Налоговым комитетом разрабатывается техническое решение корректной и удобной для бизнеса реализации маркированной продукции в розлив и поштучно. В ближайшее время согласованный с бизнес-сообществом регламент будет введен в практику.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM