🪐
Sayyoramga ketasanmi mening ila🪐
Sayyoramga ketasanmi mening ila..
Baxt bo'ladi, shod bo'ladi qalblarimiz
Quvonamiz, unutamiz dardlarimiz
Muhabbatga cho'miladi axdlarimiz
Sayyoramga ketasanmi mening ila..
Hohishimla yonayapti qalbda shuur
Kimsa bilmas pinhongina ketamiz yur
Manzil olis hozir kettik o'rningdan tur
Sayyoramga ketasanmi mening ila..
Hapqiradi qoni qaynab tomirimiz
Hech kimsaga tushmas bizning og'irimiz
Sevinch bilan yakunlanar ohirimiz
Sayyoramga ketasanmi mening ila..
Go'zal kunlar bo'lar doim bizga hamroh
Mening yurtim dard sitamlarga panoh
Shirin hayot kechirmoqchun bo'lar dargoh
Sayyoramga ketasanmi mening ila..
Bu biz qurgan, orzu qilgan o'sha manzil
So'zlarim chin hech birida yo'qdur hazil
Qo'limdan tut, bizni bog'lar taqdir izi
Sayyoramga ketasanmi mening ila...
#Quyosh
❤️ T.me/Shoirlari 🌸

Telegram
🌹🌹HAVASKORLAR IJODI SHERLARI🌹🌹
🕋Jannat sari yoʻl🕋
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Jonajonlarim..❤️
Sizlar uchun yashayapman mehribonlarim
Har lahzada quvonch berib yonimdasizlar
Sizlar bilan bog'liq mening baxtli onlarim
Olislarga ketsam doim yodimdasizlar
Onajonim pok qalbingiz misoli dengiz
Oyog'ingiz o'pay yuzi farishta misol
Duoyingiz olaylik biz o'g'il qizingiz
Siz sajdagoh, siz qiblagoh jannatga timsol
Ukajonim sendan boshqa kimim bor aytgin
Sen qo'rg'onim, yolg'izimsan tog'lardek viqor
Goho so'ksam, hafa qilsam ranjishdan qaytgin
Jigarimsan axir atay bermayman ozor
Mening baxtli bo'lishimning sababkorlari
Xadya qilgan baxtingizchun sog' bo'ling doim
Mening go'zal hayotimning fidokorlari
Panohingda asrab yurgin ey buyuk ROBBIM.!
#Quyosh
http://T.me/Shoirlari 🌟

Bir kuni..
Bir kuni kelasiz, sog'inchga to'lib
Va deysiz, poyingga muntazir ishqim
Kutyapman yuragim dukurlab urib
Siz qachon bo'lasiz, men kabi taslim
Bir kuni kelasiz, albat kelasiz
Axir, kunlarimga mazmun yodingiz
Yuragingiz menga in'om qilasiz
Bu jonimga huzur sizning boringiz
Bir kuni kelasiz, ko'nglim sezadi
Ko'zim yo'lingizga qadalgan mahtal
Qalbim xazinasin ilinj bezadi
Kelasiz, quyosh bosh ko'targan mahal
Shamni quchoqlagan manqurt, g'o'r ipdek
Yonib ketsam hamki bag'rimga bosdim
Siz yo'q yashayapman, huddi "tirikdek"
Ishqimni dor qilib, o'zimni osdim
Bahonalar qilmang, qorong'u deb yo'l
Muhabbatim yo'lni yoritar mayoq
Ko'z yoshim ostida usti boshim ho'l
Hayhot, kutmoqchalik bormikin qiynoq
Borar manzilimni yo'qotdim demang
Menga eltar yo'lni unutib bo'lmas
Tilsimsiz ertagim, mening "oq kemam"
Begim, sizsizlikka ko'nikib bo'lmas
Bir kuni kelasiz, ishonchim komil
Sabab, dildan dilga yo'l bor o'tguvchi
Isbotmi hohlaysiz, yokida omil
Tirik jon o'lim-u ishqni totguvchi
Bir kuni kelasiz, illo kelasiz..
#Quyosh
T.me/Shoirlari 🌸
Bir kuni kelasiz, sog'inchga to'lib
Va deysiz, poyingga muntazir ishqim
Kutyapman yuragim dukurlab urib
Siz qachon bo'lasiz, men kabi taslim
Bir kuni kelasiz, albat kelasiz
Axir, kunlarimga mazmun yodingiz
Yuragingiz menga in'om qilasiz
Bu jonimga huzur sizning boringiz
Bir kuni kelasiz, ko'nglim sezadi
Ko'zim yo'lingizga qadalgan mahtal
Qalbim xazinasin ilinj bezadi
Kelasiz, quyosh bosh ko'targan mahal
Shamni quchoqlagan manqurt, g'o'r ipdek
Yonib ketsam hamki bag'rimga bosdim
Siz yo'q yashayapman, huddi "tirikdek"
Ishqimni dor qilib, o'zimni osdim
Bahonalar qilmang, qorong'u deb yo'l
Muhabbatim yo'lni yoritar mayoq
Ko'z yoshim ostida usti boshim ho'l
Hayhot, kutmoqchalik bormikin qiynoq
Borar manzilimni yo'qotdim demang
Menga eltar yo'lni unutib bo'lmas
Tilsimsiz ertagim, mening "oq kemam"
Begim, sizsizlikka ko'nikib bo'lmas
Bir kuni kelasiz, ishonchim komil
Sabab, dildan dilga yo'l bor o'tguvchi
Isbotmi hohlaysiz, yokida omil
Tirik jon o'lim-u ishqni totguvchi
Bir kuni kelasiz, illo kelasiz..
#Quyosh
T.me/Shoirlari 🌸
Telegram
🌹🌹HAVASKORLAR IJODI SHERLARI🌹🌹
🕋Jannat sari yoʻl🕋
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Meni ham..
Ho'p, seni tushundim, azoblaring bor
Dardu hasratlarga to'lgan ummonsan
Azobingla sevay kel, yoningga ol
Qalbim vayron qilgan o'sha to'fonsan
Yaxshi anglayapman og'riqlaringni
Ijozat ber, bir bor quchmoqqa mahkam
Bir ko'rsat, qalbdagi yoriqlaringni
Dardingga sherik qil oshno, meni ham
Mayli, eshitdim ham ko'rdim ham yetar
Istaysanmi yo'qmi, har joyda bor g'am
Gap - so'zlar, g'iybatlar o'lganda ketar
Mungli hayotingga qo'shgin, meni ham
Zim ziyo dunyoda yashaysan izsiz
Qalbinga nur, hasratinga bo'layin malham
Hayotda kurashmoq osonmi yolg'iz
O'zingga yordamchi sayla, meni ham
Menga kerak emas sendan hech vaqo
Hamma narsam butun faqat bir sen kam
Usti ko'mir tubi olmos bebaho
Beg'ubor ko'nglingga kirgaz, meni ham
Zolimlar dastidan oh demay bir bor
Yuzlari kulganu lek ko'zlari nam
Visoling hayolim etganda humor
Mazlum hislaringla siyla, meni ham
#Quyosh
🌸 T.me/Shoirlari☘

Ishqim..
Ishqimning og'iri senga tushdimi ?
Ko'zingga termulib, cho'kaverardim
Kulib boqqanlaring o'ngmi, tushmidi ?
G'arq bo'lib mehringga bo'kaverardim
Garchi na majnunsan na bo'lding Farhod
Ammo men uzzu kun kutaverardim
Laylidek qalb qaridan ko'tarib faryod
Shirindek zaharlar yutaverardim
Otabek bo'lmasang mayliga edi
Hohi Kumush hohi Zaynab bo'lardim
Zaynab kabi aqldan ozib, Kumushdek
Bag'ringda muzlab o'lardim
Suvda oqmasang ham bo'lib bir Tohir
Zuhrodek borimni berib suyardim
Bizda bo'lmas edi hech qorabotir
O'zga qo'li tegsa, o'zni so'yardim
Ishqimda Rameo bo'lmasang hamki
Olov Julyettadek men talpinardim
Otellodek rashkda yonmasang hamki
Dezdemona kabi sodiq qolardim
Tunlar kelmasang ham Gamlet singari
Ofeliyadek faqat seni, seni istardim
Harob qilmas edim Tassodek kabi
Leyanora bo'lsam seni izlardim
Yoshlikdan suyganim bo'lolsang Kamron
Choliqushi kabi senga qaytardim
Anvardek senga ham kelmasa davron
Ra'no bo'lib senga dalda aytardim
Bo'lmasang mayliga menga Sulaymon
Hurramdek umrimni baxshida etgum
Oshiq bo'lganimga etsang pushaymon
Seni tashlab mangu uzlatga ketgum
Ishqimning og'iri senga tushdimi..?
#quyosh
🌸 T.me/Shoirlari ☘
Ishqimning og'iri senga tushdimi ?
Ko'zingga termulib, cho'kaverardim
Kulib boqqanlaring o'ngmi, tushmidi ?
G'arq bo'lib mehringga bo'kaverardim
Garchi na majnunsan na bo'lding Farhod
Ammo men uzzu kun kutaverardim
Laylidek qalb qaridan ko'tarib faryod
Shirindek zaharlar yutaverardim
Otabek bo'lmasang mayliga edi
Hohi Kumush hohi Zaynab bo'lardim
Zaynab kabi aqldan ozib, Kumushdek
Bag'ringda muzlab o'lardim
Suvda oqmasang ham bo'lib bir Tohir
Zuhrodek borimni berib suyardim
Bizda bo'lmas edi hech qorabotir
O'zga qo'li tegsa, o'zni so'yardim
Ishqimda Rameo bo'lmasang hamki
Olov Julyettadek men talpinardim
Otellodek rashkda yonmasang hamki
Dezdemona kabi sodiq qolardim
Tunlar kelmasang ham Gamlet singari
Ofeliyadek faqat seni, seni istardim
Harob qilmas edim Tassodek kabi
Leyanora bo'lsam seni izlardim
Yoshlikdan suyganim bo'lolsang Kamron
Choliqushi kabi senga qaytardim
Anvardek senga ham kelmasa davron
Ra'no bo'lib senga dalda aytardim
Bo'lmasang mayliga menga Sulaymon
Hurramdek umrimni baxshida etgum
Oshiq bo'lganimga etsang pushaymon
Seni tashlab mangu uzlatga ketgum
Ishqimning og'iri senga tushdimi..?
#quyosh
🌸 T.me/Shoirlari ☘
Telegram
🌹🌹HAVASKORLAR IJODI SHERLARI🌹🌹
🕋Jannat sari yoʻl🕋
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Yomg'ir..
Vasliga oshufta qalbim entikib
Qaysar hislarimni mudom hurkitib
Sog'ingan ko'zimning yoshin berkitib
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
Biroz sovub olar olov qalbimiz
Ortiq hijronlarga yo'qdir sabrimiz
Bizni uchrashtirar yomg'ir tomchimiz
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
Qaniydi yomg'irdek senga to'kilsam
Uning kabi yuzing siypalab qo'nsam
Lablaringga tomib olsaydim bo'sa
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
Mendan o'zgasiga dilingni ochma
Yomg'irlar yoqqanda panaga qochma
Sensizlik dardiga so'nggi iloj bu
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
#Quyosh
🌸 @Shoirlari ☘
Vasliga oshufta qalbim entikib
Qaysar hislarimni mudom hurkitib
Sog'ingan ko'zimning yoshin berkitib
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
Biroz sovub olar olov qalbimiz
Ortiq hijronlarga yo'qdir sabrimiz
Bizni uchrashtirar yomg'ir tomchimiz
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
Qaniydi yomg'irdek senga to'kilsam
Uning kabi yuzing siypalab qo'nsam
Lablaringga tomib olsaydim bo'sa
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
Mendan o'zgasiga dilingni ochma
Yomg'irlar yoqqanda panaga qochma
Sensizlik dardiga so'nggi iloj bu
Yaxshiyamki yog'adi yomg'ir
Seni yodga soladi yomg'ir
#Quyosh
🌸 @Shoirlari ☘
Sirim..
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Ko'ksimning chapida saqlaganimsan
Deydilar sevgining azobi shirin
Shirin azoblarni oqlaganimsan
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Allohga omonat topshirganimsan
Qalbimga daryodek to'lgansan lim lim
Har zamon aqlimni shoshirganìmsan
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Eng ko'p suyanganim, o'zing ardog'im
Qalbim tuprog'iga ekilgan gulim
Qo'l tegsa to'kilar xur qizg'aldog'im
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Manguga dilimga bitilgan xatsan
Har fasli bahorga aylangan yilim
Charaqlar quyoshdek jonga rohatsan
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Choyimga to'kilgan shakarim o'zing
Kulguchingsiz ko'rmoq men uchun o'lim
She'rimga jo bo'lib singiydi nozing
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
tishim kavagida asradim seni..
#Quyosh
Kanalimizdan uzoqlashmang..
SEVIMLI kanal👇
T.me/Shoirlari❤️
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Ko'ksimning chapida saqlaganimsan
Deydilar sevgining azobi shirin
Shirin azoblarni oqlaganimsan
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Allohga omonat topshirganimsan
Qalbimga daryodek to'lgansan lim lim
Har zamon aqlimni shoshirganìmsan
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Eng ko'p suyanganim, o'zing ardog'im
Qalbim tuprog'iga ekilgan gulim
Qo'l tegsa to'kilar xur qizg'aldog'im
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Manguga dilimga bitilgan xatsan
Har fasli bahorga aylangan yilim
Charaqlar quyoshdek jonga rohatsan
Sen mening hammadan yashirgan sirim
Choyimga to'kilgan shakarim o'zing
Kulguchingsiz ko'rmoq men uchun o'lim
She'rimga jo bo'lib singiydi nozing
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
tishim kavagida asradim seni..
#Quyosh
Kanalimizdan uzoqlashmang..
SEVIMLI kanal👇
T.me/Shoirlari❤️
Ko'z yoshimga cho'ktiraman
Sening o'sha mag'rur dilingni
Ozor berib tinmas tilingni
Telbanamo qah - qah kulgingni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Qo'llarimni tutmas qo'lingni
Men yurmagan o'ngu so'lingni
Men tomonga eltmas yo'lingni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Achchiq so'zlab hayo qilmagan
Sevib turib vafo qilmagan
Dildoriga fido bo'lmagan
Shu joningni cho'ktirib ketay
Azobga qalqon yasab mendan
Yoshimni oqizib ko'p seldan
Yuragimni yulvolay sendan
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Kulguyimsiz o'tar kuningni
Endi sado bermas uningni
Alamimdan, siyoh tuningni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Yurakkinang edimi nosoz
Men chorlasam qilaverib noz
Hayotingda qoldirmayin roz
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Jonim, menga burma yuzingni
Eritolmay qoldim muzingni
Endi o'sha chaqnoq ko'zingni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
#Quyosh
T.me/Shoirlari 🌸
Sening o'sha mag'rur dilingni
Ozor berib tinmas tilingni
Telbanamo qah - qah kulgingni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Qo'llarimni tutmas qo'lingni
Men yurmagan o'ngu so'lingni
Men tomonga eltmas yo'lingni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Achchiq so'zlab hayo qilmagan
Sevib turib vafo qilmagan
Dildoriga fido bo'lmagan
Shu joningni cho'ktirib ketay
Azobga qalqon yasab mendan
Yoshimni oqizib ko'p seldan
Yuragimni yulvolay sendan
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Kulguyimsiz o'tar kuningni
Endi sado bermas uningni
Alamimdan, siyoh tuningni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Yurakkinang edimi nosoz
Men chorlasam qilaverib noz
Hayotingda qoldirmayin roz
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
Jonim, menga burma yuzingni
Eritolmay qoldim muzingni
Endi o'sha chaqnoq ko'zingni
Ko'z yoshimga cho'ktirib ketay
#Quyosh
T.me/Shoirlari 🌸
Telegram
🌹🌹HAVASKORLAR IJODI SHERLARI🌹🌹
🕋Jannat sari yoʻl🕋
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Sog'inaman..
Hayot go'zal, yashash maroqli
Shirin damlar o'tmoqda totli
Bilmaymanki nima sababli
Sog'inaman..
Atrofimda do'stlarim to'la
Men baxtlarni topdim bir yo'li
Ammo bu nedan sodir bo'lar ?!
Sog'inaman..
Har kunimda bor o'qish, ishim
Menga yod o'zgalar mish mishi
Lekin bitta bordir tashvishim
Sog'inaman..
O'ylab yetolmayin o'yimga
Yo'qlab keldim ota uyimga
Nega kelolmading to'yimga ?
Sog'inaman..
Yonimda arslonim, begim bor
To'tiyo aylaydi, sodiq yor
Mening bitta beor dardim bor
Sog'inaman..
Yuragimni zulmat egallab
Rahm qilmas og'riq changallab
Ba'zan hatto ko'zlarim namlab
Sog'inaman..
Bilasanmi.. hayotim zavqli
Dengizni ko'rdim, men mavjli
Goh..goh qalbim tirnab ayanchli
Sog'inaman..
Har doim ham emas ba'zida
Hislarim o'lchab tarozida
Eski kuyni chalib sozida
Sog'inaman..
Tushlarimga kirsang nogohon
Uyg'onolmay qolsam men nodon
Ko'zlarimga tor bo'lib jahon
Sog'inaman..
Lekin.. hayot juda maroqli
Aytganimdek kunlarim totli
Aslida hislaring sababli
Sog'inaman..
#Quyosh
T.me/Shoirlari

Bizni baxtlar kutar..
O'ylama, bir kuni kechadi deya
Mendan yuzin burib ketadi deya
Axir, yuripmanku sen borsan deya
Bizni baxtlar kutar..kutar yolg'izim
Ranjima, sendan ko'p mehrlar kutsam
Gohi asab buzar talablar qilsam
Jismi jonimsan sen, agarda bilsang
Bizni baxtlar kutar..kutar yolg'izim
O'rtanma, men seni g'amlarga bermam
Dunyosi bir kam lek, kamlarga bermam
Kulguying jahonim, juda sevaman
Bizni baxtlar kutar..kutar yolg'izim
Yig'lama, yoshingga arzimas misqol
Yig'lasang yuragim uradi behol
Tanam zil zanbildek, qolmaydi majol
Bizni baxtlar kutar..kutar yolg'izim
Kuyinma, kuyinib kim topdi foyda
Hotirjam bo'lmoqlik oltin qoida
Muhabbat ne qilsin orom yo'q joyda
Bizni baxtlar kutar..kutar yolg'izim
Siqilma, dardlar ham ariydi bir kun
Armonlar chekinar sadosiz, beun
Azoblar qoladi sensiz, va yupun

Bir kun..
Jonim debon jonim oldingiz
Bu dilimga dardni soldingiz
Bilib qo'ying, dog'da qoldingiz
..Eng baxtli qiz bo'laman bir kun
Siz yig'laysiz, kulaman bir kun
Go'zalligim dillar yoqadi
Hamma havas qilib boqadi
Daryo daryo mehr oqadi
..To'lin oyday to'laman bir kun
Siz yig'laysiz, kulaman bir kun
Alamlardan ozod dil qari
Pok niyatda boshlanib bari
Oq libosda oppoq baxt sari
..Olqishlarla yuraman bir kun
Siz yig'laysiz, kulaman bir kun
Gul yuzimda quyosh charaqlab
Oltin zardek lov - lov yaraqlab
Baxt eshigin ochar sharaqlab
..U eshikda qolaman bir kun
Siz yig'laysiz, kulaman bir kun
Hozir mening ko'nglimdir ma'yus
Ozorlardan chalajon, ho'p sust
Ammo bir kun kelsak yuzma yuz
..Yuzim sizga buraman shu kun
Men kulaman, yig'laysiz beun..

Sevgiga..
Yo'q.. to'xta.. kelma iltimos
Sendan juda to'yib ketganman
Yonib - yonib dilda ehtiros
Yurib yurib.. dardga yetganman
Ahamiyatsiz.. endi kerakmas
Hayotimni qildingku zaqqum
Ishon, qalbim senga ermakmas
Hislarimni sochding misli qum
Hech nima.. shunchaki hech nima
Yonimdan ko'rmasdan o'tib ket
Sevgi.. yana barini rasvo qilma
Telba ko'ngillarga botib ket
Boshimni qotirma.. chaqirma
Hammasi iziga tushyapti
Sensiz ham uddalay olaman
Huddi senga ko'zim "uchyapti"
Hoy Sevgi ! chiqib ket jismimdan
Muammolar keltirib chiqarma
Yig'lama, qon qilib izimdan
Bo'ldi qil ! ovozing chiqarma
Boraqol ! Daf bo'lgin yo'limdan
Tutmagin, tutmagin qo'limdan...🥀

Menga keraksiz..
- Juda sovuqqonsan
- Bu sovuqqonlik emas, biz ishdamiz !
- Men yaqinda sening ering bo'laman axir
- Buni nima aloqasi bor, o'rtoq katta leytenant, shaxsiy munosabatlar ishdan keyin..
- Ishdan keyin huddi menga vaqting bordek gapirma
- Yaxshi, unda sizga vaqti borlar bilan bo'ling ! Endi ruhsatiz bilan..
- Seni tushundim. O'rtoq leytenant charchamang
- Salomat bo'ling !
- Dilfuz... Menga keraksan.. yuragim hapqirib ursada e'tibor qilmaslikka urindim. Oxirgi paytlar o'zimga o'zim tushunmay qolyapman. Menga nima jin uryapti..yoki to'y yaqinlashgan sari qizlarda shunday bo'larmikin bilmayman. Ishdan chiqib uni kutdim, lekin ko'rinmadi. KPP dan telefon qildim.
- O'rtoq boshliq..
- Ishlarim ko'p bugun kuzatib qo'yolmayman ! Trubkani qo'yib qo'ydi..
Tushgun holda uyga qaytdim. Ovqat yemasligimni aytib xonamga kirdim. Undan hafa bo'ldim. Lekin aslida men ham nohaqlik qilyapman. Birga o'tgan shirin vaqtlarimizni, ilk uchrashuvni esladim. Nim tabassum qilib, uhlashga yotdim.
Ertalab uyg'onib telefonimga qaradim. Har kuni keladigan xabar yo'q.. Sal ho'rsinib o'rnimdan turdimda onamning oldiga chiqdim.
- Senga nima bo'ldi ?
- Hech nima
- Menga qaraginchi.. urishib qoldingizmi ?
- Aslida.. unda ayb yo'q men ishlarimdan ortib tuzukroq vaqt ajratolmayapman.
- Unda ko'ngling yo'qmi qizim
- Unday emas..
- Yaxshi bu masalaga yana qaytamiz, ishga marsh
Xonamda o'tirarkanman, eshigim ochilib malikam deb kirib kelishini kutardim. Ko'zim eshikda, nixoyat tushlil vaqti chidolmay xonasiga bordim. Eshik qulf, amaliyotdagi yigitlar bugun kelmaganini aytdi.
Havotir ola boshladim ammo o'zimni tinchlantirdim. U yosh bola emas, aqli joyida. Kechga zamon havotirdan umuman qo'lim ishga bormay qolib, telefon qildim.
- Allo, o'rtoq katta leytenant
- Kechirasiz, siz kimi bo'lasiz ?
- O'zingiz kimsiz ?
- 2 chi viloyat kasalxonasi hamshirasiman. Bu yigitni hozir olib kelishdi. Ko'chada avtohalokat ro'y bergan.. allo
Eshikdan uchib chiqdim. Kasalxonaga oshiqdim. Borganimda og'ir ahvoldaligini aytib yoniga kirgizishmadi.
- Doktor o'zi nima bo'libdi
- Mashina yo'ldan o'tayotganda, avtahalokat bo'lgan
- Nega, nima uchun ?
- Men qaydan bilay, asabiylashmang
- Kechirasiz..
Qabulxonada turgan ezilgan moychechaklarni ko'rdim. Sekin borib qaradim. Ichida qog'oz bo'lagi bor edi, unda esa sen menga keraksan deb yozilgan.
- Doktor, doktor, bemorni ahvoli yomonlashyapti..
U yotgan xonaga yugurdim. -Nima bo'libdi, nimaaaaa
-O'zingizni bosing, sizga u yerga mumkunmas
- Jin ursiiiin, negaaaa
Baqirib uyg'ondim. Hayriyat tush ekan.
Nonushta qilmay ishga chopdim. Borib xonamga ham qaramay uni oldiga shoshildim. Xonasi qulf. Yuragim qinidan chiqqudek urdi. Naxotki... yo'q bo'lishi mumkunmas. O'ychan xonamga yo'l oldim. Eshigim ochiq, ichkariga qaradim. Men sevgan moychechaklar tutib turgan dilga yaqinimni ko'rib yig'lab yubordim.
- Seni sog'indim..
- O'zimni uning bag'riga otdim
- Nega yig'laysan, jinnivoy, yoki juda sog'inib ketdingmi ? 🙂
Ovozim titrab zo'rg'a aytgan so'zlarim shu bo'ldi
- MENGA KERAKSIZ..

Naxot..
Dilingiz g'ussaga hech botmadimi
Mensiz tonglar hech xira otmadimi
Vijdon qalbingizga so'z qotmadimi
Naxot, kulguyimsiz kulib yuripsiz ?!
Ko'zlaringiz boqar qaysi tomonga
Rangimga bir boqing o'xshar somonga
Ey yaxshim, alishmang meni yomonga
Naxot, kulguyimsiz kulib yuripsiz ?!
Uyquga yotganda yumyapsizmi ko'z
Qanday aytayapsiz kimgadir dil so'z
Men faqat ishq emas edim qalin do'st
Naxot, kulguyimsiz kulib yuripsiz ?!
Esimda savolim, "nega oshiqsiz"
"Kulgularing meni asir ayladi"
Qorong'u, shu bugun kimga ma'shuqsiz
Naxot kulguyimsiz kulib yuripsiz ?!
Men seni ko'rmasam, kunlarim zaxar
Iforing tuymasam, tunlarim zaxar
Degan sizmidingiz, endichi qahr
Naxot, kulguyimsiz kulib yurpsiz ?!
Har tong ahvolimni bilmoqni istab
Dardlarga da'voni qalbimdan istab
Ajabo, bu kibr qandayin hislat
Naxot, kulguyimsiz kulib yuripsiz ?!
Men sizdan e'tibor so'raganim rost
Bir talay mehrni tilaganim rost
O'zimning qadrimni bilmaganim rost
Ey sevgim, meningsiz kulib yuripsiz ?!

Endi gunoh
Endi gunoh sen haqingda o'ylolmayman
Sen tomonga bir jilmayib bo'ylolmayman
Necha necha so'zlar qoldi aytilmayin
Lekin endi bir og'iz ham so'ylolmayman
Nega meni almashtirding ul hurkaki ohularga
Axir seni sevmadimmi bor mehrimni bermadimmi
Vujud to'lsa bo'lmasmidi shu kungacha og'ularga
Rostingni ayt hiyonating mevasini termadimmi
Men bir senga hadya etdim vafo nomli gullarimni
Jafomidi vafoyimga javoblaring bag'ritoshim
Kimlarga qoldirib ketding mehrga zor yuragimni
Ado bo'ldi bu ko'zlarim daryo misol oqdi yoshim
Naxot darrov unutdingmi so'z berganding ichganding ont
Erkak bo'lib bergan va'dang yarim yo'lda uzildimi
Yuripsanmi qiynalmasdan tarallayu qilib bedod
Yuragingni bog'lab qo'ygan ishq zanjirim uzildimi
Bermasliging kerak edi chiqolmasang so'z ustidan
Qayda qoldi bir meni deb dunyo bosgan to'fonlaring
Kecharkanda inson hatto vijdon degan chin do'stidan
Endi boshqa pari tinglar yolg'onlaru tug'yonlaring
#Quyosh
☘ T.me/Shoirlari

Hotirjam bo’ling!
Bir birda hayollar kelganda noxush
Yuzingiz kulmasa bo’lib faromush
Siz, menga uyg’onish istalmagan tush
Men sizni sevaman, hotirjam bo’ling!
Har fikr kelsayu kelmasa darak
Havotir bo’lsayu bo’lmasa darak
Qalbdan qalbga yo’l bor, sizdaman demak
Men sizni sevaman, hotirjam bo’ling !
Shamoldek to’zg’isa hislar dafatan
Oromingiz buzsam tunlar hayolan
Suhbatlar qursangiz yostiqlar bilan
Men sizni sevaman, hotirjam bo’ling !
O’zni nochor sezib bo’lib bir g’arib
Sahar to’lg’onsangiz meni axtarib
Axir, siz dengizim menku marvarid
Men sizni sevaman hotirjam bo’ling !
Ko’zlarim sog’indi, deysizmu begim
Yuragim og’rindi, deysizmu begim
Siz mening ishqimsiz, siz mening tengim
Men sizni sevaman, hotirjam bo’ling !
#Quyosh
Telegram.me/Shoirlari

Loyiqsan..❤️🩹🥰
Sen mening hammadan ko'proq suyganim
Yuragim qarida asrab turganim
So’rab olganimsan, olloh berganim
Suymoqqa loyiqsan har ne bo’lsa ham
Joningga jonimni to’shagim kelar
Yodimni yodingga bog’lagim kelar
İshqimning faslida harorat yelar
Suymoqqa loyiqsan har ne bo’lsa ham
Ko'zlaringga boqib ishqni ko'raman
Boladek beg'ubor rashkni ko'raman
Gar kulsang shubhasiz, men ham kulaman
Suymoqqa loyiqsan har ne bo'lsa ham
Jahl qilganingda arslonim o'zing
Koyib turganingda polvonim o'zing
Bir dunyo oshig'-u.. jahonim o'zing
Suymoqqa loyiqsan har ne bo'lsa ham
Mayliga eng ko'rkam yigit bo'lmasang
Mayliga, erkalab kunda suymasang
Araz qilsam zumga kulib turmasang
Suymoqqa loyiqsan har ne bo'lsa ham
#Quyosh
Telegram.me/Shoirlari
Sen mening hammadan ko'proq suyganim
Yuragim qarida asrab turganim
So’rab olganimsan, olloh berganim
Suymoqqa loyiqsan har ne bo’lsa ham
Joningga jonimni to’shagim kelar
Yodimni yodingga bog’lagim kelar
İshqimning faslida harorat yelar
Suymoqqa loyiqsan har ne bo’lsa ham
Ko'zlaringga boqib ishqni ko'raman
Boladek beg'ubor rashkni ko'raman
Gar kulsang shubhasiz, men ham kulaman
Suymoqqa loyiqsan har ne bo'lsa ham
Jahl qilganingda arslonim o'zing
Koyib turganingda polvonim o'zing
Bir dunyo oshig'-u.. jahonim o'zing
Suymoqqa loyiqsan har ne bo'lsa ham
Mayliga eng ko'rkam yigit bo'lmasang
Mayliga, erkalab kunda suymasang
Araz qilsam zumga kulib turmasang
Suymoqqa loyiqsan har ne bo'lsa ham
#Quyosh
Telegram.me/Shoirlari
😉
Balki senga kerak boshpana
Va menda bor shinam koshona
Asli.. uncha emas shohona
"Yurak" degan kichik honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Durust.. bo'yu basting misli g'oz
Nigohlaring qirollarga xos
Bitta joy bor rossa senga mos
"Yurak" degan kichik honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Men shunchaki.. shunday o'yladim
Ehtiyojmand deya so'yladim
Bir boqdimu netay to'ymadim
"Yurak" degan kichik honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Ajib.. qara, huddiki sen bob
Sen uchun mayliga, hamyonbob
Hamon kirgin bundayi kamyob
"Yurak" degan mitti honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Qaydam.. ma'qul bo'larmi bilmam
Bir o'ylab ko'r, lek hafa qilma
Ammo kirsang, honadan jilma
"Dil" atalmish mo'jaz honam bor
Bir umrga mehmon bo'lib qol)
#Quyosh
Balki senga kerak boshpana
Va menda bor shinam koshona
Asli.. uncha emas shohona
"Yurak" degan kichik honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Durust.. bo'yu basting misli g'oz
Nigohlaring qirollarga xos
Bitta joy bor rossa senga mos
"Yurak" degan kichik honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Men shunchaki.. shunday o'yladim
Ehtiyojmand deya so'yladim
Bir boqdimu netay to'ymadim
"Yurak" degan kichik honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Ajib.. qara, huddiki sen bob
Sen uchun mayliga, hamyonbob
Hamon kirgin bundayi kamyob
"Yurak" degan mitti honam bor
Bir umrga mehmon bo'la qol )
Qaydam.. ma'qul bo'larmi bilmam
Bir o'ylab ko'r, lek hafa qilma
Ammo kirsang, honadan jilma
"Dil" atalmish mo'jaz honam bor
Bir umrga mehmon bo'lib qol)
#Quyosh
Sog'inching..
Ikki oydir qalamimni tutmadim
Hayol yig'ib, birorta bayt bitmadim
Sendan ketdim manzilimga yetmadim
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Na she'r yoza olsam, na bir hikoya
Qo'l urgan ishlarim topmas nihoya
Bilsang.. bitta ko'rmoqligim kifoya
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Yor dastingdan tunlarimda yo'q orom
Ko'z yumsam gar chehrang ko'raman hamon
O'sha qisiq ko'zlar, qovoqlar bodom
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Bugun yana tushimga sen kiribsan
Uzoqroqda nim tabassum qilibsan
Quchay desam o'zingga yot bilibsan
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Qani endi bitta imkon bo'lsaydi
So'nggi kunim sening bilan o'tsaydi
Tashna qalbim qo'llaringda o'lsaydi
Ezib yubordiku sog'inching jonim
#Quyosh
Telegram.me/Shoirlari
Ikki oydir qalamimni tutmadim
Hayol yig'ib, birorta bayt bitmadim
Sendan ketdim manzilimga yetmadim
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Na she'r yoza olsam, na bir hikoya
Qo'l urgan ishlarim topmas nihoya
Bilsang.. bitta ko'rmoqligim kifoya
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Yor dastingdan tunlarimda yo'q orom
Ko'z yumsam gar chehrang ko'raman hamon
O'sha qisiq ko'zlar, qovoqlar bodom
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Bugun yana tushimga sen kiribsan
Uzoqroqda nim tabassum qilibsan
Quchay desam o'zingga yot bilibsan
Ezib yubordiku sog'inching jonim
Qani endi bitta imkon bo'lsaydi
So'nggi kunim sening bilan o'tsaydi
Tashna qalbim qo'llaringda o'lsaydi
Ezib yubordiku sog'inching jonim
#Quyosh
Telegram.me/Shoirlari
Telegram
🌹🌹HAVASKORLAR IJODI SHERLARI🌹🌹
🕋Jannat sari yoʻl🕋
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.
Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Qo'rqinchli tushlar
Bilasanmi ular meni jonimga tegdi. Menga har doimgi chiroyli tabassumingda qarab turasan bag'ringga bosasan. Men buni his qilaman. Iliqlikni his qilaman va... shunchaki uyg'onib ketaman. Seningcha bu chiroyli tushmi ? Aslo yo'q. Juda qattiq sevganing va o'rganib qolgan insoningdan bir soniyada ayrilish va uni endi hech qachon seniki bo'lmasligi, endi avvalgidek soatlab shunchaki kino ko'rish yoki orzular haqida gaplashishning imkoni yo'qligi, janjallarning ortidan keladigan bo'salar va mehr endi bo'lmasligi va istagan vaqting ovozini eshitolmasliging, yuzlarini silolmasliging... bilasanmi bu qiyin emas. Bu DAXSHAT ! bu mening fojeam. Tushimga kirasan, sochlarimni silaysan, peshonamdan o'pasan va quchoqlaysan. Bu ro'yo menga uyg'onganimda va hatto o'sha tushlarda ham qanchalar azob berishini bilsang edi. Yarim tunda uyg'onib tomog'imga tiqilgan narsani deb uhlolmasligimdan xabar topsang edi... bir ikki harakat qilib ko'rib keyin umidsizlanib shunchaki tashlab ketmasding ! Meni o'zingdan boshqalarga ishonib qoldirmasding. Seniki ekanligimga naxotki aqling yetmagan. Men chin yurakdan faqat senga tegishli bo'lishni hohlashimni naxotki tushunolmading. Ortiq hohlamayman degan paytimda ko'zlarimdagi muhabbatni ko'rmagan bo'lishing mumkun emas. Seni sevishimni bilardingku azizim.. bizga buni ravo ko'rganingdan afsusdaman.. o'sha qo'rqinchli tushlarda yana kelsang senga ichimdagini to'kib solaman. Axir juda.. juda juda sog'inganman. O'zimning imkonsizim 🫂