Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ. RASMIY OFFICIAL
972 subscribers
337 photos
204 videos
4 files
667 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
#PREMERA

XAYR DEDIM MEN YURAGIMGA,

Azob degan yasovul bilan,
QΓ΅rquv tushdi bu yuragimga,
Armon  degan achchiq tuyĝudan,
Xayr dedim men keragimga.

Oshiq dilim vayron bo'lsa xam,
Begona dil giryon bo'lsa xam,
Ayliqqa yurak ko'nsa xam,
Xayr dedim men keragimga.

Armon bo'ldi shirin orzular,
Poymol bo'ldi go'zal tuyg'ular,
Tashlab ketdi yuzda kulgular,
Xayr dedim men keragimga

Ko'nmasa xam hijron dardiga,
Yetmasa u sevgim qadriga,
Qo'l siltadim bari-bariga,
Xayr dedim bu yuragimga,

Muzlab qolgan naxot yuraging,
Ayriliqqa bo'ldi tilaging
Ozor berish bo'lsa roziman,
Dedim senga xayr keragim.

Bo'ldi endi olaman qalam,
Sherga qo'shib yozilar alam,
Yuragimga tutib men motam,
Xayr dedim men yuragimga.

Qaytsam agar yuragim bilgin,
Orzularga qo'lim siltayman,
Qora zulmat og'ushiga yor,
Seni tashlab o'zim qaytgayman.

Hayr deyman mungli o'tmishim,
Orzu ila urar bu  kΓ΅ksim,
Labim bosar barmoğim jim-jim.
Salom deyman men yuragimga.

Muallif:✍🏻Shoiraginam(SEVARA)


https://t.me/shoiragina
#PREMERA

ULARNI KΓ•NGLIGA QIMMATMAN XOLOS.


Tanganing ikki tomoni ular,
Chaqadur men uchun qadri yΓ΅qsizlar,
Soxtalar ichida xam soxtalar ko'pdir,
Ikki yuzli qiymatsiz ey qadrsizlar.

Biz kezgan bog'larda rayhonlar undi,
Dardsiz kesakkalarga aytildi dardlar.
Netayin yaqinlar qadrsiz bo'ldi,
Ko'ksimizda tugadi dardu xasratlar.

Lek men hech kimni yo'qotganim yo'q.
Chunki ular menga qadrsiz xolos.
Nega deysizmi?
Negaki asli!
Men ular ko'ngliga qimmatman xolos.!!!!!

Sizlarni so'zingiz bir parcha qog'oz,
Jim turib yig'laysiz sezmoqda yurak.
Dardingizga davo shu bitta ovoz,
Uzr so'ramoqlik. shu sizga istak.!!!!

Ularni ko'ngliga qimmatman xolos.

✍ SHOIRAGINAM(SEVARA)
29/01/2023
19:00
#Premera

AZONGA QULOQ TUTING.

Shaytonni so'zini unting bo'ldi,
Tongi mudroq uyqudan keching.
Alloh uchun, o'zingiz uchun ,
Azon ovoziga siz quloq tuting.

Alloh uchun qiling doim ibodat ,
Ayting Payg'ambarga dur-u salovat,
Qalbimgizga to'lsin do'stim hidoyat,
Azon ovoziga siz quloq tuting.

Shifo ekan axir dardlarga nomoz,
Yurmang endi do'stim aslo benamoz,
Keling berayin sizga joynomoz,
Azon ovoziga siz quloq tuting.

Nomozga azon bosh bo'ladi biling,
Takbiru azonni eshitib yuring ,
Bo'ldi o'tiravermang qani siz turing ,
Azon ovoziga siz quloq tuting.

Jannat ila siylasin sizlarni tangrim,
Nomoz bilan ursin mening yuragim,
Gina, araz degan sΓ΅zni unuting,
Turing endi azonga quloq tuting.

Alloh bizlarni turibdi ko'rib,
O'tmaylik dunyodan be namoz bo'lib,
Ashula maqom-u san'atni qo'yib,
Azon ovoziga siz quloq tuting.

Bu dunyolar yolĝon dunyo bilsangiz,
Nomoz degan sΓ΅roq turar ketsangiz,
Jannat nasibdur so'rog'idan Γ΅tsangiz
Qani turing azonga quloq tuting

Bu dunyo bir kun bo'ladi xazon,
G'animatmiz axir barchamiz bir on.
Namozga chorlaydi yagona Azon,
Azon ovoziga siz quloq tuting.

✍ SHOIRAGINAM
22.11.22
#PREMERA

SEVARA!!!!!!!❀️❀️❀️❀️❀️❀️

Yuzlariga yarashadi dona xoli
Kimda ekan shu go'zalni Γ΅y xayoli
BΓ΅lsa edi mendek yorni bir ayoli
Sevarani sevdim netay Sevarani

Tillo uzuk yarashadi qΓ΅llariga
Gullar sochay ul sanamni yΓ΅llariga
"Begim"degan sΓ΅z yarashar tillariga
Sevarani sevdim netay Sevarani

Oq libosda kirib kelsa uylarimga
Oydek tΓ΄lib kelsin mening tunlarimga
Madx etayin ismin qΓ΅shib kuylarimga
Sevarani sevdim netay Sevarani

Jonim qurbon qaro qoshu kΓ΄zlariga
Adomana sevdim degan sΓ΅zlariga
Ibo xayo yarashadi yuzlariga
Sevarani sevdim netay Sevarani

Γ•zgalarga boqmas aslo qilmas qiyo
Yulduzimsam kunduzimsan Γ΅zing ziyo
Osmonlardan tushgandaysan jonim go'yo
Shul parini sevdim netay shul parini

✍SHOIRAGINAM
25/11/2022
00:00
#PREMERA


MEHRIMNI BILMAGAN SEN MEHRSIZIM i

Qarog'imni achchiq yoshga to'ldirding.
Seni sevgan xasta qalbimni tilding.
Jon jonimdan rosti jondan to'ydirding.
Mehrimni bilmagan ey mehrsizim.

Yolg'on ekan Va'dalarga vafolari.
Kunlarimni zulmat etgan qarolari.
Jonginamdan o'tib ketdi jafolari.
Mehrimni bilmagan sen mexrsizim.

Majnuningman deding sevgingdan tonding.
Ishqimning dunyosii qumlarga ko'mding.
Ex shu sodda qalbim pichoqsiz so'yding.
Mehrimni bilmagan sen mehrsizim.

Yolg'onchim va'dasi yolg'onim bo'lding.
Qalbi mexrsizim mening mensizim
Yolg'onchi yolg'onla yuragim o'yding.
Mehrimni bilmagan sen mehrsizim.

Vido deb ketaman topolmaysan hech.
Qaytmagin bariga no'ldi juda kech.
Bor endi mayliga o'sha mehrsizni quch.
Mehrimni bilmagan ey mehrsizim.

Kunlar kelib ko'rasan yonaman o'tdek.
Yong'inim kuchiga dosh berolmaysan.
To'kilib ketasan qurigan tutdek.
Undan so'ng hech kimni seva olmaysan.

O'chirib tashlayman butkul umrimdan.
Ketding hayotimdan chiqding yodimdan.

β™‘ γ…€  βγ…€      βŽ™ γ…€    βŒ²
ˑᢦᡏᡉ  αΆœα΅’α΅α΅α΅‰βΏα΅—    ˒ᡃᡛᡉ     ˒ʰᡃʳᡉ
MUALLIF RUXSATISIZ
TEGILMASIN...❌

MUALLIF:SHOIRAGINAM...✍
31.01.2023...
00:40...

TELEGRAM KANALIMIZ...
β€οΈπŸ’ŒπŸ’«πŸ‘‡
@shoiragina
#PREMERA

SEVARA!!!!!!!❀️❀️❀️❀️❀️❀️

Yuzlariga yarashadi dona xoli
Kimda ekan shu go'zalni Γ΅y xayoli
BΓ΅lsa edi mendek yorni bir ayoli
Sevarani sevdim netay Sevarani

Tillo uzuk yarashadi qΓ΅llariga
Gullar sochay ul sanamni yΓ΅llariga
"Begim"degan sΓ΅z yarashar tillariga
Sevarani sevdim netay Sevarani

Oq libosda kirib kelsa uylarimga
Oydek tΓ΄lib kelsin mening tunlarimga
Madx etayin ismin qΓ΅shib kuylarimga
Sevarani sevdim netay Sevarani

Jonim qurbon qaro qoshu kΓ΄zlariga
Adomana sevdim degan sΓ΅zlariga
Ibo xayo yarashadi yuzlariga
Sevarani sevdim netay Sevarani

Γ•zgalarga boqmas aslo qilmas qiyo
Yulduzimsam kunduzimsan Γ΅zing ziyo
Osmonlardan tushgandaysan jonim go'yo
Shul parini sevdim netay shul parini

25/11/2022
00:00

✍SHOIRAGINAM


@shoiragina
#PREMERA

SHE'R NOMI...πŸ“ƒ
FIROQ...

Kerak emas menga qilma qo'ng'iroq.
Ketgin olislarga mendan sen yiroq.
Istamayman bugun sening ovozing.
Mayli sensiz meni sinasin firoq.

Aldangan yuragim qon yig'lab qoldi.
Ketgin sen ila bu sabrim ham to'ldi.
Senga nisbatan qolmadi bir his.
Yuragim ishqingsiz dunyoda kuydi.

Ex qanchalar ekamman nodon.
Arzimas ekansan  mening sevgimga.
Man sensiz xam yuribman shodon.
Bugun kulayapman oqqan yoshimga.

Samolar boshqacha dunyo boshqacha.
Bugun xatto yolg'on ro'yo boshqacha.
Tabbasum yarashar bugun yuzimga.
Xatto yuragimda urush boshqacha.

Hayotim bo'lmoqda qanchalar go'zal.
Qalbim eritmoqda sexrli so'zlar.
Chin ishqni tuymoqda xasta bu yurak.
Dunyoga mehrla boqmoqda ko'zlar.

Kerak emas endi sening so'zlaring.
So'zlaring kulganing qaro ko'zlaring.
Meni zor qoldirgan armoning bilan.
Meningdek o'zing ham zor zor bo'zlagin.

MUALLIF:SHOIRAGINAM...
23.12.2022... 17:00...

@shoiragina
#PREMERA

πŸ“ƒYURAGIMNI UMMONLARGA CHO'KTIRAMAN



Sig'may qolgan keng dunyoga bu yuragim,
Dunyo ĝamin yuragimga mindiraman.
Ko'ksim yorib olamanu, yulib uni
Qon yuragim ummonlarga cho'ktiraman.


Yonib bitdi xatolarga tΓ΅lgan xayot,
Azob berma sherlarimda yozib bayot.
Yashamoqqa chora yoq'dir senga naxot.
Yuragimni ummonlarga cho'ktiraman.

Tashlab ketay bu dunyoni oling sizga.
Yosh ham ilmay ketamiz endi ko'zga.
Hayr deymiz ruhsat bering endi bizga.
Yuragimla birga ketay ummonlarga.


Sinovlari oĝir keldi biz uchun ham ,
Bu yurakni dardi o'zi juda ham kam.
Ma'nosi yŏq hayr endi ishqsiz olam.
Qon yuragim ummonlarga cho'ktiraman.

Topolmaysiz endi o'sha qalbsizni siz,
Boqolmaysiz Γ΅sha yomon dadrsizga siz,
Zor qilib ketaman shu baxtsizga siz,
Yuragimni ummonlarga cho'ktiraman.


Faqir ekan insonlarni qalb dunyosi.
Muzlab bitgan mehr degan qalb ziyosi.
Dardlarimga topolmayin qalb shifosin,
Qon yuragim ummonlarga cho'ktiraman.


Cheksam agar azoblarim suvlar bilsin.
Dardlarimla ummonlarni to'ldiraman.
Shunday bari azoblarim suvga cho'ksin,
Yuragimni ummonlarga cho'ktiraman.


©muallif Sevara...✍
©Taxallus Shoiraginam...✍️

19/01/2023
09:15


@shoiragina
#PREMERA

QAYTAR RABBIM

Gunohlarim ummonlari toshmoqda
Alloh kechir iymon mendan qochmoqda
Shayton bΓ΅lsa qalbga qulf solmoqda
Raxm etgil men osiy bandangga
Robbim qaytar Γ΅zing meni iymonga

Duo qilsam ijobatin kΓ΅rayin
Bŏldi endi dunyolardan kechayin
Muhabbatla Qur'onningni o'payin
Raxm etgil men osiy bandangga
Robbim qaytar Γ΅zing meni iymonga

Nafsim meni adashtirdi yo'limdan
Shayton tortdi do'zzax tomon qo'limdan
Bazan tΓ΅ygan ekanman-u jonimdan
Raxm etgil menday osiy bandangga
Robbim qaytar Γ΅zing meni iymonga


Qorayibdi seni suygan bu yurak
Gunohimdan o'yilibdi shu falak
Iymondan Allohim o'zing ber darak
Raxm etgil men osiy bandangga
Robbim Qaytar meni o'z iymonga

Endi faqat senga bo'lsin jon fido
Din yΓ΅lida mayli bo'lay men gado
Avf etguvchi Γ΅zingsana yo Xudo
Raxm etgil men osiy bandangga
Robbim qaytar meni Γ³zing iymonga


(Allohim hech kimni iymonidan ayrima hammaga ikki dunyo saodatini ber Omin🀲🀲🀲)

✍SHOIRAGINAM
21/11/2022
8:00


@shoiragina