Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ. RASMIY OFFICIAL
982 subscribers
336 photos
203 videos
4 files
667 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
BUGUN VADA QILINGAN SHE"RNI JOYLAYMIZ

[MAVI QALB] NIKIDA YURADIGAN OPAMIZ UCHUN MAXSUS XAZIL SHER.

πŸ“ƒMADINAMNING NOZLARI XO'P BOSHQACHA.


@shoiragina
#PREMYERA...

πŸ“ƒMADINAMNING NOZLARI XO'P BOSHQACHA.

Yuzidagi kulguchlari o"zgacha,,
Yo'llarini kutaman shu kuzgacha,
Boshqa suluv qiz ko'rmadim sengacha,
Madinamni nozlari hop boshqacha.

Erkatoyda kuyduradi jonimni,
Araz qilib ichar mening qonimni,
Kelgin nuraga to'ldir xar bir onimni
Madinamni nozlari hop boshqacha

Qalam qo'yib qoshlarini chimirar,
Ado qilib men oshiqni o'ldirar,
Bir gapirib o'zi yana ming kular,
Madinamni nozlari hop boshqacha.

Ko'zlariga boqib tinmas bu yurak,
Sevdim desa yurak boβ€˜lar ming bo'lak,
Mening uchun yaralgansan ey malak
Madinamni nozlari ho'p boshqacha.

Qalbim yonar firoqining kuyida,
Yashayman Madinamni o'yida,
Kelarmisan kutay soyning o'yida,
Madinamni nozlari ho'p boshqacha.


Kelsang agar tutar edim qo'lingdan,
Maxkam ushlab olar edim belingdan,
Tugamoqda ishon sabr toqatim,
O'ldiraman boshqa chiqsa yo'lingdan.

Madinamning nozlari hop o'zgacha,
Olib qochib ketaman shu kuzgacha.

©MUALLIF Sevara.... ✍
©Taxallus Shoiraginam.... ✍


@shoiragina
Gulmira Hali biz tomonda
Shoiraginam
Gulmira Hali biz tomonda - Shoiraginam


#PREMYERA...

Ko'nglimni do'st deya ochganlar sotdi,
Yanog'ida kibrdan doshlari qotdi,
Yovvoyi quzg'unlar sinovga otdi,
Hali biz tomonda otadi tonglar.
Chalinar muhabbatga atalmish bonglar.


©MUALLIF Sevara...... ✍
©Taxallus Shoiraginam..... ✍


@shoiragina
Assalomu aleykum azizlar.

Man xavaskor shoiraman sizlarni o'zimning ijodiy kanalimga lutfan taklif etaman va ajoyib yurakka yoqadigan sherlarim bilan qalbingizga kirib boraman.

Kanalim quyida korsatilgan

πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

https://t.me/shoiragina



☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Xurmat bilan sizlar uchun qadrli bolgan shoiragingiz

SHOIRAGINAM SEVARA.
πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ€—


@shoiragina
#Maxsus buyurtma sher

ABDUXALIL XODIYEV ukamiz uchun

Qishning sovuq kunlaridan qo'rqmagan.
Halol risqini terib aslo tinmagan,
Og'ir kunlar yomon yo'lga yurmagan.
Qalbi daryo insonlarning bittasi u.
Abduhalil chin mard ozbek o'g'loni u.

Otasini mehriga- chi hech to'ymagan.
Og'ir kunlar suyaguvchi bo'lmagan,
Yillar uni sinab - sinab hech to'ymagan.
Onasining duosida yashar inson.
Alloh deya urib turgan asl o'g'lon.

Jigarlardan vafo emas jafo topgan,
Bir paytlar ozorlardan qalbin yopgan.
Bugun esa begonadan qadr topgan.
Abduhalil qalbida bir bitmas armon.
Risqin terib halol yashab yurgan o'g'lon.

Oilasin suyaguvchi bitta tog'i ,
O'zi bog'bon yuragida mehr bog'i.
Unutmaydi sinovlardan dilda dog'i.
Doim yurar yaxshilikni ko'zlab - ko'zlab,
Zabonida yolg'on emas rostin so'zlab.

©Muallif SEVARA....✍️
©Taxallus SHOIRAGINAM...✍️

MAXSUS BUYURTMA SHE'R.

@shoiragina
Har tunda bitta-bitta terib olaman.
Ko'ksimga sanchilgan nayza-o'qlarni...
Zulmat sandig'iga solib qo'yaman,
Sendan kelgan alam, otash cho'glarni.

πŸ˜‰βœShoiraginam

[davomi ettiraymikin].


@shoiragina
#PREMYERA...

ALVIDO HIYONATKORIM..πŸ’”πŸ’”πŸ’”πŸ‘Ž


Qalbimni parchalab tashlading oson,
Dod deydi u sening xiyonatingdan,
Gumburlab ketdi eh bugun osmon,
Dil og'rir sening bu qiyofatingdan.

Aldamoq sen uchun bir o'yin bo'ldi,
Bu qalbim sen deya tiriklay o'ldi,
O'sha kun berilgan vadalar tamom,
Barchasi bugundan o'tmishda qoldi.

Pok ishqim, savdoyi yuragim, yondi,
Senga deb atalgan so'zlarim qoldi,
Ket mayli boshqani qo'llarini tut,
Bevafo shu bugun qalbimdan qoldi,

Kimgadir dilingni ochibsan mayli,
Endi seni kutsin o'zga bir Layli,
Yo'llarimiz ikkiga ajradi oxir,
Eh!
Qalb sindi bugun sening tufayli.

Ojiza qalbimga solding alamlar,
Men senga dilimni qilgandim tortiq,
Bag'ring toshmidi solding sitamlar,
Men senga kerak emasman ortiq,

Alvido!
Yolg'onchi ilk muhabbatim,
Yuragim eshigin yoparman endi.
Alvido ey mening hiyonatkorim,
Men baxtni o'zgadan toparman endi.

©Muallif SEVARA.✍️
©Taxallus SHOIRAGINAM.✍️

31/03/2024. 17:00.

@shoiragina
#PREMERA

SHE'R NOMI...πŸ“ƒ
FIROQ...

Kerak emas menga qilma qo'ng'iroq.
Ketgin olislarga mendan sen yiroq.
Istamayman bugun sening ovozing.
Mayli sensiz meni sinasin firoq.

Aldangan yuragim qon yig'lab qoldi.
Ketgin sen ila bu sabrim ham to'ldi.
Senga nisbatan qolmadi bir his.
Yuragim ishqingsiz dunyoda kuydi.

Ex qanchalar ekamman nodon.
Arzimas ekansan  mening sevgimga.
Man sensiz xam yuribman shodon.
Bugun kulayapman oqqan yoshimga.

Samolar boshqacha dunyo boshqacha.
Bugun xatto yolg'on ro'yo boshqacha.
Tabbasum yarashar bugun yuzimga.
Xatto yuragimda urush boshqacha.

Hayotim bo'lmoqda qanchalar go'zal.
Qalbim eritmoqda sexrli so'zlar.
Chin ishqni tuymoqda xasta bu yurak.
Dunyoga mehrla boqmoqda ko'zlar.

Kerak emas endi sening so'zlaring.
So'zlaring kulganing qaro ko'zlaring.
Meni zor qoldirgan armoning bilan.
Meningdek o'zing ham zor zor bo'zlagin.

MUALLIF:SHOIRAGINAM...
23.12.2022... 17:00...

@shoiragina
SΓ•NGI QΓ”NĞIROQ

Ilk qadamimni qΓ΅ydim sen tomon
Ustozni Γ΄rgatding qalbimda titroq
Ona Vatan ne edi bilmasdim biroq
Chalinmay turaqol sángi qánğiroq

Bağringa olding maktabim meni
Ona kabi Γ΅zing mexribon bΓ΅lding
Bir laxza qalbingda yashayin seni
Chalinmay turaqol sángi qánğiroq

Sinfdosh qizlaru aziz dΓ΅stlarim
Soğinaman sizni dars xonalarim
SΓ΅ngi bor birga bΓ΅lsakda biroq
Chalinmay turaqol sángi qánğiroq

Har laxza tarbiyang qalbimda mening
Ishongan tayanching bΓ΅laman sening
Ustozlarim sΓ΅zlari qalbimda biroq
Chalinmay turaqol sángi qánğiroq

Bir laxza chalinma sinfdoshlarga
Dilimdagi dardlarim aytib olayin
Bir laxza chalinma sángi qánğiroq
Maktab diydoriga tΓ΅yib olayin

Xayolimdasiz siz qora kΓ΅zlar
Qalbimda bugun soğinchli titroq
Yuragimda yashaysiz aziz ustozlar
Chalinmay turaqol sángi qánğiroq

Ayrilib ketamiz bugundan bizlar
Katta xayot kutimoqda biroq
Kundalik daftarimda qoldi darslarim
Alvido chalindi sángi qánğiroq

✍SHOIRAGINAM

24/05/2022/


@shoiragina
Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ. RASMIY OFFICIAL
Man ijoddan ketgan kunim o'lganim boladi. SHERiyat manim hayotim. Bizda yangi #Primyera. Bor. @shoiragina
#PREMYERA...

MEHRINGIZ CHIN EKAN ONA.

Soxta ekan yonimda chin turganlarim,
Yaqinimsan deya kulib yurganlarim,
Ro'yo ekan bari-bari bilganlarim,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Shonu shavkat obro' degan sinov tushdi,
Boshimdagi omad degan qushim uchdi,
Qarang ona sizsiz bugun nomard quchdi,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Olisladi sirdoshim ham dildoshim ham,
Xasta dilga to'lib ketdi dardu alam,
Kimlargadur kerak edi xatto soyam,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Sho'r peshonam  azoblarga maxkum  bo'ldi,
Tuxmatlardan bugun mening jonim o'ldi,
Qarang ona ortginamdan
g'anim kuldi,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Dengiz edim saxrolarga qumdek cho'kdim,
Samolarda uchar edim yerni quchdim,
O'chdim ona bugun bitta shamdek o'chdim,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Sherlar yozib ko'ngillarga kirdim qarang,
Yomonlarni dildan asta yuldim arang,
Duoingiz jonga orom jonim onam,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Umringizga umr tilab o'tmoqdaman,
Bugun qarang yoningizga ketmoqdaman,
Mehringizga to'ymoq uchun uchmoqdaman,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Siz bor bugun qaddim baland jonim onam,
MEHRINGIZ Dan nurga to'lar ko'ngil xonam,
Yagonamsiz mening uchun siz yagonam,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.
Tanxonginam, mehribonim, siz yagonam


©Muallif Sevara..... ✍
©Taxallus Shoiraginam... ✍

2024.


@shoiragina