Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ.✍
994 subscribers
339 photos
207 videos
4 files
672 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
#PREMYERA...

❀️ONA❀️


Tun yarmida qo'limda kitob,
Sham yoqilgan bir chekka xona.
Sarlavxa qo'yilgan kitobga qarang,
Hammadan mehribon birgina ona.

Varoqlab chiqdim-ku ko'zim yoshlandi,
Matonat o'rgandim ona mehridan.
Har bir satrlardan taralar ziyo,
U qalqon bo'ladi hayot qaxridan.

Ona sen shundayin noziksan ammo,
Mag'rursan biz uchun hatto tog'dayin.
Avaylab asraysan nihollaringni,
Parvarishin kutgan bitta guldayin.

Sen asli bog'bonsan gullar undirgan,
Mehring chashmasidan suvlar ichirgan.
Sen asli buloqsan qaynab chiqquvchi,
Mehrni suvdayin kaftida tutgan.

Sen balki farishta balki najotsan,
Zulmatga nur bo'lib kelasan doim.
Baxtimiz qo'lidan tutib har mahal,
Malikam o'zimning, osmonda oyim.

Mehring ta'rifiga qalamlar yetmas,
Hattoki qog'ozlar lol qolar senga.
Sening matonating oldida taslim,
Hattoki tog'lar ham bosh egar senga.

Sen bunday mehribon, bunday rahmdil,
Allohning eng buyuk mo'jizasisan.
O'zing ming dard bilan og'rib yursang ham,
Farzandim - farzandim deya yashaysan.

Mehringni oldida boshim egaman,
O'zimning mehribon jonim onama.
Agar sen yig'lasang yig'lab turaman,
Alamlar to'lar bu ko'ngil xonama.

Tun yarimda qo'limda kitob,
Sham yoqilgan bir chekka xona.
Bu kitobning boshidan oxir,
Ta'riflangan mo'jiza ona.


©Muallif SEVARA....✍
©Taxallus SHOIRAGINAM....✍

26/01/2024


@shoiragina
#PREMYERA...

BIR KUNI TO'QNASHAR YURAKLARIMIZ.


Ikki yo'lda taqdir ayridi bizni,
Armonga burkandi xayollarimiz.
Qaramoqqa yetma yashirdik ko'zni,
Bir kun toΚ»qnashar nigohlarimiz.

Baxt tilab ketdim orzudan kechdim,
Ayro bo'ldi ishqda shu yo'llarimiz.
Ishqimni qalbimga saqladim ammo,
Bir kun toΚ»qnashar nigohlarimiz.

Sen menga berding oshiqlik darsin,
Lek javobsiz qoldi savollarimiz.
Sen ila angladim mehrning qadrin,
Bir kun toΚ»qnashar nigohlarimiz.

Mayli arz yozmayman endi taqdirga
Ishq bitdi bizga taqdir varoqlarimiz
Lekin armon bilan qoyildi nuqta
Bir kun to'qnashar nigoxlarimiz.

Yodingdami menga bitgan sherlaring,
Mazmumli bo'lardi xar suxbatlarimiz.
Qachondir ko'rishib ko'z-ko'zga tushar.
Bir kun toΚ»qnashar nigoxlarimiz.

Endi ketasan sen boshqa yo'lakdan,
Endi uchrashmaydi yuraklarimiz.
Ishqimiz topilmas xatto ertakdan,
Baribir toΚ»qnashar nigoxlarimiz.

Ne xolki sevgimizga armon xukmron,
Ayrilgan ikkiga yo'laklarimiz,
Bir-birin istaydi ko'nglimiz ammo,
Bariga ko'nikar yuraklarimiz.

© Muallif SEVARA...✍
©Taxallus SHOIRAGINAM..✍

@shoiragina

@shoiragina
#PREMYERA...

πŸ“ƒSEN KELDING.

Sen kelding nurga to'ldi dunyoyim,
Qalbimga bir ajib xissiyot kirdi,
Tonglarim nurafshon tunda xilolim,
Faqat maning uchun nur sochar bo'ldi.

Sen kelding o'zgacha ekan muhabbat,
Angladim bu dilim tofondek toshdi.
Yuragim qilolmas endi hech toqat.
Sen deya aqlim haddidan oshdi.

Kelding-u bemorga aylandi ko'nglim,
Yomg'irman qalbingni saxrolarida,
Bir emas bilaman lek taqdir yo'lim
Seningla yashayman dunyolaringda

Meni azoblardan qutqarib olgin,
Tashlama takror xasrat qariga.
Men esa bugun tayyorman ishon,
O'tmishni unutib bari-bariga.

Devona ko'nglimni etma faromush,
Dardman yuragimni etma poralar.
Men ketsam sen qolsang bilasan axir,
Qalbingda chalinar mungli nolalar.

Dardimizni aytib bir birimizga,
Darmoni bo'lamiz ishon azizim.
Alloh ishq solgan shu ko'nglimizga,
Baxt berib yashaymiz ishon azizim.

©Muallif Sevara.....✍
©Taxallus Shoiraginam.....✍


@shoiragina
Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ.✍
#DIQQAT #Bizda #yangi #PREMYERA... πŸ“ƒKEL....! @shoiragina
#PREMYERA

Kel sen bir bor ko'rgani kel yor,
Poyingga to'karman dunyolarimni,
Zabt etgin qalbimni izla bir chora,
Daryoga qo'shmagin ko'z yoshlarimni.

Kel azizim kelgin men tomon,
Qadaming tashlashing kutarman kunda,
Bilmaysan nomingga necha bor baytlar,
Bitganman uxlamay bedor har tunda.

Kelgin sen men deya azizim kelgin,
Rashkim bilsang axir ulkan to'fondek
Ne desang sevaman, sevgilim degin,
Yashayin cheksiz toshgan ummondek.

Sog'ingan yurakka solma sen sog'inch,
Axir sensizlikdan charchagan tolgan.
Kuygan yuragimga sen davo boΚ»lsang,
Shu kundan ishongin armonlar o'lgan.

Kelgin sen oshiqlik sirin aytaman,
Va senga hadya etaman jonim.
Ko'zimni yumsam ham hatto ochsam ham,
Sen bilan o'tsin mening har onim.

Menga sen vaΚΌdalar bermagin aslo,
Osmondan yulduzlar uzma kerakmas.
Mitti bu yuragimga tashrifing yetar,
Sendan o'zgasini ko'nglim hushlamas.

Kel azizim qalbimga mezbon bo'lib kel!

Muallif: Sevara
Taxallus: Shoiraginam

@shoiragina
#PREMYERA...

SHAMOLLARDAN ALAMLARIM BOR

Ko'zlarimga to'lganda yoshlar,
Ko'zlaringga aytar gapim bor.
Maktublarim olmay ketgan ul,
Shamollardan alamlarim bor.

Bahor misol shoshib keldungu,
Yomg'irlarga tashlablar ketding.
Qovjiradi oshiq ko'ngil, dil,
Sen qalbimni poralar etding.

Har bir tongda salomlar bilan,
Yozar eding ex maktublaring.
Bexosiyat ekan bu ishqing,
Nelarni xoxladi (oq ) ko'ngillaring.

Niholdayin nozik qalbimni,
Yolg'on bilan sindirdi ular,
Majruh yurak egasi kimlar,
Yuragimni jim o'ldirdi ular.

Sevolmasman endi men takror,
Qon qaqshadi xasta bu jonim.
Yuragimga berdilar ozor,
Zulmat boldi nurli har onim.

Sadoqatni qadrini bilmay,
Azob bilan asta yanchdilar.
Qo'llariga ignani olib,
Pichoqdayin qattiq sanchdilar.

Bemehrsan bedavoyimsan,
Sirlashaman har kun oy bilan.
Tugar bir kun dilda jafosan,
Yuragimdan ketgan joy bilan.

Sen yuragim parchalar etding,
Sindiriblar tashladingku yor.
Ko'ksim osti toshdayin qotdi,
Berganlaring o'zingga ham yor.

Alvidoga so'zlar qolmadi,
Xiyonating jonim olmadi,
Muzlab ketgan bu yuragimda,
Shu bugundan dardlar qolmadi.


Β©Taxallus SHOIRAGINAM
Β©Muallif SEVARA

12/01/2024.

@shoiragina
Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ.✍
#Bizda #yangi #PREMYERA .. πŸ“ƒOMON BO'L AZIZIM. @shoiragina
#PREMYERA ..

πŸ“ƒOMON BO'L AZIZIM.

Dilimni sindirdi yolg'onlaring yor,
So'zlaring ko'r qildi bo'libman xumor,
Men o'sha bariga ishongan dildor,
Omon bo'l azizim omon bo'l endi.

Ketaman sendan olislayman rost,
Sen deya yongan dilga qilib qasd,
Endi eshitmaysan mendan boshqa sas
Omon bo'l azizim omon bo'l endi.

Unut boldi so'zolama endi biror so'z,
Men esa yig'lagan o'shal qaro ko'z,
Ketaman qaytmayman shu oxirgi so'z,
Omon bo'l azizim omon bo'l endi.

Bizni sevgimizda chegaralar bor,
Balki sevgi deya aldandikmi yor,
Endi yuragimga qaytmas ul bahor,
Omon bo'l azizim omon bo'l endi.

Yo'llarim to'sma kelma ortimdan,
Biz yurgan ko'chalarda tikonlar undi
O'chirib yuborsam yetar yodimdan
Omon bo'l azizim omon bo'l endi.

Vidolashmoq oni keldi ushbu dam,
Men ketsam yashnar qalbingda olam,
Sen menga eng yaqin bo'lga. begonam,
Omon bo'l azizim omon bo'l endi.

©Muallif SEVARA....✍️
©Taxallus Shoiraginam...✍️

@shoiragina

@shoiragina