© 𝐒𝐇𝐎𝐈𝐑𝐀𝐆𝐈𝐍𝐀𝐌 𝐒𝐇𝐄'𝐑𝐋𝐀𝐑𝐈.VA AUDIO SHE'RLAR.
15 subscribers
3 files
151 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
#PREMYERA...

SOXTALARDAN CHARCHADIM.

Ko'ngling qulfin ochganlar,
Sirlaringni sochganlar,
Yomon kunda qochganlar,
Soxtalardan charchadim.

Kulib turib ko'zingga ,
Yolg'on so'zlab yuzingga,
Chox qaziydi o'zingga ,
Soxtalardan charchadim.

Pichoq urar ortingdan,
Nomard yaxshi mardingdan,
Giybat qilgan ketingdan,
Soxtalardan charchadim.

O'ng qo'lida berarlar,
Chap qo'lida olarlar,
Nega bunday odamlar,
Soxtalardan charchadim,


Yaxshi kunda yonimda,
Yurar jismu jonimda,
Har bir o'tgan onimda,
Soxtalardan charchadim.


Kulmang sizlar bo'ldida,
Bog'im siz deb so'ldida,
Poymonam ham to'ldida,
Soxtalardan charchadim.

Charchadima sizlardan,
Qalbim tilgan so'zlardan,
E voh ikki yuzlardan,
Soxtalardan charchadim.

Nega soxtasiz ayting,
Bu yo'lingizdan qayting,
Bizlarsiz baxtga yeting.
Men sizlardan charchadim.
Soxtalardan charchadim.


SHOIRAGINAM

#maxsus buyurtma sher


Reaksiya kutaman



https://t.me/shoiragina

Mualliflik xuquqini qonun ximoyasida
Muallif ruxsatisiz tegilmasin ❗️
© 𝐒𝐇𝐎𝐈𝐑𝐀𝐆𝐈𝐍𝐀𝐌 𝐒𝐇𝐄'𝐑𝐋𝐀𝐑𝐈.VA AUDIO SHE'RLAR.
SHOIRAGINAMDAN BUGUN NECHA PREMYERA KUTYAPSIZLAR AZIZLAR Fikrlaringizni kutib qolaman komentariyada. ☺️☺️☺️
#PREMYERA...

DUGONAJON BAXTING MUBORAK.

Bugun huddi oydek to'libsan ,
Yoring tomon baxtla kulibsan,
Yuragiga ishq olovin yoqibsan,
Dugonajon baxting muborak.
Yor yor ila to'ylar muborak.

Gavhari bo'l yoring tojiga,
Duoda bo'l har bir ishiga,,
O'chog'i bo'l ,sovuq qishiga,
Dugonajon baxting muborak.
Yor-yor ila to'ylar muborak.

Senga tilab boray bari tilaklarni,
Olov yoqib ketayapsan yuraklarni,
Tashlab bugun endi o'z yaqinlarni,
Dugonajon baxting muborak,
Yor yor ila to'ylar muborak.

Bag'ring to'lsin gul-u-lolaga,
Shirin qizlar-u yana o'g'il bolaga,
Tunlaring ulansin ko'p allalarga,
Dugonajon baxting muborak,
Yor yor ila to'ylar muborak.

Qalbing shunday quvonchga to'lsin,
Labing shirin kulgudan kulsin,
Yuragingdan alamlar o'lsin,
Dugonajon baxting muborak,
Yor yor ila to'ylar muborak.

Vafodor bo'l yoringga doim,
Ishonch bergin unga har doim,
Baxting tilab yashayman doim,
Dugonajon baxting muborak.
Yor-yor ila to'ylar muborak.

#maxsus yozildi

SHOIRAGINAM

09/06/2023
#maxsus premyera

BARIBIR TUSHUNMAYSIZ MENING KO'NGLIMNI.


Soyadek gung bo'lib yurganim yaxshi,
Indamay bildirmay kulganim yaxshi,
Xato sezdirmasdan suyganim yaxshi,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Shoira sher yozsa ayb deganlar,
Ortingdan gapirib g'iybat qilganar,
O'zlarin xolini bilmay kulganlar,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Alamlar to'lib ketsa ko'nglingizga,
Insof bersin avval Alloh o'zingizga,
Sarlavxa qo'ying sherningizni so'ngiga,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Qoraygan negadir sizni ko'nglingiz,
So'z aytib sindirish bo'lsa dardgingiz,
Shunchalik muzmi ayting qalbingiz ,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Jimgina yuribman yozib sherimni,
She'rlarga qo'shib ko'ngil sirimni,
Tilmang o'zi xasta bu yuragimni,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Yanchimoq bo'lmoqdalar sinab sabrimni,
Boshim osmon qolgum aytmay dardimni,
O'ldirdingiz bugun shoir qalbimni,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Sizlarga dilni tilmoqlik oson,
Osondir Kabani qilmoqlik vayron,
Bazan turaman xayrondan xayron,
Baribir tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Afsuski o'ldirdingiz shoira ko'nglimni.



SHOIRAGINAM

11/05/2023

06:00

Mualliflik ruxsatisiz tegilmasin
Mualliflik xuquqini himoyalangan
#maxsus. premyera

KETAYAPMAN


Og'ridimi yuragingiz xato deya
Azoblardan azoblarga ulandimi
Nima qildim ey seni ko'ngil qo'ya
Tuxmat toshi boshimizga quladimi

Chidolmayman berilgan bu sinovlarga
Chidolmayman ko'ngil degan bir yovlarga
Ishondilar ular o'sha aldovlarga
Yolg'on uchun qalbimizni so'radimi.

Ketayapman ko'nglingizni siz to'q qiling
Yig'lamanglar iltimosim doim kuling
Azoblashni to'xtatinglar bo'ldi qiling
Kimlar bizni tuxmat bilan siyladimi.

Ketayapman ko'rinmayman ko'zingizga
Alloh insof bersin o'sha tuxmatchiga
Boqolmayman yig'lab turib yuzingizga
Bizga ular nimalarni tiladimi

Ketaypaman sizdan olis ketayapaman
Ozori yo'q joylar tomon ketayapman
Alamlarim barin ichga yutayapman
Omon bo'ling mehribonim ketayapman

SHOIRAGINAM

P/s: ALLOH BARINI KO'RIB TURIBDI
#PREMYERA...

(yigit kishi nomidan)

EY SEVGILIM ❤️❤️❤️❤️❤️


Dil so'zlarim senga go'zalim,
Senda o'zga ko'rmas ko'zlarim,
Yuragimga yoqar nozlaring,
Oshig'ni sen tanda joni
Ey sevgilim , kel mehribonim

Boqishlaring oromdur dilga,
Boshqa go'zal kirmas ko'ngilga,
Arazlarni kelgin qo'yginda,
Oshing'ni sen tanda joni
Ey sevgilim kel mehribonim

Yuragimga kirib boq qiyo,
Isming ila bor unda ziyo,
Ey parivash dardimga davo,
Oshing'ni sen tanda joni,
Ey sevgilim kel mehribonim

Soxta emas chindir bu ishqim,
Bilasana yomon bu rashkim,
Azoblamay kel gulim kelgil,
Oshing'ni sen tanda joni,
Ey sevgilim kel mehribonim.

Tonglar ko'rsam oydek yuzingni,
Ko'zlaringda faqat ko'ray ko'zimizni,
Kuydirgin rashkdan oshiq qalbimni
Suyganingni sen tanda joni,
Ey sevgilim kel mehribonim.

Bizdan ketsin qayg'ular nari,
Birgalikda yurgin baxt sari,
Poyimizda dunyolar bari,
Oshing'ni sen tanda joni,
Ey sevgilim kel mehribonim

Orzularim sen bilan bilsang,
Jon beraman bir bora kulsang,
Yorim deya yonimda tursang,
Oshing'ni sen tanda joni
Ey sevgilim kel mehribonim

Baxt sen bilan menla yur gulim,
men uchun sen tanxo sevgilim,
Ketsang xarob bo'lar bu xolim,
Oshing'ni sen tanda joni,
Ey sevgilim kel mehribonim

Sabolarda iforing tuysam,
Xar tun seni tushingga kirsam,
Men sensiz xavo yo'q bilsang,
Oshing'ni sen tanda joni.
Ey sevgilim kel mehribonim.

Chin ishqimni to'kay poyingga,
Xurlar xayron oy jamolingga,
Joning bo'lib kiray joningga,
Qo'llaringni tutay ber gulim.
Baxt qasrida yorim bo'l gulim.

SHOIRAGINAM

#maxsus. buyurtma sher
#PREMYERA..

BIR MUSLIMA QIZ KO'RDIM ONA.

Qo'llari duodan aslo tushmagan,
QUR'ONdan boshqa kitob quchmagan,
Muhabbati faqat Allohga bo'lgan,
Bir muslima qiz ko'rdim men ona.

Boshlarida hijob, ro'mollari bor,
Hech bir ko'ngilga bermaydi ozor,
Ko'rib qoldim shunday b vafodor,
Bir muslima qiz ko'rdim men ona.

Qalbi go'zal nurlarga cho'mgan,
Yuragiga muhabbat to'lgan,
Tabbasum mexrla jilmayib kulgan,
Bir muslima qiz ko'rdim ona.

Tasbeh ila doim aytar salovat
Yuragimdan esa ketgan halovat
Men uchun u albat bo'ladi omad
Bir muslima qiz ko'rdim ona

Alloh deya urar jajji yuragi,
Yuragimga shu qiz bitta keragi,
Devona oshiqning tanxo tilagi,
Bir muslima qiz ko'rdim ona.

Qo'llarini tutib o'qisam nomoz,
Taxajjudga uyg'otsa orzuyim ona,
Jon beraman Alloh uchun suysa meni,
Shunday muslima bir qiz ko'rdim ona.


SHOIRAGINAM

#maxsus.

# qo'shiq uchun berildi.
#maxsus buyurtma she'r

MUSHTARIYIM ❤️❤️❤️🌹🌹🌹🌹


Qo'llaringni tutsam seni yorim deya,
Sizsiz yorim deya qo'lim tutgan gulim,
Qalbim guli sen hayotim malikasi,
Yuragimni senga berdim Mushtariyim.


Baxt bizlarni sevgi ila kutib turar,
Suyukligim bilamannbir meni suyar
Yorim deya o'sha kundan menga kular ,
Yuragimni senga berdim Mushtariyim.

Qizlar ichra tanxoyimsan tanlaganim,
Hayot degan taqdirimga saylaganim,
Taqdirimni bir o'zingga boylaganim,ţ
Yuragimni senga berdim Mushtariyim.

Halolim bo'l QUR'ON o'qib qil tilovat,
Chunki menga sen o'zingsan bir mukofat,
Yorim dedim holollikda bor barokat,
Taqdirimsan olis ketma Mushtariyim.


Kelgin birga joynomozga egaylik bosh,
Umrim bo'yi sen yagonam bo'lgin sirdosh,
Nomusim bo'l, orim bo'lgin ey qalamqosh.
Seni dedim meni degin Mushtariyim.

Taqdirimga bitilgansan insha'alloh,
Bizni faqat qo'llab turar Robbim Alloh,
Chin muslimam suyukligim dedim ishon,
Sen yonimda bo'lsang deyman Masha'alloh.

Suyganingni suyuklisi Mushtariyim
Seni sevdim seni dedim Mushtariyim.


ISMIM SEVARA

TAXALUSSDA SHOIRAGINAM

12/08/2023

01 : 00
© 𝐒𝐇𝐎𝐈𝐑𝐀𝐆𝐈𝐍𝐀𝐌 𝐒𝐇𝐄'𝐑𝐋𝐀𝐑𝐈.VA AUDIO SHE'RLAR.
Voice message
#maxsus atalgan.

Xoxlaganda kirib kelar kanalimga,
Chiqib ketar araz qilib keyin bir bor,
Sherlaringuz yoqar deydi xurmatdasiz,
Arazlasang arzalab yurgin
@Doniyor_Medya

Yulduzlikka chalingandir shoir bo'lib,
Sherlar yozar ich ichidan to'lib to'lib,
Urushadi keyin kelar asta kulib
Arzalasang arazlab yur
@Doniyor_Medya

Tojikiston davlatini sho'x bolasi,
Qo'shiqlarga tushib yursin xar nolasi,
Bilmam ichidamikin olasi,
Arzlasang arazlab yur
@Doniyor_Medya

Sher yozsangiz,mendan kuting degan,
Sizga umr tilab yozay javob degan,
Bilmam o'zi meni qaydan tanib olgan,
Arazlasang arazlab yur
@Doniyor_Medya

Unga atab yozib qo'ydim ozroq lekin,
Shu sherimni bervororaman unga tekin,
Arazni yech ukam bo'lib kelgin sekin.
Arazlamay yurgin endi ukam
@Doniyor_Medya.


(
@Doniyor_Medya)

Uchun
maxsus


©✍️SHOIRAGINAM.


@shoiragina
#PREYMERA ...

#maxsus

Qalbimni sindirding bag'ritosh beqalb,
Senga o'yin bo'ldi chin muhabbatim,
Olovga tashlading g'azabim oshdi
Senga bo'lsin bugun ming bir nafratim.

Sevgimga qo'shilib o'ldim shu ondan,
Nodonman sevibman meni seni jondan.
Qalam tutib yozdim qonli satrlar,
Va maktub yo'lladim yozildan qondan.

E sen nafratga ham loyiq emassan,
Bir qizni qalbini parchalar etding,
Maqsading ne edi bilmadim ammo,
Meni alamlarga tashlading ketding.

Soxta bir tuyg'udan boshqa darding yo'q
Mening yuragimga sanchding bitta o'q
Asl yuzingni men ko'rmagan edim
Xayotimdan chiqding senga o'rin yo'q.

Rozi emasman oqqan yoshimga,
Sinovlar tashlading mening boshimga
Ishonchim so'ndi ,so'ndi muhabbat
Javob berarsan hali kelsa qiyomat.


©Muallif SEVARA.✍️✍️
© Taxallus SHOIRAGINAM.✍️✍️


@shoiragina
#PREMYERA...

#maxsus.

Qalbimdagi quyoshim sizni sevaman

Xayotimga kirib kelgan mehribonim.
Jonimni ichidagi bitta jahonim,
Dil so'zim aytaman bo'lsa imkonim,
Qalbimdagi quyoshim sizni sevaman.

So'zlaringiz darmon dil dardlarimga,
Hammadan yaxshisiz xush damlarimga,
Siz bor yakun deyman bor g'amlarimga,
Qalbimdagi quyoshim sizni sevaman.

Nur bo'lib to'ldiring zulmat tunimni,
Shodlikka to'ldiring har bir kunimni,
Egallab olgansiz maning dilimni.
Qalbimdagi quyoshim sizni sevaman.

Kulib turasiz sizga qilsam zardalar,
Sog'inib qolaman qayda bo'lsalar,
Choy damlab beraman bugun kelsalar,
Qalbimdagi quyoshim sizni sevaman.

Duodaman joningiz omon bolsin deb,
Yurasiz xar kuni g'amlarimi yeb,
Sevishingiz ayting bir bora kelib,
Qalbimdagi quyoshim sizni sevaman.


©SHOIRAGINAM(SEVARA).

12/11/2023