Shohjahon Abdulhamidov
36 subscribers
23 photos
24 videos
21 files
11 links
More real of me is here👤
Owner: @shohjahonc
Calories burned: @aintakiddo
Download Telegram
O’z hayotingizni yashang. Maqsadlarni saralab olish, maqsadlar qo’yishdan muhim.

©️@abdusattor | 09.02.2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
521
Ego?

• Avvalo o'zimga tegishli. Undan keyin ham o'zimga tegishli.

— «Men o'zi yoshligimdan harakatchan bo'lganman»
— «Hozir topayotgan pullarim tengdoshlarimga nisbatan ancha ko'p»
— «Shu yoshimda chet ellarga borib keldim»
— «Shu yoshimda ancha ko'p kitob o'qib qo'ydim»
— «Kelib-kelib shu odamdan maslahat olamanmi?»
— «Men o'zimni darajamdagi odamlar bilan gaplashishim kerak»
— «Agar men bo'lmasam, hech kim buni mendaqa qilolmasdi»
— «Omadim kelmagan, hammasiga o'z kuchim bilan erishganman»
— «Menga ustoz kerakmas, o'zim shundog'am eplab ketaman»
— «Ota-onam meni baribir tushunmaydi, o'z hayotimni o'zim quraman»
— «Men o'qiyotgan univer'ga ancha-munchasi kirolmaydi»

Do'stim, agar shunday deb o'ylasang salto oshib kalla qo'yibsan. Buncha ego qachon shakllandi senda? Hozirgi holatingga kelganingga omading kelib qolgani, ota-onang vaqtida qo'llab-quvvatlagani, vaqtida Ingliz tilini o'qittirib qo'ygani, bitta qilib aytganda, hammasi Allohning fazli bilan bo'lmadimi? Shu soniyada yashab turganing o'zi bir ne'mat emasmi? Qayerdan buncha kibr? Bir deganda o'lib qolishing hech gapmas-ku. Asl holatingni o'zing yaxshi bilasan-ku. Bu dunyoda mavjud bo'lmasang zarracha narsa ham o'zgarmaydi.

Ishlatib turgan telefoningni yaratgan odam - Steve Jobs bir paytlar saraton bo'lganda, "Men bu kasalligimni o'zimning choylarim bilan davolayman, meditsinangiz menga kerakmas" deb vafot etgan.

Havolanib ketma do'stim, qabristonga borib tur. O'sha yerda Mars'ni sotvolishga puli yetgan odamlar ham hozir jim uyquda yotibdi.

@shohjackhon
13322
Forwarded from By Azim
хочу мамин мясной пирог, наш домашний малиновый компот и пойти на таравих с отцом и братьями.
51
Bu suratlar fevralda “Maqsad Club”ning birinchi uchrashuvida olingan.

Ro‘yxatdan o‘tishda odamlar ko‘paygan sari, ular o‘zlari tartib yaratishdi. Hech kim ularga “tartibda turing” demadi, hattoki ular bir-biriga ham bunday deyishmadi. Tartib o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi. Shoshilish yo‘q edi, hamma past ovozda gaplashdi, aksariyat odamlar vaqtida keldi. 500 ga yaqin odam kelgan bo‘lsa-da, tadbir tugagach, zal shunchalik toza ediki, ularning bu yerda bo‘lganini bilmas edingiz. Men ko‘p tadbirlarda bo‘lganman, lekin bu odamlar boshqacha edi.

Ongli yashaydigan odamlarning farqi shunda: ular birinchi navbatda o‘zlarini hurmat qiladilar. Tartibsizlikda turishni xohlamaganlari uchun tartib yaratadilar, kech qolish hurmatsizlik ekanini bilganlari uchun vaqtida keladilar, tozalik esa insonga xos xislat bo‘lgani uchun unga rioya qiladilar. Mas'uliyatni olish, o‘zini hurmat qilish — ulg‘aygan insonning belgisidir.

O‘zingizni hurmat qilsangiz, atrofdagilarni hurmat qilasiz. Atrofdagilarni hurmat qilsangiz, ular sizni hurmat qiladi. Bu esa umumiy holda jamiyatni yaxshilaydi.

@abdusattor
21
"Mashinadagi odam paradoksi" haqida eshitganmisiz?

Ko'pchilik qimmat avtomobil sotib olib birovlardan hurmat qozonaman deb o'ylaydi. Lekin o'sha avtomobilingizni ko'rgan payt odamlar, "ichida kim o'tiribdi ekan?" deb emas, "qani endi menda ham shunday avtomobil bo'lsaydi" deydi.

O'lganingizdan keyin maraka'ga tanish-bilishlar kelishadi.

Ozgina siz haqingizda gaplashgandek bo'lishadi va hammasi o'z muammolari bilan har tomonga tarqalishadi.

Tamom...

Odamlar fikri bilan yashashni va ularga yaxshi ko'rinishga harakat qilishni bas qiling. Hammani muammosi o'ziga yetarli va birovlarni siz o'ylaganchalik siz bilan ishi yo'q.

Maqsad qo'ying va ayovsiz u tomonga intiling!

@shahadolimov
4
Avvallari yaxshiroq edi (mi?)

Yashab borar ekanmiz, bu yilgidan ko’ra o’tgan yilgi xotiralar yaxshi tuyuladi. O’tgan yilgidan ko’ra, undan oldingi yildagi xotiralar yana ham boshqacha tuyuladi. Shuday qaytib boraversak, 7-15 yoshli paytlarimiz hayotimizning eng yorqin paytlari bo’lgan ekan deymiz. G’am-tashvish yo’q, stress degan narsani tushunmasdik ham. Yagona g’amimiz Rus tilidan she’r yodlash yoki maktabdan maksimalno kiyimlarni kir qilmasdan uyga qaytish edi. U paytlari quyosh ham boshqacha qizarib botardi, qishdan keyingi bahorning mayin shabbodasi hali ham tiniq esimizda. Dadamizdan daftarga deb olgan pullarimizni to’plab hot-dog olib yesak, bu “прям” jackpot edi, haftalik planni bajargan bo’lardik. O’sha yoshlikdagi oddiy “Богатырский” kireshki ham boshqacha mazzali edi.

Hozir esa katta hayotga qadam qo’yganmiz, orzu qilishni o’rniga maqsad qo’yib intilishimiz kerak. Mas’uliyat 10x kattalashgan. Xuddiki, Covid’dan keyin hayotimiz kulrang bo’lib qolganga o’xshaydi. Instagramda 5 minut reels ko’rsangiz “2019 vibes hit different”, “Life’s changed to gray color after Covid” kabi videolar bir pasda illuziya qilib qo’yadi. Nega biz uchun eski xotiralar bugungi hayotimizdan ko’ra shirinroq tuyuladi?

Shu narsani research qilib ko’rdim, Rosy Retrospection degan article haqida o’qib qoldim. Ya’ni, inson miyyasi o’tmishdagi oddiy xotiralarni ham vaqt o’tgani sari nostalgiya sifatida eslashni boshlaydi. O’sha paytdagi oddiy quyosh botishi ham xotiramizda vivid’lashib boraverarkan. Bugungi oddiy kuninggizni ham 5-6 yildan keyin o’sha paytlar boshqacha edi, hali oila qurmagandim, energiyam ko’proq edi deb eslashingiz aniq.

O’tmishdagi shirin xotiralarni eslash bu har doim yaxshi, lekin, nega hozir hayotdan shunaqa mazza qilib yashamayapman deb bugungi kuningizni yo’qotmang. Don’t just exist, live every second of your life ~

@shohjackhon
53222
Tinchroq

Hech kimga ko‘chaga chiqishga ruxsat berilmagan.

3 kunda yangi shifoxonalar qurilgan.

Kasallanganlar uchun maxsus qabristonlar bo‘lgan.

Niqoblar narxi osmonga chiqib ketgan.

Hamma vaksina kutib, duo qilib yurgan.

Ko‘chalarni harbiylar patrul qilgan.

Voqealar 24/7 OAV tomonidan yoritilgan.

Covid-19 da bularning barchasiga guvoh bo’lganmiz.

Farzandlarimiz ulg’ayib Covid-19 haqida wikipediada ma’lumot o’qishsa - bu zombi apokalipsis tavsifi shekilli deyishsa kerak.

Aslida esa,

Pandemiyada uyda 0 kun bo’ldim.

Xotirjamlik bilan uydan ofisga borib yurar edim.

Xotirjamlik bilan supermarketdan oziq-ovqat sotib olar edim.

Do‘stlarim bilan bemalol ko‘rishar edim.

Hayot deyarli odatiy davom etardi.

Hotirjamlikni buzmay desak,

Yangiliklarni kamproq eshitaylik.

Chunki,

Ularning aksariyati yangilik yetkazish bilan emas - qichqirish bilan shug’ullanishadi.

Aslida esa,

Dunyo qichqiriqlardan ancha tinchroq.

@mashrabov_aa
32221
If you could live forever, would you?
Life lately…

Oxirgi 3 oy hayotimdagi eng “cheat” oylar bo’ldi. Birorta kitob o’qilmadi (planda bor edi), o’ylab yurgan ko’p narsalarim o’zgarib ketdi. O’zim uchun qo’ygan prinsiplarimni deyarli esdan chiqardim, zanjirlar yechildi. 2 yildan ko’p gazli ichimliklarga yaqinlashmayotgan edim, kuniga 2 marttalab cola ichdim. Endi uyqu rejimimni bitta routine’ga tushurib olgandim, u ham buzildi. Instagramda soatlab reels’lar ko’rishni cheki bo’lmadi. Ayniqsa Aprel oyida risk bo’ladigan qarorlar qildim, hayot relisdan chiqdi. Endigina Mart oyida hayotimni bitta relisga solib olgandim, keyingi 3 yil uchun reja aniq va tiniq edi. Nimalardir sabab bo’lib “let’s start over” degan narsa sodir bo’ldi. Qarabsizki 12 soat ichida boshqa davlatda, boshqa shaharda uyg’ondim. Aynan shu Aprel oyida ko’p narsalardan voz kechishga to’g’ri keldi, xohlamagandim albatta.

O’zi har doim shunaqa, endi o’zim uchun comfort yaratganimda “bunaqa yurish-turish bo’lmaydi” degan narsa o’ylantiraveradi. Axir shuncha paytdan beri shular uchun harakat qilmadingmi, deydigan odam yo’q:( 2021-yil Toshkentga kelganimda ham endi ishlarimni yo’lga qo’yishni boshlagandim. Ancha oyoqqa turib olgandim o’shanda. Roppa-rosa 1 yildan keyin “nimadir qilish kerak, bu hayot bo’lmaydi” degan fikr bo’lib Koreyaga qaytganman. Tinchgina odamlarga o’xshab to’g’ri yo’ldan yursam bo’lmasmikin-a))

Hozir yana boshqattan set up qilish bilan ovvoraman. Gym, personal life, work, food and studies. Eng qiyini ham shu, but it’s always good to be back^^

Still “I need to do something extraordinary’’ stuff hits my mind. What I really need is rehab…

@shohjackhon
Chaos🗣

O’z mustaqil fikriga ega bo’lmagani uchun Instagram’da ko’rgan hamma narsasiga ishonadi.

20 minut reels ko’rib, “Nega menda o’xshamaydi” — deydi.

“Qalbimda Alloh, 1xbet ni reklama qilsam ham odamlarni qo’lidan ushlab majburlamayapman-ku” deganlarni gapiga tez ishonadi.

Bugun bir bloger “bunaqa” deb gapirib chiqsa, ertasi kuni boshqa bloger unga qarshi gapiradi. Qaysi birini gapini to’g’ri deyishga ikkilanib qoladi.

“10 yildan beri shu sohadaman ukam” deb ishontirganlarni kursini o’qiydi. Ertasi kuni taxi chaqirsa o’sha ustozi rulda keladi.

Bu kishi mendan ko’p kitob o’qigan, 3 kishiga aroq ichishga ruxsat borakan deb ishonib ketaveradi.

Yorug’lik tezligi 1 soniyada 300 ming kilometrga boradi. Informatsiya bundan 100 martta tez tarqaydigan zamonda yashayapmiz. Do’stim, eshitganing va ko’rganingga o’zing izlanib topib amin bo’lmaguningcha ishonib ketaverma. Ingliz tilini bilasan, fact-checking qil. Senda sust immunitet bo’lmasin deyman-da jigar:)

@shohjackhon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42
Arzon emas, saqla

Kino treyleri – filmning qisqa, lekin qiziqtiruvchi parchasi. Maqsadi – tomoshabinni to‘liq kino ko‘rishga undash.

Biz ham shundaymiz. Har bir inson – alohida bir kino. Bizning “treylerimiz”ni hamma ko‘rishi mumkin, ammo ichki dunyomiz, haqiqiy “kino”miz faqat yaqinlarga ochiq bo‘lishi kerak.

Kinoni tekin ko‘rgan tomoshabin kinochiga zarar yetkazgani kabi, bizga yaqin bo‘lmagan odamlar biz haqimizda ko‘p bilishi ham zarar yetkazadi.

Ko‘p gapirgan va ko‘p sirini ochgan odamga boshqalar oson ta’sir qiladi. Sir qolmagan odam esa hech kimga qiziq emas.

Xulosa:

O‘zimiz haqimizdagi ma’lumotlarni kim bilan bo‘lishayotganimizga juda ehtiyot bo‘laylik. Hamma ham sizdek samimiy va yaxshi niyatli emas, ukam/singlim.

Credits
4
Forwarded from By Azim
listen to no one. do what you think is right. everybody else is wrong; you are correct.

as Sam Altman says, listening to advice from other people should be approached with great caution. plus, there is no need to give any to others, esp unsolicited, unless you are directly asked and fully familiar with the situation.

you already know whats the best move. waiting for signs to choose the path you wanna take? knowing you want to get heads or tails while tossing a coin is already the sign.

as my grandpa says, be bold, not timid; courageous, for you are a warrior; and have a cold heart in decision-making. eliminate dubiety. strike with unflinching audacity.

never taken aback or apprehensive. neither rash nor hesitant. or bewildered. or at a loss. not obsequious, but not paranoid either.
“Give up” yoki “level up”🤔

Maktabni bitirib, oldinga shunday maqsadlar qo’yiladiki, go’yo ularga erishilmasa hayot to’xtaydi. Yashin tezligida harakat qilasan, shu darajada ko’zingni yumib uchasanki, ko’zingni ochsang finalni qizil lentasi ko’ringan bo’ladi. Ayni shu vaqtda hammasi baravariga keladi. Sal o’ngga-chapga qarasang tamom, focus yo’qoladi. Kimningdir kiygan “krossovkasi” yoki qo’lidagi “shokoladi” ko’zingni qamashtiradi.

‘Teenagehood’ da qo’yilgan ko’p maqsadlar ‘adulthood’ da qayta o’ylab ko’riladi va 50% dan ko’p holatda give up qilinadi. Men tanigan va yaqindan bilgan odamlarni 100% deb olsak, ulardan 50% dan ko’pi 3-4 yil avval qo’ygan maqsadlarini qayta o’ylab ko’rgan yoki umuman voz kechgan. Gap universitetga kirish, universitetni bitirish, bitirgandan keyin o’z sohasida ishlash, ishlayotgan ishidan o’zini ko’ngli to’lishi haqida ketyapti.

Endi savol, shunda qo’yilgan maqsadlar give up qilinganmi yoki boshqa yo’llarni ko’rib bu yo’ldan yursa ham bo’larkan deb level up bo’lganmi?

Javobi oddiy, agar haligacha zarracha afsuslanish bo’lsa bu give up qilishdir. Lekin, allaqachon maqsadlarni rework qilib ularni ustida ishlayotgan bo’lsang bu level up. But, at the end of the day, it is you vs you!

@shohjackhon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
151