Shohjahon Abdulhamidov
37 subscribers
23 photos
24 videos
21 files
11 links
More real of me is here👤
Owner: @shohjahonc
Calories burned: @aintakiddo
Download Telegram
Avvallari yaxshiroq edi (mi?)

Yashab borar ekanmiz, bu yilgidan ko’ra o’tgan yilgi xotiralar yaxshi tuyuladi. O’tgan yilgidan ko’ra, undan oldingi yildagi xotiralar yana ham boshqacha tuyuladi. Shuday qaytib boraversak, 7-15 yoshli paytlarimiz hayotimizning eng yorqin paytlari bo’lgan ekan deymiz. G’am-tashvish yo’q, stress degan narsani tushunmasdik ham. Yagona g’amimiz Rus tilidan she’r yodlash yoki maktabdan maksimalno kiyimlarni kir qilmasdan uyga qaytish edi. U paytlari quyosh ham boshqacha qizarib botardi, qishdan keyingi bahorning mayin shabbodasi hali ham tiniq esimizda. Dadamizdan daftarga deb olgan pullarimizni to’plab hot-dog olib yesak, bu “прям” jackpot edi, haftalik planni bajargan bo’lardik. O’sha yoshlikdagi oddiy “Богатырский” kireshki ham boshqacha mazzali edi.

Hozir esa katta hayotga qadam qo’yganmiz, orzu qilishni o’rniga maqsad qo’yib intilishimiz kerak. Mas’uliyat 10x kattalashgan. Xuddiki, Covid’dan keyin hayotimiz kulrang bo’lib qolganga o’xshaydi. Instagramda 5 minut reels ko’rsangiz “2019 vibes hit different”, “Life’s changed to gray color after Covid” kabi videolar bir pasda illuziya qilib qo’yadi. Nega biz uchun eski xotiralar bugungi hayotimizdan ko’ra shirinroq tuyuladi?

Shu narsani research qilib ko’rdim, Rosy Retrospection degan article haqida o’qib qoldim. Ya’ni, inson miyyasi o’tmishdagi oddiy xotiralarni ham vaqt o’tgani sari nostalgiya sifatida eslashni boshlaydi. O’sha paytdagi oddiy quyosh botishi ham xotiramizda vivid’lashib boraverarkan. Bugungi oddiy kuninggizni ham 5-6 yildan keyin o’sha paytlar boshqacha edi, hali oila qurmagandim, energiyam ko’proq edi deb eslashingiz aniq.

O’tmishdagi shirin xotiralarni eslash bu har doim yaxshi, lekin, nega hozir hayotdan shunaqa mazza qilib yashamayapman deb bugungi kuningizni yo’qotmang. Don’t just exist, live every second of your life ~

@shohjackhon
53222
Tinchroq

Hech kimga ko‘chaga chiqishga ruxsat berilmagan.

3 kunda yangi shifoxonalar qurilgan.

Kasallanganlar uchun maxsus qabristonlar bo‘lgan.

Niqoblar narxi osmonga chiqib ketgan.

Hamma vaksina kutib, duo qilib yurgan.

Ko‘chalarni harbiylar patrul qilgan.

Voqealar 24/7 OAV tomonidan yoritilgan.

Covid-19 da bularning barchasiga guvoh bo’lganmiz.

Farzandlarimiz ulg’ayib Covid-19 haqida wikipediada ma’lumot o’qishsa - bu zombi apokalipsis tavsifi shekilli deyishsa kerak.

Aslida esa,

Pandemiyada uyda 0 kun bo’ldim.

Xotirjamlik bilan uydan ofisga borib yurar edim.

Xotirjamlik bilan supermarketdan oziq-ovqat sotib olar edim.

Do‘stlarim bilan bemalol ko‘rishar edim.

Hayot deyarli odatiy davom etardi.

Hotirjamlikni buzmay desak,

Yangiliklarni kamproq eshitaylik.

Chunki,

Ularning aksariyati yangilik yetkazish bilan emas - qichqirish bilan shug’ullanishadi.

Aslida esa,

Dunyo qichqiriqlardan ancha tinchroq.

@mashrabov_aa
32221
If you could live forever, would you?
Life lately…

Oxirgi 3 oy hayotimdagi eng “cheat” oylar bo’ldi. Birorta kitob o’qilmadi (planda bor edi), o’ylab yurgan ko’p narsalarim o’zgarib ketdi. O’zim uchun qo’ygan prinsiplarimni deyarli esdan chiqardim, zanjirlar yechildi. 2 yildan ko’p gazli ichimliklarga yaqinlashmayotgan edim, kuniga 2 marttalab cola ichdim. Endi uyqu rejimimni bitta routine’ga tushurib olgandim, u ham buzildi. Instagramda soatlab reels’lar ko’rishni cheki bo’lmadi. Ayniqsa Aprel oyida risk bo’ladigan qarorlar qildim, hayot relisdan chiqdi. Endigina Mart oyida hayotimni bitta relisga solib olgandim, keyingi 3 yil uchun reja aniq va tiniq edi. Nimalardir sabab bo’lib “let’s start over” degan narsa sodir bo’ldi. Qarabsizki 12 soat ichida boshqa davlatda, boshqa shaharda uyg’ondim. Aynan shu Aprel oyida ko’p narsalardan voz kechishga to’g’ri keldi, xohlamagandim albatta.

O’zi har doim shunaqa, endi o’zim uchun comfort yaratganimda “bunaqa yurish-turish bo’lmaydi” degan narsa o’ylantiraveradi. Axir shuncha paytdan beri shular uchun harakat qilmadingmi, deydigan odam yo’q:( 2021-yil Toshkentga kelganimda ham endi ishlarimni yo’lga qo’yishni boshlagandim. Ancha oyoqqa turib olgandim o’shanda. Roppa-rosa 1 yildan keyin “nimadir qilish kerak, bu hayot bo’lmaydi” degan fikr bo’lib Koreyaga qaytganman. Tinchgina odamlarga o’xshab to’g’ri yo’ldan yursam bo’lmasmikin-a))

Hozir yana boshqattan set up qilish bilan ovvoraman. Gym, personal life, work, food and studies. Eng qiyini ham shu, but it’s always good to be back^^

Still “I need to do something extraordinary’’ stuff hits my mind. What I really need is rehab…

@shohjackhon
Chaos🗣

O’z mustaqil fikriga ega bo’lmagani uchun Instagram’da ko’rgan hamma narsasiga ishonadi.

20 minut reels ko’rib, “Nega menda o’xshamaydi” — deydi.

“Qalbimda Alloh, 1xbet ni reklama qilsam ham odamlarni qo’lidan ushlab majburlamayapman-ku” deganlarni gapiga tez ishonadi.

Bugun bir bloger “bunaqa” deb gapirib chiqsa, ertasi kuni boshqa bloger unga qarshi gapiradi. Qaysi birini gapini to’g’ri deyishga ikkilanib qoladi.

“10 yildan beri shu sohadaman ukam” deb ishontirganlarni kursini o’qiydi. Ertasi kuni taxi chaqirsa o’sha ustozi rulda keladi.

Bu kishi mendan ko’p kitob o’qigan, 3 kishiga aroq ichishga ruxsat borakan deb ishonib ketaveradi.

Yorug’lik tezligi 1 soniyada 300 ming kilometrga boradi. Informatsiya bundan 100 martta tez tarqaydigan zamonda yashayapmiz. Do’stim, eshitganing va ko’rganingga o’zing izlanib topib amin bo’lmaguningcha ishonib ketaverma. Ingliz tilini bilasan, fact-checking qil. Senda sust immunitet bo’lmasin deyman-da jigar:)

@shohjackhon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42
Arzon emas, saqla

Kino treyleri – filmning qisqa, lekin qiziqtiruvchi parchasi. Maqsadi – tomoshabinni to‘liq kino ko‘rishga undash.

Biz ham shundaymiz. Har bir inson – alohida bir kino. Bizning “treylerimiz”ni hamma ko‘rishi mumkin, ammo ichki dunyomiz, haqiqiy “kino”miz faqat yaqinlarga ochiq bo‘lishi kerak.

Kinoni tekin ko‘rgan tomoshabin kinochiga zarar yetkazgani kabi, bizga yaqin bo‘lmagan odamlar biz haqimizda ko‘p bilishi ham zarar yetkazadi.

Ko‘p gapirgan va ko‘p sirini ochgan odamga boshqalar oson ta’sir qiladi. Sir qolmagan odam esa hech kimga qiziq emas.

Xulosa:

O‘zimiz haqimizdagi ma’lumotlarni kim bilan bo‘lishayotganimizga juda ehtiyot bo‘laylik. Hamma ham sizdek samimiy va yaxshi niyatli emas, ukam/singlim.

Credits
4
Forwarded from By Azim
listen to no one. do what you think is right. everybody else is wrong; you are correct.

as Sam Altman says, listening to advice from other people should be approached with great caution. plus, there is no need to give any to others, esp unsolicited, unless you are directly asked and fully familiar with the situation.

you already know whats the best move. waiting for signs to choose the path you wanna take? knowing you want to get heads or tails while tossing a coin is already the sign.

as my grandpa says, be bold, not timid; courageous, for you are a warrior; and have a cold heart in decision-making. eliminate dubiety. strike with unflinching audacity.

never taken aback or apprehensive. neither rash nor hesitant. or bewildered. or at a loss. not obsequious, but not paranoid either.
“Give up” yoki “level up”🤔

Maktabni bitirib, oldinga shunday maqsadlar qo’yiladiki, go’yo ularga erishilmasa hayot to’xtaydi. Yashin tezligida harakat qilasan, shu darajada ko’zingni yumib uchasanki, ko’zingni ochsang finalni qizil lentasi ko’ringan bo’ladi. Ayni shu vaqtda hammasi baravariga keladi. Sal o’ngga-chapga qarasang tamom, focus yo’qoladi. Kimningdir kiygan “krossovkasi” yoki qo’lidagi “shokoladi” ko’zingni qamashtiradi.

‘Teenagehood’ da qo’yilgan ko’p maqsadlar ‘adulthood’ da qayta o’ylab ko’riladi va 50% dan ko’p holatda give up qilinadi. Men tanigan va yaqindan bilgan odamlarni 100% deb olsak, ulardan 50% dan ko’pi 3-4 yil avval qo’ygan maqsadlarini qayta o’ylab ko’rgan yoki umuman voz kechgan. Gap universitetga kirish, universitetni bitirish, bitirgandan keyin o’z sohasida ishlash, ishlayotgan ishidan o’zini ko’ngli to’lishi haqida ketyapti.

Endi savol, shunda qo’yilgan maqsadlar give up qilinganmi yoki boshqa yo’llarni ko’rib bu yo’ldan yursa ham bo’larkan deb level up bo’lganmi?

Javobi oddiy, agar haligacha zarracha afsuslanish bo’lsa bu give up qilishdir. Lekin, allaqachon maqsadlarni rework qilib ularni ustida ishlayotgan bo’lsang bu level up. But, at the end of the day, it is you vs you!

@shohjackhon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
151
Paradoksmi?

•Yaxshi bir O’zbek biznesmenidan so’rashganda “Men umuman kitob o’qimayman” degandi.

“Business” o’qitadigan PhD Koreys professorimdan qanaqa biznesi borligi haqida so’raganimda o’ylab ham o’tirmay “I have never tried” degan.

•Umrida CRM degan so’zni eshitmagan falonchi akani shashlikxonasi, shaxardagi qaysidir brand burger’dan yaxshi soqqa qiladi.

•70 yoshli buvimiz sovuq suv ichsang tomog’ing og’riydi deydi. Kattalar bilgani uchun gapiradi.

Lekin bir researchda sovuq suv ichish tomoq o’grig’i yoki shamollashga sabab bo’lmasligini isbotlab bergan.

•Hijob kiyimda sigaret chekib o’tirgan ayolni ko’rib aqling shoshib qoladi.

•Qaysidir trener dietasiz ozishni hayolingga ham keltirma desa, boshqasi burger yeb ozishiga garantiya ham berib qo’yadi.

•Oying topgan qiz eng yaxshisi deyishadi, to’ydan keyin “o’zingiz pishirgan osh” deb umri o’tgan akalar qancha))

Ingliz tili ustozimni bir gapi bor, “tastes differ” — judayam to’g’ri gap.

@shohjackhon
33
Yo’lim uzoqligi va “peak” payti bo’lgani uchun metroda ketgim kelib qoldi. Airpods’ni qayerdadir ishlatish kerak-ku, shundo chiqardimda muzikani play qildim. 1 ta bekatdan keyin bir qiz chiqib qoldi, o’rnimdan turib “o’tirib olavering, qulayroq” dedim. “Rahmat, keyingisida tushaman” dedi, “mayli, baribir ham o’tiravering” dedim. Keyin “hop rahmat” deb 1 ta bekat bo’lsa ham o’tirib ketdi.

Shunday vaziyatlarda, inkor qilishdan ko’ra, aksincha, taklifni qabul qilish har ikkala tarafga ham sal hotirjamlik beradi. Gap appreciation haqida ketyapti, 1-taraf yaxshi narsani ravo ko’rgani uchun offer beradi va 2-tarafdan ko’pincha “ha” degan javob kutadi. Reject qilish har ikkala tarafni ham mamnun qilmaydi.

O’z o’rnimni bo’shatib joy berganim uchun u qiz xursand (balkim), u qiz izzat qilib o’tirib ketganini ko’rib men xursand. Har qanday effort appreciation’ga loyiq.

@shohjackhon
42
A habit like meth

2022-yil, 31-Dekabr soat 23:30 lar chamasi. O’sha payt Koreyada universitetda o’qirdim, o’zbek restoranida ishlardim. Bir qozoq aka Koreyadagi hamma qarindoshlarini yig’ib gathering qilgandi. O’shanda umrimda eng katta chekni ko’rganman, 3 ta stol uchun akamiz $1,200 to’lab Genesis’ga o’tirib ketgandi. Havasim kelgan, lekin u levelga chiqish uyoqda tursin, men reels ko’rishdan o’zimni tiyolmasdim. Akamizni kartasidan pulni yechib, kassada turib 3-4 minut o’ylanib qolganman. Oddiy social mediadan lock in qilolmagan odam, random party uchun uncha pul to’lashni hayoliga ham keltirmasin. O’sha soatdayoq “any scrollable” applardan 3 oyga detox qilgandim. O’xshagan. Keyingi 2 yil 4 oydan challenge bo’lgan — uje confidence katta. 18 kundan keyin ham 4-martta shunaqa “rehab” boshlamoqchiman.

“Winter Arc” “Batman mode” yoki “Dopamine Detox” — nima deb nomlasak ham foydasi katta. 8 oy tarqoq bo’lib yurgan hayollar jamlanadi. Mentally, physically win bo’ladi. Bu narsani experience qilib ko’rmaguncha kayfini sezmaysiz. Sezdingizmi, voz kecholmaysiz)

@shohjackhon
6
UPD: Alright bud, let’s get this done. Same formula, but this time with more boosted and any sparkling-drink-banned arc. Go hard or go home, bang.
2
Ko’pchiligimiz, odamlar hayotlari oxirida pul yetishmaganidan, imkoniyat topolmaganidan, uy-joy olmaganidan yoki yaxshi daromad qilmaganidan pushaymon bo‘ladi, deb o’ylaymiz.

Lekin tadqiqotlar umuman boshqa narsani ko‘rsatadi.

Bronni Veyr ismli Avstraliyalik palliativ hamshira, o‘limga yaqinlashgan bemorlar bilan yillar davomida ishlagan. U bemorlar bilan suhbatlashgan, ularning ichki iztiroblarini, qo‘rquvlarini, pushaymonliklarini yozib borib, keyinchalik ularni tahlil qilgan.

Tadqiqot juda oddiy haqiqatni isbotlaydi:
Insonning eng kuchli pushaymonligi real hayoti va ideal hayoti o’rtasidagi farqdir. O‘lim oldida esa inson bu farqni birinchi marta to‘liq anglaydi.


Bu xuddi deraza oldida turib tashqaridagi siz yashamoqchi bo’lgan hayotni kuzatishingizga o’xshaydi. Siz derazadan chiqib o’sha hayotni yashashni o’ylamaysiz. Chunki sizda qo‘rquv, shubha, vaqt yo’q degan bahonalar bo’ladi. O’lim oldidan esa shu derazadan chiqishim mumkin ediku degan pushaymonlik sizni qiynaydi.

Shuning uchun eng ko‘p uchraydigan pushaymonliklar aytilmagan so‘zlar yoki qilinmagan ishlar bo’ladi. Qilingan xatolar vaqt o‘tishi bilan unutiladi, lekin qilinmagan ishlar bir umr miyyamizda bizga tinchlik bermaydi.

Xulosa shuki, insonning eng katta pushaymonligi noto‘g‘ri yashagan hayoti emas, balki yashashi mumkin bo‘lgan hayotni umuman boshlamaganida bo’ladi.

@abdusattor
Tizimlashtiring

O’rtacha abituriyent o’zi maqsad qilgan universitetga kirgandan keyin 50% - 80% kuchini o’qishga avvalgidek sarflamaydi.

Repper’larda narkotikaga berilib depressiyaga tushish yaratgan muzikasi o’xshamaganidan emas, aksincha, u butun dunyoda xit bo’lib, milliard prosmotr yig’ganidan keyin boshlanadi.

Birinchi martta $1,000 ishlab topgan odam, oyligini 2x qilishi avvalgidan ko’proq vaqt olishi aniq(roq).

Bakalavrni bitirib, “Endi-chi?” degan savolga javob topolmasdan magistratura o’qib yurgan tanish hammamizda bor.

Maqsad qo’yib unga erishish bizni narvonda 1 qadam yuqoriga ko’tarsa, erishgandan keyin avvalgidek davom eta olish narvondan yiqilib tushmasligimizdir. Maqsadlaringizni tizimlashtiring, zero chiqargan muzikangiz “banger” darajasiga chiqsa, narkotikaga o’tirib qolmaysiz.

@shohjackhon
Rakurs☀️

Ertalab soat 6:00, Yakshanba. Bir joyga borishim kerak edi, taksi chaqirdim. Salom-alikdan keyin taksist gap boshladi, “Kecha Shanba edi, hamma ichgan-chakkan, bardan 1 soat avval uyga qaytishgan, hozir butun Toshkent uxlavotti, obeddan keyin sekin o’zlariga kelishadi” — deb qoldi. Yo’g’e aka, hamma ham unaqamas lekin desam, “Man bilaman-u ukam, dinozavrlar davridan beri Toshkentda yashiman” dedi *okamiz.

Roppa-rosa 1 haftadan keyin yana o’sha joyga o’sha vaqtda borishim kerak edi. Taksi chaqirsam bir nuroniy otaxon keldilar. “Assalomu alaykum bolam, Hayirli tong!” - men oxirgi martta o’zimdan katta odam hayirli tong deganini 7-8 yil avval televizorda eshitganman)
Tong saharlab o’qishgami, bolam?
— Ha amaki, o’qishga sekin))
— Ha yaxshi, Hudoning bergan kuni, hamma baraka tongda bolam. Fayzli boshlasang fayzli tugatasan.
Kuningga baraka bersin, omin.
Rahmat amaki, 6 ta yulduzcha bosmoqchi edim, maksimum 5 ta ekan)

Ikkala holat Yakshanba kunida bo’lgan, orasida 1 hafta farq bor xolos. Har ikkalasida ham quyosh chiqib, fayzli tong bo’lib turgandi. Kimdir bor ranglarni ham qora qalami bilan qop-qora qildi, yana biri esa bir Batman’ning tongini 10x fayzli qildi.

Aslida hayot har doim bir xil. Shunchaki, oldimizdagi odamlar va qaysi rakursdan qarashimiz hammasini hal qiladi.

@shohjackhon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9