Sherzod Olimov 🇺🇿
3.06K subscribers
5.07K photos
1.14K videos
23 files
1.21K links
🇺🇿 Olimov Sherzod Murodullayevich rasmiy kanaliga xush kelibsiz.

➡️ instagram.com/olimov__sherzod

➡️ fb.com/profile.php?id=100027911414687
Download Telegram
#zakovat

🔰 Televideniya xodimlari, fotograflar va jarrohlar orasida bir o‘xshashlik bor. Hammalari bir narsani yoqtirishmaydi, bir xil narsani yomon ko‘rishadi. Chunki bu narsa ularning ishlari sifatiga putur yetkazishi mumkin.

⁉️ Diqqat savol: suratkashlar, jarrohlar, televideniya xodimlari nimani yoqtirishmaydi?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Ilgari slovyan elatiga mansub xalqlar kelinlari sepida bir emas, ikkita samovar bo‘lar ekan. Biri choy qaynatish uchun oshxona jihozi bo‘lgan. Ikkinchi samovar yotoqxonaga qo‘yilgan.

⁉️ Diqqat savol: ikkinchi samovarning vazifasi nimadan iborat?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Azaldan Sharqda suvning qadri baland tutiladi. Shuning uchun quduqlar og‘ziga qopqoqlar yopilib, suv juda ehtiyot qilingan, lekin tadbirkor kishilar qopqoqning bir joyidan teshik ochib qo‘yishgan va muhim bir jarayonni kuzatishgan.

⁉️ Diqqat savol: quduqlar qopqog‘idagi teshik qanday vazifani bajargan?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Shekspir: “Hayot sahna, insonlar undagi aktyorlar,” – degan. So‘z quloqqa kiradi, demak quloq — dramaturg, burundan nafas olamiz, demak hayotni talqin etuvchi — rejissor. Eng serharakat a’zo — til, til aktyorga qiyoslanadi. Dramaturg, rejissor, aktyor uchligi teatrni tashkil qiladi. Ammo teatrda yana ko‘p vositalar bor. Masalan, sahna va sahna pardasi.

⁉️ Diqqat savol: sahna va sahna pardasini nimaga qiyoslash o‘rinli?

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Buyuk ertakchi Xans Xristian Anderssenlar oilasi xonadoniga kiraverishida yog‘ochdan yasalgan qo‘sh burgutning surati osig‘liq turar ekan.

⁉️ Diqqat savol: bu xonadon tepasidagi qo‘sh burgut nimani anglatadi?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Tasavvur qiling, Brazilyada qahva plantatsiyasi egasisiz. Plantatsiyaning o‘rtasiga shiypon qurgansiz. Shiypon yerdan ancha baland. Balandligi qo‘riqlash uchun qulay, bundan tashqari yana bir foydali jihati bor. Yana shiypon tagida cho‘chqa bolalari saqlangan.

⁉️ Diqqat savol: cho‘chqa bolalari u yerda nima mqasadda saqlangan?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Yozuvchilik qobiliyati bo‘lmagan holda, yozuvchilikka behuda urinib, hadeb bema’ni narsalarni yozishdan charchamaydigan insonlarga nisbatan bir termin ishlatiladi.

⁉️ Diqqat savol: bu qanday termin?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Shoir Faxriyor “Ayolg‘u” she’riy dostonidan parcha:

Hiyonat qilolmas hech kim unchalik
Go‘yo do‘slik bo‘lib tuyular dushmanliklari
Qirq gazli shamshir bilan ham
Kesib bo‘lmas uning boshini.
Darvoqe, uning boshi yo‘q,
Unga bosh bermagan qizg‘anchiq egam.
Qup-quruq tanadan iborat uning jussasi.

⁉️ Diqqat savol: ushbu she’riy parchada nima haqida so‘z ketgan?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Eng katta tabiiy ofatlardan biri bu zilzila hisoblanadi. 1987-yilda Armanistonda, 1966-yilda Toshkentda, 1949-yili Ashxabodda, 1924-yili Tokioda shunday kuchli zilzilalar ro‘y bergan. Zilzilalar eramizdan avval ham bo‘lgan. Lekin ularning ko‘plari qayd etilmagan. Faqat eramizdan avvalgi 394-yilda sodir bo‘lgan zilzilagina tarix sahifalariga yozilgan.

⁉️ Diqqat savol: bu zilzila qaysi shaharda ro‘y bergan va eng katta zarar nimadan iborat bo‘lgan?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 Qadimgi qoraqalpoq urug‘larida yangi o‘tov uchun kigiz va namat iloji boricha pishiqroq, qalinroq to‘qilgan. Qalin namat ostida o‘tov qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. U qancha pishiq bo‘lsa, shuncha uzoq chidaydi.

⁉️ Diqqat savol: o‘tov ustiga yopiladigan namat qaysi rangga bo‘yaladi?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#zakovat

🔰 XII-XV asrlargacha Yevropada juda ko‘p savdogarlar paydo bo‘lgan. XVI asrdan ularning soni keskin kamaya boshlagan. XVI asrda savdogarlarning kamayishiga sabab qilib aynan uni ko‘rsatishadi.

⁉️ Diqqat savol: tijoratchi savdogarlarning soni kamayishiga nima sabab bo‘lgan?

Javoblar 18:00 da e'lon qilinadi!

@sh_olimov 🇺🇿
#Andijonda_zakovatli_yoshlar_kõpaymoqda

Mahalladagi yoshlar, oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari hamda maktab o'quvchilari o'rtasida 60 dan ortiq jamolar ishtirokida #zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi...

Yoshlarning talab va taklifidan kelib chiqib, yuqorida aytib o'tilgandek uchta yo'nalishdagi yoshlar uchun alohida tur qilib tashkil qilindi. Boisi oliy ta'lim bilan maktab yoshlari o'rtasida savol-javoblar yoshiga qarab erilishi hisobga olindi.

Shiddatli va muzokaralarga boy bo'lgan o'yin yakunida barcha g'olib jamoalar #diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

@sh_olimov 🇺🇿
Bilimdonlar kutgan vaqt keldi…

Mahalla yoshlari o’rtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi #ZAKOVAT intellektual o’yinining #koʻchalararo_mahalla_bosqichi ertaga 19-sentabr kuni respublikamizning barcha mahallalarida bo’lib o’tadi.

Barcha #5tashabbus_uz sayti orqali elektron ro’yxatdan o’tgan mahalla yoshlarini taklif qilamiz.

Qo’shimcha batafsil ma’lumotlarni o’z yashash mahallangiz #yoshlar_yetakchisiga murojaat qilib bilib olishingiz mumkin.

@beshtashabbus_uz
Bilimdonlar kutgan vaqt keldi…

Mahalla yoshlari o’rtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi #ZAKOVAT intellektual o’yinining #koʻchalararo_mahalla_bosqiclari Guliston mahallasida bo‘lib o‘tmoqda.

@beshtashabbus_uz
5 bosqichli besh tashabbus olimpiadasi mahalla yoshlari oʻrtasidagi loyihalarining #ikkinchi mahallalararo #sektor bosqichiga start berilmoqda…

#jumladan

#kurash musobaqasi 27-sentabr kuni
#voleybol musobaqasi 28-sentabr kuni
#zakovat intellektual oʻyini 29-sentabr kuni
#milliy_va_zamonaviy cholgʻu ijrochiligi tanlovi 30-sentabr kuni
#yosh_kitobxon tanlovi 6-10 oktabr kunlari boʻlib o’tishi belgilandi.

Ma’lumot uchun: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda 9440 ta mahalla bosqichida g’olib bo’lgan yoshlar 832 ta sektor birinchiligi uchun o’zaro bellashadilar va #uchinchi tuman(shahar) bosqichiga yo’llanma oladilar.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz…

@beshtashabbus_uz
👀 Diqqat ogoh bo’ling keyingi loyihamiz #zakovat intellektual o’yini📢

👨‍👨‍👧‍👧 Mahalla yoshlari o’rtasida 5️⃣tashabbus olimpiadasi doirasidagi #ZAKOVAT intellektual o’yinining #ikkinchi_mahallalararo_sektor bosqichi bo’lib o’tadi.

📅 Ertaga, 2️⃣9️⃣sentabr kuni respublikamizning 9️⃣minggdan ortiq mahalla jamoalari 8️⃣3️⃣2️⃣ta sektorda, sektor g’olibligi uchun bilim maydonida uchrashadi🤝

👍 Barcha ishtirokchi jamoalarga omad tilaymiz👍👍👍👍👍

@beshtashabbus_uz
Mahalla yoshlari o’rtasida bo’lib o’tayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” #uchinchi sektorlararo tuman (shahar) bosqichiga yetib keldi.

Ertadan, yani 9 oktabrdan boshlab #zakovat intellektual o’yinlari boshlanmoqda.

Eslatma: respublikamizning 208 ta tuman shaharlarida tajribali zakovat kordinatorlari shaxsan o’zlari borib o’tkazishni maqsad qilganmiz va shundan kelib chiqib, barcha tuman shaharlarda bir kunda bo’lib o’tmaydi.

Zakovat o’tkazilish grafigini hududdagi mas’ullardan batafsil bilib olishingiz mumkin. Ma’lumot o’rnida zakovat o’yinlari 9-18 oktabr kunlari bo’lib o’tadi.

Ha aytgancha ushbu uchinchi bosqichda, sektor bosqichida 1-2-3 o’rinni olgan jamoalar ishtirok etishini eslatib o’tamiz.

Barcha bilimdonlarga omad tilaymiz va #toʻrtinchi hududiy bosqichida kutib qolamiz.

@beshtashabbus_uz
DIQQAT!!!

Mahalla yoshlari o’rtasida o’tkazilayotgan
#zakovat intellektual o’yinining nizomidan parcha keltiramiz
shu joyiga alohida e'tibor bering.

@beshtashabbus_uz
Forwarded from Sohiba Raimjanovna
#Chinoz_tumani
#Besh_tashabbus
#Zakovat_bilimdonlari

Chinoz tumanida o‘tkazilgan bilimdonlar baxsining yakuniy natijalariga ko‘ra:

🥇1-o‘rinni "Obihayot" mahallasi jamoasi qo'lga kiritdi;

🥈2-o‘rinni "Tinchlik" mahallasi jamoasi egalladi;

🥉3-o‘rin esa "Beshkapa" mahallasi jamoasiga nasib etdi.


Turnir yakunida g‘oliblar va faol ishtirok etgan jamoa vakillari tashkilotchilar tomonidan diplom, va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

@Chinoz_yoshlar