Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.34K subscribers
34.3K photos
4.37K videos
206 files
10.4K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Тақиқланган ташкилотларнинг материалларини тарқатган бир гуруҳ ёшлар қўлга олинди

Сўнгги вақтларда ижтимоий тармоқларда диний экстремистик мазмундаги материалларни тарқатиш орқали ёшлар онгини ёт ғоялар билан заҳарлаш ҳолатлари кўп кузатилмоқда.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/129362

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/129362

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-avgustga qadar 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Asrni qaritgan kun” (Chingiz Aytmatov);
🔴“Ular 10 ta edi” (Agata Kristi);
🔴“Diyonat” (Odil Yoqubov).

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43";
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32".

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32".

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#dolzarb_90_kun
#work_and_travel

⚡️Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari hozirda “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaning mashxur shaharlaridan biri — Bavariyaning "Landhaus Ohe" restoranida faoliyat yuritmoqda.

🕍U yerda u ish tajribasini oshirish bilan birga, Germaniyaning madaniyati, turmush tarzi va urf-odatlari bilan yaqindan tanishmoqda.
👍6
#talabalar_amaliyoti

“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida talabalar amaliyoti o‘rganildi

📌Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining amaliyot faoliyatlari o‘rganildi.

📍O‘zbekiston tumanida joylashgan “Daza” O‘zbekiston–Belgiya qo‘shma korxonasida mazkur yo‘nalish talabalari uchun tanishuv va ishlab chiqarish amaliyoti kunlik jadval asosida yo‘lga qo‘yilgan.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#o'qishni_ko'chirish
#fdu_kasbiy_ijodiy_imtihon


👉 Farg'ona davlat universitetida xorijiy oliy ta'lim tashkilotlaridan O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun kasbiy - ijodiy  imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Jarayonlardan videolavha⤴️
🔥1
#Usmon_Azim_75_yoshda

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun

Usmon Azim — o‘zbek adabiyotining mustaqillik davri she’riyatida alohida o‘rin egallagan shoir, dramaturg, tarjimon va adabiy jamoatchilik arbobi. U o‘zining betakror uslubi, teran falsafiy qarashlari va nozik lirik ohangi bilan adabiyotimizning oltin sahifalaridan joy olgan. Shoirning har bir misrasi — bu hayot haqidagi chuqur mulohaza, inson qalbining eng nozik tuyg‘ulariga yetib boradigan ohangdir.

Uning she’rlarida Vatan muhabbati, inson sha’ni va g‘ururi, sevgi va sadoqat, hayot va o‘lim, orzu va armon kabi mavzular yuksak badiiy mahorat bilan aks etadi.
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бахт хақида баллада
Усмон Азим шеъри
Эркин Бозоров ўқиди.
💯4🔥1😍1
Rasmiy munosabat!

Talim24.uz telegram kanalida yozilgan murojaat yuzasidan Farg‘ona davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi:

1. Davlat tasarrufidagi talabalar turar joyiga joylashish uchun my.gov.uz platformasi orqali ariza yuborish tartibi 2025-yil 1-avgustdan boshlab ishga tushirilgan, arizalarni tasdiqlash tizimi esa 15-avgustdan ochiladi.

2. Murojaatda keltirilgan 10-sonli talabalar turar joyi davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan bo‘lib, uning narxi tadbirkorning yillik sarf-xarajatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shunga qaramay, universitet rahbariyati bilan kelishilgan holda kamida 30 foizini oldindan to‘lash majburiyati mavjud.

3. Talaba davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan talabalar turar joyida yashashni istamasa, my.gov.uz platformasi orqali ariza topshirib, davlat tasarrufidagi talabalar turar joyiga joylashish imkoniyati mavjud. Biz doimo talabalar manfaatini ustuvor baholaymiz.
Agar siz to‘lov masalasida qiynalayotgan bo‘lsangiz, universitet ma’muriyatiga yoki fakultet dekani (dekan o‘rinbosari, tyutor)ga murojaat qiling. Sizning holatingiz alohida ko‘rib chiqilib, to‘lovlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun

Telegram:
📲 @FDU_TTJ_2025
📲 @J_Yoqubov0128
Telefon:
📞 +998 99 646 44 01
📞 +998 91 158 34 35

Farg‘ona davlat universiteti ma’muriyati

✅️@Talim24uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1🤩1💯1
👉FDU – REPORT I STARTUP

🔰 Fargʻona Davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi professor oʻqituvchilari tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" doirasida 42-maktab oʻquvchilari bilan StartUp loyihalari tashkillantirildi.
👍5🤩4🔥1😎1
#Qabul2025 #Natija

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩3
Forwarded from Edu.uz
⚡️ 14–15-avgust kunlari o‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning transfer.edu.uz platformasi orqali yuborgan arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.

Shuni inobatga olib, transfer.edu.uz tizimidan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 14–15-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram