Sevgi She'rlari
15.2K subscribers
11K photos
5.4K videos
9 files
12.4K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Ajralishga kelishmagandik😔❤️‍🔥

Muhabbatni paymoni to'lsa,
Biz shunchaki tanishmagandik.
Esla, agar, esingda bo'lsa,
Ajralishga kelishmagandik.

Dardim eshit, eshitgil samo
Qanday buni ko'rmoqda ravo?
Sevgi izhor qilgandik, ammo
Ajralishga kelishmagandik.

Qo'lda bevaqt gullar so'lsa ham,
Ishq atalmish hislar o'lsa ham,
Har ne bo'ldi nima bo'lsa ham,
Ajralishga kelishmagandik.

Ich etimiz tilishgandigu,
Loyqalanib tinishgandigu,
Ahdi-paymon qilishgandigu?
Ajralishga kelishmagandik!

O'ylar edim har lahza, har on
Gar so'rasa berar edim jon.
Meni tashlab ketmoqda oson,
Ajralishga kelishmagandik.

Alam bilan chekarman-da oh,
Bu azobga bormikan panoh?
Gapim rostki, Allohim guvoh,
Ajralishga kelishmagandik.

Bahor sevgi sayli edi-ya,
Majnun suygan layli edi-ya,
Hohlasam ham mayli edi-ya,
Ajralishga kelishmagandik.

Undan ko'ra qizg'on havoni,
Chiqar edi tanamning joni.
Aldamagin Sarvar Mirzoni,
Ajralishga kelishmagandik!

MuallifSarvar Mirzo

❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#Kutaman qaytishing

Kutaman  qaytishing  intizor,
Misilsiz  hijronlar  qiynaydi.
Bo'libman  o'zimga  begona...
Ishq  dilni  tig'laydi,  tig'laydi.
Ko'ksimni  ochganday  g'aflatga,
Tabiblar  davosin  topmaydi.
Bitmas  dard,  ekding  sen  yurakka,
Tabiblar  tuzatib  bilmaydi.
Bu  shunday  dard  erur  bedavo ---
Yarasi  bitmaydi,  bitmaydi !.
Kutaman  qaytishing,  men  hamon,
Nigohing  nazarga  ilmaydi.
O'rtada  qalb  yig'lar,  bo'lib  lol...
Sevgimni  yuraging  sezmaydi.
Turibman  be'o'xshov  joylarda,
Qo'l  kalta  hech  senga  yetmaydi.
Meni  ko'p  kuttirib  charchatding ---
Eh  afsus  rahming  ham  kelmaydi.
Qarab  qo'y  majnuntol  holiga,
Egilgan,  qaddin  tik  tutmaydi.
Meningdek  dard  chirmam  dilini...
Menimcha  endi  u  o'smaydi !.
Kutaman  qaytishing,  yo'l  qarab,
Kelasanmi ?  Qalbim,  bilmaydi.
Bilsa  ham  u  yomon  o'rtagan,
Uni  hech  tuzatib  bo'lmaydi.


  Mehriddin  Baqoyev.
         24.  05.  2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Mendan yuring nariroq.
Hadeb qilmangda so'roq,
Sizga yoqmasam agar,
Ketganingiz yaxshiroq.

Yo'lingiz yorqin chiroq.
Mayliga ketingiz yiroq,
Tegar bo'lsa zararim,
Ketganingiz yaxshiroq.

Meni bossa ham titiroq.
Yuring siz mendan yiroq,
Tushunib yetdim oxir,
Ketganingiz yaxshiroq.

Dardimga to'ldi varoq.
Meni qiynaydi firoq,
Roziman faqat teziroq,
Ketganingiz yaxshiroq.

Qo'ying meni holiroq.
Sabrim ham qoldi oziroq,
O'zingiz bilib hoziroq,
Ketganingiz yaxshiroq.

Qaytib kelmang siz biroq.
Ey go'zal, qizil yanoq,
Boshlamasimdam sanoq,
Ketganingiz yaxshiroq.

Bahriddin Mirzo Shahobiddinov she'r mualliflik huquqiga ega muallif ruxsatisiz foydalanilmasin she'r yozildi 16.05.2024.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

🌙Azizlarim  barchangizga  goʻzal oqshom xayrli boʻlsin! 🌺💛🌺

🌷Sizni yaxshi koʻrgan
      Insoningiz, sizni, hech
            qachon tark, etmasin
                  Azizlarim!!!❤️

💫Oqshomingiz fayzli oʻtsin  boringizga shukur kadrdonlarim!!!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum va rohmatullohi va barokatuh🌺

Xayrli tong azizlar!☀️


Barchangizga solih amallarga serxosil boʻlgan xayrli tong va uzoq umr tilaymiz! Hamisha Allohning panoxida boʻling!

Bugun haftaning Shanba kuni

Alloh taolo bugungi kunimizni barchamiz uchun xayrli va barakali qilsin.🤲

Kunni shukronalik bilan boshlang..Yangi tong uchun alhamdulillah!

🌹🌱꧁꧂‎‌♥️♥️꧁꧂🌹🌱

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

25 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Bugun 25-may "Soʻngi qoʻngʻiroq" kuni!

Barcha Bitiruvchi yoshlarga omad,
Kelajak hayotlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

Har joyda, har vaqtda Ota-Onasini yuzini yorugʻ qilib yurishiga tilakdoshmiz! 🔔

🌸
T.me/Sherlari_Sevgi
CHALINMA QOʻNGʻIROGʻIM....

Oʻrgatib sen hayotni,
Qoʻlin tutdim sabotni,
Durdek tizdim bayotni,
Mehri ummon maktabim,
Chalinma, qoʻngʻirogʻim!

Ogʻushingdan ketgim yoʻq,
Ustozlardan koʻnglim toʻq,
Yuragimda mitti choʻgʻ,
Mehri ummon maktabim,
Chalinma, qoʻngʻirogʻim!

Ilm-la yoʻl yorugʻdir,
Xayrlashmoq ogʻirdir,
Koʻngil sensiz sagʻirdir,
Mehri ummon maktabim,
Chalinma, qoʻngʻirogʻim!

Bu fursat qaytmas onlar,
Chulgʻadi hayajonlar,
Zarb-la urgudek bonglar,
Mehri ummon maktabim,
Chalinma, qoʻngʻirogʻim!

Qara, mungli koʻzlarga,
Til aylanmas soʻzlarga,
Mushkul erur doʻstlarga,
Mehri ummon maktabim,
Chalinma, qoʻngʻirogʻim!

Oʻtinchim bugun sendan,
Ranjima aslo mendan,
Ayirma, "yoqa, yeng" dan,
Mehri ummon maktabim,
Chalinma, qoʻngʻirogʻim!

Munira Sulton

🌺
@Sherlari_Sevgi 🌺
So'nggi qo'ng'iroq

ABUDIL
🎙Qomarun...

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
XAYR ENDI XAYR SINFDOSH

Mana bugun koʻzlarimda yosh,
Yuzim kulib, ichim toʻla tosh,
Oy-yilar ham boʻldi bagʻritosh,
Xayr endi, xayr sinfdosh.

Har tarafga ketyapmiz ustoz,
Sogʻinamiz sizni qishin- yoz,
Rozi boʻling, qilyapmiz parvoz,
Xayr endi, xayr sinfdosh.

Qoʻlni mahkam ushlang doʻstlarim,
Mushtoq sizni kutar yuzlarim,
Kimga aytay endi soʻzlarim,
Xayr endi, xayr sinfdosh.

Esga olib yoshlikni bir bor,
Sizni kutib yillar intizor,
Koʻrishamiz kelganda bahor,
Xayr endi, xayr sinfdosh.

Qaytmas endi bundayin damlar,
Kiprikda nam, qalbimda gʻamlar,
Xayrlashgim kelmas odamlar,
Xayr endi, xayr sinfdosh.

Hamma aziz menga qadrdon,
Sizlar bilan oʻtdi kun shodon,
Sogʻinaman sizlarni har on,
Xayr endi, xayr sinfdosh.

Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq,
Mana endi ketyapmiz yiroq,
Hayojonlar bosdida biroq
Xayr endi, xayr sinfdosh.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shahirxoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sinfdoshini..?

Maktab chog'i sevgisi toshib,
Tanaffusni kutgan kim shoshib,
Sal ulg'ayib oʻn beshdan oshib,
Kim sevmagan sinfdoshini..?

Termulsa ham olmasdi qonib,
Ishqda g'olib darsdan-chi tonib,
Hammadan ham uni qizg'onib,
Kim sevmagan sinfdoshini..?

Kim koyisa beboshlik qilib,
Darsdan ham ustun deb bilib,
Bir sevgisin soʻzlarin ilib,
Kim sevmagan sinfdoshini..?

Eslaysizmi siz hamon uni,
Ilk muhabbat birinchi kuni,
Eslab qoʻying uni shu kuni,
Kim sevmagan sinfdoshini..?

Bir partada oʻtirib birga,
Sevginini oʻrardi sirga,
Balki ular hozir ham birga,
Kim sevmagan sinfdoshini..?

Maktab chog'i sevgisi toshib,
Tanaffusni kutgan kim shoshib,
Sal ulg'ayib oʻn beshdan oshib,
Kim sevmagan sinfdoshini..?

Muallif: Umidjon G'ayrullayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SIZDAN ZOʻRI YOʻQ EKAN DADA.

Oʻrningizni bosolmas hech kim.
Har kimniki qilgani tana.
Qancha ortmay koʻtargan yukim.
Sizdan zoʻri yoʻq ekan dada.

Parvonalar boʻlsin doʻstu yor.
Keragimda boʻlishadi bor.
Lek bolam deb boʻlgan madadkor.
Sizdan zoʻri yoʻq ekan dada.

Bazan tashvishlarimni ildim.
Oʻz dardim deb qalbingiz tildim.
Bola boʻlib eh endi bildim.
Sizdan zoʻri yoʻq ekan dada.

Koʻrsatdingiz faqat toʻgʻri yoʻl.
Yiqilmasin deya tutib qoʻl.
Tiladingiz faqat omon boʻl.
Sizdan zoʻri yoʻq ekan dada.

Yursam ortda kelgansiz suyab .
Bir jonimni ming bora ayab.
Degim keldi chin dildan qarab.
Sizdan zoʻri yoʻq ekan dada.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Tabassumi bizga emas...

Afsona toʻqiysan alamlar ila,
Koʻngilni bandilar etgan jilovdek.
Eplolsang koʻksimga oʻtinlar qala,
Va jilva taratgin soʻnmas olovdek.

Ertaging muhabbat uygʻotmas dilga,
Mehrni shirin soʻz avrab joylaydi.
Goʻzallar tabassum uchirib yelga,
Javobni oshiqdan olmoq oʻylaydi.

Xudbinlik taralar bogʻing boʻyidan,
Istaging iztirob tutqazar sening.
Kibrlar toʻlgʻonib oqar soyidan,
Yuraksiz tugʻilgan dildorim mening.

Ommaviy qatl bor hislarim tomon,
Alvonga aylandi makoni - yurak.
Jallodi jazava etadi hamon,
Nozlarin zindonga otmasmi malak?

Erkalik qiynashdan toʻxtamas, magar,
Oʻzingdan Oʻzingga qilgum shikoyat.
Chindan-da sevishim istasang agar,
Mazlum azobiga boʻlgin kifoyat.

Ilyos. Sh. Soniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🔥Yuraklar...

Mehmonmiz koʻngillar koʻchalarida,
Hayolmiz sogʻinchning kechalarida,
Nomimiz qalblarning nechalarida,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

Ketganlar kelishga izlaydi chora,
Hijronlar koʻksini qilib ming pora,
Vujudin firoqlar ezar tobora,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

Alamlar koʻzlardan alamin olar,
Nigohlar yoʻllarga termulib tolar,
Hatto yomonimiz sogʻinib qolar,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

Osondek tuyular kechmoqlik vaqti,
Yodlaridan chiqar qilgan koʻp axti,
Ularni kutadi oʻkinchlar taxti,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

Eh afsus qadriga yetmabman deya,
U bilan baxt tomon ketmabman deya,
Gʻururimni magʻlub etmabman deya,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

Qoʻlimiz uzatsak tutmagan bilsin,
Bizning sogʻinchimiz yutmagan bilsin,
Bunday boʻlishini kutmagan bilsin,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

Mehmonmiz koʻngillar koʻchalarida,
Hayolmiz sogʻinchning kechalarida,
Nomimiz qalblarning nechalarida,
Unuta olmaydi bizni yuraklar...

📝Muallif: Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Xayrli tun qadrdonim! 🌙

🌙🌹Allohni bergan kuni ham nihoyasiga yetdi.
Yaxshilik qilib, ulgurmagan boʻlsangiz, ertangi kun zoya ketmasin!

🌙🌹Barchamiz bu dunyoga gʻanimatmiz...
Ezgulikni qalbingizga jo qiling-ki, har oʻtgan kuningiz besamar boʻlmasin.

🌹Tuningiz osuda oʻtsin

🌹Xayrli tun azizlar.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum varahmatullohi va barokatuhu!

Dam olish kuni, yakshanba tongi siz uchun xayrli boʻlsin!

🌸Oʻrmalagan har jonning rizqini berguvchi Alloh taolo- bugun sizni uygʻotar ekan,  beradigan rizqlarini ham tayin etib qoʻydi...

🌸Ilohim, yaxshilar ichida issiq oʻrningiz, yaʼni qadar rizqingizga sogʻ omon yeting...

🌸Dasturxon oʻrtasidagi issiq noningiz-nasibangizning haloliga  yetkazsin...

❤️🌸Kuning sezmazmun va barakali boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

26 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
🎉 26-may — Qoʻshnilar kuni

Bizda ham “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qoʻshni yaxshi” degan naql bejiz aytilmagan. Bugun qoʻshnilardan xabar olish, ularga yordam berishning ayni vaqti.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi