Sevgi She'rlari
14.8K subscribers
10.8K photos
5.03K videos
9 files
11.5K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

23 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
🥀🥀ALDA MENI🥀🥀

Duch kelganda yolgʻondan bir qarab qoʻygin,
Koʻzlaringni koʻzlarimga qadab qoʻygin,
Koʻnglim uchun har zamonda aldab qoʻygin,
Sevmasang ham sevdim degin, uzoq yashay.

Nigohing-la zabun holib soʻrab turgin,
Qovogʻingni solmagin hech,kulib turgin,
Hech boʻlmasa tushlarimga kirib turgin,
Sevmasang ham sevdim degin, uzoq yashay.

Yuragingni gʻamlar bosib ketsa hamki,
Sogʻinchlaring zanglar bosib ketsa hamki,
Suratlarim changlar bosib ketsa hamki,
Sevmasang ham sevdim degin,uzoq yashay.

Koʻzlarimni yigʻlatib xor qildirmagin,
Tilkalangan qalbim battar tildirmagin,
Muhabbating soxtaligin bildirmagin,
Sevmasang ham sogʻindim de,uzoq yashay.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sinfdosh

Partaga bosh qoʻyib darslarni tinglab,
Hazillar qilardik sizlarga minglab,
Kechirib qoʻying bir bora imlab,
Sizlarni ranjitgan boʻlsam sinfdosh.

Dunyolarga teng boqaymi endi.
Koʻz yoshlaringizda oqaymi endi.
Siz bergan xatlarni yoqaymi endi.
Sevgimning javobin ayting sinfdosh.

Darslardan qochardik devordan oshib,
Daftarni koʻtarib qaylarga shoshib,
Shu haqda oʻylasam yuragim toshib,
Nega sogʻinaman ayting sinfdosh.

Eng aziz davrlar shu ekan bildim,
Shu damlar eng aziz kun ekan bildim,
Xayrlashuv chogʻida yuragim yuldim,
Maktab paytlariga qayting sinfdosh.

Qayting sinfdosh, qayting sinfdosh,
Maktab paytlariga qayting sinfdosh.
Ayting sinfdosh, ayting sinfdosh,
Sevgimning javobin ayting sinfdosh.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
. ***

Mening koʻksim qondir, qoʻllarim harom,
Mening koʻksim qondir, koʻzim behayo.
Ming yoshga kirgin deb, soʻrama, odam,
Bunday tilagingga koʻnmaydi Xudo.

Mening koʻksim qondir, aytsam gar senga,
Ammo oʻzligimda yoʻqdir diyonat.
Nega axir ming yosh tilaysan menga?
Besh kunlik umrimda qildim xiyonat.

Tiriklik qisqa deb chekmagin qaygʻu,
Menga uzoq umr tilama zinhor.
Ibodat qilishga yetmay qolgan-u,
Gunohga ortishgan vaqtlarim bor.

Ming yillik yolgʻonni koʻtarmas yilkam,
Shundoq ham xatolar qilganman bisyor.
Menga insof tila ozroq boʻlsa ham,
Menga uzoq umr tilama zinhor.

Lochinbek Normurodov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
CHIROYLIGIM ENG ZOʻRI ONAM

Duo qilib yonimda hardam,
Mehribonim doimo malham,
Koʻzlarimda koʻrsatmaydi nam,
Chiroyligim, munisim onam.

Erkalatar, silaydi boshim,
Dardim olib, artadi yoshim,
Farishtamda jannat quyoshim,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Oʻziz asrang, horib qolibsiz,
Roʻzgʻor deya, charchab tolibsiz,
Oʻziz kiymay, bizga olibsiz,
Chiroyligim, munisim onam.

Qiynamasin sizni dard-alam,
Qoshlarizga yarashar qalam,
Doim deysiz, bolam-a bolam,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Siz borsizki, koʻksim keraman,
Eng chiroylik gular teraman,
Jonim tugul, borim beraman,
Chiroyligim, munisim onam.

Oʻziz oʻylab, oling endi dam,
Nima kiysez, yarashar biram,
Koʻrmang endi ikki dunyo gʻam,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Farishtamsiz, jannatim onam.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shahirxoniy)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Seni kutmoqlikning azobi yomon,
Tunlar tonglar bilan topishdi, yoʻqsan,
Tobora tomirin otyabdi xijron,
Sogʻinchdan sochimga oq tushdi, yoʻqsan...

Mungʻayib boqaman ketgan yoʻlingga,
Bosgan izlaringda undi chechaklar,
Naxot yoʻl topmadim nozik qalbingga,
Naxot armon boʻlsa orzu, istaklar...

Seni sevmoqlik baxt, olloxim bergan,
Seni kutmoqlikdan qaytgum yoʻq sira,
Sen mening chechagim, koʻz ochib koʻrgan,
Sen bilan xar onim, shirin xotira...

Taqdirdir, bejizga uchrashmadik biz,
Nigoxlar uchrashgan onni eslayman,
Kulgichi chiroylik, sochi uzun qiz,
Qayta koʻramanmi seni, bilmayman...

Yuragim sen bilan ketdi, qaytmadi,
Xayolku, sen bilan tunu kun uzra,
Kelsayding, kutinshga sabrim qolmadi,
Ishqdan ado boʻlgan xolimni qara...

Seni kutmoqlikning azobi yomon,
Yomonki, sogʻinchlar aylamoqda qul,
Oʻlsam, bir iltimos, sendan yorijon,
Qabrimga yozib ket : Keldim Ergashqul...

Rahimov Ergashqul

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Deyishar o'tmishdan ota bobolar.
Ulug‘beku shoir donish daholar.
Ul so'zda bordirda turfa ma'nolar
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Kuzak boshlab kelar mayin shamolni
Baht iqbol nurli yo'l oydek jamolni.
Topingiz hayotdan ishonch kamolni
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Qarang oy ham nur sochmoqda yog'dudek
Qalbli bu dillarni hushnud etgandek.
Go'yo g‘am qayg'ular tugab bitgandek
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Oyning ham bag'rida Alloh nomi bor
Yog'dusin sochmoqqa oshiqa boshlar
So'ng esa qalbi ham yoshlana boshlar.
Oyning ham qalbida iymon porlagan.

Alloh dilingizga iymon solibdi.
Qu'ronni dillarga shaydo qilibdi.
Oshufta to‘libon orom olibdi,
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Bu nurli qalblar ham abad va abad,
So'nmas umr yo'llar toki to abad.
Qalblarga ulashib ezgu saodat.
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Sabr qilgan inson murodga yetar.
Bizni hali olis kelajak kutar.
Akromjon Ali ne qasida bitar,
Qalbingizda iymon oydek porlasin.

Akromjon Aliqulov 2022

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Ketavering Katta Ko'cha.

Boplab meni kuydirdizda,
Yosh bolaman misli jo'ja.
Arazlabsiz battar bo'ling,
Ketavering katta ko'cha.

Jonga tegib ko'ngil xushlang,
Ushlang qo'lim oling ushlang.
Jahliz chiqsa burniz tishlang,
Ketavering katta ko'cha.

Ajoyibsiz qoshi yoyda,
Sizdaka yo'q yeru oyda.
Xafa bo'lmoq kimga foyda,
Ketavering katta ko'cha.

Chiroyizga qaydan uchdim,
Achomladim qattiq quchdim.
Sog'inmayman qasam ichdim,
Ketavering katta ko'cha.

To'lib toshsaxamki anxor,
Bizda xam bor g'urur va or.
Qayting endi demam zinxor,
Ketavering katta ko'cha.

Sizdan ko'rdim minglab jafo,
Dardga izlay qaydan davo.
Sulaymondan kutmang vafo,
Ketavering katta ko'cha.

Muallif: Sulaymon Sulton.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🌙Chinor bo‘lsam uzoq umrimning Sirlarini
senga ochardim.
🌙Gar oy bo‘lsam,
porlab kechangda, faqat senga
Nurim sochardim.

🌙XAYRLI TUN
NURYUZLILARIM...!!!

🌙 Tuningiz osuda va sokinlikda o‘tsin, yaxshi dam oling, shirin tushlar xamroxingiz bo‘lsin Azizlarim.

T.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🎊 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!!!🌙🎊

🌹🌸ASSALOMU ALAYKUM🌸🌹

💐🤲🏻Sizni va barcha oila a’zolaringizni “JUMA AYYOMI ” "bilan muborakbod etaman.

💐🤲🏻•Sizga va oilangizga sogʻlik-omonlik, ikki dunyoni saodatidan nasib etishini surayman.

💐🤲🏻•Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo shunday musaffo bo'lsin!

💐🤲🏻•Bayramni oila a’zolaringiz bilan shodlik, xursandlikda xayrli utkazishingizni tilab qolaman!

💐🤲🏻•ALLOHIM!
Kelasi shu kunlarga Bizlarni, Ota‑Onalarimizni, Farzandlarimizni, Ayollarimizni, Doʻstlarimizni va barcha yaqinlarimiz bilan sogʻ-omon yetkazsin! AMIYN! 🤲

🌺
T.me/Sherlari_Sevgi 🕋
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤️🕋 ASSALOMU ALAYKUM
❤️🕋 VA RAHMATULLOHU
❤️🕋 VA BAROKATUH

OTAJONIM

Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin, Allohim sizga ikki dunyo saodatini bersin!

Allohumma solli ’ala sayyidina Muhammadin va ’ala ali sayyidina Muhammad!

Boshqa yaqinlarga tabriklar👇

t.me/sherlari_sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤️🕋 ASSALOMU ALAYKUM
❤️🕋 VA RAHMATULLOHU
❤️🕋 VA BAROKATUH

ONAJONIM

OPAJONIM

AKAJONIM

UKAJONIM

SINGILJONIM

SINFDOSHLARIM

UMR YO‘LDOSHIM

DUGONAJONIM

JIGARLARIM

Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin, Allohim sizga ikki dunyo saodatini bersin!

Allohumma solli ’ala sayyidina Muhammadin va ’ala ali sayyidina Muhammad!

Boshqa yaqinlarga tabriklar👇

t.me/sherlari_sevgi