Sevgi She'rlari
14.6K subscribers
10.9K photos
5.23K videos
9 files
12K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃🌹ASSALAMU ALAYKUM!🌹🍃

🌹 Agar huzuringizga yangi kun tashrif buyursa…

🌹 Uni gunohlar bilan ranjitmang! Chunki u hech qachon qaytib kelmas Mehmondir…

🌹 Gʻanimat Mehmonga “Xush kelding” deb ayting…
Soʻng farzlarni goʻzal bajarishlik, sunnatlarni chiroyli ado qilishlik, Qurʼonni tilovat qilishlik va tavbani yangilashlik ila Uni ikrom qiling! ☺️🌹

🌹 Zero, mehmonini xursand qilib, yaxshi taasurotlar bilan kuzatish moʻminga xos xislatlardandir!

🌹 Subhanalloh!
🌺 Alhamdulillah!
🌸 Allohu Akbar!
🌼 Laa havla va laa quvvata illa billah!

http://T.me/Sherlari_Sevgi 🥰
http://T.me/Sherlari_Sevgi 🥰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

3 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
O'zimga

Yer yutdiku inshootlarni,
Suv ostida qoldi bu makon.
Aytib zikr-u salovatlarni,
Qachon tavba qilasan inson?

Jon bo'g'zingga tiqilgandami?
Tog' poyingga yiqilgandami?
O'lik qayta tirilgandami?
Qachon tavba qilasan inson?

Mayin essa gunoh shamoli
Aldamasin dunyo kamoli
Maqsadingku Alloh jamoli
Qachon tavba qilasan inson?

Savob bog'in aylagin gulzor,
Kimsaga hech yetkazma ozor,
Bilsang dunyo besh kunlik bozor,
Qachon tavba qilasan inson?

Mazlum qolma,ul kunda harob,
O'z kibringni sindir,qil yakson
Oson kechsin savol-u javob,
Shu on tavba aylagin inson?

Dilnura

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iyul oyida tugʻilgan mashhurlar

Iyul oyida tugʻilgan tanishlarga yuborib qoʻying☺️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Bugun begonasan,menga begona
Baxtim deb oʻylabman ekansan sarob
Seni sevganman deb qoʻygin aldama
Yuragim muzlagan chekib iztirob

Bugun begonasan, menga begona
Qaynoq bagʻring tafti endi isitmas
Aytgan soʻzlaringdan yurakda yara
Qancha urinsangda u yara bitmas

Bugun begonasan, menga begona
Endi yonginamda yura olmaysan
Kechagina sen uchun edim yagona
Bugunchi koʻzimga qaray olmaysan

Bugun begonasan, menga begona
Endi qoʻllarimdan tutmas qoʻllaring
Sensizlikka ancha koʻnikdim qara
Men bilan tutashmas endi yoʻllaring

Bugun begonasan, menga begona......

@Sherlari_Sevgi
Yurakkinam urib tur ozroq
Azoblardan qutqaray seni
Bunga imkon bor hali biroq
Ne ilojim bor aytgil meni

Yurakkinam urib tur ozroq
Otam onam yig'lab qolmasin
Ketib qolsam savobim ozroq
Oxiratda pand yeb qolmasin

Yurakkinam urib tur ozroq
Hali hajga bormoq niyatim
O'ylab ko'rsam ishlarim bisyor
Fursatlarim erur sirotim

Yurakkinam urib tur ozroq
Do'stlarimda qolmasin armon
Qalbim yana quloq sol ozroq
Men ham dardga bo'layin darmon

Yurakkinam urib tur ozroq
Men osmonni quchib olayin
Qanday ajib bebaho tuproq
Bir siqimin tutib qolayin

Dilnura

@Sherlari_Sevgi
Audio
SINGLIM

Oydan goʻzal tarovatin bor,
Shodlik koʻrgin boʻlmagin xech xor,
Rahmon egam boʻlsin senga yor,
Dunyo ichra goʻzal singlim bor!

Bogʻlar aro gullar teraman,
Singlim bor deb koʻkrak keraman,
Ul yoqtirgan guldan teraman,
Goʻzal siynim bor deb yuraman!

Barchinoy deb qosh koʻzlariga,
Shirin shirin bol soʻzlariga,
Aylanayin nur yuzlariga,
Qadam bosgan bu izlariga!

Ozod diyor xur farzandisan,
Yashnab turgan gular bandisan,
Kelajakni zoʻr dilbandisan,
Dono zuko mexribon singlim!

Menga koʻp yaxwiliklar qilgan,
Dard kelsa gar yonimda boʻlga,
Gʻamgin boʻlsam ranglari soʻlgan,
Meni asal singiljonim bor!

Sochlarini silasam mayin,
Menga mexri tushushi tayin,
Doim baxtin koʻrganim sayin,
Baxat xaqida kuylayman kuyin!

Jannat tomon oshiqa boshla,
Quron oʻqib koʻynini gʻushla,
Rabim bor deb koʻzlaring yoshla,
Salovat aytib, Rasulim esla!

Oxratda imonimiz but,
Nurli ildam kelajakni kut,
Yomondan qoch ezgu qoʻldan tut,
Maqsad sari intilgin singlim!

Solihabegim
(Dilafruz Shaxrixoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
NIMA DESANG TOʻYGACHADUR HOʻP

Biroz oshgandayin nozlaring
Koʻngling uchun kunda yugur chop.
Orzularing sanoqsiz son ming.
Nima desang toʻygachadur hoʻp.

Koʻtaraman erka yorimsan.
Taqdir topgan yolgʻiz borimsan.
Yolgʻondakam ichsam ham qasam
Nima desang toʻygachadur hoʻp.

Tishilarimni qoʻyaman tishga
Buncha orzularing bitmas koʻp
Bir kun oʻtar kirganday tushga.
Nima desang toʻygachadur hoʻp.

Ha ayyorsan yomon ayyorsan.
Har istakka aytmoq tayyorsan
Hozirchaga nozlangan yorsan.
Nima deysang toʻygachadur hoʻp

Oʻynatasan chalib nogʻorang.
Asablarim qilgancha tarang
Chidayapman toʻygacha arang.
Nima desang hozirchaga hoʻp.

Keyin meni qidirginchi top😁

Hulkaroy Hojamovna

Albatta hazil😉

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Seni qanday aldashim mumkin..?

Komila qiz
🎙Erkayeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

Hayot yoʻllarida, suyanchiq boʻling.
Intizor kutadi, tunlari bedor.
U bilan bir umr, baxtlarga toʻling.
Olisda sizni ham, sogʻinganlar bor.

Duoga qoʻl ochar, asra Alloh der.
Xar joyda qoʻllagin, boʻlgin madadkor.
Doimo baxtimga omon boʻlsin der.
Olisda bizni ham, sogʻinganlar bor.

🌙Tuningiz osuda va tinch oʻtsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
Xayrli tong! 🌤

🌸Baxtli insonlar orasida biz xam yana bir tongni qarshi oldik!🌸

🤲 Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

😊 Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq boʻlsin, azizlar!

☝️ Alloh roziligiga yetishishlikni barchamizga nasib aylasin. 🤲

🤲 Jannati firdavsiylar makoningiz boʻlsin!

Payshanba tongi muborak❤️

❤️
T.me/Sherlari_Sevgi 🌸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

4 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
🔥 Diqqat Diqqat.

🫵🏻  Siz endi yaqinlaringizga  yaxshi kunlarida kutilmagan qoʻngʻiroq  bilan
judayam esda qolarli, yoqimli,
hadyalarning eng yaxshisini bera olasiz!


🎙️🎙️ Tabriknoma
🎙️🎙️ Uzrnoma
🎙️🎙️ Tashakkurnoma
🎙️🎙️  Sogʻinch xati
🎙️🎙️  Dil izhorlari

Ushbu xizmatlar kutilmagan qoʻngʻiroq bilan yaqinlaringizga quvonch ulashishingizda yordam beradi!

Unutmang siz oddiygina deb oʻylayotgan narsa yaqinlaringizga bir olam shodlik,xursandchilik koʻzyoshlarini olib keladi!

🔈 Suhbat yozib olinadi va sizga ajoyib videorolik sifatida taqdim etiladi.

🌏 Xizmat koʻrsatish butun dunyo boʻylab amalga oshiriladi.
Marhamat murojaat qiling xizmatingizga tayyormiz .

Xizmat narxi Oʻzbekiston ichida
50 ming soʻm,chet elga 70 ming soʻm.

Admin bilan bogʻlanish:

@Tabrikvadilizhor

Telegram manzilimiz:
http://t.me/tabriknoma87
NEGA BUNCHA ARAZ  QILASAN

Chiqarmaysan nechu hech sado,
Ishqingda sen qilding-ku gado,
Bu ketishda bo‘laman ado,
Nega buncha araz qilasan?


Nima qildim aytaqol senga?
Kelmaydimi hech rahming menga?
Tegmadimi yolg‘izlik jonga?
Nega buncha araz qilasan?


Ginalarni hech foydasi yo‘q,
Sevgi shunday qoidasi yo‘q,
Bo‘ldi mendan ko‘ngling bo‘lsin to‘q,
Nega buncha araz qilasan?


Qo‘ng‘iroqqa javob beraqol,
Osmondamas yerda yuraqol.
Arazlashni mendan ko‘raqol,
Nega buncha araz qilasan?


Hammamiz ham omonat jonmiz,
Momo Havodan tug‘ishgan qonmiz,
Bugun bormiz ertaga yo‘qmiz,
Nega buncha araz qilasan?


Nima qildim aytaqol senga,
Kelmaydimi hech rahming menga,
Tegmadimi yolg‘izlik jonga,
Nega buncha araz qilasan?

Karimbek Asatullayev
04.07.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Onamni asragin 🥀🥀🥀
Muallif Solihabegim
ONAMNI SEN ASRAGIN, XUDO

Mehri daryo mehribonginam,
O‘zi oppoq, qalbi pokkinam,
Qadrligim yagonaginam,
Onamni sen asragin, Xudo.

Quvonch bilan otar har soat,
Ular bo‘lsa yonimda faqat,
Har soniya-yu daqiqa rohat,
Onamni sen asragin, Xudo.

Ko'zim ochib, uyg‘onsam sahar,
Boshim silab turar har mahal,
Chiroylikda mehri na qadar,
Onamni sen asragin, Xudo.

Goho fe'lim, goh yomon tilim,
Bildirmaydi hech kimga aybim,
Siqilsam gar oladi ko‘nglim,
Onamni sen asragin Xudo.

O‘ylamapman, qilibman jabr,
"Bolam" deya qildida sabr,
Bunchalar ham bo‘ldim toshbag‘ir,
Onamni sen asragin, Xudo.

Hoy-havasga uchib ovora,
O‘zgalarga bo‘ldim parvona,
Ular kutdi qalblari yona,
Onamni sen asragin, Xudo.

Goho koʻzin yoshladim, ketdim
Doʻstlarni-yu baxtiyor etdim
Undan ketdim, qayerga yetdim?
Onamni sen asragin, Xudo.

Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoni)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
****

Seni unutaman.. dedim ming bora
Izlamayman dedim oʻzimga oʻzim.
Ne qilay izladi...tun kabi qora
Sening koʻzlaringni sogʻingan koʻzim.

Qaramaysan dedim boqmaysan boshqa,
Boʻlaklab tashladim suratlaringni.
Ming yillar naridan topib.. quchoqlab,
Tiriltirib oldi siyratlaringni.

Oʻchirib tashladim hamma xabarni,
Hamma hammasini koʻksimdan otdim.
Toparman degandim endi halovat,
Ammo oʻsha mahal...nedir yuqotdim.

Yoshlarim koʻzimdan shashqator boʻlib
Sogʼinch ummoniga tizilib ketdi
Bilmadim ne edi boʻgʼzimga toʻlib,
Koʻksimda nimadir uzilib ketdi.

Tanimdan madorim holsiz yiqildi,
Vujudim tamoman muzlay boshladi.
Holin yomonligin aytmoqchun yurak,
Sening raqamingni izlay boshladi.

Men seni qandayin unutaman yor.....

✍️Zulfiya Raimova
🎙Erkayeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sog'inch hosil qilar ulkan kemtikni,
Zavq olar diydordek oliy zafardan
Onamning ko'zlari menga entikdi
-Bolam qachon kelar deya shahardan..)

Ko'zlari miltirar qo'rquvdan cho'chib,
O'ylantirib qo'yar ushbu hikoya..
Yashamay qo'yganlar o'zlari uchun.
Bag'riga bossalar meni kifoya

Naqadar yoqimli diydorning hidi..
Istara tabassum oftobda kelar..
O'zimman onamning yolg'iz umidi..
Soxta odamlarku atrofdagilar.

Mehrning taftini turar ko'rsatib,
Xudo nasib qilgan she'rlarni yozish..
Bitta niyatim bor ko'zyoshin artib
"Ona keldim" deya bag'rimga bosish..)

Faxriyor Baxtiyorov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙ERTAGA JUMA 🌙
      🌙🌹 XAYRLI TUN🌹🌙

🌿🌺Alloh xonadoningizga nur. Dardingizga xuzur.
Oilangizga baxt saodat.
💫Xidoyatli chiroyli umr.
💐Ishingizga omad.
💫Qo‘lingizga xalol daromad. 🌙Yaqinlaringizga quvonch. Bir birimizga ishonch. Dasturxoningizga barokat ato etsin.
🌙Aʼlo kayfiyat doimo xamroxingiz boʻlsin

🌸Tuningiz xayrli fayzli mazmunli oʻtsin!!!!!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹ASSALOMU ALAYKUM!🌹
    ▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔
       🌹JUMA MUBORAK!🌹    
    ▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔

🌹Otayotgan goʻzal tong muborak!
🌹Orzular ushaluvchi kun  muborak!
🌹Qalbni tozalovchi shu on muborak!
🌹Eng qadrli ayyom Juma Muborak!

🌹Peshinga bosh egib, ahli musulmon,
🌹Joynomoz ustida niyat qilishsin.
🌹Oʻziga soʻrashsin rizqu roʻz, iymon
🌹Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!


🌸 Sevgi She'rlari kanali!
T.me/Sherlari_Sevgi
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh!

OTAJONIM ❤️🕋❤️
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!
Ikki dunyo saodatini tilayman!

Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!

Allohumma solli ʼala sayyidina Muhammadin va ʼala ali sayyidina Muhammad!

Barcha yaqinlaringiz uchun
Tabriklar👇


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh!

ONAJONIM ❤️🕋❤️
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!
Ikki dunyo saodatini tilayman!


Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!

Allohumma solli ʼala sayyidina Muhammadin va ʼala ali sayyidina Muhammad!

Barcha yaqinlaringiz uchun
Tabriklar👇


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj