Sevgi She'rlari
15.6K subscribers
11K photos
5.5K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

2 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
❤️‍🔥 Sogʻindim-da 💔

Oyday toʻlin jamolingni,
Takalluf-u kamolingni,
Har on qumsab visolingni,
Sogʻindim-da😔

Kechalari bedor boʻlib,
Davosi yoʻq bemor boʻlib,
Yoʻllaringga zor-zor boʻlib,
Sogʻindim-da 🥺

Aytay gapim togʻrisini,
Qalbi qaynoq, bugʻlisini,
Yurakkinam oʻgʻrisini,
Sogʻindim-da 🥹

Changin artib tovonimni,
Axtarib toʻrt tomonimni,
Yakkagina yomonimni,
Sogʻindim-da 😢

Oʻzim yoʻqlab borolmasdan,
Koʻngilchasin ololmasdan,
Yonida bir qololmasdan,
Sogʻindim-da ☹️

Armonlarda yonib-yonib,
Oʻzligimdan tonib-tonib,
Ming hayolga borib-borib,
Sogʻindim-da 😞

Koʻrib Mashrab ming kunini,
Oromi yoʻq har tunini,
Hayotimni mazmunini,
Sogʻindim-da 😭

Mumtozbegim

17.02.2024 yil 18:50

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Kunlik davomatni boshlaymiz☝️
Hamma jim bolsin🤫
–Demak qayg'u?
–Shu yerdaman!😊
–Alam?
–Shu yerdaman!☺️
–Hasrat?
–Shu yerdaman☺️
–Ishonch?
–Keldim🙂
–Nega kamnamosan?🤔
–Ana o'rnimga gumon kelmoqdaku🥺
–O'zing kel.!🤨
–Harakat qilaman😔
–Sevgi?❤️
–Shu yerdaman darsni online kuzatmoqdaman😶
–Qanaqasiga online kuzatasan real hayotda kelsang bo'lmaydimi?😟
–Hayotda qadrim qolmayapti online ekanligimga ham shukur qiling sal kam zotimiz qidirilmoqda so'ngi avlodman o'zi...😔
–Vafo?
–.....
–Vafo dedim😠
–.....
–Yana kelmadi🤦‍♀
–Ishonch Vafo nega kelmayapti?🤔
–Ustoz ular odamlar orasida yurmay qoygan...😔 Uni qadrini bilgan hayvon kuchuklar bilan yashamoqda...😐
–Obbo Uni egizagi ".......... qani?😒
–....
–Qani .......?😳
–Jurnalga ustidan chizib qo'ying u o'z joniga qasd qildi...😞

Men sizlarning o'qtuvchingiz XXI asr . Sizlarga yangi sinfdoshlar olib keldim...!😕 Tanishing "Ajralish va Hiyonat"...💔 Ular XXI asrning eng faol o'quvchilaridir...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Telegramni yomonlar.
Yuzlab minglab insolar.
Telegramda sen ila
O'tmoqda totli onlar!

Rashk qilasan ko'rib sen,
Menda yuzlab chatlarni,
O'chirib tashlang deysan,
Menga kelgan xatlarni!

Guruhlarning ichida,
Kaminani izlaysan,
Jahling chiqsa sensirab,
Boshqa vaqtda sizlaysan,

Yig'lamagin jonginam,
Xatlar o'zi keladi,
Chiroylimanmi deyman,
Qizlar meni sevadi!

Hamma narsa qil biroq,
Qora ro'yxatga solma,
Sendan yurolmam yiroq,
Keyin armonda qolma!

Xazillashdim Laylim
Qalbimni durdonasi,
Yur ketamiz uzoqqa,
Xa. Joningdan onasi!

Qara beg'ubor qizcha,
Chiroyligim guloyim.
Bizga shirin farzandlar.
Xadya etsin Xudoyim!

Kel yonimga sevgilim.
Birga o'ynaymiz Shaxmat,
Bizlarni uchrashtirgan.
Telegramga ming rahmat!

@Sherlari_Sevgi
Har bir oshiq boqqa kirsa bir gul tanlar, 
Nolalari qalbiga mos bulbul tanlar, 
Odamlarga parvo qilmang, odamlarga, 
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko‘ngil tanlar.

Yoshim o‘tgach sevdim desa hayron bo‘lmang, 
Sochingdagi oqni sana deya kulmang,
Zinhor o‘tgan yillarni siz hisob qilmang, 
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko‘ngil tanlar.

Sevmaganlar shirin baxtni qaydan bilsin, 
Dili yo‘qlar bu ne’matni qaydan bilsin, 
Bag‘ri muzdar muhabbatni qaydan bilsin, 
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko‘ngil tanlar.

Sevgi sizdan so‘rab eshik qoqmas ekan, 
Ko‘ngil so‘zin aslo aql uqmas ekan, 
Bilsangiz u tosh yurakka sig‘mas ekan, 
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko‘ngil tanlar.

Ahat Qayum

@Sherlari_Sevgi
ENG KICHIGI BOʻLSANG UYINGDA.


Har ne boʻlsa chopqila yugur.
Hamma aytgan ishlarga ulgur.
Ahvoling shu oʻtar bir umr.
Eng kichigi boʻlsang uyingda.


Izlaganin topishing kerak.
Hoʻp yugurib chopishing kerak.
Bajarib sen yopishing kerak.
Eng kichigi boʻlsang uyingda.


Bozor tomon izing solmaysan.
Biror yangi kiyim olmaysan.
Eskisidan boʻyin tolmaysan.
Eng kichigi boʻlsang uyingda.


Buyruq kelib tushaverar qat.
Qani koʻrchi buni etib rad.
Boʻysinasan noiloj har vaqt.
Eng kichigi boʻlsang uyingda.


Mashinani yuvgani ham sen.
Qoʻy ortidan quvgani ham sen.
Chopqilashda senga kelmas teng.
Eng kichigi boʻlsang uyingda.


Erkalanib olasan onda.
Ota onang oʻtirib yonda.
Hammasiga chopish yomonda.
Eng kichigi boʻlsang uyingda.


Hulkaroy Hojamovna

Kichik uka singillarimizga yuborib qoʻyamiz😊😊

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
YOLG'IZLIGIM BILMAYSIZMI

Sizdan olis yiroqdaman,
Yurak qumsar ko'zingizni.
Qalbim yonar firoqdaman,
Ko'rgim kelar o'zingizni.

Yurak yutib borolmayman,
Tag'dir yo'lim to'saverar.
O'zgasini sevolmayman,
Yurak sizni kutaverar.

Yolg'izligim bilmaysizmi.
Bilib atay kelmaysizmi.
Ko'zlarimni bir quvnatib,
Kelib xursad qilmaysizmi.

Keling yana shamol bo'lib,
Sochlarimni mayin silab.
Keling yana oydek to'lib,
Yuzingizga to'yay qarab.

Kutaverib madorim yo'q,
Kelib dardim olmaysizmi.
Sizdan boshqa sevganim yo'q,
Siz ham menday sevmaysizmi.

Yolg'izligim bilmaysizmi.
Bilib atay kelmaysizmi.
Ko'zlarimni bir quvnatib,
Kelib xursad qilmaysizmi.

@Sherlari_Sevgi
Forwarded from Menejer Malohat Polvonova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻZIMNI JONIM ONAM

Eng mehribonim onam,
Yaxshi insonim onam.
Baxtimga omon boʻling,
Oʻzimni jonim onam.

Ikki koʻzimning nuri,
Yuragimning huzuri.
Hayotimning sururi,
Oʻzimni jonim onam.

Mehri buloq soyligim,
Ikki dunyo boyligim.
Duogoʻy chiroyligim,
Oʻzimni jonim onam.

Erkalab yaxshilagan,
Boshlarimni silagan.
Doim baxtim tilagan,
Oʻzimni jonim onam.

Uyim fayzi humorim,
Mening qalbi gulzorim.
Xudo bergan tumorim,
Oʻzimni jonim onam.

Ibrat umri sarifta,
Bolam degan har ishda.
Poyi jannatim farishta,
Oʻzimni jonim onam.

Har nafas rozi qilay,
Boshimni toji qilay.
Men oʻzim hoji qilay,
Oʻzimni jonim onam.

Odilbek Qodirov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

🌙Baʼzida dardlar davo boʻlishi mumkin. Sen bilmaysan Alloh esa bilguvchidir.

🌙Oʻtkinchi bu dunyoni nimasiga siqilayapsan qadrdon.
🌙Axir na bu dunyo va na u dunyoni ishlari siqilishga arziydi...
🌙Hammasini yaratganga qoʻyib ber.
🌙Hayotingda biror muammo sodir boʻldimi demak bunda sen uchun bir hayr bor!...

🌙Tuningiz osuda oʻtsin!
  Hayrli tun qadrdonlarim!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃🌹ASSALAMU ALAYKUM!🌹🍃

🌹 Agar huzuringizga yangi kun tashrif buyursa…

🌹 Uni gunohlar bilan ranjitmang! Chunki u hech qachon qaytib kelmas Mehmondir…

🌹 Gʻanimat Mehmonga “Xush kelding” deb ayting…
Soʻng farzlarni goʻzal bajarishlik, sunnatlarni chiroyli ado qilishlik, Qurʼonni tilovat qilishlik va tavbani yangilashlik ila Uni ikrom qiling! ☺️🌹

🌹 Zero, mehmonini xursand qilib, yaxshi taasurotlar bilan kuzatish moʻminga xos xislatlardandir!

🌹 Subhanalloh!
🌺 Alhamdulillah!
🌸 Allohu Akbar!
🌼 Laa havla va laa quvvata illa billah!

http://T.me/Sherlari_Sevgi 🥰
http://T.me/Sherlari_Sevgi 🥰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

3 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
O'zimga

Yer yutdiku inshootlarni,
Suv ostida qoldi bu makon.
Aytib zikr-u salovatlarni,
Qachon tavba qilasan inson?

Jon bo'g'zingga tiqilgandami?
Tog' poyingga yiqilgandami?
O'lik qayta tirilgandami?
Qachon tavba qilasan inson?

Mayin essa gunoh shamoli
Aldamasin dunyo kamoli
Maqsadingku Alloh jamoli
Qachon tavba qilasan inson?

Savob bog'in aylagin gulzor,
Kimsaga hech yetkazma ozor,
Bilsang dunyo besh kunlik bozor,
Qachon tavba qilasan inson?

Mazlum qolma,ul kunda harob,
O'z kibringni sindir,qil yakson
Oson kechsin savol-u javob,
Shu on tavba aylagin inson?

Dilnura

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iyul oyida tugʻilgan mashhurlar

Iyul oyida tugʻilgan tanishlarga yuborib qoʻying☺️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Bugun begonasan,menga begona
Baxtim deb oʻylabman ekansan sarob
Seni sevganman deb qoʻygin aldama
Yuragim muzlagan chekib iztirob

Bugun begonasan, menga begona
Qaynoq bagʻring tafti endi isitmas
Aytgan soʻzlaringdan yurakda yara
Qancha urinsangda u yara bitmas

Bugun begonasan, menga begona
Endi yonginamda yura olmaysan
Kechagina sen uchun edim yagona
Bugunchi koʻzimga qaray olmaysan

Bugun begonasan, menga begona
Endi qoʻllarimdan tutmas qoʻllaring
Sensizlikka ancha koʻnikdim qara
Men bilan tutashmas endi yoʻllaring

Bugun begonasan, menga begona......

@Sherlari_Sevgi
Yurakkinam urib tur ozroq
Azoblardan qutqaray seni
Bunga imkon bor hali biroq
Ne ilojim bor aytgil meni

Yurakkinam urib tur ozroq
Otam onam yig'lab qolmasin
Ketib qolsam savobim ozroq
Oxiratda pand yeb qolmasin

Yurakkinam urib tur ozroq
Hali hajga bormoq niyatim
O'ylab ko'rsam ishlarim bisyor
Fursatlarim erur sirotim

Yurakkinam urib tur ozroq
Do'stlarimda qolmasin armon
Qalbim yana quloq sol ozroq
Men ham dardga bo'layin darmon

Yurakkinam urib tur ozroq
Men osmonni quchib olayin
Qanday ajib bebaho tuproq
Bir siqimin tutib qolayin

Dilnura

@Sherlari_Sevgi
Audio
SINGLIM

Oydan goʻzal tarovatin bor,
Shodlik koʻrgin boʻlmagin xech xor,
Rahmon egam boʻlsin senga yor,
Dunyo ichra goʻzal singlim bor!

Bogʻlar aro gullar teraman,
Singlim bor deb koʻkrak keraman,
Ul yoqtirgan guldan teraman,
Goʻzal siynim bor deb yuraman!

Barchinoy deb qosh koʻzlariga,
Shirin shirin bol soʻzlariga,
Aylanayin nur yuzlariga,
Qadam bosgan bu izlariga!

Ozod diyor xur farzandisan,
Yashnab turgan gular bandisan,
Kelajakni zoʻr dilbandisan,
Dono zuko mexribon singlim!

Menga koʻp yaxwiliklar qilgan,
Dard kelsa gar yonimda boʻlga,
Gʻamgin boʻlsam ranglari soʻlgan,
Meni asal singiljonim bor!

Sochlarini silasam mayin,
Menga mexri tushushi tayin,
Doim baxtin koʻrganim sayin,
Baxat xaqida kuylayman kuyin!

Jannat tomon oshiqa boshla,
Quron oʻqib koʻynini gʻushla,
Rabim bor deb koʻzlaring yoshla,
Salovat aytib, Rasulim esla!

Oxratda imonimiz but,
Nurli ildam kelajakni kut,
Yomondan qoch ezgu qoʻldan tut,
Maqsad sari intilgin singlim!

Solihabegim
(Dilafruz Shaxrixoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
NIMA DESANG TOʻYGACHADUR HOʻP

Biroz oshgandayin nozlaring
Koʻngling uchun kunda yugur chop.
Orzularing sanoqsiz son ming.
Nima desang toʻygachadur hoʻp.

Koʻtaraman erka yorimsan.
Taqdir topgan yolgʻiz borimsan.
Yolgʻondakam ichsam ham qasam
Nima desang toʻygachadur hoʻp.

Tishilarimni qoʻyaman tishga
Buncha orzularing bitmas koʻp
Bir kun oʻtar kirganday tushga.
Nima desang toʻygachadur hoʻp.

Ha ayyorsan yomon ayyorsan.
Har istakka aytmoq tayyorsan
Hozirchaga nozlangan yorsan.
Nima deysang toʻygachadur hoʻp

Oʻynatasan chalib nogʻorang.
Asablarim qilgancha tarang
Chidayapman toʻygacha arang.
Nima desang hozirchaga hoʻp.

Keyin meni qidirginchi top😁

Hulkaroy Hojamovna

Albatta hazil😉

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Seni qanday aldashim mumkin..?

Komila qiz
🎙Erkayeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

Hayot yoʻllarida, suyanchiq boʻling.
Intizor kutadi, tunlari bedor.
U bilan bir umr, baxtlarga toʻling.
Olisda sizni ham, sogʻinganlar bor.

Duoga qoʻl ochar, asra Alloh der.
Xar joyda qoʻllagin, boʻlgin madadkor.
Doimo baxtimga omon boʻlsin der.
Olisda bizni ham, sogʻinganlar bor.

🌙Tuningiz osuda va tinch oʻtsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
Xayrli tong! 🌤

🌸Baxtli insonlar orasida biz xam yana bir tongni qarshi oldik!🌸

🤲 Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

😊 Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq boʻlsin, azizlar!

☝️ Alloh roziligiga yetishishlikni barchamizga nasib aylasin. 🤲

🤲 Jannati firdavsiylar makoningiz boʻlsin!

Payshanba tongi muborak❤️

❤️
T.me/Sherlari_Sevgi 🌸