Sevgi She'rlari
15.6K subscribers
11K photos
5.5K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Koʻnglimzga koʻmilganlar bor
<unknown>
KOʻNGLIMIZGA KOʻMILGANLAR BOR

Dunyosi dard bozori boʻlgan,
Koʻz yoshiga choʻmilganlar bor.
Bevafolar mozori boʻlgan,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

Sevgi sariq chaqa bir tiyin,
Kuydim endi qanday ishq deyin.
Avval rosa sevilib keyin,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

Yodin eslab yurishlik uchun,
Pinxon suhbat qurishlik uchun...
Kunda yoʻqlab turishlik uchun,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

Alvido deb ism yoshiga,
Yozib qoʻydik qabr toshiga.
Oʻlim kelmay turib boshiga,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

Aytishgancha ayriliq gapin,
Toʻldirdi bevafolar safin.
Ketgan kuni qilingan dafin,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

Sevgan edik devona boʻlib,
Bugun qoldik begona boʻlib.
Faqatgina biz uchun oʻlib,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

Yuragimni qabriston bilib,
Qabr qazib ex tilib tilib.
Sevgimizni kafanlik qilib,
Koʻnglimizga koʻmilganlar bor.

✍️ Odilbek Qodirov
🎙 Sherxon Rasulov

Shaxsiy Blog |
✈️ @Sherxon_Rasulov
Va'da bergin (Official Music Video)
Odil O'ktam
Mensiz baxtli bo‘larmikansan!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

🔥Sevma degandimku...

Endi armonlaring boʻyningga tumor,
Endi sogʻinchlari qiynaydi humor,
Bekorga ishq bilan oʻynading qimor,
Sevma degandimku senga birodar...

Ogʻriqlar alamlar boshlanishini,
Yuraging hijronga tashlanishini,
Aytgandim koʻzlaring yoshlanishini,
Sevma degandimku senga birodar...

Sarsonsan koʻnglidan topolmay vafo,
Muhabbat doim ham safomas-safo,
Koʻr ana joningga chektirding jafo,
Sevma degandimku senga birodar...

Adashib yuribsan firoq choʻlida,
Boshginang qolibdi dardlar doʻlida,
Yuraging oʻyindir uning qoʻlida,
Sevma degandimku senga birodar...

Nafas yetmagandek tuyilyaptimi,
Qalbingga oʻkinchlar quyilyaptimi,
Koʻksingning bir qismi oʻyilyaptimi,
Sevma degandimku senga birodar...

Sabr qil yo dardlar yo umr oʻtar,
Bunchalar nolima qaddingni koʻtar,
Bir kuni chin sevgi qoʻlingdan tutar,
Sevma degandimku senga birodar...

Aytgandim koʻzlaring yoshlanishini...
Sevma degandimku senga birodar...

📝
Muallif: Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang!!!
Nogahon qoqilip ketdimmi toshga
Ketma-ket savdolar tushdimi boshga
Aybdor yoʻq erur oʻzimdan boshqa
Demakki gunohim, xatolarim bor.

Ishlarim yurishmay oqsab qoldimmi
Kim hayotdan hadyab, zarba oldimmi
Qayg'uga koʻmilib oʻyga toldimmi
Demakki gunohim, xatolarim bor.


Kim pulga, kim gulga, kim bir dilga zor
Baxt qolib boʻldimmi dardga xaridor
Bu dunyo asli bir savdoli bozor,
Demakki gunohim, xatolarim bor.

Oydin Joʻrayeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xotinga hazil qimmatga tushdi😂

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

Chiroyli gulni, yoqimli kechani, yaxshi doʻstni har kim xohlaydi. Muhimi gulni tikoni bilan, kechani zulmati bilan, doʻstni barcha kamchiligi bilan seva bilishdir.

🌙 XAYRLI OQSHOM AZIZLAR.
DAM OLISH KUNINGIZ YAXSHI OʻTTIMI.
OQSHOMINGIZ XAM KOʻNGILDAGIDAY OʻTSIN.

🌙 MEN SIZLARNI OLLOH UCHUN YAXSHI KOʻRAMAN AZIZ MEXRIBONLARIM!!!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸ASSALOMU ALAYKUM!💐

Boshlab olgan yangi kuningiz muborak boʻlsin! Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!🤲

🍀 Qalbingiz iymonga,
🍀 Uyingiz quvonchga,
🍀 Yuzingiz nurlarga,

🌸 Kuningiz hayrli solih amallarga toʻla boʻlsin!🤲

💐 Xonadoningizni fayzu-barokat tark etmasin!🤲


☀️ XAYRLI TONG☀️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🌸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

24 - I Y U
N
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QADRDONLAR ASSALOM

Yaxshi niyatni qilgan,
Topganini ilingan,
Hurmatimizni bilgan,
Qadrdonlar, assalom!

Qalbdan qilib ibodat,
Tilagansiz siz omad,
Borligingiz — bu ham baxt,
Azizlarim, assalom!

Allohim rizqlar berib,
Yuribsiz asta terib,
Har bir ishga ulgurib,
Qadrdonlar, assalom!

Ikki qaro koʻzlarim,
Tili shirin soʻzlarim,
Chiroyligim, yuzlarim,
Azizlarim, assalom!

Sizga tilay tillo taxt,
Xotirjamlik, tinchlik, baxt,
Bekor oʻtmasin hech vaqt,
Qadrdonlar, assalom!

Qor yogʻmas qovogʻidan,
Mehrli bulogʻidan,
Sizlar Jannat bogʻidan,
Mehribonim, assalom!

Kunda bir bor yoʻqlayman,
Sizga sogʻliq tilayman,
Tinchligingiz bilay man,
Qadrdonim, assalom!

Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoni)

🎙Shaxina

♥️💕 HAYRLI KUN AZIZLARIM!!!


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
OLLOHIMGA OMONAT!

Bir neʼmatsan sabrim uchun berilgan,
Qayda boʻlma sogʻ yursang bas salomat.
Soyangni xam ishonmasman hech kimga,
Shu soyang xam Ollohimga omonat!

Urib turgan yurakkinam madori,
Senga aslo qilmagayman xiyonat.
Bilamanki yuragingda oʻrnim bor,
Shu yuraging Ollohimga omonat!

Duolarim, tilaklarim egasi,
Kechmagayman  kim qilsada malomat.
Ne boʻlsada baxting koʻrib shod yashay,
Kulgularing Ollohimga omonat!

Sensiz kimman oʻzing ayt bu jahonda,
Sendek boʻlmas xatto yuz ming tumonat.
Xammadan xam kerakligim oʻzingsan,
Xatto  mehring, Ollohimga omonat!

Rabbim sendan ayirmasa boʻlgani,
Sensiz qolsam boshlanadi qiyomat.
Yoningdaman unutmagin doimo,
Har nafasing Ollohimga omonat!

Movludabonu Imomnazarova

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Shoxruxbek Ergashev-Alam Ekan (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
🎶Shoxruxbek Ergashev-Alam Ekan

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ONA MEHRI

“Bolam”  degan quchoqlarga,
Yayrab ruhim chopolmadim.
Yukindim ne puchmoqlarga,
Onam mehrin topolmadim.

Bagʻrim nurga tutashtirgan,
Qadrim zarga oʻxshashtirgan,
Qalbga sheʼrday otash  bergan
Onam mehrin topolmadim.

Qayga ketdi ul moʻjiza?
Avrar ajuj-u,  maʼjuja,
Basir boʻldi masrur mijja-
Onam mehrin topolmadim.

Borliq aro   bagʻrim giryon,
Dahr aro davrim bir yon,
Sogʻinch toʻla hovrim uryon-
Onam mehrin topolmadim.

Keldi davru davron toʻkin,
Har yon molu  karvon toʻkin,
Topolmadim,  teppa- tekin-
Onam...
Mehring  topolmadim.

Maqsuda Karimova

23.06.24.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iyun oyida tug‘ilgan mashhurlar!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SOGʻINTIRAY SENI GULCHEHRA

Yozmay qoʻyib oʻzimdan bilib,
Tunlaringni bedorlar qilib,
Yigʻlatib xoʻp bagʻringni tilib,
Sogʻintiray  seni  gulchehra.


Kirmayapsan sira soʻzimga,
Tik boqasan doim koʻzimga,
Zor qilib, eh, seni izimga,
Sogʻintiray seni gulchehra.


Yuragimni otding-ku yoʻlib,
Sensizlikdan qoldi u soʻlib,
Ustingdan bugun bir kulib,
Sogʻintiray seni gulchehra.


Yaproq ochmay bugun soʻlasan,
Tiriklayin hatto oʻlasan,
Balki, keyin odam boʻlasan,
Sogʻintiray seni gulchehra.


Kirmayapsan sira soʻzimga,
Tik boqasan doim koʻzimga,
Zor qilib, eh, seni izimga,
Sogʻintiray seni gulchehra.

🖊- Karimbek Asatullayev

24.06.2024


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Arsh guli Rayhon...

Bir oshiq qanchalik, bólar bilmadim,
Balkida Majnun-u, Farhod talabgor
Va lekin yurakka, otashdek manim
Ishq tushdi shu zamon, ahvolim abgor

Yóq yoʻq, qandaydir bir gózal qiz emas
Zulayho husnidan emas yurak qon
Moziydan daragin eshitib bir pas
Oshufta otashga shóngʻidim chunon

Demishlar jannatiy ruxsor bor emish
Firdavs makoni oshiyon abad
Kavsar Har lahzada Unga yor emish
Har tomchi soʻylarmush,bu sof muhabbat

Rayhon deb nomini zikr etdilar
Tamoman takrori yoʻq emish ey voh
Garchi tasviriga doston bitdilar
Lek uni koʻrgan yoʻq, yo nada guvoh

Molik ul Rayhonni yaratdi shundoq
Poyasi billurdan, barglari kumush
Subhida shudring ham tusharkan biroq
Tomchilar marvarid hamda dur emish

Shunday bir yaproqki, bejirim gavhar
Iforin soʻylamoq qanchalar goʻzal
Atrofga mushkini yoyar har safar
Malaklar sarxushdek mast boʻlgan azal

Sevgi deb atamang dildagi zorim
Hattoki muhabbat deya kamsitmang
Buni ishq deydilar, pinhona yorim
Diydor ham uzoq deb jonga tigʻ suqmang

Dunyodan kerakmas zarracha davlat
Demangki:"Xom xayol kalimang bori"
Sulaymon taxti ham yoʻllasa da'vat
Menga diydor afzal ,Rayhon diydori

Jannat goʻzalligi u bilan boʻlak
Samo Shohligining husni mujassam
Menchi bu Rayhonning oshigʻi demak
Allohga qasam bu Allohga qasam

Shunchalar telbaga aylandim nahot
Yusufning husnidan tondim shu zamon
Yo  Rahmon dardimga vaslidur najot
Meni maftun qildi Arsh guli Rayhon!

Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

Eslatma! Biror sahih hadisga tayanmagan holatda yozildi. Bu shunchaki mubolagʻa va tasavvur!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Forwarded from ❦ 𝙈𝘼𝘿𝙄𝙉𝘼 𝘼𝙕𝙄𝙕𝙊𝙑𝘼 ❦ (𝙤𝙞𝙡𝙖𝙡𝙞)
🔠🔠🔠🔠🔠 🔥🔥🔥

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔔🔔🔔

🔠🔠🔠🔠🔠  🔠🔠🔠🔠🔠

🔠🔠🔠🔠   🔠🔠🔠🔠❤️❤️

𝐁𝐄𝐙𝐀𝐑𝐀𝐑 𝐎𝐙𝐈𝐍𝐆 𝙑𝙖 𝙎𝙀𝙈𝙄𝙍𝙄𝙉𝙂  
  1️⃣0️⃣0️⃣🔣
❤️❤️❤️
🟥𝐎𝐘𝐃𝐀 🟥🟥🟥🟥𝐊𝐆 𝐎𝐙𝐈𝐒𝐇 𝐒𝐈𝐑𝐋𝐀𝙍𝙄

YUZDAGI DOG'LAR,SEPKILLAR,AJINLAR
SOCH TO'KILISHI
TUG'RUQDAN KEYIN QORIN OSILISHI
BOLALARDA GIJJA
Bel oĝrigii va bòĝimlar oĝrigi
Davlenya


Kansultatsiya bepul👩‍💻📝

https://t.me/NL_Farzonka
https://t.me/NL_Farzonka
https://t.me/NL_Farzonka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aslida hech kim band emas, Shunchaki muhimrog'i siz emas..💔

Kerak emasman😔

Ishoning afsona, ertak emasman,
Oʻyinchoq emasman, ermak emasman,
Meni sevganlarni sevolmaymanu...
Menga keraklarga kerak emasman!

Bu gʻalat dunyoda taqdirlar chalkash,
Aytganim izhor-u, qaytgani qargʻash,
Sohta mashxur odam, bedil qalamkash,
Menga keraklarga kerak emasman!

Kimgadir pul kerak, kimga baxt kerak?
Kimlarga saroy-u tillo taxt kerak,
Men uchun ozgina: suyanch, shaxd kerak,
Menga keraklarga kerak emasman!

Foyda koʻzlamayman inson zotidan,
Sevinib yuraman hatto dodidan,
Ismim ayrilmasa edi otidan,
Menga keraklarga kerak emasman!

Mumtozbegim

10:14.  27.09.2023 y

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

💫Hayot goʻzalligini hech his qilganmisiz? Tongda otgan quyoshni, shomda botgan quyoshni, yulduzlarni oylarni..? Bu chinakam moʻjiza!

⭐️Biz nafas olyapmizmi, tilimiz soʻzlayaptimi, qulogʻimiz tinglayaptimi, oyoqlarimiz yuryaptimi, aqlimiz fikrlayaptimi..? Demak tirikmiz! Mana shuning oʻzi moʻjiza emasmi!?

Hayot neʼmatlaridan bahramand boʻling azizlar.

🌙TUNINGIZ OSUDA OʻTSIN AZIZLARIM!!!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹​​Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh .
Ibodatlarini goʻzal bajargan qadrligim!!!

🌸🌹Xayrli tong qalbidagi Allohga boʻlgan ishqi uyqusidan kuchliroq boʻlgan moʻmin moʻminalarim.

🌷 Erta tongda dunyoning jamiki yaxshi narsalaridanda aʼloroq neʼmatga hamda 🌼Allohning himoyasiga erishishlik baxtiga muyassar boʻlgan azizlarim.

🌺Tongda qilingan zikr kuningizga fayz bagʻishlasin.

🌿Subhanallohi va bihamdihi
Alloh ibodatingizni dargohida qabul qilsin.

Subhanalloh
Alhamdulillah
Laa ilaha illalloh
Allohu Akbar.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi