Sevgi She'rlari
14.8K subscribers
10.8K photos
5.03K videos
9 files
11.5K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Yozmaysan... Yozmayman...

Mumtozbegim
🎙Komila

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ONAM BOR

Dunyolarga keltirgan,
Oʻzi yemay yedirgan,
Ne desam olib bergan,
Jannatim bor onam bor.

Onam borki kamim yoʻq,
Xursand boʻlsa koʻnglim toʻq,
Bostirmaydi aslo choʻgʻ,
Farishtam bor onam bor.

Bagʻrin bosib qoʻl choʻzsam,
Erkalatib bir oʻpsam,
Sogʻindim deydi bolam,
Kutib olar onam bor.

Baʼzan kutar nachora,
Yoʻl qaraydi bechora,
Topib borsamda chora,
Koʻngil soʻrar onam bor.

Qalbiz chekmasin ozor,
Olib borayin bozor,
Aylanamizda gulzor,
Chiroyligim onam bor.

Borliklari davlatim,
Soʻrar doim omadim,
Asalim shirin qandim,
Jannatim bor onam bor.

Mehribonim bor shundoq,
Ketmasin mendan yiroq,
Beminnatim qalbi oq,
Chiroyligim onam bor.

Baxtimga boʻlsin omon,
Mehnatda tinmas hamon,
Qoʻllagin Tangrim har on,
Farishtam bor onam bor.

Siz qalbim qoʻridasiz,
Uyimiz toʻridasiz.
Gʻamlarim aritasiz,
Bebaxodur, onam bor.

Jannatim bor onam bor.

Solihabegim
(Dilafroʻz Shahrixoniy


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бир бола исмини тескарисига
ўкиса ҳам бир хил экан.5 та
ҳарф. Изоҳ: «нон» тескариси
ҳам «нон». У бир жойдан сув
ичибди.Сув ичган жойи ҳам
тескарисига ўқиса бир хил.
Боланинг миллати ҳам шундай,
тескарисига ўқиса ҳам шундай.
Бола ов қилибди, овланган
ҳайвонни номи тескарисига
ўкиса ҳам бир хил.🤯
Диккат савол:
1) Боланинг исми.
2) Қаердан сув ичган.
3) Миллати.
4) Қандай ҳайвонни овлаган.
Ёрдам: Ҳаммаси 5 та ҳарфдан
иборат.🤔
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mening sevgim xech narsa emas uning uchun
Seni sevging unga hamma ishqdan ustun
Uni sevgin har doimgidan xam bugun
Suyganimni mendan ortiq suygin Robbim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SOGʻINAMAN

Erta-yu kech xayolimda yolgʻiz oʻzing,
Faqatgina seni janon sogʻinaman.
Sogʻinaman shirin soʻzing, shahlo koʻzing,
Oyyuzligim, mohitobon sogʻinaman.

Dunyolarga jar solmayman “Sevdim”, deya,
Seni dildan juda pinhon sogʻinaman.
Chin sevgimiz guvohiga aylansa bas,
Yulduzlarga toʻla osmon sogʻinaman.

Meni oʻyla, meni sevgin, menga dil ber,
Malikam boʻl, boʻlay sulton sogʻinaman.
Dunyoda eng baxtlilardan baxtli etay,
To tirikman tanamda jon sogʻinaman.

Suratingga boqib oʻylar surib uzoq,
Seni har kun, har dam, har on sogʻinaman.
Bu ne baxt-ki, seni koʻrmoq ilinjida?,
Kezib-kezib shahri Qoʻqon sogʻinaman

OʻRMONJON XOLYIGITOV

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Audio
🎵 Hosila Rahimova - Anor-anor

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
YURAGIMGA BOTAR JARANGING.

🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔

Doimgidek chalinsang bir on.
Yugursagu sinflar tomon.
Hammasidan buguning yomon.
Yuragimga botar jaranging.


Bu ayriliq sendandur ketmoq.
Hayot tomon seni tark etmoq
Soʻnggi martta soʻngi qoʻngiroq.
Yuragimga botar jaranging.


Quchogʻingda oʻn yil doʻst boʻlib.
Ulgʻayibmiz shohlikka toʻlib
Hayajondan bagʻrimni oʻyib.
Yuragimga botar jaranging.


Oʻttiz ikki sinfdosh inoq.
Boʻlib oʻsdik jigarday quvnoq.
Hayajonga boshlab qoʻngʻiroq.
Yuragimga botar jaranging.


Hayot sari yoʻlimiz boshlab.
Hayr debu ketamiz tashlab.
Qoʻngʻirogʻim koʻzimni yoshlab.
Yuragimga botar jaranging.


Hulkaroy Hojamovna ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI  TUN💫                                                 
🍃Kuningiz qanday oʻtgan boʻlsa ham, ertaga InshaAlloh chiroyli tong va fayzli kun bor aslo yoddan chiqarmang...

🌙Tuningiz osuda va xotirjamlikda oʻtsin.

⭐️Alloxga omonatsizlar tongda gʻoyibona diydor koʻrishguncha Azizlar.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃🌹Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!🌹🍃

🌹Yangi kun muborak!!!
Alloh har lahzangizga barakot bersin!

🌹Undan unumli foydalanishimizni nasib etsin!

Hamma ishda Alloh madadkor boʻlsin! 🤲

🌹Doim solihlar, baxtiyorlar, omadlilar qatorida qilsin!

🌹Kuningiz sermazmun fayzli va xayrli boʻlsin! Omin 🤲.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

18 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
DADA

Dard-alamni jim birga yutib,
Yaxshi kunlar kelishin kutib,
Qoqilganda qo‘limdan tutib,
Qo‘llab meni turdingiz, dada.


Sovuq suvga qulim urdirmay,
Faqat o‘qi derdingiz, dada,
Yangi kiyim olib hech kiymay,
Menga olib berdingiz, dada.


Ulg‘ayib to katta bo‘lguncha,
Ne kunlarni ko‘rdingiz, dada.
Karimbek shu kunga kelguncha,
Meni qo‘llab turdingiz, dada.


Bildirmayin sira kamimni,
Birga baham ko‘rdik g‘amimni,
Topmadim hech sizdek odamni,
Meni qo‘llab turdingiz, dada.


Kirsam ham balog‘at yoshga,
Yo‘l ko‘rsatib yurdingiz, dada.
Qancha kerak pul mana ol deb,
Meni qo‘llab turdingiz, dada.


Sovuq suvga qo‘lim urdirmay,
Faqat o‘qi derdingiz, dada,
Yangi kiyim olib hech kiymay,
Menga olib berdingiz, dada.

Karimbek Asatullayev

13.05.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Yomgʻir

Bu yil juda ogʻir kechmoqda
Bu yil juda koʻp yogʻdi yomgʻir,
Esingdami yomgʻirli kunda,
Ayirgandi bizlarni taqdir,

Endi koʻkdan tushgan tomchilar,
Yuragimni chertadi har kun,
Unut boʻlay degan toʻygʻuni,
Uygʻon deya turtadi har kun.

Diqqa nafas, azoblanar jon,
Koʻcha yomgʻir, tinmaydi hamon,
Ayriliq-ku tushgandi boshga
Endi qulab tushgudek osmon.

Yomgʻir yogʻdi koʻzda mayuslik,
Yomgʻir kabi yogʻildi armon,
Bir soyabon boʻlsa shu onda.
Kulgularim sogʻingan inson,

Boshim uzra uchmagin bulut.
Meni taqib qilma jurtaga,
Yoʻqsa olis ketaman bir kun,
Yomgʻir yogʻmas uzoq oʻlkaga.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'ralgan

Sen ko'nglimda, tanho malaksan,
Oshig'ingman sen deb o'rtangan.
Qo'lim yetmas misol falaksan,
Yolg'oningga chin deb o'ralgan.

Kapalaksan, -- men xushdan tonib...
Hatto guldan seni qizg'onib,
She'rlar yozdim ishqingda yonib,
Chiroyingga dilim o'ralgan.

Magal kulsang, kuchliroq suydim,
Dunyonimas bir seni tuydim,
Ming kechalar hajringda kuydim,
Kulguyingga sevinch o'ralgan.

Kutdim rosa kelishlaringni,
Mayli yolg'on sevishlaringni,
Yuragimda erishlaringni,
Kelishingga ishonch o'ralgan.

Bazan rashkdan bo'laman ado,
Yohud sen deb bo'lganman gado,
Muhabbatdan keldiku sado,
Rashk dardiga sabrim o'ralgan.

Sevdiribon sevmayin ketma,
Ishonchimni xor-u, zor etma,
G'o'r sevgimni boshiga yetma,
Sevgilimga sevgim o'ralgan.

Ishq jonidan -- jonim yaralgan !
Mehriddining senga o'ralgan.

Mehriddin Baqoyev.
18. 05. 2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🌿KETGANIGA ACHINMAGIN🌿

Nolimagin mansabingdan boʻlsang judo,
Koʻksing gʻajir qaygʻularga boʻlma fido,
Bir kun undan yaxshisini berar Xudo,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Qalbing asra, sinov yogʻgan doʻlda boʻlsa,
Sabr qilgin umring tutash yoʻlda boʻlsa,
Avaylagin, qadriga yet qoʻlda boʻlsa,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Hali sening baxtga toʻla payting kelar,
Xafa qilgan uzrini aytib kelar,
Yoʻqotganing ikki hissa qaytib kelar,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Unutmagin shu dunyoda borligingni,
Saroblarga fido qilma borligʻingni,
Tushkunlikda boy bermagin sogʻligʻingni,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Kuygan bilan, kuygan yurak aytgin netar,
Atrofingda qolgani ham senga yetar,
Peshonanga yozmagani ketsa ketar,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Shukr qilgin joning tongga yetganiga,
Ketganiga achinmagin ketganiga.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 XAYRLI TUN🌙

💫Qalbdan joy olish ham rizqdek gap.
Mening qalbimga rizqingiz qoʻshilgan boʻlsa siz joy olasiz, aksincha boʻlsa men.

💫Qalbingizdan hamisha qalbingizga yaqinlar, yuragingizga mador boʻladiganlar joy olsin..

💫Alloh barchamizni tinchlik ofiyatda yorugʻ tongga yetkazsin.

🌙 XAYRLI TUN AZIZLAR
💫

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹ASSALOMU ALAYKUM!🌹

🤲 Boshlab olgan yangi kuningiz muborak boʻlsin! Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!

🤲 Allohdan Oʻzingiz va Ota - Onangiz va sizga aziz boʻlgan barcha yaqinlaringizni magʻfirat qilishini soʻrayman!

🤲 Tongimiz - yaxshilik bilan boshlansin, xonadonlarimizdan tinchlik totuvlik, baraka arimasin.

🤲 Bu kunda Alloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga goʻzallik, rizqimizga baraka bersin!

💐🌸🌞XAYRLI TONG !😊🌸💐

Yakshanba tongi muborak boʻlsin!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

19 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
🎉 19 - MAY  “Farmasevtika xodimlari kuni”

Dorilari ila tanimizni, soʻzlari bilan qalbimizga malham beruvchi Farmasevtika xodimlarini bayram bilan muborakbod etamiz!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevishimga guvoh edi qancha oshiq.
Tanlab tanlab seni sevib xato qildim.
Yuragingda boshqasi bor bilmagandim.
Sevib boʻlib rashk oʻtida alam qildim.

Faryod chekdim togʻlar toshi qulab ketdi.
Xiyonatga chidolmadim osaymi dor.
Bu dunyodan boshim olib ketgim keldi.
Yana mendek azob chekkan qanchalar bor.

Koʻnglim bilan oʻynashdingmi zolim deymi.
Yoki meni aldoqchimmi yorim deymi.
Men oʻzimga rahmim keldi sevilmadim.
Armonimda, ozorimda borim deymi.

Yuragimni tomirlari qonab ketdi.
Tilka tilka boʻlindimi bilolmayman.
Ogʻriqlari jon jonimga yomon yetdi.
Bu ogʻriqdan men oʻzimga kelolmayman.

Malak  Siymo

Muallif huquqi himoyalangan ruhsatsiz tegilmasin


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SEVAMAN❤️

Sendan bitta iltimosim bor,
Hech yoʻq kunda eslagin bir bor,
Sogʻinaman, oʻylaginda yor,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Sen boʻlmasang, yorishmas chiroq,
Ketib qolma, iltimos yiroq,
Ayirmasin bizlarni firoq,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Bu yuragim toʻxtamay soʻrar,
Men yaxshiman degin, quvnar,
Gar yoʻq boʻlsang, ich-yetim qonar,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Zulmatlarga qoldirma koʻnglim,
Cho‘kib ketmay, qutqargin dilim,
Faqat sen deb yonadi qalbim,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Sevasan-ku, qoʻlaringni choʻz,
Doim aytay senga bitta soʻz,
Sevaman-da, kutar ikki koʻz,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Faqat seni sevamanda yor.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shahirxoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi