Sevgi She'rlari
14.7K subscribers
10.7K photos
4.85K videos
9 files
11.1K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Ota

Ota sensiz yashash qandayligini,
Kòrsatdi bu hayot_kulishimga zor.
Qoqildim....tep tekkis yòlida hatto,
Sayoq yurib tayoq yeganlarim bor.

Ichimda aytarim koʻpayib ketti,
Onamga koʻnglimni yora olmadim.
Uch chaqirim nari qabring boʻlsa ham,
Soğinib yoninga bora olamdim.

Bazan koʻz yosh toʻkdim tunlar berkinib,
Tòkkan kòz yoshlarim dilni tiladi.
Ammo hammasidam battar bòlgani,
Sensiz yashaganim alam qiladi.

Uyga kelgim yòqdir kòchadan nari,
Bir burda nonimni halol yegani.
Otajon undanam battar bòlgani,
Menga armon bòldi ota degani.

Soĝinchlarda qoldim endimi aybim,
Zulmatda ziyodek porlaganimmi.
Tushlarimga ming bor kirmaganlaring,
Bir bora qabringa bormaganimmi.

Ulĝaydim.....men sezsiz qoqilganimda,
Kelmadi dòstlarim_hatto suyganim.
Undanam battari bòlgani.....Ota,
Bolalik hissini sensiz tuyganim..

Charchadim hayotning sinovlaridan,
Ammo zarracha ham noliganim yòq.
Òn uch yildan beri yanadi bu dard,
Mana bugun sòndi ammo qoldi chòĝ.

Telbanamo

@Sherlari_Sevgi
Ohista maydalab yog’moqda yomg’ir
Hayollarim sening hayollaringda
Sensizlik og’ir dard judayam og’ir
Muhabbat jon berar shu qo’llaringda

Ko’ngil endi armon xijronga oshyon
Yuzdan tabassum ham ketgan butunlay
Men senga baxshida qilgan tuyg’ular
Bulutga aylandi uchib tutunday

Jar solib dardimni aytmayman biroq
Yurak eziladi isming takrorlab
Qalbimga solingan mislsiz firoq
Umidlarim so’ngan turmaslar porlab

Yomg’ir yog’ar asta erkalab meni
Faqat yomg’ir endi jonimga oro
Qanchalar ardoqlab sevsamda seni
Endi minglab chandiq shu sevgim aro

Sen bevafo emassan gulim
Vafodorim deb ham ayta olmayman
Senga baxting tilab qolamanku lek
O’zim baxtim topib keta olmayman

Yomg’ir yog’ayapti maydalab sekin
Huddi o’chirqmoqchi olovni dildan
Ko’z yoshlarni mayli yashirar lekin
Alamni yuvolmas ekan ko’ngildan

🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧

✍️Muzaffar Olimjonov

08.06.2020

@Sherlari_Sevgi
Yoʻq.
Endi kònglingdan chiqarolmaysan.....

Azonning kuyida yashayveraman
Duolar asraydi muhabbatimni.
Qog‘ozga ismningni yozaveraman
Siyohlar sòzlaydi sadoqatimni.

Yomg‘ir tomchilari ismimni aytib
Kaftingga tinmasdan yog'averadi.
Mensiz botayotgan quyoshing esa
Qalb otashi ichra yonaveradi.

Oydin oqshomlardan uyg'otolmaysan
Tushlaring pinjida uxlayveraman.
Haydab yuborsang ham ketmayman sira
Men shunday òzimni qiynayveraman.

Òlsang ham qalbimdan keta olmaysan
Qòyib yubormayman cheksizlik sari.
Axir, aytgin keyin qanday yashayman
Qanday nafas olibman - a ilgari.

Ha. Juda qaysarman..Gaplaring tòģri
Sevgisi abadiy xokisor malak.
Bir lahza òzi - chun yashay olmagan
Men òsha...òsha ohorli kapalak.

Zebo Mirzo

@Sherlari_Sevgi
Qoʻrqma oʻzbek

(Ushbu sheʼr 100 yil oldin Germaniyaga oʻqishga ketgan 70 nafar oʻzbek talabalari xotirasiga bagʻishlanadi)

Yosh umringni ayamading millat uchun,
Sen kurashding yurtga kirgan illat uchun,
Bilib qoʻysin bilmaganlar oʻzbek kuchin,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Toza bilim havosidan olding nafas,
Bu mardlikning mukofoti boʻldi qafas.
Yot kimsalar endi zulm qilmaydi bas,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Olislarda ilm izlab umring oʻtdi,
Oʻz yurtingga qaytganingda oʻlim kutdi,
Yetmish oʻzbek gunohini bilmay ketdi,
Vatan seni unutmaydi qoʻrqma oʻzbek.

Jazosini Alloh bersin sotganlarni,
Oʻqima deb bilimlini otganlarni,
Bugun vatan quchar kitob tutganlarni,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Sen qiynalding garov berib oʻz joningni,
Elim deding, kir qilmading vijdoningni,
Vatan uchun yashading sen har oningni,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Ovropaga borgan eding ilim izlab,
Yetmish oʻzbek otilganda taning muzlab,
Vatan seni unutmaydi noming soʻzlab,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Qoʻlingdagi kitobingni yoqdi essiz,
Yosh holingga koʻz yoshlaring oqdi essiz.
Sizlar elni oʻygʻotguvchi mard, gʻurursiz.
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Tibbiyotni oʻrganishing qiyin boʻldi,
Kiyib turgan oq xalating qizil boʻldi.
Ex bechora yetmish oʻzbek qirgʻin boʻldi,
Vatan seni unutmaydi qoʻrqma oʻzbek.

Erta ketding, Turkistonga kerak eding,
Vatan madhi urib turgan yurak eding.
Oʻz joningni oʻylamading vatan deding,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Sen yosh eding, bu hayotga toʻymay ketding,
Qilich keldi, lek kitobing qoʻymay ketding,
Endi qoʻrqma Alloh sevgan yurtga yetding.
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Sizdan oʻrnak olsin endi oʻgʻil-qizlar,
Bilim uchun ochiq samo ham dengizlar,
Bugun yurtim sizdek dono mardni izlar,
Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MENI CHINDAN SEVSANGIZ

Sabrli togʻ boʻlaman,
Yoningizda qolaman,
Shaydo qilib olaman,
Meni chindan sevsangiz!

Ifor sochib qil, sabr,
Telba bemor boʻl sabr,
Qaynoq nafas bor sabr,
Meni chindan sevsangiz!

Sevib ishqdan devona,
Sizga cholay tarona,
Faqat boʻling yagona,
Meni chindan sevsangiz!

Muhabbatda tuygʻular,
Oppoq tiniq orzular,
Kelmas bizga qaygʻular,
Meni chindan sevsangiz!

Yoʻlamasin koʻzga nam,
Baxtli boʻlamiz har dam,
Kulib yuring kelmas gʻam,
Meni chindan sevsangiz!

Aylantirmasdan boshim,
Doim boʻling sirdoshim,
Koʻzdan oqizmay yoshim,
Agar chindan sevsangiz!

Meni chindan sevsangiz?

© Solihabegim
(Dilafruz Shaxirxoniy)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☺️ ФАКАТ АЁЛ-ҚИЗЛАРИМИЗ УЧУН

📈 Ҳалол бизнес.
💵 Ойлик нақд!
🛍 Харид бир марталик
🧕 Мусулмон компания.
🔅 ХАЙРИЯ ЭҲСОН куни бор!
🏠 Уйдан туриб ишлаш имконияти.
Malumot uchun
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+AcSQ4-T6QC40ZTBi
https://t.me/+AcSQ4-T6QC40ZTBi
https://t.me/+AcSQ4-T6QC40ZTBi
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang🥀

Ikki koʻzim kimligini koʻrgan on,
Hayron-u lol boʻlib qoldi hangu-mang,
Endi men ham ishonmayman hech qachon,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.


Bekorgadir olov boʻlib yonishim,
Kuyga soldim qoʻshiq boʻldi honishim,
Gʻururimga togʻri kelmas nolishim,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirman.


Menga emas boy puliga zor ekan,
Bu hayotda kambagʻallar hor ekan,
Nima qilay peshonamda bor ekan,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.


Yomon desa nazarga hech ilmadim,
Nelar kutib yoki bagʻrin tilmadim,
Men adashdim boshqalarni bilmadim,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.


Boʻldi yetar sabir kosam toʻldida,
Koʻpga bormay xislarim ham oʻldida,
Muhabbatdan soʻz ochmangiz boʻldida,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.


Uvol ishqning kun keladi jabri bor,
Ketgan ketar nedir joiz tabri bor,
Yuragimda bir goʻzalning qabri bor,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.


Dushmanlarim holim koʻrib chalar soz,
Bu alamda sher yozarman bir qogʻoz,
Koʻnglingizda kim bor demang iltimos,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.


Shum taqdirning ne sinovi bor yana,
Bilmam qancha bardosh berar jon tana,
Sarvar Mirzo tan olgandek rostmana,
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang.

Muallif Sarvar Mirzo
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
MALAK QIZ

Oyruhsor qiz, malak qiz,
Sochi tegar beliga.
Jonim boʻldi halak qiz,
Koʻzlar tikib yoʻliga.

Soʻz aytmoqqa til ojiz,
Koʻrsam yurak etar jiz.
Qanday tuygʻu, qanday his,
Aylanibman quliga.

Koʻngil boʻm-boʻsh huvillar,
Umrim shoshqin shovullar.
Butun tanam lovullar,
Qoʻlim tegsa qoʻliga.

Oʻn yetti yosh gulgʻuncha,
Gullar ichra dur gʻuncha.
Muhabbati sir, gʻuncha,
Qamab qoʻygan diliga.

Sevishimni bilar u,
Bilib zimdan kular u.
Nega bunday qilar u,
Tushunimayman feʼliga?

Qaynatsada qonimni,
Sevarman shul xonimni.
Ezib-ezib jonimni,
Solsa hamki keliga.

Oyruhsor qiz, malak qiz,
Sochi tegar beliga.
Ado boʻldi yurak qiz,
Yoʻl topguncha diliga.

OʻRMONJON XOLYIGITOV

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

Men uchun qadri baland qadrdonim.

Allohim umrimizni ziyoda, yuzimizni yorugʻ.
💫Qalbimizni keng, qadrimizni baland.
Ishlarimizni barorini, oxiratimizni esa saodatli qilsin. 🤲

🌙Oqshomingiz xayrli boʻlsin shirin tushlar koʻring 💫

Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har azonda ruhimizni,
Xar tahoratda jismimizni,
Xar namozda iymonimizni,
Xar salomda muhabbatimizni yangila Allohim...!🌸   


Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuh!

Xayrli tong yaxshilar!!!🤗🥰🤗

Seshanba tongi muborak boʻlsin... 😊

  Yana tongga yetkazgan Alloh Taologa shukronalar boʻlsin!

Mushkullar oson, xojatlarimiz ravon, gunoxlarimiz magʻfiratli  boʻlsin!

Tavbalarimiz qabul boʻlsin! Kunimiz fayzli va barokotli boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

30 - A P R E L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Oʻtgan yillar hisobin soʻrmang ,
Tiğ ustida yashadim goʻyo .
Sizsiz ğamlar koʻliga choʻkib ,
Tor boʻldi- da , koʻzimga dunyo .

Deyishdiki  ishqning gadosi ,
Chiqmadi hech doʻstning sadosi ,
Yomon ekan hijron balosi ,
Tor boʻldi - da , koʻzimga dunyo...

Koʻz tutsada mingta qalam qosh ,
Boʻlolmadi hech biri sirdosh ,
Yoʻq ekanku sizdayin dildosh ,
Tor boʻldi- da , koʻzimga dunyo...

Ohu yurgan soʻqmoqdan izlab ,
Oʻtdi umrim qay birin sizlab ,
Yurar bari nenidir koʻzlab ,
Tor boʻldi - da , koʻzimga dunyo...

....Oʻtgan yillar hisobin soʻrmang ,
Bari tushdek , barisi roʻyoʻ .
Sizsiz ğamlar koʻliga choʻkdim ,
Tor boʻldi - da , koʻzimga dunyo...

Baxtiyor Mirzo .


@Sherlari_Sevgi Obuna bo‘ling!
«Medica» - Соч қорайтирувчи табиий саримсоқли шампунь.

👍 Сочларингизга ок тушдими енди буни табий корайтиришнинг йечими бор

◾️Соч оқаришини олдини олади, қора саримсоқдан ишлаб чикарилишига карамасдан, ушбу шампунь мутлақо хушбўйдир.

👉Энг тўғрисини танланг! Биз эса сизга табиий, хамёнбоп ва мукаммал формулага эга «Medica» - шампуньларини тавсия этамиз..

✔️«Medica» - КЎЗЛАР ҚУВОНЧИ!
✔️«Halal» сертификатланган.

Ўзбекистон бўйлаб етказиб берамиз.

🔥Супер Акция Нархи 59 000 сўм, Етказиб бериш бепул🚕

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇

https://100k.uz/oqim/472029
https://100k.uz/oqim/472029

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇👇
📠
@shifoadmin

🔥🔥🔥🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати БЕПУЛ Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝

🔥БИЗДА ДОСТАВКА БЕПУЛ🚕🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YURAK ❤️

Bas qil,
Tinchlan,
Qaygʻuraverma,
Toʻxtat,
Unut ahir,
Oʻylama,
Sen unga
Zormisan,
Ayt! yurak,
Ortga umuman,
Qarama, hatto,
Zormasmiz
Tinchlan yurak❤️

Boʻl,
Xato qilmagan,
Inson yoʻq,
Oppoq hamma,
Oʻzi uchun yur,
"Sogʻindim",—dema,
Koʻngling qil toʻq,
Jabr chekaverma,
Endi tur,
Bizga u kerakmas,
Yur yurak❤️

Chindan sevsa,
Ketmasdi bilsang,
Sevgi,
Yaratgandan atodir,
Gar kim voz kechsa,
Unga gunoh,
Tashlab ketmoq,
Asli xatodir,
Bas oʻzingni,
Qoʻlga ol yurak❤️

Unga yomon gapirma sira,
Mayli eslar shirin xotira
Osmon ekan,
Gʻurur egmaymiz,
Qad koʻtarib,
Aslo bormaymiz,
Chaqirsa ham,
qaytmaymiz yurak❤️

Tushun,
Biroz unga yer boʻlma,
Xohlasa,
Yoqqani qormas olsa,
Qon qilib,
Yigʻlatib, goh kulsa,
Ketaversin,
Unuta olsa,
Muhabbatsiz yashaymiz
Yurak❤️

Izlama
Toʻxtat
Boʻldi
Yurak❤️

Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
RUXSAT BER

Qirmiz olma yuzingdan,
Quvnab turgan koʻzingdan,
Bol tomgan shu labingdan,
Bitta  oʻpay  ruxsat  ber.

Ishqim ketdi ne qilay?
Mehrim oldi ne qilay?
Taʼmin totib bir koʻray,
Bitta  oʻpay  ruxsat ber.

Mayli urgin bagʻrim til,
Yoʻq  desang  ogʻrir  dil,
Xoʻp degin aytganim qil,
Bitta oʻpay  ruxsat  ber.

Qoshi  qora  moviy  koʻz,
Tariflashga yoʻqdir soʻz,
Ey qishloqli,  qaysar qiz,
Bitta  oʻpay  ruxsat  ber.

Sevib qoldim toʻgʻrisi,
Adasini erka qizi,
Ey,  yuragim   oʻgʻrisi,
Bitta oʻpay ruxsat ber.

Ne xohlaysan borim ol,
Kerak boʻlsa jonim ol,
Rozi boʻlgin yorim boʻl,
Bitta oʻpay ruxsat ber.

Qoshi qora moviy  koʻz,
Tariflashga yoʻqdir soʻz,
Ey,  qishloqli qaysar qiz,
Bitta  oʻpay  ruxsat  ber.

Karimbek Asatullayev

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
#Sen_uchunda

Buncha ozorlaring tugamaydi yor?!
Onam meni qiynagin deya tuqqanmi?!
Sen atayin shunchalar beparvosan yo,
Qastma- qast ketishlar mendan yuqqanmi?!

Buncha ozorlaring tugamaydi yor?!
Tekin ozor konin topib oldingmi?!
To‘g‘risin ayt! hamma odamdan birdan
Neki ozor bo‘lsa sotib oldingmi?!

Buncha ozorlaring tugamaydi yor?!
Ko‘ksimni qaziydi hijronning tig‘i
Uni to‘ldiradi sog‘inchdan bezib,
Dardim bulutidan to‘kilgan yig‘i...

..................

Akbaraliyeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
* * *

Bugun siz shu majruh dilga qaytadan,
Sevgi deb atalmush gul ekmoqdasiz.
Kechagi dardlarni yodimdan sitib,
Oʻzingiz dunyoni unutmoqdasiz!

Ishongim kelyapti takror va takror,
Har bir soʻzingizdan istarim malham.
Bilaman, ishq sizga koʻp bergan ozor,
Obdon yanchib qoʻygan oʻsha meni ham!

Ichimda titraydi yoqimli ovoz,
Balki uchrashmoqlik boʻlmasdi nasib,
Kimdir ikkimizdan kechmaganda voz,
Kimdir ketmaganda bizni tark etib!

Keling, men boʻlayin sizga juft qanot,
Siz boʻling samoga mening parvozim!
Menga hayot boʻling, chiroyli hayot,
Sizga baxt boʻlaman shunda men oʻzim!

Sabr qilganlarga vaʼdai ajr bor.
Har ishda xayir bor, amin iymonim.
Men qishlar soʻngida kelguchi bahor,
Siz menga Allohdan mukofot, jonim!

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 XAYRLI TUN                          
                  AZIZLARIM!!!🌙


Nasib boʻldi shu damni yashamoq bizlarga ..
Har onning shukri olamlar ilohi yolgʻiz Allohga boʻlsin.

🌙 Koʻngilda ertangi kunga ishonch va boringki eng ezgu niyatlar umidi ila ul Qodir Egamga talpinamiz .

🌙 Alloh bizni qalbimizni shod etsin . Mahzunligimizni ketkazib, gunoh va kamchiliklarimizni kechirsin.🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌