Mening sherlarim
5 subscribers
Maqsad 100 dona sher yozish 100>32
16:91 iloji yoq narsa
Download Telegram
13🍁Vatan
Senga fido jonim ey ona yurtim,
Tinchliging — eng oliy saodat menga,
Nominga bosh egmas mardona yurtim,
Jonim ham, tanim ham atalgan senga.

Ko‘ksimda jo‘sh urar buyuk ishonchim,
Sen bilan mustahkam bo‘lur iymonim,
Erkingni asramoq burchimdir mening,
Shu yo‘lda bersam ham kam bo‘lar jonim.

Muqaddas tuprog‘ing jonimga ne’mat,
Bag‘ringda ulg‘aydim topib muruvvat.
Birliging qudratdir, tayanchim doim,
Yo‘lingda sobitman, qalbimda g‘ayrat.

Osmoning musaffo, ko‘nglimdek ravshan,
Daryolaring jo‘shar qalbimga hamdam.
Bir qarich tuprog‘ing jannatga tengdir,
Senga bag‘ishlangan hayotim har dam.

Bag‘ringda yashaydi mangu oriyat,
Birliging tayanchdir buyuk bir qudrat.
Nominga bitilgan qalbimda niyat,
Senga sadoqatim mangu ibodat.
41❤‍🔥1👍1🥰1👏1🎉1💯1🆒1
14🍁Qilichsiz jang
Ichimda jim turib kurashar har kun,
Goho sen g‘olibsan, gohida mag‘lub.
Shayton vasvasasi qalbimdadir tun,
Sabru imon bilan toparman yo‘lni.

Yengsam — yuzim yorug‘, ko‘nglim osuda,
Yengilsam — dardimni sezadi Xudo.
Shu bois har tongda turaman yana,
Nafsimni yengishga qilaman duo.

Men esa yiqilsam, turaman yana,
Umidim sinmaydi, bukilmas tana.
Qilichsiz maydonda eng og‘ir g‘anim —
Dushmandirsan, sotqinsan, nafsim.

Bir zumga beparvo bo‘lib yutqazsam,
Hirsing shivirlaydi shirin yolg‘onday.
Halol yo‘l torayib ko‘rinar bahor,
Zaifligim bo‘ladi shunda oshkor.

Nafsim, sen bilan bu jangim muqarrar,
Umrim maydonida davom etar zor.
Yengsam — ruhim ozod, boshim balanddir,
Yengilsam — ichimda qular bir devor.
🔥41👍1🥰1👏1🎉1🏆1🫡1🆒1
15🍁
Vaqt jim turadi, hukm o‘qir bir kun,
Yolg‘on bezanadi oltin so‘z bilan.
Haqiqat sokindir, shovqinsiz, xira,
Tiniq bo‘lganda ham adolatgina

Inson adashganin ko‘rishar yo‘lda,
Yolg‘on tez ishonchga kirar jilmayib.
Vaqt esa sabrli — kutar indamay,
Niqoblar qulaydi bir kunni tunda.

Vaqt esa shoshmas, adashmaydi yo‘ldan,
Haqiqat jim turar ko‘pincha chetda.
Bir kun odamlarning ochilar yuzi,
Yolg‘onni yashirmas ularning ko‘zi.

Vaqt esa tarozi tortar amalni.
Sukutda yashirin haqiqat ham bor.
Yolg‘on ochilar, bir oz qil sabr,
Yuzlar jilmayib yashirgan so‘z ham bor.

Vijdon jim turmaydi, uyg‘onar bir on,
Bir kun pardalarni yirtadi zamon.
Soxta jilvalarga aldanar har jon,
Haqiqat baribir topar o‘z makon
31👍1🔥1🥰1🤔1🤝1
16🍁TOG'IMSIZ OTAM
Yashirsam ko‘rinar sochimning oqi,
Yillar jim o‘tadi, yurakmas boqi.
Kulib yashayman-u ichimda dard bor,
Dada, sizni bugun tushundim bir bor.

Orzular ortidan yugurdim ko‘p bor,
Yelkamga ortildi mas’uliyat, qaror.
Men ham ota bo‘lib ko‘rsam-da bir bor,
Anglarman to‘liqroq dardingiz, dada.

Doimo suyangan yelkamga devor,
Siz edingiz, dada — tayanchim, diyor.
Endi har qadamda eslayman takror,
Aytardingiz doim: “Bo‘lgin sen hushyor.”

Siz chekkan zahmatlar jim edi, sokin,
Endi anglayapman har bir tashvishni.
Sabr bilan yopgansiz ko‘ngil jarohin,
Bizga ko‘rsatmayin qalb titrog‘in.

Uch o‘g‘il bo‘lsak-da, bo‘lmadik biz kam,
O‘zingiz o‘qimay, o‘qitdingiz ham.
Biz uchun kechalar bedor bo‘ldingiz,
Peshona teringiz nonimiz har dam.

Maslahat berasiz ish qilsam har dam,
Yonimda suyanchim, tog‘imsiz, otam.
Siz borsiz orqamda, qo‘rqmayman hech ham,
Qaddingiz soyasi panohim dadam

Dada, bor ekansiz — ko‘nglim to‘q, omon,
Siz bilan keng menga bu yorug‘ jahon.
Bir kun sizdek bo‘lsam farzand ko‘zida,
Shunda toparman men haqiqiy imon.
31👍1🔥1👏1🤝1
19🍁vaqt
Vaqt Sendan adoladlisi yoq aslo
Otasan hattoki bo'lib bir saboq
Negadr yoshlikga qaytkim bor bir bor
Sen esa konmaysan qaytish yoq goyo

Otamni qaritib qoyapsanku sen
Onam sochini oqlar bezamasin
Roziligin olay tohtabturgin sen
Bezdirib qoymagin hayotdan buncha

Otamning davrida yashayapman hop
Kam qilmas hech kimdan iliklarim toq
Onamning duosi bo'lib soyabon
Qilmas meni har hil yollarda sarson
3🎉21👍1🥰1👏1
23🍁xorazim halqi
Xorazm ahli sodda, samimiy,
Mehmonga borsang gar, qilarlar barak.
Ochiq yuz, shirin so‘z — ularning bog‘i,
Sorashsang deydilar nichiksan jora

Dasturxon yozilar mehr bilan darrov,
Choy ustida suhbat ketadi uzoq.
Ko‘ngli keng insonlar yashaydi unda,
Boriga shukr qilib, yurishar quvnoq.

Puli bormi yoki yoq birdayin ular
Qalin puli. Qimmat tushunsam biroq
Halolni qadrlar, pul turmas baland.
Qizlari iboli, odobli biram
71❤‍🔥1🔥1👏1💯1🏆1🤝1
24🍁Lola
Lola ochdildi bahorning bag‘rida,
Mayin shamol silab o‘tar yaprog‘in.
Qir-adirlar bezanib tim qizilga,
Ko‘zlar quvnab boqib to‘ymas
Jahonga

Tongda quyosh bilan jilmayar sokin,
Shabnam yuvib o‘tar nozik yaprog‘in.
Go‘zallik timsoli bo‘lib turar u,
Sevgi sirin kuylab mayin ohangin.

Bahor bilan kelgan bu go‘zal lola,
Ko‘rgan odam sevar har bir nafasda.
Ko‘rganlar yana ko‘rsam der havasda,
Sevgi bilan birdek ochilgan lola. 🌷
4❤‍🔥11🔥1👏1🤩1
25🍁Yoshlik sog‘inchi
Men sog‘ingan damlar edi yoshlikda,
Ko‘nglimga kelganin qilardim bilsam.
Beg‘ubor orzular uchar edi baland,
O‘sha dam qaytsa hech qilmasdi alam.

Endi o‘sha kunlar yiroqda qolgan,
Yurakda sog‘inch bor, ko‘zlarda alam.
Qadrini bilmagan o‘sha damlarim,
Endi har xotira bo‘lar bir doston.
Vaqt o‘tib insonni o‘zgartar ekan,

Orzular ham asta sokin so‘nar ekan.
Bir kulgu ortida ming armon yotar,
Buni faqat yillar o‘rgatar ekan.
Bugunimni endi qadrlayman men,

Ertaga armonlar bo‘lmasin deya.
Yashayman umrimni qadrlab doim,
Har o‘tgan lahzadan saboq olib men.
Yuragimda endi sokin bir iymon,

Yoshlikni sog‘inib yashayman hamon.
Lekin to‘xtab qolmay, yuraman yo‘lda,
Oldinga chorlaydi umidim har on.
41❤‍🔥1👏1😍1🤝1🫡1
22🍁“Uyqusiz Tunlar”
Ko‘zlarim toliqdi, charchadim biroz,
Tong otdi-yu lekin uxlay olmadim, rost.
Kecha qilgan xato yurakka og‘ir,
Ko‘nglimda ming savol tinmaydi hozir.

Ba’zan o‘tmishimni o‘ylayman sokin,
Nega shunday bo‘ldi, topolmayman yo‘l.
Har bir ishning bo‘larkan oxiri,
Xatolar ortida qolarkan ko‘ngil.

Ko‘nglimni bezovta o‘ylar quchadi,
Birgina javobni izlayman hanuz.
Kunlarim o‘tadi,mazmunsiz ammo
Xotira yuragni baribir ezadi.

Tunlar jim, xayollar yana uyg‘onar,
Ko‘nglimda tinimsiz savollar kezar.
Aqlim hammasini unutsam, deydi,
Qaniydi, yuragim shunga konsaydi.

Uyqu kelmas, shu ikkisi tortishsa,
Yurak aytar yana: “ go‘zal edi u.”
Aql oxiri aytdi, yakun hulosa:
Taqdiring bo‘lmasa, ne kerak chiroy?
4🔥21👍1🥰1👏1
26🍁Dunyo
Dunyo senda ko‘rdim g‘alati hislat,
Ko‘zlaringda yashirin bir sirli hikmat.
Kulgingda bahor bor, qayg‘uyingda g‘am,
Senga ovorani aldaysan har dam.

Yuragim ishonar, so‘zlaringga ham,
Har bir va’dang go‘yo bo‘lar edi jam.
Lekin nigohingda bir sirli olam,
Nodonga dam mardga bergansan barham

Sen bilan yo‘qoldim, topolmay o‘zim,
Go‘yo sening yo‘ling — mening ham izim.
Bir kun hushyor tortib ochilar ko‘zim,
Haqiqatni ko‘rsam — titroq so‘zim.

Songgi bor qarayman sen tomon jim,
Yuragda qoldi aytilmagan so'zim
Ko‘zimda so‘nmagan sog‘inch bor hamon,
Ketaman — bormayman hech ham sen tomon.

Endi ortga yo‘l yo‘q — sukutda ketdim,
Seni kutmay arang o‘zim tark etdim.
Ko‘nglimda qolmadi kichik bir his ham,
Umid o‘ldi bugun — tirilmadi hech ham.
🕊311👍1🔥1👏1🤝1🆒1
27🍁borsam Andijon tomon
Borsam men albatta Andijon tomon,
Sog‘inch yetaklaydi — yurakda armon.
Birinchi do‘stimni ko‘rardim shu on,
Go‘yo to‘xtab qolar vaqt ham o‘sha dam.

Ko‘chalar sukutda bizni kutganday,
Izlarimiz yotar chang bosgan holda.
Beg‘ubor kunlarning nafasi hanuz,
Shamol bo‘lib esar eski ko‘chada.

Ko‘zlarda chaqnardi o‘sha quvonchlar,
Dilga yaqin edi sodda ishonchlar.
Vaqt bizni ajratdi turli yo‘llarga,
Ammo so‘nmagandi o‘sha tuyg‘ular.

Masofalar bizni uzoq qilsa ham,
Ko‘ngillar tutashgan o‘sha eski dam.
Oraliq yaqin bo‘lsa — bo‘lmas  alam,
Chunki chin do‘stlik bor yuraklarda ham.

Yana bir bor borsam Andijon tomon,
Toparman yo‘qolmas o‘sha beg‘ubor on.
Do‘st degani — vaqtga bo‘ysunmas doston,
U yurakda yashar abadiy, omon.
2👍2🔥21❤‍🔥1👏1🕊1🤝1🆒1
28🍁Amudaryo
Amudaryo oqar sokin, ulug‘vor,
Yon bag'rida juda hayot — beg‘ubor.
Dehqonlar yer haydar tong saharda,
Umid unib chiqar har bir bahorda.

Suvdan kuch olib yashar elatlar,
Mehnatda chiniqqan pok niyatlar.
Bolalar kulgusi jaranglar har dam,
Jannatning soyasi shu yerlarda dir

Qadim izlar yotar har bir qirg‘oqda,
Jasorat doston bor har bir tuproqda.
Shu yerda ulg‘aygan ne-ne bahodir,
Ularning ruhi ham bizga hamrohdir.

Amudaryo guvoh — mangu bu yurtga,
Yana guvoh qaddini tik tutgan qora tog‘.
Shu joylarda qolgan ajdodin izi
Bekorga birdayin emaskan ular
3👏2❤‍🔥11🔥1🕊1💯1
29🍁 Chiroydan ustundir vafoning qadri
Sevganga korinar chiroyli bari
Oxiri birga bolsa bular taqdiri
Oshiqlarning bunga yetadi sabri
2🔥1👏1🕊1💯1
30
🍁 qalbimning bahori
Qorquv nima o‘zi bilmayman, lekin
Yuragim jim urar, nimaga sekin.
Ko‘zim uzoqlarga tikilar har dam,
Umidsiz qolsam gar yupatar onam

Ko‘nglimda ming savol, javobsiz bari,
Tungi sukut ichra titrar xayollim.
Bir iliq so‘z yetar, yengillar dardim,
Onamning ovozi — eng katta taskin.

Har dardim tinglar u, jim turib asta,
Ko‘zlarimda yoshni ko‘rsa ham xasta.
Dunyoda eng buyuk panohim — onam,
Bor ekan yonimda, yo‘q qo‘rquv, yo g‘am.

Dardlar ham eriydi u kulgan holda,
Go‘yo bahor kelar yuragim damda
Bir nigohidayoq og‘riq yo‘qolar,
Ko‘nglimda qaytadan umid uyg‘onar

Hayotning shamoli qanchalik kuchli,
Yonimda onam bor — dunyoga.chiroq
Qorquv ham chekinar asta-asta jim,
Onamchalik taskin berolmas hech kim

Qayerga bormayin, qanchalik uzoq,
Qalbimda yashaydi chiroyli yaproq.
U yaproq ustida mehr shamoli,
Onamning nomidir — qalbning jamoli.
1👏1
31🍁
Bu hayotda kerag emas ko‘p narsa,.
Dostlar soni saralanib bo'lsin kam
O‘zim kabi bo‘lsa bo‘ldi do‘stim ham
Soxta kulgu, yolg‘on gaplar ortiqcha,
2
32
🍁“Turkiston faryodi”
O‘shal damlar dunyo edi Turkiston,
Shuhrati taralgan edi har tomon.
Ilm-u fan porlagan buyuk bir maskan,
Nomini yod etar hanuz bu jahon.

Birligi mustahkam, iymoni osmon,
Avlodlarga meros bo‘lib qolgan jon.
Temurdan keyin o‘zgardi bu zamon
Sinovlarga to‘ldi oxir Turkiston

Yovlar ko‘z tikdilar uning yeriga,
Rahna soldi asta elning birligiga.
G‘animning yolg‘onin rost bildi xonlar,
Shu bois bo‘linib ketdi Turkiylar.

Samarqand guvohdir buyuk tarixga,
Buxoro bosh egmas og‘ir ayriliqqa.
Ajdodlar ruhi der: “Bir bo‘lgin, ey el”,
Shunda qaytib kelar sharaf va kamol.

Qalbda hali so‘nmagan eski armoni,
Bir kun yana uyg‘onar asl Turkiston.
Bir bayroq ostida jam bo‘lsa elat,
Qayta porlar tarix, qaytar adolat.
1🔥1
Mening sherlarim pinned «32 🍁“Turkiston faryodi” O‘shal damlar dunyo edi Turkiston, Shuhrati taralgan edi har tomon. Ilm-u fan porlagan buyuk bir maskan, Nomini yod etar hanuz bu jahon. Birligi mustahkam, iymoni osmon, Avlodlarga meros bo‘lib qolgan jon. Temurdan keyin o‘zgardi bu…»
33
🍁“Birlikdan yiroqlashgan millat🍁
Qandayin el bo‘ldik, qandayin elat,
Birlik unutilib, dushmanlik yoydik.
Bir paytlar dunyoga bo‘lganmiz ibrat,
Endi esa bo‘linib qolmoqda millat.

Ajdodlar qon to‘kib saqlagan yurtni,
Biz esa arzimas gap bilan bo‘ldik.
Behbudiy ma’rifat uchun kurashsa,
Bizlar esa yurtni viloyatga bo‘ldik.

Bir tan edi axir bu muqaddas yurt,
Chegaralar bilan ajratdik asta.
Nomimiz bir ammo, qalbimiz uzoq
Qandayin yurt eding tarixinga boq

Turkiston xonlari urushgan zamon,
Yurt ichra nizolar kuchayib bordi.
Taxt uchun talashib, parokanda yurt,
Ichidan yemirilib, zaif bo‘lib qoldi.

Birlikdan ayrilgan yurtda qudrat yo‘q,
Har tomon tortishar o‘z yo‘liga xalq.
Tarixdan hech olmas ekanmiz ibrat,
Takrorlanaverar o‘sha eski dard.

Agar birlashsa yana bu aziz elat,
Unutilar dardlar, so‘nar har alam.
Tarixdan ibrat olib uyg‘onsa millat,
Yana yuksaladi Turkistonim ham
3
34🍁
Uyga Qaytish
Kutilgan damlarga endi bir qadam,
Bir uxlab tursam bas, yetarman uyim.
Ko‘nglimda sog‘inchlar uradi har dam,
Yaqinlashib qoldi kop kutgan kunim

Yo‘llarga termulib o‘tdi qancha vaqt,
Sog‘inchli xayollar ham bo‘ldi hamroh.
Endi esa qalbim quvonchga to‘lar,
Uyiga qaytmoqda sog‘ingan sayyoh.

Onamning duolari yetaklar meni,
Otamning nasihati qalbimda hamon.
Har qadam yaqinlarim tomon eltadi,
Ko‘z oldimda turar aziz xonadon.

Ko‘risharman yana mehribonlarni,
Quchoqlab olarman qadrdonlarni.
Sog‘inchli kunlarning bari ortda qolib,
Baxtga to‘ldirarman yana onlarni.

Yo‘llar ham qisqardi quvonchim bilan,
Yuragim uradi o‘zgacha bugun.
Necha oy asragan sog‘inchlarimni,
Diydor lahzalari qiladi yakun.

Bugun barcha sog‘inch ortda qoladi,
Quvonchlar qalbimga qanot soladi.
Kutilgan damlarim ro‘yobga chiqib,
Uyimning bag‘rida ko‘nglim to‘ladi.
4
35🍁
Yozmayman boshqa
Shoir bololmayman kuchim yetmas hech
Bariga bolgan go'yo judaham kech
Shoirda dard bo'lar dard bo'lar bisyor
Menda hisizlik bor boshqasi bekor

Suyunib yozsam gar oxshamas sira
Oxshasa garchi dardlardan bir misra
Bulbulga atab yozgan bolsam zo'rg'a
Doyimo bo'lgan o'sha qora qarg'a

Yozyapman kordingiz biroz g'alati
Balki bu sherim ham oxringisidir
Hayot davom etar bilib bolmaydi
Qachonlardir qaytsam bolar bu taqdir

O'zi shoirlikga uquvim kamroq
Birovga atalgan sherlar bor biroq
Ular bilan yo'lar tutashsa oxir
Menimcha kech bolar nolima firoq

Oxirgisi bolsa bola qolsin sher
Shoir qalamga boshqa olmayman der
Qalam aytar shoirga ruchkalar ber
Sher yozishga ruchka bolaverar der
1