🎵 Sherali_Jurayev Jorayev_ retro mu 🎵
130 subscribers
3K photos
3.1K videos
3 files
4.07K links
Download Telegram
Forwarded from Dunyoda
Bir muslima kundaligidan #иқтибос

❤️ Har tong men erimni namozga uyg‘otaman. Bu u uchun yoqimli va uyg‘otganim uchun Alloh menga ajr beradi.

❤️ Men u uchun nonushta tayyorlayman. Chunki uning menga mamnun qarab, "Alloh sendan rozi bo‘lsin" deyishi men uchun yoqimli.

❤️ Men uni ishga tabassum bilan kuzataman. Chunki bilaman, u ishidan so‘ng uyiga shoshib keladi.

❤️ Men uni ishdan tabassum bilan kutib olaman. U uchun shirin taom tayyorlab, uyni ozoda qilaman. So‘ng chiroyli liboslarimni kiyaman. Chunki ayol erining ko‘zini quvontirishi kerak.

❤️ Men uni uydagi muammolar bilan band qilishni istamayaman. Shundoq ham ishdan charchab kelishini yaxshi bilaman.

❤️ Men uning ota-onasini sevaman. Chunki ular sabab Alloh menga shunday solih erni hadya qildi.

❤️ Men uning qarindoshlarini izzat-ikrom bilan kutib olaman. Chunki ular menga qarab oilamizga baho berishini bilaman.

❤️ U mendan qahr qilsa men arazlamayman. Chunki birozdan so‘ng qahr ketishi bilan u men bilan avvalgiday chxshi munosabatda bo‘ladi.

❤️ Agar u menga kamroq e’tibor bersa men bundan gina qilmayman. Chunki bu vaqt oralig‘ida unda qandaydir muammolar borligini sezaman.

❤️ Men kichik oilaviy nizolarda sukut saqlashga harakat qilaman. Chunki ayolning gap qaytarishi oqibatida janjal keng avj olib, oxiri nohush yakunlanishini bilaman.

❤️ Men erim ro‘zg‘orga deb bergan pulini juda ehtiyotkorona ishlataman. Chunki qayerga sarflaganim borasida Allohga hisobot beradigan Kun kelishini bilaman.

❤️ Men uyda sakinat va halovat bo‘lishi uchun intilaman. Chunki erkak kishi uylanishidan avval huddi shunday oilani tasavvur qilishini bilaman.

❤️ Men uni mendan rozi holda uyquga ketishini istayman. Chunki eri norozi holda uyquga ketgan ayolga la’nat yog‘ilishini bilaman.

❤️ Men u istaganday soliha ayol bo‘lishga intilaman, chunki mening erim - mening Jannatim yoki Do‘zaximdir!

P.S: Boʻydoqlarga ham shunday Soliha Ayollar nasib etsin

👉
@Dunyoda
Forwarded from Dunyoda
#Иқтибос

Туғиб ташлаш билан бўлмас бола, Бўлгай бало сизга.
Вужуди тарбият топса,
Бўлур ул раҳнамо сизга.
Темирчининг боласи тарбият топса бўлур олим.
Бузилса хулқи, Луқмон ўғли бўлса ҳам бўлғуси золим.

- Абдулла Авлоний
Forwarded from Dunyoda
#Иқтибос
Рамазон ойида ёш болаларни рўза тутишга қизиқтириш воситалари:
Илгари Шом аҳлининг шундай одати бор эди: улар ёш болаларига рўза тутишни ўргатар экан, уни «минора зинаси» деб номлашар эди. Демак, ёш бола аввал бомдоддан пешингача рўза тутади. Сўнг пешиндан асргача рўза тутади. Кейин асрдан то қуёш ботиб, катталар билан оғиз очгунича рўза тутади. Биринчи рўза тутган куни бу бола учун махсус ифторлик дастурхони ёзилади. Дастурхонга турли-туман таомлар, ичимликлар ва ҳар хил ширинликлар ҳамда мева-чевалар қўйилади. Бола ўртада туради. Аҳли уни ўраб олиб, мақтаб, олқишлайдилар. Аллоҳга ҳамд айтишни ўргатадилар. Унга Аллоҳ ҳузурида қандай ажрлар борлигини тушунтирадилар. То ифтор бўлганини билдирувчи азон айтилгунича шундай қиладилар. Мазкур дастурхон ёш болаларнинг рўзага бўлган муҳаббатини оширишда омил бўладиган энг муҳим воситалардан биридир.

👉 DUNYODA