Qaydlarim📝
9 subscribers
5 photos
Download Telegram
“Bizlar ham shunday vijdon va insof ahlidan boʻlaylik, ayblarimizni turli bahona va sabab pardalari bilan berkitmay, balki oʻtgan ayblarimizni boʻynimizga olib, tavbalar qilib, odamlar gʻiybatidan pok boʻlaylik”, deb Allohga iltijo etsak qanday yaxshi!

Tohir Malik "Kelinlar daftariga"
Qaynonalarni tanqid qilmayin, deyman-u, ammo ayrim qaynonalarga xos kamchilikdan koʻz yumib oʻtolmayman. Shundaylar borki, kelinning har bir harakati, har bir bosgan qadamini ziyraklik bilan kuzatadi. Ozgina kamchilik koʻrsa, tuzatishga urinmay, oʻgʻlining kelishini orziqib kutadi. Chaqimchilik qilish unga rohat bagʻishlaydi. Chaqimchiligi oqibatida ikki yoshning muhabbat rishtalarini bir-bir uzayotganini, baxt saroyi ustunlariga bolta urayotganini fahm etmaydi. Xuddi shunga oʻxshab, qaynona ustidan shikoyat qilish uchun erining ishdan qaytishini orziqib kutuvchi xotinlar ham bor. Chaqimchilikdan rohatlanuvchi bu xotin oʻgʻil va ona orasidagi mehr zanjiri halqalarini uzishga harakat qilayotganini anglarmikin? Xalqimiz “Qizil oyoq kelib, qizil yuzdan judo qildi”, deganda ana shunday xotinlarni nazarda tutgan.

Tohir Malik "Kelinlar daftariga"
Bolalar shoʻxlik qilganda onalar ularni nima deb qoʻrqitadilar? “Hali qarab tur, adang ishdan kelsinlar, bir chaqib berayin, bir adabingni bersinlar...” Bunday poʻpisalar deyarli har bir oilada yangrab turadi. Afsus shuki, poʻpisaligicha qolmaydi, chaqmachaqarlik amalga oshiriladi. Bu chaqimchilikning ikki aybi bor: avvalo ota va bola orasidagi mehr oʻrnida qoʻrquv koʻz ochadi. Bola otasining ishdan qaytishini sogʻinib emas, qoʻrquv bilan kuta boshlaydi. Ikkinchidan, chaqmachaqarlik tufayli jazo olgan bola ongida qanday his uygʻonadi, oʻylab koʻrmaganmisiz?
Tohir Malik "Kelinlar daftariga"
Yer yuzining turli burchaklarida istiqomat etuvchi musulmon ummatini yagona qibla jamlaydi. Vatanlari, turgan joylari, ranglari, tillari, shakllari, jinslari, yoshlari, ijtimoiy holatlari turli tuman boʻlishiga qaramay, namoz paytida yagona qiblaga yuz oʻgiradilar. Bir qiblaga qarash ularning bir tan, bir jon ekanining, maqsadlari, tutgan yoʻllari bir ekanining, Robblari, kitoblari va Paygʻambarlari bir ekanining ramzidir.


Tafsiri Hilol
...Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan boʻlursan.


Baqara surasi, 145-oyat.
Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad soʻranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.


Baqara surasi 153-oyat
Onam singlim pildirab yurishga tushganidan boshlab uy jihozlari olishni kanda qilmasdi. So'raydigan boʻlsak, "Singlingning sepi uchun", - deb javob berardilar. Ehtimol, barcha onalar shundaydir.

Men esa qizning sepida doimo dunyoning barcha goʻzalliklari bilan bezatilgan qalb boʻlishini orzu qilaman.

“Ishqparast”
Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol va poklarini yenglar. Va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir.


Baqara surasi, 168-oyat.
Paygʻambarimiz alayhissalom ummatlarini gʻiybatdan qaytarish borasida koʻp daʼvatlar qilganlar. Shulardan biri: “Gʻiybatdan saqlaning! Gʻiybat zinodan ham yomondir. Zero, kishi zino qilib, oxiri tavba qilsa, Alloh afv etishi mumkin. Holbuki, gʻiybat qilganni toʻgʻridan-toʻgʻri kechirishi qiyin. Faqat gʻiybat qilingan kishi kechirgandan keyingina afv etishi mumkin”. Gʻiybat qilgan odam, gʻiybati tufayli, gʻiybat qilingan odamga qaramdir. Avvalambor Allohning haqidan qutulish uchun tavba qilishi, keyin yana gʻiybat qilingan kishining haqqidan ham qutulish uchun undan ham rozilik tilashi kerak.


Shayx Abul Mavohibish Shozaliy (rahmatullohi alayh): “Muridning kamolotiga toʻsiq boʻlgan narsalardan biri – musulmonni gʻiybat qilishdir. Kim gʻiybat qilish balosiga yoʻliqqan boʻlsa, “Fotiha”, “Ixlos” va muavvazatayn (“Falaq”, “Nos”) suralarini oʻqisin, savobini gʻiybat qilgan birodarining amal daftariga yozilishini Allohdan soʻrasin. Buni menga tushimda Rasululloh (s.a.v.) oʻrgatdilar”, deganlar.


Tohir Malik "Kelinlar daftariga"
Fazilatlarning har biri baxt saroyingizni bezab turuvchi bir inju kabidir. Axir uyingizni turli gilam-u billur qandillar bilan bezashni istaysiz-ku? Gilam ham, qandil ham eskiradi, oqibatda tashlab yuborasiz. Ammo siz egallagan fazilatlar eskirmaydi. Ularni tashlab yuborish ham mumkin emas. Uyingizni har kuni changyutgich bilan tozalab, javonlarni artib turmasangiz gʻubor qoʻnadi. Kishi oʻzini illatlardan har kun, har soat, har daqiqa tozalab turishi kerak. Pokiza uy kishi koʻnglini qanchalik yayratsa, gʻuborlardan pok xulq barchaning dilini shunchalik ravshan qiladi. “Elning nazari tarozudir” degan hikmat bor. Elning nazari ayniqsa kelinlarning xulqi, xatti-harakatiga nisbatan ziyrak va oʻta talabchan boʻlishini oʻzingiz ham unutmang.

Tohir Malik "Kelinlar daftariga "
Va ulardan ba'zilari: "Robbimiz bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni doʻzax olovi azobidan saqlagin", deydilar.

Baqara surasi, 201-oyat.

Bu duo musulmonlarning duosi. Ular Alloh taolodan ikki dunyoning yaxshiligini soʻraydilar. Chunki Islom dini ikki dunyoning obodligiga chaqiradi. Dinsiz-u xudosizlarga oʻxshab, faqat bu dunyoning hoy-xavasini soʻramaydilar. Yoki ba'zi toifalarga oʻxshab, faqat oxiratni oʻylab, bu dunyoni esdan chiqarmaydilar.
Bu duoda yuksak odob ham yorqin koʻrinib turibdi. Soʻraladigan narsani tayin qilib nomini aytmasdan, umumiy qilib "yaxshilik" deyilmoqda. Alloh taoloning O'zi "yaxshilik"ning nimaligini yaxshi biladi.
Imom Ibn Kasir: "Ushbu duo dunyodagi barcha yaxshiliklarni oʻzida jamlab, yomonliklardan chetlatgan", deganlar.
Tafsiri hilol
215. Sendan nimani infoq qilishni so‘rarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingiz ota-onaga, yaqin qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga va yo‘qsil yo‘lchiga bo‘lsin. Nimaiki yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt.
219. ...Va sendan nimani infoq qilishni so‘rarlar. «Ortiqchasini», deb ayt...


Baqara surasi
Huzayfa (r.a.) shunday nasihat qiladilar: Shunday bir zamon keladiki, suvga choʻkayotgan odam kabi astoydil duo-niyoz qilgan kishigina fitnadan omon qoladi. Boshqa hech kim qutula olmaydi. Dunyo uchun oxiratni unutgan, oxirat uchun dunyoni tashlagan kimsalar sizlarning yaxshilaringiz emas. Yaxshilaringiz har ikkalasidan ham toʻgʻri foydalana olganlaringizdir”.

Kelinposhsha, har bir insonning faqat oʻziga xos siri boʻlganidek, har bir oilaning oʻz siri boʻladi. Erning xonadoni sharafini saqlashi lozim boʻlgan xotin sir saqlashni ham oʻrganishi kerak.

Lut alayhissalomning xotini uyiga kelgan mehmonlar va oʻrtadagi gap-soʻzlar toʻgʻrisida qavmiga xabar yetkazib turardi. Oiladagi sirni koʻchaga tashirdi. Oqibatda u Alloh tomonidan oʻlimga va doʻzax azobiga hukm qilindi. Alloh Lut qavmiga ofat yuborish arafasida ogohlantirib, iymon egalari bilan shaharni tark etishni, ammo xotinini qoldirishni amr etdi. Uydagi sirni tashqariga yoygani uchun hatto paygʻambarning xotini ham kechirilmagan ekan, ardoqli kelinlarimiz tillaridan uchuvchi har bir soʻzga ehtiyot boʻlganlari yaxshi.

Kelinposhsha, feʼli tor odam oʻz sirini ham saqlay olmaydi. Shuning uchun hayotda keng feʼlli boʻlishga intilishingiz kerak. Siqilgan paytingiz koʻp boʻladi, shunaqa damda sirni birovga aytib yuborishdan tiyilishga kuch toping. Siringizni ochsangiz, keyin nadomat chekasiz. Sir oʻzingizda ekan, baxtlisiz. Yoyilgach, baxtingiz uchadi-ketadi: gʻiybatlardan oʻzingizni qutqara olmay qolasiz. Sir oʻzingizda ekan, siz unga hukmronsiz. Yoyilgach esa, gʻiybat sizni magʻlub qiladi va rohatingizni buzadi.

Fazilatlarning har biri baxt saroyingizni bezab turuvchi bir inju kabidir. Axir uyingizni turli gilam-u billur qandillar bilan bezashni istaysiz-ku? Gilam ham, qandil ham eskiradi, oqibatda tashlab yuborasiz. Ammo siz egallagan fazilatlar eskirmaydi. Ularni tashlab yuborish ham mumkin emas. Uyingizni har kuni changyutgich bilan tozalab, javonlarni artib turmasangiz gʻubor qoʻnadi. Kishi oʻzini illatlardan har kun, har soat, har daqiqa tozalab turishi kerak. Pokiza uy kishi koʻnglini qanchalik yayratsa, gʻuborlardan pok xulq barchaning dilini shunchalik ravshan qiladi. “Elning nazari tarozudir” degan hikmat bor. Elning nazari ayniqsa kelinlarning xulqi, xatti-harakatiga nisbatan ziyrak va oʻta talabchan boʻlishini oʻzingiz ham unutmang, dugonalaringizga ham eslatib turing.


Tohir Malik "Kelinlar daftariga"
16. «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni mag‘firat qilgin va do‘zax azobidan saqlagin», deydiganlardir.
17. Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istigʻfor aytuvchilardir.
Sabr qiluvchilikda mashaqqatlarga chidash, iymon taqozo qiladigan ishlarni amalga oshirish, Allohning hukmini rozilik bilan qabul qilish va boshqa koʻpgina fazilatlar bor.
Saharda istigʻfor aytuvchilik esa eng goʻzal va sof paytda Alloh taologa dardini ochib solishdir. Sahar chogʻida qalb musaffo, ruh tinch boʻladi. U vaqtda bedor boʻlishning oʻzi katta fazl hisoblanadi. Boz ustiga, u vaqtda istigʻfor aytish yuksak martabaga erishtiradi.
Tafsiri hilol
Siz dangasa emassiz - siz shunchaki charchagansiz.
Siz mas'uliyatsiz emassiz - siz shunchaki o'zingizda tayanch nuqtalarini qanday to'g'ri qurishni bilmaysiz.
Siz - tirik odamsiz, demak uning ruhi, tanasi, sharoitlari, charchoqlari, fikrlari chalg'itadi. Va bu normal holat.

• Intizom - bu ertalab soat 5 da tabassum bilan uyg'onganingizda emas. Haqiqiy intizom bu:
—siz charchadingiz, lekin baribir kuniga kamida 2 oyat o'qiysiz yoki, uyqingiz kelyapti ammo o’tirib 5 bet bo’lsa ham kitob o’qiysiz.
—bir oyatni o'rganasiz, lekin o'rganasiz.
—nimadir o'xshamaydi, lekin siz umidsizlikga tushmaysiz va Allohdan yordam so’rab, davom etasiz.

•Sizni qo'rqitmaydigan mikro-maqsad qo'ying. Ana shunda sizga boshlash osonroq bo'ladi. Va boshlash - g'alabaning 80% ini tashkil qiladi.

• Progressni "ko'rinadigan" qiling.
Miyamiz dofaminni yaxshi ko'radi.
Hatto bu faqat bir qadam bo'lsa ham - u qayd etilgan bo’lsin.

• Duo qiling. Ilm faqat Allohdan beriladigan ichki resurslarni talab qiladi. Undan so'rang. Misol uchun:

"Rabbim! Mening ilmimni ziyoda qilgin!"

(114-oyat, "Toha" surasi)

"Ey Alloh, men Sendan manfaatli ilm, halol rizq va qabul qilinadigan amal so'rayman".

Ahmad, Ibn Majah

🔖Doim yodingizda bo’lsin, har bir yangi kun yana bir bor urinib ko'rish imkoniyati.
"-Bilasanmi... baʼzan yuraging nimadandir gʻussaga toʻlib ketganda, botayotgan quyoshga termulib oʻtirsang bormi..."

"Kichkina shahzoda"
Текин нон

Кундалик ризқини ҳаммоллик орқали топувчи бир йигит намозларида:

“Ё Раббим, менга нима берадиган бўлсанг хайрлисини бер. Бир бурда нон бўлса ҳам хайрлисидан насиб эт”, деб дуо қилар экан.
Ҳаммолнинг мудом бир хил дуони такрорлайвериши атрофидагиларнинг эътиборини тортибди. Улардан бири сўрабди:
– Эй дўстим, нима учун сен намоз ўқиб бўлгач, "Ё Раббим, менга нима берадиган бўлсанг, хайрлисини бер. Бир бурда нон бўлса ҳам хайрлисидан насиб эт", деб Аллоҳга илтижо қиласан.
 Ноннинг ҳам хайрсизи бўладими?
Ҳаммол жавоб берибди:
– Биродар, менинг бошимга тушган савдони билсайдинг, сен ҳам шундай дуо қилган бўлардинг.
Атрофидаги одамлар қизиқиб сўрабдилар:
– Бошингдан ўтган воқеани сўзлаб бер, биз ҳам эшитайлик.
Ҳаммол сўзлаб берибди:
– Бир куни оғир юк кўтариб қияликдан юқорилаётган эдим. Ҳолдан тойиб, устимдаги юкни бир муддатга ерга туширишга мажбур бўлдим. Пешонамдан оқаётган терни артар эканман, ич-ичимдан фарёд чекдим:
 "Эй Аллоҳ, насибам бўлган бир бурда нонни қандай қийинчилик­лар билан берасан-а! Мени жиққа терга ботирмай, ейдиган нонимни ўтирган жойимдан қўзғатмай, эҳсон қилиб қўя қолсанг бўлмайдими?!"
Бу илтижо оғзимдан чи­қар-чиқмас, бирдан қаршимда икки киши бир-бирини савалаётганини кўриб қолдим. Жим қараб тура олмай, уларни ажратишга уриндим. Шу пайт улардан бири шундай мушт туширдики, оғзи-бурним қонга бўялди. Етиб келган миршаб­лар мени ҳам жанжалкашларга қўшиб, ҳибсга олдилар. Қамоқдалигимда миршаблар ҳар куни нон олиб келардилар. Шифтга термулганча ётар эканман, қайғуга ботганим учун томоғимдан бу текин нон ўтмасди. Ўз-ўзимга: "Энди юк ҳам ташимаяпсан, пешонангдан тер ҳам қуйилмаяпти. Мана сенга текинга келган нон. Тўйгунингча еб ол”, дердим. Чунки озодликда манглай терим эвазига топилган кулча тутқунлиқда берилган текин нондан лаззатли эди.
Нотўғри дуо қилганимни тушуниб етдим. Ўша кундан эътиборан дуоимни ўзгартирдим. Аллоҳдан доим хайрли ризқ беришини сўрайман.
Xotiraning kuchliligi hech narsani unutmaslik eng ajoyib qobiliyat, biroq u ayni paytda asabni taranglashtiradi. Sababi xotiralarimni hech kim bilan baham koʻra olmaslik, hech kimga anglata olmaslikda hech qanday maʼno yoʻqdek, lekin ular hech qachon xotiramdan oʻchmasdi. Xuddi mana shu narsa menga dahshatli azob beradi.

Aslida bularning hech qanday ahamiyati boʻlmasada, oʻzim uchun dunyodagi yagona moʻjiza ekanimni his qilib turish menga cheksiz zavq-u shavq ulashardi. Ruhiy olamim sarhadlari hatto onlar ham his eta olmaydigan darajada keng va bepoyon, meni aqlsiz va notavon deb oʻylashlaridan ancha yuqorida edi.

Tengqurlarim biladigan jamiyki hayvon nomlari, ranglar, hafta kunlari, shakllarni men ham bilardim. Miyamda minggacha boʻlgan sonlarni chapdan oʻngga va oʻngdan chapga qiynalmay sanab berishim mumkin. Behisob soʻzlarni maʼnosini koʻrmay turib sharhlab bera olaman. Ammo mening tashqi dunyo bilan aloqam uzilgan, tillarim qulflangan, muloqot doiram yopilgan edi.

Sherxon M. Dreyper.
🔥3👍1
Dunyo shunday joy ekan. Har tomonlama mukammal yashash mumkin emas bu hayotda. Har doim nimadir kam boʻladi, har doim yarim qolgan his tuygʻular qurshovida oʻzini yoʻqotadi inson. Boylik beradi Yaratgan, yoniga bir xastalik qo'shadi. Sogʻlik beradi, qashshoqlik zahmatiga yo'liqtiradi. Bu yarim dunyoda butun baxtga erishish mumkin emas. Har bir jon oʻziga yarasha muammo bilan kurashadi. Fursatni topgan odam qachondir baxtga erishadi. Ehtimol, eng muhimi hayotni ogʻriqlar ichida ham yashay bilishdir. Asosiysi, dardga qaramay kula olish, yurak sanchiqlariga qaramay tabassum qilish.
****
Bu sas mana shu diyorda eng koʻp tashna boʻlganim— azon sadosi edi. Begona yurtda men orziqib kutgan ovoz! Yuragim dir-dir titrardi...Istanbulda mutlaqo qadriga yetmagan, eshitganda esa parvo ham qilmagan azon xuddi ichimda oʻqilayotgandek edi. Bu sado naqadar goʻzal ekanini oʻzga yurtda yaxshiroq fahmlar ekan inson. U menga kim ekanimni xotirlatganday boʻldi.
Kadir Akel "Afv et, Allohim"
👍4