Sharipov Abror
3.14K subscribers
252 photos
13 videos
86 files
471 links
ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз
Download Telegram
Bilasizmi?

Xorijiy va mahalliy OTMdan o'qishni ko'chirganlar, o'qishini qayta tiklaganlar o'qiyotgan kursida o‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi. Joriy semestr davomida akademik qarzdorlikni (farqlarni) bartaraf etishga muddat beriladi.

Muhim: Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.

—-

Did you know?

When students transfer from foreign or local universities or resume their studies, if differences in the subjects of their current course curriculum are identified, the student is admitted as having academic debt. A deadline is given during the current semester to address the academic debt (differences).

Important: The subject difference performance is also considered when determining the scholarship amount.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Texnikumdan suhbat asosida o'qishga kirgan 2-kurs talabalari diqqatiga❗️

2024-yil 23-oktyabr kuni soat 11.30 da asosiy bino auditoriya №103 da o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Hojiyev D.Y. bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Fanlar farqi va boshqa akademik masalalarda suhbat bo'lib o'tadi.

---

Attention to 2nd-year students admitted based on interviews from technical colleges
❗️

On October 23, 2024, at 11:30 AM, a meeting will be held with Deputy Director for Academic Affairs, D.Y. Hojiyev, in the main building, room 103. The meeting will cover subject differences and other academic matters.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Chet eldan olib kelingan tibbiy ma'lumotnoma (095-spravka) o'tadimi?

To'g'ridan-to'g'ri OTMga olib kelsangiz o'tmaydi. Ta'lim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik ma'lumotnomasi (xalq tilida 095 spravka) chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi talabaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasiga taqdim etiladi va ushbu komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi.

---
Will the medical certificate (document 095) brought from abroad be accepted?

If you bring a foreign medical certificate (095 certificate) directly to the university, it will not be accepted. For students, the certificate of incapacity for education (commonly known as 095 certificate) must be submitted to the medical consultation commission of the healthcare facility at the student's place of residence. This is done if the student was temporarily ill or treated abroad. The documents regarding the illness or treatment abroad must be translated into the state or Russian language and notarized. After that, the medical consultation commission will officially process it.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Qaysi shifoxona shifokorlari 095 spravka bera olmaydi?

Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:
tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.

---

Which hospital doctors cannot give medical certificate (095 spravka)?

Doctors of the following hospitals do not have the right to issue a certificate of incapacity for education:
ambulance and blood work service;
reception departments of hospitals;
forensic medical expertise institutions;
boarding houses and sanatoriums, exception for tuberculosis sanatoriums;
medical institutions specializing in physiotherapy, physical therapy and sports medicine.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

1-son davolash fakulteti talabalari Akfa medline klinikasida...

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
КАТАЛОГ_МЕДИЦИНСКИХ_ФАЙЛОВ_Обмен_внешними_ссылками_State_Scientific.url
61 B
Filial Axborot resurs markazning ELEKTRON KUTUBXONAsi borligidan habaringiz bormi

❗️Quyida keltirilgan havolalardan elektron darsliklarni yuklab olishingiz mumkin:

1. https://t.me/TTATF_elektron_kutubxonasi

2.
https://unilibrary.uz/

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024

👍 O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI NOMZODI XAMIDOVA MANZURA SATTAROVNA

Manzura Sattarovna Xamidova 1969-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – akusher-ginekolog.

Mehnat faoliyatini 1986-yilda Surxondaryo viloyat Boysun tuman kasalxonasida kichik tibbiy xodim vazifasidan boshlagan. 1994–1995-yillarda Surxondaryo viloyat tug‘uruqxonasida internatura o‘tagan, 1995–2016-yillarda Surxondaryo viloyat perinatal markazi akusher-ginekolog. 2016–2023-yillarda Surxondaryo viloyat aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori vazifalarida faoliyat yuritgan. 2024-yildan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filiali direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

📍39-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda.

Nomzodga ovoz bering! Zero har bir ovoz jamiyatimizning yanada yuksalishiga poydevor bo'ladi!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ERASMUS + dasturi haqida eshtganmisiz

Erasmus+ dasturi — bu Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlaridagi universitetlar o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi uchun mo‘ljallangan Yevropa dasturidir.

Ushbu dastur davlat va ayrim xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun 1-2 semestr davomida Yevropaning yoki hatto dunyoning boshqa universitetida o‘qish imkonini beradi.

Talaba almashinuvi ishtirokchisiga mutlaqo hamma narsa to‘lanadi: o‘qish, yashash, aviachiptalar va tibbiy sug‘urta. Bunga qo‘shimcha ravishda, talabaga oziq-ovqat va dam olish uchun qolgan barcha xarajatlarni qoplaydigan oylik nafaqa beriladi. Stipendiya va uning miqdori odatda talaba yo‘l oladigan mamlakatga bog‘liq.

Erasmus+ talaba almashinuvida ishtirok etish uchun ariza berishdan oldin, barcha nomzodlarga, tanlangan universitet va mamlakatdan qat’i nazar, umumiy qoidalarning bir nechtasi bilan tanishish lozim.

1. Tibbiyot talabalari uchun ingliz tili yoki qabul qiluvchi davlatning milliy tilini bilish darajasi kamida B2, tibbiyot uchun esa C1 darajasida bo‘lishi kerak.

2. Loyihada faqat o‘zi yashayotgan davlatidagi universitetida kamida 2 yil o‘qigan talabalar qatnashishi mumkin.

3. Talaba yuqori o‘rtacha ballga ega bo‘lishi kerak. Bu kelajakdagi ishtirokchilarni tanlashda eng muhim mezonlardan biridir.

Erasmus + dasturida ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar quyidagi raqamga murojaat qilishlari mumkin:
+998 93 076 67 76

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂Filialimizda tahsil oluvchi 16 yosh vа undan katta bo'lgan ko'ngilli talabalar, professor-o'qituvchi va xodimlarni “Talaba – уugur” sport musobaqasiga ishtirok etishga chorlab qolamiz.

🗒Ro‘yxatdan (yugur.uz) elektron platformasi orqali o‘tiladi. 

🙋Filial talabalari orasidan bosqich (kurs)lar kesimida 1-3 o'rinni egallagan o'g'il va qizbola bo'yicha alohida-alohida filial direktorining qo‘shimcha stipendiyalari va  hаr bir mavsumda "yugur" platformasida qayd etilgan natijalarga asosan har bir hududdan 1-3 o'rinlarni olgan (o'g'il va qiz bolalar bo'yicha alohida-alohida) talabalar Oliy ta'lim, fan vа innovatsiyalar vazirining bir martalik moddiy rag' batlantirish to'lovi bilan taqdirlanadi:
1-o'rin uchun 5 000 000 so'm miqdorida,
2-о'rin uchun 3 000 000 so'm miqdorida,
3-o‘rin uchun 2 000 000 so'm miqdorida taqdirlab boriladi.

👥Musobaqada ishtirok etgan professor-o'qituvchi va xodimlar bo'yicha "Yugur" platformasida qayd etilgan natijalarga asosan hаr bir oliy ta'lim muassasasi kesimida 1-3 o'rinlarni egallagan (erkak va ауоllаr bo'yicha alohida-alohida) xodimlarga lavozim maoshiga 10 foiz miqdorda 3 oylik qo'shimcha ustamalar belgilash va to'lash tavsiya etiladi.  

➡️Batafsil ma'lumot uchun ushbu havolani bosing https://t.me/ttatf_yoshlar_ittifoqi/6876

🎓Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari:

Telegram 🌐Instagram Facebook 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:

🔹 qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;

🔹 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
my.hemis.uz platformasi ishga tushirildi❗️

Hurmatli talabalar, endilikda joriy baholaringiz, kontrakt qarzdorligingiz, dars jadvalingiz va boshqa ko'plab ma'lumotlarni my.hemis.uz platformasi orqali bilishingiz mumkin.

Eslatma: login va parollar shaxsiy sahifangizga kiradigan platforma ma'lumotlari bilan bir xil

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishki ta'til qachon boshlanishini bilasizmi?

TTA Termiz filiali mas'ullari barcha kurs talabalariga qishki ta'til 23.12.2024-04.01.2025 oralig'ida belgilashni reja qilishgan. Ammo xabaringiz bor har yili an'anaviy tarzda Prezident tomonidan qishki ta'til sanalari e'lon qilinadi. Agarda ushbu sanalarda ta'tilning davomiyligi 04.01.2025 dan ko'proq etib belgilansa u holda yuqoridagi jadval asosida o'qish sanalari ham semestrdan keyin cho'zilishi mumkin.

Masalan, ta'til 12 yanvargacha etib belgilansa, 1-kurs davolash ishi yo'nalishidagi talaba mos ravishda o'qish boshlangandan boshlab yuqoridagi jadvalga asosan 1 hafta o'qiydi (ya'ni 13.01.2025-18.01.2025).

- - -

The officials of the Termez branch of TTA have planned to schedule the winter break for all course students from December 23, 2024, to January 4, 2025. However, as you know, the winter break dates are traditionally announced by the President each year. If these dates extend beyond January 4, 2025, then, according to the schedule above, the academic dates may also be extended after the semester.

For example, if the break is set to last until January 12, a first-year student in the General medicine program will study for one week based on the schedule above after classes resume (i.e., from January 13, 2025, to January 18, 2025).

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-2025 o'quv yilidan boshlab o'qish ko'rsatkichiga qarab grant/kontrakt o'qish shakli o'zgarishi belgilanganidan xabaringiz bormi?

Ma'lumki shu yildan o'qish ko'rsatkichiga qarab grantlar qayta taqsimlanishi belgilangan. Hali uning qay tartibda hisoblanishi haqida aniq yo'riqnoma mavjud emas. Shunday bo'lsada e'tiboringizga davolash ishi yo'nalishi bo'yicha yil boshidan boshlab o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichlari (JN bahosi) bo'yicha talabalar reytingini tuzib chiqdik. Joriy yilda 136 ta grant o'rni ajratilgan bo'lib, jadvalda taxminan birinchi 136 talik talabalar ichida to'lov-shartnoma asosida o'qiydiganlar bo'lsa, ularni yashil rangga grantga da'vogarlar qatoriga qo'shdik.

🎈Barchani o'qishlariga omadlar tilab qolamiz!!!

Izoh: yana bir bor qaytaraman, bu bor yo'g'i JN o'rtachasi bilan olib borilgan hisob-kitoblar bo'lib, taqsimlanish bo'yicha yo'riqnoma chiqmaguncha aniq bir xulosa qilib bo'lmaydi. Ustiga-ustak bu ko'rsatkichlar joriy baholardan kelib chiqqan bo'lib, hali yil oxirigacha bahoingizni ko'tarish imkoniyatingiz bor. Jadvalda rasm sifatida kuchli 20 talikni keltirib o'tdik. To'liq ro'yxat bilan faylda tanishishingiz mumkin!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Talabalar kuni munosabati bilan 16-noyabr kuni o'tkaziladigan sport tadbirlari dasturi bilan tanishing!


Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰🥰😇🥰🥰😇

⚡️ Bugun o'quv ishlari bo'yicha dekan o‘rinbosari Berdiyev Abdusamad Xudoyqulovichning tavallud ayyomlari!🎉

💐Shu munosabat bilan, Abdusamad Xudoyqulovichni filial jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz va kelgusidagi ishlariga muvafaqqiyatlar tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ta'ziya

TTA Termiz filiali jamoasi Patologik anatomiya, sud tibbiyot, tibbiyot huquqi kafedradi dotsenti Nuritov Nurpulla Rajapovich bevaqt vafot etganliklari munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi. Marhumning oxiratlari obod bo'lsin va yaqinlariga sabr bersin.

Janoza ertaga ertalab Buxoro shahri G'ijduvon tumanida o'qiladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025 o'quv yilida malakaviy amaliyot qachon bo'ladi?

E'tiboringizga malakaviy amaliyot o'tkazilishi rejalangan vaqtlarni havola etamiz. Reja bo'yicha bu yil ham malakaviy amaliyot imtihonlarini avgustning birinchi o'n kunligida o'tkazish ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga asosan, talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/SharipovAbror
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM