Sevara Urinbayeva
2.72K subscribers
9.85K photos
1.09K videos
23 files
4.37K links
Журналист, PR, илмий изланувчи

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_hudud

45 ЁШИДА ТУҒИЛГАНЛИГИ ҲАҚИДАГИ ГУВОҲНОМАГА ЭГА БЎЛДИ

Константин Лопотин 1980 йилда онаси ва акаси билан Россиянинг Москва шаҳридан Фарғона вилоятига кўчиб келадилар. Константин шу вақтда 3 ёш эди. Моддий етишмовчилик сабаб болаларга туғилганлиги ҳақидаги гувоҳнома олинмаган.

Мактаб ёшига етган Лопотиннинг онаси имкон топиб Фарғона шаҳридаги 24-умумтаълим мактабга олиб борди. 11 йил давомида мана шу мактабда билим олган Константин йиллар давомида ўзининг расмий ҳужжатлари бўлишини, мамлакат фуқароси дейишларини истаган.

1997 йилдан шу кунга қадар Константин бир нечта мутасаддилар, ҳуқуқшунослар, ҳокимлик вакилларидан туғилганлиги ҳақидаги гувоҳнома олишда кўмак сўрайди. Афсуски, улардан қониқарли жавоб олмади. Аниқ бир фуқаролиги бўлмаган Константин Лопотин шу кунгача Олий таълим муассасаларида таҳсил олишни орзу қилди ҳалос, давлат ишида ҳам ишламоқчи бўлди, аммо ҳар бир иш жойидан маълум ҳужжатлар сўраларди.

Шу сабабли йиллар давомида у ёлланма ишчи сифатида фаолият олиб борган. Лопотиннинг сўнги сўров манзили Фарғона вилояти адлия бошқармаси бўлди. Ўзини қийнаб келаётган мавжуд муаммони айтди. Бошқарма ходимлари эса дарҳол судга даъво аризасини киритдилар.

Аризада эса Константин Лопотинга туғилганлиги ҳақидаги гувоҳномани берилиши, у 42 йилдан буён Ўзбекистонда истиқомат қилаётганлиги акс этганди. 45 ёшида расмий ҳужжатларни қўлга олган Константин биринчи навбатда уй сотиб олади. Сўнгра оила қуришини ҳам режалаштирётгани айтади бизга.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Мажбурий тиббий кўрик учун ўқитувчилардан пул ундириш қонунга зид

Kun.uz” томонидан эълон қилинган мақолада мажбурий тиббий кўрик учун ўқитувчилардан пул ундирилаётганлиги маълум қилинган.

Меҳнат кодексининг 214-моддасига кўра, иш берувчи меҳнат шартномаси тузиш чоғида дастлабки тарзда ва кейинчалик (иш давомида) вақти-вақти билан қуйидаги ходимларни тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиши шарт:
▪️ўн саккиз ёшга тўлмаганлар;
▪️олтмиш ёшга тўлган эркаклар, эллик беш ёшга тўлган аёллар;
ногиронлар;
▪️меҳнат шароити ноқулай ишларда, тунги ишларда, шунингдек транспорт ҳаракати билан боғлиқ ишларда банд бўлганлар;
▪️озиқ-овқат саноатида, савдо ва бевосита аҳолига хизмат кўрсатиш билан боғлиқ бўлган бошқа тармоқлардаги ишларда банд бўлганлар;
▪️умумтаълим мактаблари, мактабгача таълим ташкилотлари ва бошқа муассасаларнинг бевосита болаларга таълим ёки тарбия бериш билан машғул бўлган педагог ва бошқа ходимлари.

❗️Тиббий кўриклардан ўтилиши муносабати билан ходимлар чиқимдор бўлмайдилар.

Юқоридагиларга кўра, адлия бошқармаси томонидан Тошкент шаҳри миқёсида халқ таълими тизими ходимларини мажбурий тиббий кўрикдан ўтказиш масаласи ўрганиб чиқилмоқда (мурожаат учун: @Poytaxtadliyabot).

Ўрганиш натижаси бўйича ахборот эълон қилинади.

Тошкент шаҳар адлия бошқармаси

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Хабарингиз бор, 2021 йил 29 июнь куни “Давлат органлари ва ташкилотларига юридик хизмат кўрсатиш фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинган эди.

Мазкур қарорда республиканинг барча туман (шаҳар)ларида юридик хизмат кўрсатиш марказларини (Марказлар) ташкил этиш белгиланган.

Навоий вилояти давлат органлари ва ташкилотларига юридик хизмат кўрсатиш борасида биринчилардан бўлди. Вилоятда туман ва шаҳар Юридик хизмат марказлари синов тариқасида Республикада биринчи бўлиб ўз фаолиятини бошлади.

Ҳозирда Адлия вазирлиги ишчи гуруҳи томонидан марказлар фаолиятини янада мувофиқлаштириш мақсадида амалий ёрдам кўрсатилмоқда.

Ишчи гуруҳи дастлаб Навоий шаҳридаги марказ фаолияти билан танишди. Бунда марказнинг моддий-техник базаси тўлиқ таъминланганлиги, яратилган шароитлар кўздан кечирилиб, зарур тавсия ва кўрсатмалар берилди.

Маълумот учун: мазкур Президент қарорида 2021 йил 1 октябрдан бошлаб ҳудудий адлия бошқармалари ҳузурида юридик хизмат кўрсатиш марказлари (Марказлар) республиканинг барча туман (шаҳар)ларида ташкил этиш, шунингдек давлат ташкилотларига юридик хизмат кўрсатиш билан боғлиқ барча маълумот ва жараёнларни тўлиқ электрон равишда йиғиш, қайта ишлаш, таҳлил қилиш ва амалга ошириш имконини берувчи “E-huquqshunos” электрон тизимини босқичма-босқич жорий этиш белгиланган эди.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Бухоро вилоятида "Адлия фахрийлари эъзоз ва эътиборда!" шиори остида фахрийлар билан учрашувлар ўтказилди

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Jomboy tuman adliya bo‘limiga 30 nafar fuqarolarga ish haqi to‘lanmayotgani bilan bog‘liq mazmunda murojaat kelib tushdi.

O‘rganish davomida xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida 17 nafar laborant hamda 13 nafar xo‘jalik mudiri vazifasidagi xodimlarga ish haqi to‘lanmagani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizalari kiritildi.

Ish mazmunan ko‘rib chiqilib, budjet mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning ish haqini to‘lab berish uchun 97 mln 183 ming so‘m undiruv belgilandi.

Munis USMONOV,
Jomboy tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Karmanalik 10 nafar pensionerning masalasi bir kunda hal etildi.

🔹 Xatirchida “Chorvanasl” markazida ishlab ketganlar uchun 80 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy”doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔹 Farg’ona viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 2 nafar notariusning litsenziyalari toʻxtatildi.

🔹 Mirzachoʻl tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan xodim ishga tiklandi.

🔹 2021-yil davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aniqlangan 70 075 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga 1 761 ta taqdimnoma, 6 711 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 416 ta takliflar kiritildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan 205 million soʻm tovon puli undirildi.

🔹 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan xotin-qizlar uchun keng qamrovli sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 20 nafar C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama haqlari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi tomonidan 5 nafar madaniyat bo‘limi xodimlariga jami 68 milliondan ortiq ustama haqlari to‘lanmaganligi aniqlandi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan maktab sinf rahbarining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

🔹 Paxtaobodda 186 nafar xotin-qizlarning 500 milliondan ortiq ish haqlari to‘lanmagan. Adliya holatni o‘rgandi.

🔹 Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Mirzo Ulug’bek” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yong‘in o‘chiruvchilari va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 “Mirzaobodlik ishbilarmon ayollar” nodavlat notijorat tashkiloti Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Sardoba tuman adliya boʻlimining sa’y-harakatlari bilan fuqaroga uning qonuniy mulki qaytarildi.

🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida Sirdaryo tumanida seminar va sayyor qabul o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 20 nafar rus tili o’qituvchilariga jami 139 milliondan ortiq ustama haqlari to’lanadigan bo‘ldi.

🔹 To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktabi o‘qituvchilari xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo‘lsada ularga ustama haq to‘lab berilmayotgani bois, amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

🔹 “Mening adliyadagi bir kunim” shiori ostida Namangan viloyat adliya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

🔹 Namangan viloyatining har bir hududida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida sayyor qabullar oʻtkazildi.

🔹 Buxoroda «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy» dasturi doirasida ayollarga huquqlari tushuntirildi.

🔹 To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga hisoblangan, lekin to‘lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan 32 million 795 ming 313 so‘m ustama to‘lovlari undirib berildi.

🔹 Boyovut tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi ko'magi bilan fuqaroga boquvchisini yuqotganlik nafaqasi tayinlandi.

🔹 Sport murabbiylariga ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilmagan, holatga Oqoltin tuman adliya bo‘limi aralashdi.

🔹 Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan «FORTUNE INVEST» MCHJ foydasiga 145 mln so‘m asosiy qarz, 5 mln so‘m penya va 4,35 mln so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

🔹 Sirdaryo tumani "Shirin" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" o‘tkazildi.

🔹 Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 7 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy”doirasida Yangi Hayot tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Olmazor tumanidagi “Bo‘stonobod”, “Shodiyona” va “Jiydali” mahallalarida monitoring o‘tkazildi.

🔹 Toshkent viloyat adliya boshqarmasining aralashuvi bilan 60 nafardan ortiq ish yurituvchi va laborantlarning oylik ish haqlari oshirildi.

🔹 Fuqaroning Bo'stonliq tuman adliya bo'limiga murojaati ijobiy yechim topdi.

🔹 Chirchiq shahar adliya bo'limi aralashuvi bilan xodimlarning 980 mln so'm oylik ish haqlari to'lanishiga erishildi.

🔹 Chinoz tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan pensionerning pensiya miqdori qayta hisoblab chiqildi.

🔹 Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining 22 nafar xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angor tumani “Bahor” MFYda joylashgan “Sayyid Baraka” jome’ masjidi 130-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu masjid 500 namozxonga mo‘ljallangan.

🔹Xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan razryadlariga mos ish haqlari Mirobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan hal etildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘maklashdi.

🔹 Yakkasaroy tumanida joylashgan “Bog’isaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida tumanda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv-seminari va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔹 Mirobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan xalq ta'limi bo‘limi xodimiga to‘lanmagan ustama va ish haqi undirib berildi.

🔹 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining sessiyasida adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorovning axboroti tinglandi.

🔹 Yangiyer shahar adliya bo‘limi aralashuvi bilan “Sirdaryo ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK hisobidan “Yangi Asr Yangiyer” MChJ foydasiga 60 mln so‘m undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Xovos tumanida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🔹 Toshkent tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan onaga bola nafaqasi tayinlandi.

🔹 Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yordami bilan 27 yil sarson bo‘lgan fuqaro uy-joyga ega bo‘ldi.

🔹 Toshkent tuman adliya bo'limi yordami bilan ish haqi undirib berildi.

🔹 To‘raqo‘rg'on tuman adliya bo‘limi tomonidan xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan 10 ta fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 107 mln so‘m undirilishi taʼminlandi. https://t.me/namanganadliya/8438

🔹 Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 14 nafar fuqaroga jami 97 mln so‘m ish haqi undirilishi taʼminlandi.

🔹Pop tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan poymol bo'lgan huquq tiklandi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Qayroqi” va “Soybo‘yi” MFYlarda aholi muammolarini o‘rganib ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Mingbuloq tumanida ayollar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qator davlat organlari bilan hamkorlikda Zomin tumanining “Pishog'or” MFYda xotin-qizlar uchun sayyor qabul hamda tibbiy ko'rik tashkil etildi.

🔹 Fuqaro 58 yoshda ishdan bo‘shatilgan, lekin unga muddatidan oldin pensiya tayinlanmagan. Masalaga Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashdi.

🔹Asaka tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan 220 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilardan assosiz ravishda olingan pullar qaytarilishi ta’minlandi.

🔹Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan “Shoximardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholiga “Huquqiy axborot kuni” tadbirlari tashkil etildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

🔹 Konimex tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 27 nafar fuqaroning ish staji tiklandi.

🔹 Xatirchida “Chorvanasl” markazida ishlab ketganlar uchun 80 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Sayxunobod tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan mahalla xodimlarining ustama pullari undiriladigan bo'ldi.

🔹 Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan sayyor uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazildi.

🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Amir Temur” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Izboskan tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan tumandagi maktablarning 23 nafar xodimlariga kam hisoblangan ish haqilari sud buyrug'iga asosan undirilishi ta'minlandi.

🔹 Asaka tumanida huquqiy aksiya: 784 nafar ta'lim tizimi xodimlarining oyligi to‘liq o‘zida qoladigan bo‘ldi.

🔹 Andijonda 21 nafar xodimga oylik, 19 nafar o‘qituvchiga esa ustama haq to‘lanmagan.

🔹 To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ibrat” MFY da sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan 30 nafarga yaqin o‘qituvchilarning murojaatlariga qonuniy yechim topildi.

🔹Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning huquqlari himoya qilindi.

🔹 Paxtachi tuman adliya bo‘limi tomonidan 7 nafar ta'lim tizimi xodimlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

🔹 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi ko‘magida fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi.

🔹 Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan COVID-19 dan vafot etgan marhum shifokor oilasi uchun 250 million so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Qiziltepada fermerga nisbatan ortiqcha hisoblangan 126 million soliq to'lovi to'xtatib qolindi.

🔹 Nurotada mahalla xodimlariga 43 milliondan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan davlat xizmatlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, yuridik texnikum hamkorligida viloyat “Navro‘z sayli”da fuqarolarga “Bepul huquqiy maslahat” aksiyasi tashkil etilib, bayram dasturxoni hozirlandi.

🔹 Navoiy shahridagi 11-son jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Marhamat tuman adliya bo‘limi fan olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgan o‘qituvchilarga 163 million so‘m ustama pullari undirilishiga ko‘maklashdi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan o‘qituvchining yetti oylik ovoragarchiligiga chek qo‘yildi.

🔹Yangiyer shahar adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan shahar tibbiyot birlashmaiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikasida tibbiyot xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul tashkil qilindi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Oqoltin tumani “Shodlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan “Umid” maktab-internati direktoriga toʻlanmay qolgan ustama va ragʻbat pullari toʻlab berilishi ta”minlandi.

🔹 Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan “Havastlik” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limining aralashuvi bilan nafaqaga chiqqan xodimga to‘lanmasdan kelingan 15,8 mln so‘mlik ish haqi va boshqa to‘lovlari undirib berildi.

🔹 Payariq tuman adliya bo‘limi ko‘magida noqonuniy hisoblangan soliq sud qarori asosida to‘xtatildi.

🔹 Nurobod tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan xodimning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Paxtachi tuman adliya bo‘limining ko‘magida rus tili fani o‘qituvchilarga 32,5 mln so‘mlik ustama haqlari undirib berildi.

🔹 Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi qaytadan tayinlanishiga erishildi.

🔹“Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya doirasida Shirin shahar 2-sonli MTT xodimining huquqlari tiklandi, adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaro ishga tiklandi.

🔹 Marhamat tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.

🔹 Baliqchi tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan “Toza hudud” DUK tuman filialining 21 nafar xodimlariga to'lab berilmagan ish haqilari sud buyrug'iga asosan undirilishi ta'minlandi.

🔹 Navoiy viloyat adliya organlari tizimida "Mening huquqim" yoshlar aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari qamrab olindi.

🔹 Uchquduq tumanida adliya aralashuvi bilan fuqaroning ish stajiga uning bola parvarishi ta’tillarida bo‘lgan davri qo‘shib berildi.

🔹 G‘ozg‘onda adliya ko‘magi bilan iste’mol gazining hisoblash bazasida ko‘rinmagan to‘lov summalari inobatga olinishi ta’minlandi.

🔹 Navbahorda kadrlar bo‘yicha menejerlarga 150 mln so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Yangi Namangan tuman adliya bo‘limi tomonidan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan 12 nafar o‘qituvchiga to‘lanmagan ustama pullari undirib berildi.

🔹 Namanganda o‘qituvchilarga 423 million so‘mdan ziyod ustama haqlari berilmayotgani aniqlandi.

🔹 Namanganda tadbirkorga 171,8 million so‘m undirib berildi.

🔹 “Sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya doirasida Toshkent shahrida mazkur tizim xodimlaridan jami 157 ta murojaat kelib tushgan va 150 ta murojaat qanoatlantirilgan, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

@adliyangiliklari