Behzod | IT blog
1 subscriber
21 photos
2 videos
28 links
Software Engineer at @realsoftuz

⚡️Veb dasturchilar uchun amaliy ma'lumotlar
⚡️Eng ko'p so'raladigan intervyu savollari va javoblari

Shaxsiy blog: @behzodjonBlog

Boshqa sahifalar: solo.to/behzodjon
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sahifani yangilash uchun ajoyib animatsiya

#design
👍1
Moslashuvchan sahifada turli xil rasmlarni yuklashning oson yo'li

"<picture>" teg elementi orqali brauzer uchun ko'plab rasm variantlarini kiritish mumkin. Adaptiv sahifalar yaratish uchun qulay usul

#html #tips
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forma inputida parolni yashirishni sodda yo'li

Barchasi oson: shunchaki input turini "password" dan "text" ga o'zgartirib qo'yish kerak



const input = document.getElementById('passwordInput');
const eye = document.getElementById('passwordEye');

eye.addEventListener('click', function() {
input.type = input.type === 'password' ? 'text' : 'password';
});


#js #dom
🔍 Ko‘pchilik Jsda array filter metodini ishlatib, fallback uchun bo‘sh arrayga tekshirib qo‘yishadi.

Aslida bunga umuman hojat yo‘q.
Chunki, Javascript filter doim array qaytaradi.

Hattoki filtrlanayotgan array bo‘sh bo‘lsa ham.
Hattoki hech qanaqa natija topilmasa ham.

PS: Eslint ham bu keraksiz tekshirishlarni payqamas ekan

#js
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Figma dizaynni kodga aylantirish reallikka aylandi!

🤖 Replit AI jamosi Figma uchun , dizaynni statik React app ga aylantirib beradigan plugin ishlab chiqishdi.

💻 Figmada hohlagan dizayningizni oching, pluginni o'rnating va shunchaki, kodga o'giring.


#figma #css #html #AI
Typescriptda Omit

Typescriptda biror bir tipni tushirib qoldirmoqchi bo'lsangiz Omit juda ham asqotadi. 🌟

Ushbu kalit so'zisiz, qo'shimcha interfacelar yaratishingiz va extendsdan foydalanishingizga to'g'ri keladi.

Yuqorida ajoyib misollar bilan tushuntirilgan. 🔥

#ts #typescript
💡Jsda Array "fill" metodi massivlarni yaratishda va ularni manipulatsiya qilishda juda qo'l keladi

#js #frontend
💡Vuejsda slot uchun default content qo'yish imkoni borligini bilasizmi?

Content har qanday turda bo'lishi mumkin, hatto, murakkab component ham qo'yishingiz mumkin. Yuqoridagi suratlarda misollar keltirilgan.

#vuejs #frontend
💡 Muammo: Javascriptda massivning so'ngi elementini olmoqchimisiz?

🛠 Yechim: .at() metodidan foydalaning

#js #tip
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
📝 Gitda commit xabarlarni professionallardek yozing:

1.Fe'l so'z turkumi bilan boshlang

Harakat fe'li bilan boshlab, hozirgi zamondan foydalaning

Added, Fixed, Updated
Add, Fix, Update

2. Nimani qanday va nega bajarganingizni tasvirlang

Masalan: Improve data handling for better API performance

NIMA: Improve data handling
NEGA: for better API performance

4. Maxsus jargon ishlatmang

Implement exception handling for HTTP 500 errors
Improve error handling for server-side errors

#Git #devtips
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Tajribali mutaxassis Kori Haus, o'z tvitterida, muhim va foydali tavsiya bilan bo'lishibdi:

Menejer bo'lganimda, ba'zi odamlar menga muammolar bilan murojaat qilishardi.
Boshqalar esa oldimga yechimlar bilan kelishardi.
Kimni lavozimi oshganligini taxmin qilib ko'ring endi?
Faqat muammolar haqida xabar bermang.
Yechimlarni ham taklif qilib turing.

Ijobiy bo'ling.
Faol bo'ling.
Uzoqni ko'ra olish qobiliyatingizni soting.

O'sishingiz uchun ruxsat kutib o'tirish shart emas.
Namuna ko'rsatib o'sing.


#Leadership #ProblemSolving #PersonalGrowth
3👍2
Ba'zan senior vazifani bajarish uchun juniorga qaraganda KO'PROQ vaqt sarflashi mumkin

Bir xil vazifani:
Senior: 5 kun.
Junior: 2 kun.

Ammo bir haftadan keyin ...

Senior: boshqa vazifalar ustida ishlayotgan bo'ladi.
Junior: bajargan vazifasini tuzatish/takomillashtirish uchun yana 3 kun sarflaydi.
Yakunda esa boshqacha yondashuv bilan qaytadan yozib chiqish kerakligini tushunib yetadi.

Manba: X.com

#DeveloperProductivity #TaskEstimation #SeniorVsJunior
👍5
Azizbek aka ovescroll-behavior: contain haqida juda foydali ma'lumot berganlar.
Shunga qo'shimcha qilib, kichik namuna qoldiraman.

Ya'ni, agar siz sahifada ichida vertikal juda uzun kontenti bo'lgan modalni ochsangiz, kontentni oxirigacha ko'rib chiqish uchun, vertikal skroll qilasiz, shunda kontent tagiga yetganingizda, asosiy sahifadagi skroll ham ishlab ketadi. Bu rostan juda noqulay holat. Yechim sifatida modal stiliga ovescroll-behavior: contain qo'yish kifoya.

Quyidagi namuna orqali kengroq tushunib olasiz, CSS bo'limiga e'tibor qarating:
Namuna havolasi

#css
👍2
⚡️Vue Mastery kurslari

Mashhur Vue Mastery platformasi kelayotgan dam olish kunlari uchun barcha pullik kurslarini tekin qilmoqda.
Juda sifatli kurslarni ko'rib chiqish uchun ajoyib imkoniyat. Ushbu havola orqali, joyingizni band qilishingiz mumkin.

https://www.vuemastery.com/free-weekend/#thank-you

#vue
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Frontend nation

4-7 iyun kunlari keng miqyosli, 40 dan ortiq speakerlarni o'zida jamlagan frontend sohasi bo'yicha katta onlayn event bo'lishi kutilmoqda.
Ko'plab freymvork mutaxassislaridan muhim bilimlarni olish uchun yaxshi imkoniyat.

Ro'yhatdan o'tish: https://frontendnation.com

#frontend
2
Shartli qiymatlar o'rniga default parametrlardan foydalaning

Default parametrlar kodlarni tozaroq ko'rinishiga yordam beradi.
Lekin, ular faqat undefined argumentlarnigina o'rnini bosa oladi. Boshqa "falsy" qiymatlar '', false, null, 0, va NaN qiymatga ega argumentlarga ta'sir qilmaydi.

Yomon:
function createMicrobrewery(name) {
const breweryName = name || "Hipster Brew Co.";
// ...
}


Yaxshi:
function createMicrobrewery(name = "Hipster Brew Co.") {
// ...
}


#JavaScript #CodingTips #WebDevelopment #CleanCode
👍1
Muammo: Array.reduce tushunishga sal qiyinroq

Yechim: Tushunarli nomlar tanlang doim.

#JavaScript #CodingTips #WebDevelopment #CleanCode
Intervyudan savol

Javascriptda Pure funksiya nima?

Javob:


Javascriptda Pure funksiya shunday funksiyaki, unga bir xil input qiymatlar berilsa, doim bir xil natija qaytaradi va hech qanaqa side-effectlar(ya'ni global tashqi state ma'lumotlarini o'zgartirmaydi) yuzaga keltirmaydi.

Impure funksiya esa yuqoridagi namunada, o'zining scopedan tashqaridagi stateni o'zgartirgan, ya'ni side-effect kelib chiqqan.


#interview #js
👍2