Behzod | IT blog
1 subscriber
21 photos
2 videos
28 links
Software Engineer at @realsoftuz

⚡️Veb dasturchilar uchun amaliy ma'lumotlar
⚡️Eng ko'p so'raladigan intervyu savollari va javoblari

Shaxsiy blog: @behzodjonBlog

Boshqa sahifalar: solo.to/behzodjon
Download Telegram
Javascriptning yaqinda chiqqan groupBy metodi, reduce ga qaraganda ancha qulay va tushunishga oson ekan.

Yuqorida farqni ko'rishingiz mumkin.

#js
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Foydali repozitoriy.

Bu yerda veb-dasturlash uchun 100 dan ortiq loyihalarni o'z ichiga olgan tayyor kodlar(html+css+js) to'plami bor ekan.
Turli xil interfeyslar yaratish uchun yaxshi asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

🔗 Havola: https://github.com/solygambas/html-css-javascript-projects?tab=readme-ov-file


#resource
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intervyudan savol

Javascriptda function declaration va function expression o'rtasida qanday farq bor?

Javob:

function declaration:
• Kod
function kalit so'zi bilan boshlanadi.
• Contextda hohlagan yerda e'lon qilinishi mumkin va
hoisted bo'lish xususiyatiga ega, ya'ni funksiya e'lon qilinganidan avvalroq ham chaqirilishi mumkin

function expression:
• Bunaqa funksiya o'zgaruvchiga qiymat sifatida tayinlanadi.
• Bunaqa funksiyalar
hoisting bo'lmaydi va ularni faqat o‘zgaruvchiga tayinlangandan keyingina chaqirish mumkin.

#interview #js
event.preventDefault() va event.stopPropagation() orasida qanday farq bor?

1.event.preventDefault()

Vazifasi: Brauzerning standart xatti-harakatini bekor qiladi.

Amaliy misol:
const form = document.querySelector('form');
form.addEventListener('submit', function(event) {
event.preventDefault();
console.log('Forma yuborilishi to'xtatildi');
});


Natija: Forma yuborilmaydi, sahifa qayta yuklanmaydi.

2.event.stopPropagation()

Vazifasi: Hodisaning DOM bo'ylab tarqalishini(bubbling va capturing) to'xtatadi.

Amaliy misol:
const child = document.querySelector('.child');
const parent = document.querySelector('.parent');

child.addEventListener('click', function(event) {
event.stopPropagation();
console.log('Faqat child elementi bosiladi');
});

parent.addEventListener('click', function() {
console.log('Parent elementi bosiladi');
});


Natija: Child elementiga bosilganda faqat oʻsha elementning click hodisasi ishlaydi, parent elementigacha ko'tarilmaydi.

#interview #js #DOM #EventHandling
Intervyudan savol

JavaScriptda call(), apply() va bind() biri biridan qanday farq qiladi va ularning har birini qachon ishlatish mumkin?

Javob:

- call():
Funksiyani maxsus
this konteksti bilan ijro etadi va argumentlarni alohida-alohida uzatishimiz kerak bo'ladi.

Diqqat qiling, 1-argument yuqoridagi namunada
this bo'ladi.

- Ishlatish holati: Funksiyani chaqirib, argumentlarni birma bir uzatish kerak bo'lganda.

- apply():
call() ga o'xshash, shunchaki, argumentlar massiv sifatida yuborish kerak.
- Ishlatish holati: Argumentlaringiz massivda bo'lsa va ularni funksiyaga yubormoqchgi bo'lsangiz.

- bind():
Doimiy bog'langan
this konteksti bilan yangi funksiya qaytaradi.
call() va apply() dan farqi, darxol chaqirilmaydi, shunchaki yangi funksiya qaytaradi, keyinroq chaqirsa bo'ladigan

- Ishlatish holati: Keyinchalik chaqirish uchun belgilangan
this kontekstiga ega funksiya yaratmoqchi bo'lganingizda.

#interview #js
👍2
Laravel freymvorki asoschisi multimillioner Taylor Otwell $57M investitsiya olibdi.
Bu laravel rivojlanishi uchun yanada ulkan qadam.

1-o'rgangan freymvorkim Laravel bo'lgan, haligacha foydalanaman.
Aytishim mumkinki, professionallik borasida unga yetadigani yo'q.

#laravel #php
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zida hech qanday dizaynsiz UI komponentlar yaratishga to‘g‘ri keladi.

Shunaqa paytlarda, googleda sanoqsiz komponentlarni tanlab o‘tirish ancha vaqt oladi.

Yaqinda shu muammoni hal qiladigan foydali bir instrumentga duch keldim.

Vercel Labs tomonidan ishlab chiqilgan v0.dev standart UI layout yoki komponentlarni AI yordamida avtomatik generatsiya qilib berarkan.

#tip
👍3
Ba'zida Front tomondan qaraganda barchasi go'zal, lekin aslida ...

#mem
👍2
"Side project" qilmoqchisiz lekin vaqt yoʻq?

Yaqinda tajribali dasturchi Povilas Koropning shu savol boʻyicha muhim tavsiya bergan videosini ko'rib qoldim.

1-tavsiya. Loyihani boʻlaklarga boʻlib tashlang.

Dam olish kunlarida agar hech bolmasa 1 soat boʻlsada boʻsh vaqtingiz boʻlsa, masalan loyihaning asosiy sahifa dizaynini chizib qoʻying, yoki database schema yaratib qoʻying, hech boʻlmaganda qogʻozda bo'lsa ham.

Shuningdek, mavjud to do list orqali keyingi vazifa ham aniq boʻlishi kerak albatta. Shu tarzda bir necha oy ichida ancha katta loyiha yaratib qoʻyishingiz mumkin

2- tavsiya. Agar rostdan vaqtingiz boʻlmasa, balki qoʻshimcha loyiha qilish siz uchun shart emasdir.

Undan koʻra oʻsha vaqtni dam olishga, fikrlarni toʻplashga sarflagan arziydi. Hamma loyiha qilayotgan boʼlsa siz ham qilishingiz shart degani emas. Sizdan haqiqatdan motivatsiya va hohish boʻlmasa , baribir yarim yoʻlda qolib ketadi.

To'liq video: YouTube 🖤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javascript kod aslida qanday ishlaydi?

Javascript qanday ishlashi haqida qiziq bir video ko'rib qoldim.

Aniq va tiniq tushuntirish:

Javascript kod dastlab brauzerning ichki qismida ishlashi uchun ishlab chiqilgan.

Har bir brauzerning esa o'zining Javascript engine bor.

Masalan:

V8 Chrome uchun
Javascript core Safar uchun
SpiderMonkey Mozilla uchun
Chakra Microsoft Edge uchun

#js
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CSS kundalik maslahat 💡

Ba'zan, kundalik ish faoliyatimizda ko'pchiligimiz vertical scrollable table hosil qilishga qiynalamiz.

Shunaqa vaziyatlar uchun ajoyib yechim:

📌 Kod

#css
VueSchool Vue js uchun eng sifatli kurs chiqaradigan platformalardan biri hisoblanadi.

Bir necha yildan buyon kuzatib kelaman, 2-3 noyabr kunlari premium kurslarini 2 kunga bepulga ocharkan.

Bilimlarni mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat.

https://vueschool.io/freeweekend/

#vue
Salom, do'stlar
Biroz muddat kanalda postlar qo'yilmadi.

Anchadan buyon Algoritmlar bo'yicha bilimlarimni yaxshilash ustida ishlamoqdaman.
Bunda FreeCodecamp platformasidan foydalanayapman. Bu platformada faqat amaliy vazifalar yechib o'rganasiz

Yana bir shunga o'xshagan lekin pulli va sifatli bo'lgan Scrimba dan esa Advanced Javascript kursini ham ko'rib boryapman.
Bu platformaning kuchli tomoni, bir vaqtning o'zida parallel video ko'rib kod yozishingiz mumkin.
🔥1
Intervyularda setTimeout bilan bog'liq bir qiziq savol kelishi mumkin

Tassavur qiling, bizda displayTrafficLight funksiyasi bor , parameter sifatida light-ni oladi.

Endi vazifa: 3 sekunddan keyin yashil ko'rsatsin.
Odatda ko'pchilik setTimeout-ga shunaqa argument yuboradi.
Lekin bu xato. Bu yerda funksiya 3 sekundni kutmasdan ishlab ketadi.


function displayTrafficLight(light){
console.log(light)
}

setTimeout(displayTrafficLight('🟢'), 3000)

displayTrafficLight('🔴')

//Natija:
🟢

🔴


Ko'rib turganingizdek , darxol yashil chiqdi. Lekin bizga 1- qizil, keyin 3 sekunddan so'ng yashil chiqishi kerak.

Bu muammoga yechim, setTimeout-ga yana bir argument jo'natishimiz kerak, funksiyadagi argumentni esa o'chirib qo'yamiz.

Yechim yuqoridagi suratda.


#interview #js
👍3
Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)
Twitterda mana shu post ostiga yaxshi maslahatlar yozishgan, har birimiz uchun foyda deb o'ylayman:

https://x.com/tillkruegerDEV/status/1866749028433560049
for ... in yoki for ... of ?

for ... in obyektlar uchun qulayroq, shuningdek, massivlar bilan ham ishlatsa bo'ladi.

Lekin, agar massivga custom property-lar qo'shilsa, ularni ham inobatga oladi, bu keyinchalik kutilmagan bug-larga sabab bo'lishi mumkin.

Masalan:
const arr = [10, 20, 30];
arr.extra = "oops";

for (let key in arr) {
console.log(key); // Natija: 0, 1, 2, "extra"
}


for...of esa bunaqa custom property-larni hisobga olmaydi.

Masalan:
const arr = [10, 20, 30];
arr.extra = "oops";

for (let key of arr) {
console.log(key); // Natija: 10 20 30
}


Muhim: Massivlar uchun iloji boricha for...of ishlatish kerak.

#interview #js
append yoki appendChild?

DOM bilan ishlaganda ko'p hollarda shu 2 ta variantdan birini tanlashimizga to'g'ri keladi.

append yangi chiqqan brauzerlarda taqdim etilgan bo'lib, ko'plab afzalliklarga ega:

Bittada ko'plab elementlar yoki string qo'sha oladi.

appendChild esa oldindan bor bo'lgan metod. Faqatgina node obyektini qo'sha oladi

Masalan, text string qo'shmoqchi bo'lsangiz , avval uni document.createTextNode bilan node-ga aylanitirishga majbursiz.

#interview #js
👍2
Yaqinda Humoyun akani kanallarida, Epamda boʻlgan suhbat savollari chiqqan edi.
Qiziqish uchun shularni batafsil javoblarini birma bir qoldirishga harakat qilaman.

Adaptive va Responsive dizayn – farqi nimada?


Responsive dizayn universal bo‘lib, barcha ekranlarda moslasha oladi.

Agar siz universal va barcha ekranga mos keladigan veb-sayt yaratmoqchi bo‘lsangiz, Responsive dizayn yaxshi tanlov.

Adaptive dizayn esa turli o‘lchamdagi ekranlar uchun maxsus, alohida versiyalar yaratadi.

Qachonki, siz aniq qurilmalar uchun maxsus UX yaratmoqchi bo‘lsangiz, Adaptive dizayn foydali bo‘ladi.

#interview #css
👍41
Forwarded from Vohid Karimov
Ohirgi marta qachon ertalab uyg’onib, joyingizdan turib, cho’milib taranib, so’mkani orqaga tashab, ishga borib, ishdagi muhim tasklaringizni bir talayini tugatib, tushlik qilishdan biroz oldin telefoningizni ochdingiz? Katta extimol bilan yoki hech qachon yoki ancha bo’lgan.

Tushlikgacha yangiliklar o’qimaslikni va ko’rmaslikni 2-3 haftadan beri o’zimga odat qilganman. Nafaqat yangiliklar, balki juda muhim bo’lmagan Telegram habarlar va ilovalardan kelayotgan notification’larni ham kunimni unumli boshlamagunimcha ochmayman.

O’shandan beri o’zimni ancha yengil his qilaman, kunlarim odatdagidan samaraliroq va positivroq o’tadi. Nega bunday bo’lyapti? Ertalab uyg’onganimizda miyamiz bo’sh bo’ladi va birinchi 2 soatda uni nima bilan to’ldirishimiz butun kunimizga katta ta’sir qiladi. Uni stress beradigan yangiliklar bilan to’ldirsak, kunimiz stress bilan o’tadi. Reja qilgan ishlarimizni kunni boshidayoq yakunlash bizga ancha yengillik va xursandchilik beradi.

Bu fikr Farrukh Atabekov va Aliy Khoshimov bilan bo’lgan podcast davomida kelib qoldi. Aliy “Toptal interviewlariga tayyorlanayotganimda ertalab turardim nonushta ham qilmasdan leetcode yechardim” degandi.

Sizda bu borada qanday lifehack yoki foydali odatlar bor?
👍61🔥1