Samarqanddan xatlar kelmaydi,
Uzun-uzun dardlar keladi.
Men-ku tizlar cho‘kib yalindim,
Undan mag‘rur qadlar keladi.
"Meni kutgil, boraman" degan,
Vafosiz, ul mardlar keladi.
«Boshingni yo‘limga qo‘y” degan,
Shirin-shirin shartlar keladi.
Chorlayversam, jon tovonimda,
Dil tubidan dodlar keladi,
G‘ururlari osmonday bo‘lib,
Menga yaqin yotlar keladi...
Ko‘zim to‘la yoshim, kel endi
Oyog‘ingda boshim, kel endi!
Guljamol Asqarova
Uzun-uzun dardlar keladi.
Men-ku tizlar cho‘kib yalindim,
Undan mag‘rur qadlar keladi.
"Meni kutgil, boraman" degan,
Vafosiz, ul mardlar keladi.
«Boshingni yo‘limga qo‘y” degan,
Shirin-shirin shartlar keladi.
Chorlayversam, jon tovonimda,
Dil tubidan dodlar keladi,
G‘ururlari osmonday bo‘lib,
Menga yaqin yotlar keladi...
Ko‘zim to‘la yoshim, kel endi
Oyog‘ingda boshim, kel endi!
Guljamol Asqarova
❤15❤🔥11💔4🍓4🔥1😍1
Kuzatma ortimdan...
Sen yaxshisi, qol.
Yasha istagancha dunyo bagʻrida.
Topib borolmaysan -
Men yashagan joy -
Bu hayotdan ozroq narida...
Sen yaxshisi, qol.
Yasha istagancha dunyo bagʻrida.
Topib borolmaysan -
Men yashagan joy -
Bu hayotdan ozroq narida...
Xosiyat Rustamova
❤34❤🔥11🍓5🕊3💔3💘3😍1🐳1🌚1💯1
мен қўрқаман исминг йўқ бўлса
пешонамнинг битикларида…
• Ирода Раҳмоналиева
пешонамнинг битикларида…
• Ирода Раҳмоналиева
❤41💯13❤🔥8🔥4💔4🕊2🌚2💘2😍1
Yashasang-chi oʻtmishdan arib!
Yoʻl ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga — bilmaysan...
Sevgi – mardlar umriga ziynat —
Qay yoʻsinda hayotin tarzi...
Soʻng bor aytay: ,,Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir".
Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan oʻsha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.
Usmon Azim
Yoʻl ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga — bilmaysan...
Sevgi – mardlar umriga ziynat —
Qay yoʻsinda hayotin tarzi...
Soʻng bor aytay: ,,Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir".
Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan oʻsha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.
Usmon Azim
❤30❤🔥7🍓5🐳4😍2🕊1🌚1💯1
Men – bandi,
Hech qachon hech kim tutmagan.
Haydama, yaxshisi, boshimga dor tik!
Tashqari – sensizlik,
Tashqari – tuman,
Meni o'ldiradi bunday ozodlik.
Qara, ko‘zlarimdan tomyapti shabnam,
Yuragi nam tortib ketganlar kammi?!
Iltimos, haydama... gar qanot qoqsam
To'kilib ketaman, achinmaysanmi?!
Uchmayman!
Hech qachon hech kim tutmagan.
Haydama, yaxshisi, boshimga dor tik!
Tashqari – sensizlik,
Tashqari – tuman,
Meni o'ldiradi bunday ozodlik.
Qara, ko‘zlarimdan tomyapti shabnam,
Yuragi nam tortib ketganlar kammi?!
Iltimos, haydama... gar qanot qoqsam
To'kilib ketaman, achinmaysanmi?!
Uchmayman!
❤🔥23❤12💘6🕊3🐳3💔2🍓2😍1🌚1
Men baxtni ko'rganman. Ko'rganman. Aniq.
Hatto ko'zlarimiz uchrashgan bir zum
O'rtada bo'lmagan salomu alik
Faqat lablariga qo'ngan tabassum
Shu tarz o'tib ketgan yonimdan.
Tashxis: Jonim chiqmaslikka u dam yaragan
O'grilib qarasam, ortimga ilkis
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
©️ Usmon Azim
Hatto ko'zlarimiz uchrashgan bir zum
O'rtada bo'lmagan salomu alik
Faqat lablariga qo'ngan tabassum
Shu tarz o'tib ketgan yonimdan.
Tashxis: Jonim chiqmaslikka u dam yaragan
O'grilib qarasam, ortimga ilkis
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
©️ Usmon Azim
💘24❤17❤🔥12🕊4🔥1😍1🐳1💯1🍓1😇1 1
Agar sevsang edi meni mendayin,
Borimni yuz bora fido etardim.
Kechib ketar kuning bo'lsa ham tayin,
Umrbod bir senga vafo etardim!
Yursang yo'llaringa jonim to'shardim,
Qoninga qaynatib qonim qo'shardim.
Bir bora ishqingda adoman desang,
Ishonsang men yana ming yil yashardim.
Sovugʼu, ayozlardan bo'lardim panoh,
O'zimga olardim dard kelsa nogoh,
Borki balolarga ko'ksimni tutib,
O'lib, shu balodan etardim ogoh.
Qani sevsang edi meni menchalik,
Cho'qqilar poyimga cho'kardilar tiz.
So'ng esa ket desang, boshimni olib,
Bu yorug' dunyodan ketardim izsiz!
Sevsang, suysang edi meni menchalik,
Cho'g' berib, ol desang, olib yutardim.
Yoki shoir bo'lib kunni kun demay,
Tunni tun demasdan she'rlar bitardim!
Borimni yuz bora fido etardim.
Kechib ketar kuning bo'lsa ham tayin,
Umrbod bir senga vafo etardim!
Yursang yo'llaringa jonim to'shardim,
Qoninga qaynatib qonim qo'shardim.
Bir bora ishqingda adoman desang,
Ishonsang men yana ming yil yashardim.
Sovugʼu, ayozlardan bo'lardim panoh,
O'zimga olardim dard kelsa nogoh,
Borki balolarga ko'ksimni tutib,
O'lib, shu balodan etardim ogoh.
Qani sevsang edi meni menchalik,
Cho'qqilar poyimga cho'kardilar tiz.
So'ng esa ket desang, boshimni olib,
Bu yorug' dunyodan ketardim izsiz!
Sevsang, suysang edi meni menchalik,
Cho'g' berib, ol desang, olib yutardim.
Yoki shoir bo'lib kunni kun demay,
Tunni tun demasdan she'rlar bitardim!
❤23❤🔥11💔7🔥5🕊2😍1🐳1🌚1💯1💘1 1
Икки финжон қаҳва,
Одамлардан Сен,
Фасллардан киш...
Ойлардан февраль...
Биласан...
Келасан...
Туғилган куним...
Илло,
Туғилмаган кунимда ҳам кел.
©Шоҳиста Эргашева
Одамлардан Сен,
Фасллардан киш...
Ойлардан февраль...
Биласан...
Келасан...
Туғилган куним...
Илло,
Туғилмаган кунимда ҳам кел.
©Шоҳиста Эргашева
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Hamma narsa, hammasi senga,
Sizgachi deb soʻrasang agar,
Dunyo senga, sen esa menga…)
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Barcha shodlik, barcha baxt senga.
Oʻzingizga yoʻqmi desang gar,
Baxt senga-yu, sen esa menga…)
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Bari goʻzal narsalar senga.
Meni oʻylab xavotir olma,
Koʻnglim senga, sen esa menga…)
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Hayotimning hammasi senga.
Olayotgan nafasim hamda,
Borim senga, sen esa menga…)
✍️Ijrochidan
Hamma narsa, hammasi senga,
Sizgachi deb soʻrasang agar,
Dunyo senga, sen esa menga…)
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Barcha shodlik, barcha baxt senga.
Oʻzingizga yoʻqmi desang gar,
Baxt senga-yu, sen esa menga…)
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Bari goʻzal narsalar senga.
Meni oʻylab xavotir olma,
Koʻnglim senga, sen esa menga…)
Kel, dunyoni boʻlamiz tengga,
Hayotimning hammasi senga.
Olayotgan nafasim hamda,
Borim senga, sen esa menga…)
✍️Ijrochidan
❤22 11❤🔥10😍3😇3🎉2🌚2💯2🍓2💘2🥰1
Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Xo‘rligim keltirar g‘alati gina.
Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!
💙
Xo‘rligim keltirar g‘alati gina.
Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!
💙
❤28 16🔥4🕊4💔3🎉2😍1🌚1💯1🍓1💘1
Nima bo‘ldi Senga, Azizam,
Nahot qalbing bariga ko‘ndi?
Yer ustida yashay bilmagan
Men sho‘rlikni netasan endi?
Nahot qalbing bariga ko‘ndi?
Yer ustida yashay bilmagan
Men sho‘rlikni netasan endi?
1🌚21 10❤9❤🔥5💔3🥰1🕊1💯1🍓1😇1💘1
***
Yurgan yoʻllarimda sogʻinching hamroh,
Iforing taralsa izlayman seni…
Hammaga unutdim deyabman-u goh,
Unutish baxona eslayman seni…
Soʻnggi bor qay kunim oʻtdi seningsiz,
Xudo haqqi sira eslolmayapman…
Hammani aldashni epladim shaksiz,
Oʻzimni aldashni eplolmayabman…
Ovozing jaranggi kelar toʻrt tomon,
Ammo toʻrt tomon ham bermaydi darak…
Surating avaylab yuribman hamon,
Balki chin muhabbat shu boʻlsa kerak…
Hammaning nazdida baxti be’kamman,
Qalbimdan oʻtgani oʻzimga ayon…
Sogʻinchni baxt deya qa’bul qilganman,
Ammo kelmaslarni kutish bu - yomon…
Yasemin
Yurgan yoʻllarimda sogʻinching hamroh,
Iforing taralsa izlayman seni…
Hammaga unutdim deyabman-u goh,
Unutish baxona eslayman seni…
Soʻnggi bor qay kunim oʻtdi seningsiz,
Xudo haqqi sira eslolmayapman…
Hammani aldashni epladim shaksiz,
Oʻzimni aldashni eplolmayabman…
Ovozing jaranggi kelar toʻrt tomon,
Ammo toʻrt tomon ham bermaydi darak…
Surating avaylab yuribman hamon,
Balki chin muhabbat shu boʻlsa kerak…
Hammaning nazdida baxti be’kamman,
Qalbimdan oʻtgani oʻzimga ayon…
Sogʻinchni baxt deya qa’bul qilganman,
Ammo kelmaslarni kutish bu - yomon…
Yasemin
~ Nurtalash ufqqa termulaman jim,
Va taskin shivirlar sukut cho‘mgan dam:
"Hozircha tuyg‘ular o‘lganicha yo‘q,
Hozircha muhabbat tug‘ilmadi ham"
Aziza Shokirova
Va taskin shivirlar sukut cho‘mgan dam:
"Hozircha tuyg‘ular o‘lganicha yo‘q,
Hozircha muhabbat tug‘ilmadi ham"
Aziza Shokirova
❤🔥21❤12 7💘3🌚2🔥1🥰1😍1🍓1😇1
Rahmat, qo’llarimdan tutganing uchun,
Tashakkur! Qorlarda kutganing uchun.
Ming rahmat ko’ksimni nurlarga ko’mib,
Taqdirim yo’lidan o’tganing uchun.
Va ming bor taqdirga ta’zim, azizim,
Yaxshi-yomonimda yorliging uchun.
Peshonamda isming yozilgani va
Kaftim chizig’ida borliging uchun…
©Guljamol Asqarova
Tashakkur! Qorlarda kutganing uchun.
Ming rahmat ko’ksimni nurlarga ko’mib,
Taqdirim yo’lidan o’tganing uchun.
Va ming bor taqdirga ta’zim, azizim,
Yaxshi-yomonimda yorliging uchun.
Peshonamda isming yozilgani va
Kaftim chizig’ida borliging uchun…
©Guljamol Asqarova
💯15❤11❤🔥9 8🥰2😍2🍓2🔥1🌚1😇1💘1
Senga
Nima bo‘ldi Senga, Azizam, Nahot qalbing bariga ko‘ndi? Yer ustida yashay bilmagan Men sho‘rlikni netasan endi?
Nima bo‘ldi o‘zimga, asli,
Qadamlarim yo‘qolgan, shaxdam.
Bir oyog‘im orzu ustida,
Bir oyog‘im uzilgan baxtdan!
Qadamlarim yo‘qolgan, shaxdam.
Bir oyog‘im orzu ustida,
Bir oyog‘im uzilgan baxtdan!
❤🔥17 8❤4🥰3😍2💯2💘2😁1🎉1🕊1🌚1