Marketpleysda ishlayotganingda, siz shunchaki sotuvchi emassiz.
Siz — qo‘llab-quvvatlovchi, psixolog va "jang maydonidagi" diplomatsiz.
🎭 Asab buzar xaridorlarchi?
Ular har doim yaqin atrofda:
Siz esa o‘qib o‘ylanasiz:
“Brat, sen choynak buyurtma berganding-ku, emotsiya emas…”
Bunday vaziyatda sarosimaga tushmaymiz.
Qoidaga binoan, madaniyat bilan — lekin harakter bilan javob beramiz.
Bu tuzoq — ular aynan shuni kutadi.
Salomatli, madaniyatli va botga o'xshab javob ber
Shablonlar bu sening "bronejileting".
Nima yozishsa xam:
“Yer yuzidagi eng yomon sotuvchisan!”
Bunga javob:
“Fikringiz uchun rahmat, o‘z ustimizda ishlaymiz! 😊”
🗣 Mijoz: "Menga yoqmadi. Pulni qaytaring."
📨 Javob: “To‘lovni qaytarish marketpleys qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Agar qaytarish sharti mavjud bo‘lsa, rasmiy tarzda topshirishingiz mumkin 🙏”
🗣 Mijoz: "Bu to‘plam deb o‘ylagandim, aslida bitta tovar bo‘lib chiqdi!"
📨 Javob: “Tavsif va suratlarda nima kirganligi ko‘rsatilgan. Agar kerak bo‘lsa — qanday qaytarish yoki almashtirishni tushuntiramiz 🔄”
💣 Shikoyat: “Siz aldadingiz! Bu umuman kutganim emas edi!”
📨 Javob: “Salom! Tovarning sizning kutganingizga mos kelmagani uchun afsusdamiz. Muammo nimadaligini yozsangiz, birga hal qilamiz 💬”
💥 Tahdid: “Pulni qaytarmasangiz, salbiy izoh yozaman!”
📨 Javob: “Fikringiz biz uchun muhim, lekin biz marketpleys qoidalari asosida ishlaymiz. Asosli sabab bo‘lsa — tartib bilan hal qilamiz. Izoh qoldirish — har bir xaridorning huquqi 😊”
🗣 Mijoz: "Bugun yetkazib bering!"
📨 Javob: “Buyurtmani imkon qadar tezroq yuborishga harakat qilamiz. Lekin yetkazib berish muddati marketing va logistika orqali belgilanadi. Tushunganingiz uchun rahmat 🚚”
🗣 Mijoz: "Paket / quti ezilgan!"
📨 Javob: “Fikringiz uchun rahmat! Mahsulot yetib borganda ideal holatda bo‘lishi biz uchun juda muhim. Kelgusi jo‘natmalarni yanada puxta o‘raymiz 📦”
Sen — sotuvchisan, stress to‘plagich emassan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6😁6👍3🔥3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fulfillment xizmatlari:
Tovarlarni qabul qilish, saqlash, qadoqlash va markalash, 3-4 kun ichida Uzum va Yandex Market omboriga jo'natish.
🚛 Barcha logistika jarayonlarini avtomatlashtirish.
📲 Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1
Assalomu alaykum, aziz sellerlarim!
Aprel oyi — bu biznes degani “tinchlik bo‘lmaydi” degan fikrni yana bir bor isbotladi.
Stoklar tugap qolyapdi, yangi raqiblar, Bust budjetni "kemiryapdi"...
Ammo biz ham oddiy odam emasmiz-ku, to‘g‘rimi? Bizda har doim plan “B” bor!
Aprel oyida 8 xil turdagi, 41 xil model tovarlar Xitoydan yetib keldi. Barchasi Fulfillment’ga topshirilib, 20 ta yangi kartochka yaratildi.
1 hafta ichida tovarlar qadoqlanib, shtrix-kod yopishtirilib, Uzum Market omboriga yuborildi va savdoga chiqdi.
Aprel oyida kunlik savdomiz 6 - 10 mln so‘m oralig‘ida bo‘ldi. O‘rtacha kunlik savdo — 6 mln so‘m, natijada aprel oyini 183.684.000 so‘m bilan yopdik.
3 turdagi tovarlar — oldin ham yaxshi sotilgan, zaxira to‘ldirish uchun qaytadan olib keldik. 5 xil tovar esa yangi yo‘nalish bo‘lib, ularni test tarzida olib kirganmiz. TOPga chiqish uchun BUST reklamalarini maksimal darajada yoqib, kartochkalarni faollashtirdik va sotuvlar boshlandi. Natijalar judayam zo'r, zaxiralarni ko‘paytiramiz, Xudo xohlasa.
13 xil turdagi, 22 xil model tovarlar bo‘yicha ishlar olib borildi. Xitoydagi yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilib, mahsulotlar haqida ma’lumot oldik, yo‘lkira narxlarini hisoblab, unit-ekonomikasini tahlil qilib, to‘lov amalga oshirildi.
Aprel — bu biz uchun yangi sinov, yangi bosqich.
Biz foyda qilyabmizmi? — Ha.
Osonmi? — Yo‘q.
Qiziqmi? — Albatta.
Shunday ekan...
"Biznes — bu marafon, sprint emas. Ammo ba'zida sprint ham qilib turmasa, marafonni yutib bo‘lmaydi."
Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4⚡2👏1
Sabab? Albatta, «xizmat sifatini oshirish» 🙃
📦 Oldin: 9.000 so‘mga sotding — 2.000 so‘m logistika
📦 Endi: 9.000 so‘mga sotding — 4.000 so‘m logistika
Kim birinchi zarba yeydi?
Quyidagilar:
😤 Endi jiddiy:
Bu kichik biznesga zarba. Endigina boshlaganlarga. Talabalarga. Dekretdagi onalarga.
Uzum har doim odeyalni o‘z tomoniga tortgan, lekin endi esa karavotning oyoqlarini kesishni boshladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8🤯4❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi har bir sharhni yoki savolni qidirib, kartochkalar orasida yo‘qolib ketmaysiz. Barcha og‘riq — bitta joyda bo'ladi 😃
Shunchaki, xaridorlarimizning go‘zal va g‘alati fikrlarini tezroq ko‘rishimiz uchun:
▪️ “Quti ezilgan ekan — 1 yulduz”
▪️ “Shampun hayotimni o‘zgartiradi deb o‘ylagandim”
▪️ “Mahsulot a’lo, lekin kuryer muomilasi yomon — 3 yulduz”
📈 Jiddiy qilib aytganda:
— Xaridorlarning 70%i sharhlarni o‘qiydi
— Ijobiy sharhlar = savdo oshadi
— Bularning bari endi sizning nazoratingizda — bitta oynada
💬 Endi nima qilamiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2👍1👏1😁1
Rasmiy xabar yo‘q. Ammo:
Uzum’ga qarshi chiqdingmi — reklama, logistika va narxda teng kurashga tayyor bo‘l!
Bozorga Yandex Market ham kirib keldi...
👗 MyBazar faqat kiyim-kechak, oyoq kiyim va aksesuarlar bilan ishni boshlagan.
Nishon aniq, segment tor.
Lekin xaridorlar umumiy bozorni afzal ko‘rdi.
— Pul tugadi.
— Yetarli marketing bo'lmadi
— Trafik bo‘lmadi.
— Yetarli savdo bo'lmadi.
— Investorga sabr yetmadi.
🧢 MyBazar bizga yana bir dars bo'ldi:
«Moda bilan bozorni egallash mumkin emas — agar kuchli marketing bo‘lmasa», Uzum + Yandex kelgan joyda...
Manba: @mp_with_sellerlabuz
🔚 Xulosa:
Mahsulot zo‘r bo‘lishi mumkin.
Loyiha g‘oyasi chiroyli.
Ammo bu bozor.
Va har bir fashion-marketpleysga "uzr, brat, bu yer band” deyishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1😁1
Raqobat qo‘mitasi "YandexGo UB" MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Sabab:
📝 "Uzum Market" tomonidan yuborilgan murojaat. Unda aytilishicha, Yandex Marketning televideniye va ijtimoiy tarmoqlardagi reklama roligi Uzum Market’ga nisbatan nohalol raqobat va obro‘siga putur yetkazish sifatida baholangan.
🔎 Qo‘mita bu murojaatni ko‘rib chiqib, “Raqobat to‘g‘risidagi qonun”ning 21-moddasiga zid holat bo‘lishi mumkin deb, ish qo‘zg‘atdi.
— Yandex reklamada o‘zini “ustun” deb ko‘rsatgan
— Raqobatchini nozik joyidan ushlagan
— Va umuman, o‘zini bu bozorda "katta xo‘jayin"dek tutgan
— Ish rasmiy ravishda ko‘rib chiqiladi
— Ehtimol, ogohlantirish yoki jarima bo‘ladi
— Yoki oddiygina "boshqa qaytarilmasin" deb yopiladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🔥3❤1⚡1
Assalomu alaykum, aziz sellerlarim!
«Biznes bu jang emas, bu serial»
May oyi yakunlandi.
Epizod nomi: “Qani endi zaxira bo‘lsa”
Kelgan tovarlarni 80% may oyi ichida sotilib, stoklar bo'shab qoldi
Bizda ko'p uchraydigan xolat bu.
Endi, iyun oyi savdo pastroq o'tadi, yangi partiya tovarlar esa yo'lda, shu oy oxirigacha xammasi yetib keladi xudo xoxlasa
▪️ Tovarlar tugadi — holbuki, hali oy tugamagan edi.
▪️ Tovarlar yo‘lda, lekin bu vaqt ichida savdo pasayadi.
▪️ Reklama narxlari o‘sdi, lekin konversiya o'sha o'sha.
▪️ Xitoydan olib kirish qimmatlashmoqda.
14 xil turdagi, 23 xil model tovarlar bo‘yicha ishlar olib borildi. Xitoydagi yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilib, mahsulotlar haqida ma’lumot oldik, yo‘lkira narxlarini hisoblab, unit-ekonomikasini tahlil qilib, to‘lov amalga oshirildi.
Biznes bu — shunchaki sotuv emas. Bu strategiya, tahlil, sabr va ikki qadam oldinga yurib, bir qadam orqaga tashlashdir.
May oyini 283 million bilan yopdik — qiyin bo‘ldimi? Ha.
Klubimiz chegaralanmagan vaqt asosida siz bilan shartnoma tuzishga doimo tayyor. Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤4👍2👏1
FBS
Agar siz Samarqanddan bo‘lsangiz va hali marketga qo‘shilib ulgurmagan bo‘lsangiz
Maxsus formani to‘ldiring — shaxsiy menejeringiz kabinetingizni sozlash va mahsulotlaringizni vitrinaga joylashtirishda ko‘maklashadi.
👉 Ulanish
Agar Market Yandex Go‘da savdo qilayotgan bo‘lsangiz va saralash markazini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz
Shaxsiy kabinetingizda "Ombor" → "Ombor ma’lumotlari" bo‘limiga o‘ting va "Yuklash joyini o‘zgartirish" tugmasini bosing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2 2 1
🎬 Serialning 6-seriyasi: “Bahor tugadi — daromad bilan birga”
Assalomu alaykum, Sellerlarim!
Iyun oyini rasmiy ravishda “zaxirasiz jang” deb e’lon qilamiz.
🌀 Tovarlar va savdo oqimi haqida:
• Mayda 80% tovar sotilib ketgan edi.
• Iyun oyi davomida yangi zaxiralar faqat oy oxirida kelgan. Asosiy savdoni ko‘proq “stoksiz rejim”da ishladik.
• Shunga qaramay, kunlik 3–6 mln so‘m savdoni ushlab turdik. O‘rtacha — 5.2 mln.
Bir tovar bor edi. May oyida 3-do‘konga “kassa” qilib bergandi.
Biz xursand bo‘lib, may oxirida ikkinchi partiyani buyurtma berdik.
❌ Sotilmadi.
Keyin bilsak... bu mahsulot “bahor va kuz uchun” ekan. Yozda hech kimga kerak emas 😅
Endi u omborda taqdirini kutmoqda. Kuzga yaqin savdosi boshlanib qoladi deb umid qilamiz.
Aytgancha…
Biz yangi loyiha ustida ishlayabmiz.
📦 5-do‘konni Uzum Market’da ochyapmiz!
🧠 Rejalashtirilgan byudjet: $5,000
📦 4 xil toifa mahsulot bo‘ladi
📌 Yetkazib beruvchilar topildi
📅 Ochilish — avgust o‘rtalarida, nasib qilsa.
Bu safar strategiya boshqacha. Yangi nishalar.
Bu haqida alohida post bo‘ladi.
“Savdo o‘rganiladi. Foyda — tahlil orqali keladi.
Zaxira esa — oldindan qilinadigan reja.”
🔸 Iyun — qiyin bo‘ldi. Lekin bu oydan ko‘p narsani o‘rgandik.
🔸 Eng yaxshi sotilayotgan mahsulot — keyingi oy xam shunday sotiladi degani emas (Sezon).
🔸 Zaxira — bu shunchaki “so'z” emas, bu fundament.
🔸 Iyunni bir so‘z bilan ifodalasa bo‘ladi: "Yedik".
Klubimiz chegaralanmagan vaqt asosida siz bilan shartnoma tuzishga doimo tayyor. Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, Sellerlarim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3 3❤2 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fulfillment xizmatlari:
Tovarlarni qabul qilish, saqlash, qadoqlash va markalash, 3-4 kun ichida Uzum va Yandex Market omboriga jo'natish.
🚛 Barcha logistika jarayonlarini avtomatlashtirish.
📲 Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O'zi zo‘rg‘a tirikchilik qilib yurganlarga yana biroz qiyinchilik qo‘shamizmi?” degan seriyadan yangi xabar.
Agar do‘kon yiliga 1 milliard aylanmaga yaqinlashsa — uni, xotining, qo‘shning yoki maktabdosh do‘stingning YaTTsiga o‘tkazsa bo'lardi.
QQSsiz ishlab, sof foyda tushib ketmay, biznes nafas olardi.
50 ta do‘koni bor gigantlarga emas, balki Uzum Market’da kuniga 2–3 mln so‘m aylanma qiladigan va har kuni hisob-kitob qiladiganlarga:
💥 Endi esa:
1 milliardga yetdingizmi? QQS dunyosiga xush kelibsiz.
Raqobat kuchayib, kargo narxlari oshayotgan paytda.
Narxni oshirasizmi? Mijozni yo‘qotasiz.
Narxni o‘sha-o‘sha qoldirasizmi? Foydani o‘ziz yeb qo‘yasiz.
🤷 Bundan kim yutadi?
💡 Eng qizig‘i shundaki, bu “kulrang” imkoniyat aslida yuzlab kichik tadbirkorlarni yopilishdan qutqarardi. Endi esa ular boshqa, ehtimol, yanada “qora” sxemalarni izlashadi.
Bu “halol raqobat” sari qadammi yoki kichik sotuvchilarni siqib chiqarib, maydonni faqat yiriklarga bo‘shatishmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯4⚡3❤2🤔2
"Iskat qilgan, imkon topadi"
Assalomu alaykum, Sellerlarim!
🌀 Tovarlar va savdo oqimi haqida:
O‘sha “kutilgan mehmon” tovarlari nihoyat kelib, omborga topshirildi. Endi esa eng maroqli bosqich: narxlar bilan “ishlash”, reklama kampaniyalarini yoqish, kerakli kalitlarni topish.
Bu do‘kon biz uchun yangi tajriba bo‘ladi, chunki: yangi assortiment, yangi yo‘nalish, yangi tajribalar.
Klubimiz chegaralanmagan vaqt asosida siz bilan shartnoma tuzishga doimo tayyor. Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4⚡2 2👏1 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasavvur qiling: siz O‘zbekistonda maishiy texnika sotuvi bilan shug‘ullanasiz va 3 yil ichida barcha kanallar (onlayn + offlayn) orqali 15 000 dona mahsulot sotgansiz.
Volto – maishiy texnika ishlab chiqaradigan o‘zbek brendi aynan shunday natijaga erishdi. Yozning eng qizg‘in kunlarida ular kuniga 1 500 tagacha ventilyator sotishdi — omborlarda mahsulot qolmadi.
Bu kabi natijaga nima sabab bo‘ldi?
👉 Yangidan ishga tushgan marketpleysda tez faollashish (ular ilk ishtirokchilardan biri bo‘lishdi)
👉 Massov talabga mos mahsulot tanlash (ventilyator — yozda haqiqiy ehtiyoj)
👉 Ombor nazorati — mahsulot tugashi bilan yangisini tez yetkazib kelishgan
👉 Qulay narx siyosati va brendga nisbatan ishonch
Volto misoli shundan dalolat beradi: kim birinchi kirsa va talab bilan to‘g‘ri ishlay olsa — u katta foydaga erishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4 3 2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fulfillment xizmatlari:
Tovarlarni qabul qilish, saqlash, qadoqlash va markalash, 3-4 kun ichida Uzum va Yandex Market omboriga jo'natish.
🚛 Barcha logistika jarayonlarini avtomatlashtirish.
📲 Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avgust o‘rtalarida bizning Uzumda yangi, 5-do‘konimiz to‘liq ishga tushdi.
Atigi ikki hafta ichida savdolar 34 mln so‘mni tashkil qildi. Yangi do‘kon uchun bu juda yaxshi start bo‘ldi.
🔻 Kutilmagan konkurent:
Bir tovar umuman sotilmadi. Biz uni 300.000 so‘mdan sotib, 25% foyda olishni rejalashtirgan edik. Ammo bozorda kutilmaganda raqib chiqib, xuddi shu tovarni 170.000 so‘mdan qo‘ydi.
Bu nimani anglatadi?
Bu fitnaga aralashmasdan, vaziyatni kuzatamiz va boshqa mahsulotlarga e’tibor qaratamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5 4❤2 2
AliExpress? TEMU? Yo‘q!
Bu — Uzum Market Global.
Uzumdan yangi “sovg‘a”.
Biz so‘ramadik, ular so'rashmadi, endi Uzum ichida ”TEMU va AliExpress”
Bu sellerlar uchun nimani anglatadi
Uzum buni chiroyli qilib o'zbek selleri uchun zarari yo'q deb tushuntirmoqchi bo'lyapti: “savatchalari alohida, ularda nasiyaga sotuv yo‘q, yetkazib berish uzoqroq”.
Lekin keling, rostini aytamiz — bizning xaridor arzon bo‘lsa kutishga tayyor
Bu kimga foyda?
— Uzum Marketga: “qarang, biz global platformamiz, trafik o‘smoqda” deb investorlarni xursand qiladi.
— Xitoy yetkazib beruvchilari, ular endi rasmiy ravishda kirib keladi.
— Lekin biz sellerlar endi qo‘shni bilan emas, balki Shenchjendagi fabrikalar bilan raqobat qilishga to'g'ri keladi.
Xulosa
Uzum Market Global — chiroyli nom, aslida esa xitoyliklarni olib kirish va bizni yangi “omon qolish o'yini”ga kirishga majburlash.
💬 Hamkasblar, siz nima deb o‘ylaysiz: raqobatga bardosh beramizmi yoki bu kichik do‘konlar uchun “oxir”ning boshlanishimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬9🤯3