Sellerman.uz | Uzum, Yandex va boshqalar
641 subscribers
143 photos
11 videos
126 links
💬 Uzum, Yandex va Uz E-com haqida
⭐️ Sellerman - 2024 dan
💵 3.000.000.000 so'm aylanma
Uzum & Yandex Sellers asoschisi:
https://t.me/uzumsellersclub

✉️ Savol va takliflar uchun: @iSellerUz
Download Telegram
⚖️ Bozorda to‘qnashuv: Yandex Market vs Uzum Market

Raqobat qo‘mitasi "YandexGo UB" MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Sabab:
📝 "Uzum Market" tomonidan yuborilgan murojaat. Unda aytilishicha, Yandex Marketning televideniye va ijtimoiy tarmoqlardagi reklama roligi Uzum Market’ga nisbatan nohalol raqobat va obro‘siga putur yetkazish sifatida baholangan.


🔎 Qo‘mita bu murojaatni ko‘rib chiqib, “Raqobat to‘g‘risidagi qonun”ning 21-moddasiga zid holat bo‘lishi mumkin deb, ish qo‘zg‘atdi.

🍇 Nima yoqmagan Uzumga?
— Yandex reklamada o‘zini “ustun” deb ko‘rsatgan
— Raqobatchini nozik joyidan ushlagan
— Va umuman, o‘zini bu bozorda "katta xo‘jayin"dek tutgan

🟡 Endi nima bo‘ladi?
— Ish rasmiy ravishda ko‘rib chiqiladi
— Ehtimol, ogohlantirish yoki jarima bo‘ladi
— Yoki oddiygina "boshqa qaytarilmasin" deb yopiladi


📊 Boshqa tarafdan olsak — bu o‘zbek e-commerce bozori o‘smoqda, raqobat esa o'sib bormoqda, Uzum va Yandex endi savdo emas — reputatsiya uchun kurashada.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🔥311
⚡️ May oyi — 283.108.000 so'm daromad

Assalomu alaykum, aziz sellerlarim! ⭐️

«Biznes bu jang emas, bu serial»
May oyi yakunlandi.
Epizod nomi: “Qani endi zaxira bo‘lsa” 😆

Kelgan tovarlarni 80% may oyi ichida sotilib
, stoklar bo'shab qoldi 🫠.
Bizda ko'p uchraydigan xolat bu.
Endi, iyun oyi savdo pastroq o'tadi, yangi partiya tovarlar esa yo'lda, shu oy oxirigacha xammasi yetib keladi xudo xoxlasa

Nimaga erishdik?

🟢 Kunlik savdo: 8-15 mln so‘m oralig‘ida.
🟢 O‘rtacha kunlik savdo: 9.1 mln so‘m.
🟢 Tovarlarning 80% — mayda sotilib tugadi.
🟢 Yangi kartochkalar ochildi.
🟢 BUST ishladi, byudjetni kemirdi. 🫠
🟢 Raqobatchilar ko‘paydi, lekin bu bizni qachon to'xtatgan?
Natija — may oyini 283.108.000 so‘m bilan yopdik.

😤 Muammolar

▪️ Tovarlar tugadi — holbuki, hali oy tugamagan edi.
▪️ Tovarlar yo‘lda, lekin bu vaqt ichida savdo pasayadi.
▪️ Reklama narxlari o‘sdi, lekin konversiya o'sha o'sha.
▪️ Xitoydan olib kirish qimmatlashmoqda. 🫠


🚛 Yo‘ldagi va yangi tovarlar tahlili:

14 xil turdagi, 23 xil model tovarlar bo‘yicha ishlar olib borildi. Xitoydagi yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilib, mahsulotlar haqida ma’lumot oldik, yo‘lkira narxlarini hisoblab, unit-ekonomikasini tahlil qilib, to‘lov amalga oshirildi.

📅 Tovarlar iyun oxirigacha yetib keladi (agar “yetib kelolmasa”, boshqa postda yig‘laymiz 😂).

📊 Yo'ldagi tovarlarni moliyaviy ko‘rsatkichi:
🔵 Tovarlar uchun to‘lov — 14.435$
🟢 Kutilayotgan foyda — 31.378$
🟩 Kutilayotgan sof foyda — 16.798$


📊 #Finstat | May 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 283.108.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar soni: 1445 dona
🟩 Sof: 86.233.000 so‘m (6.710$)

🏪 Do‘konlar bo'yicha:

🍇 Uzum #1 — “Birinchi shep”
💸 Tushum: 98.063.000 so‘m

🍇 Uzum #2 — Kichik nisha
💸 Tushum: 15.372.000 so‘m

🍇 Uzum #3 — “Yangi boy” 😂
💸 Tushum: 152.195.000 so‘m

🟡 Yandex.Market — hali-hamon sinovda
💸 Tushum: 17.478.000 so‘m

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 170.630.000 so‘m
🔵 Marketing 12.243.000 so‘m
🔵 Soliqlar 7.994.000 so‘m
🔵 Ombor 2.489.000 so‘m
🔵 Transport 1.500.000 so‘m
🔵 Zarar 1.029.000 so‘m
🔵 Boshqa 990.000 so‘m

🧠 Xulosa:

Biznes bu — shunchaki sotuv emas. Bu strategiya, tahlil, sabr va ikki qadam oldinga yurib, bir qadam orqaga tashlashdir.
May oyini 283 million bilan yopdik — qiyin bo‘ldimi? Ha.

➡️ Natijaga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi, buning ortida sabr va intizom turadi, siz ham savdolaringizni to’g’ri boshqarish strategiyalariga qiziqsangiz, bizning yopiq klubimizga qo’shilishingiz mumkin.
Klubimiz chegaralanmagan vaqt asosida siz bilan shartnoma tuzishga doimo tayyor. Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz

Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥74👍2👏1
🟡 Yandex Market Go endi Samarqandda!

🗓 7-iyul kuni Samarqandda sotuvchilar uchun Market Yandex Go'ni ishga tushiradi
FBS

📍 Market Yandex Go bilan ishlash yanada qulayroq bo‘lishi uchun logistika takomillashtiriladi. 7-iyul kuni Samarqand shahrida saralash markazi o‘z faoliyatini boshlaydi. Manzil: Saidrizo Alizoda MFY, Gagarin ko‘chasi, 236-uy.

📦 Saralash markazi har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha ishlaydi va og‘irligi 200 kg gacha hamda tomonlari yig‘indisi 500 sm gacha bo‘lgan buyurtmalarni qabul qiladi (barchasi kiritilgan).

Agar siz Samarqanddan bo‘lsangiz va hali marketga qo‘shilib ulgurmagan bo‘lsangiz

Maxsus formani to‘ldiring — shaxsiy menejeringiz kabinetingizni sozlash va mahsulotlaringizni vitrinaga joylashtirishda ko‘maklashadi.

👉 Ulanish

Agar Market Yandex Go‘da savdo qilayotgan bo‘lsangiz va saralash markazini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz

Shaxsiy kabinetingizda "Ombor" "Ombor ma’lumotlari" bo‘limiga o‘ting va "Yuklash joyini o‘zgartirish" tugmasini bosing.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
221
⚡️ Iyun oyi — 155.971.000 so'm daromad
🎬 Serialning 6-seriyasi: “Bahor tugadi — daromad bilan birga” 😂

Assalomu alaykum, Sellerlarim!
Iyun oyini rasmiy ravishda “zaxirasiz jang” deb e’lon qilamiz. 🤪


🌀 Tovarlar va savdo oqimi haqida:

• Mayda 80% tovar sotilib ketgan edi.

• Iyun oyi davomida yangi zaxiralar faqat oy oxirida kelgan. Asosiy savdoni ko‘proq “stoksiz rejim”da ishladik.

• Shunga qaramay, kunlik 3–6 mln so‘m savdoni ushlab turdik. O‘rtacha — 5.2 mln.


😂 Mini-fiyasko:
Bir tovar bor edi. May oyida 3-do‘konga “kassa” qilib bergandi.
Biz xursand bo‘lib, may oxirida ikkinchi partiyani buyurtma berdik.

Tovar keldi.
Sotilmadi. 🤪

Keyin bilsak... bu mahsulot “bahor va kuz uchun” ekan. Yozda hech kimga kerak emas 😅
Endi u omborda taqdirini kutmoqda. Kuzga yaqin savdosi boshlanib qoladi deb umid qilamiz.


🔥 Yangilik: Yangi 5-chi DO‘KON YO‘LDA!
Aytgancha…
Biz yangi loyiha ustida ishlayabmiz. 🥚

📦 5-do‘konni Uzum Market’da ochyapmiz!
🧠 Rejalashtirilgan byudjet: $5,000
📦 4 xil toifa mahsulot bo‘ladi
📌 Yetkazib beruvchilar topildi
📅 Ochilish — avgust o‘rtalarida, nasib qilsa.

Bu safar strategiya boshqacha. Yangi nishalar.
Bu haqida alohida post bo‘ladi.


📊 #Finstat | Iyun 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 155.971.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar soni: 961 dona
🟩 Sof: 36.915.000 so‘m (2.900$)

🏪 Do‘konlar bo'yicha:

🍇 Uzum #1 — “Birinchi shep”
💸 Tushum: 66.317.000 so‘m

🍇 Uzum #2 — Sen qarz yopishing kerak!
💸 Tushum: 18.804.000 so‘m

🍇 Uzum #3 — “Yangi boy”? 😂
💸 Tushum: 57.556.000 so‘m

🟡 Yandex.Market — Menam ishlay!
💸 Tushum: 13.297.000 so‘m

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 97.733.000 so‘m
🔵 Marketing 11.531.000 so‘m
🔵 Soliqlar 5.470.000 so‘m
🔵 Ombor 2.741.000 so‘m
🔵 Transport 1.300.000 so‘m
🔵 Boshqa 250.000 so‘m
🔵 Zarar 31.000 so‘m


🧠 Xulosa:
“Savdo o‘rganiladi. Foyda — tahlil orqali keladi.
Zaxira esa — oldindan qilinadigan reja.”

🔸 Iyun — qiyin bo‘ldi. Lekin bu oydan ko‘p narsani o‘rgandik.
🔸 Eng yaxshi sotilayotgan mahsulot — keyingi oy xam shunday sotiladi degani emas (Sezon).
🔸 Zaxira — bu shunchaki “so'z” emas, bu fundament.
🔸 Iyunni bir so‘z bilan ifodalasa bo‘ladi: "Yedik". 😂

➡️ Natijaga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi, buning ortida sabr va intizom turadi, siz ham savdolaringizni to’g’ri boshqarish strategiyalariga qiziqsangiz, bizning yopiq klubimizga qo’shilishingiz mumkin.
Klubimiz chegaralanmagan vaqt asosida siz bilan shartnoma tuzishga doimo tayyor. Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz

Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
221👍1😁1
🚀 5-DO‘KON UZUM — TAYYORLANMOQDA!

Assalomu alaykum, Sellerlarim ⭐️

⬆️ Kimdir yoz faslida ta’tilda, kimdir chetda dam olyapti, biz esa… yana yangi do‘kon ochish bilan bandmiz, pul o'lsina 😂

📊 Yangi do'konni moliyaviy ko'rsatkichi:
🔵 Budjet — 5.000$
🟢 Foyda — 8.298$
🟩 Sof foyda — 3.122$

🗓️ Nimalar rejalashtirilgan?
🟢 5 xil yangi tovar turi (Yumshoq mebel, Mayda bitaboy texnika, Sport trenajor, Detskiy tovar, Kompyuter aksessuar)
🟢 Xitoydan ishonchli yetkazib beruvchilar topildi, puli to'landi, ishlab chiqarib va jo'natish
🟢 Bazi tovarlar yo‘lga chiqqan, tovar kartochkalarini tayyorlash, dizayner bilan infografikalar ustidan ishlash
🟢Tovarlar kelguncha kartochkalarni tayyorlab savomikup va izohlarni tayyorlab turish 😄
🟢Ishga tushishi avgust oyi o‘rtasi

👨‍💻 Nega bu ishni qilayapmiz?
Chunki 4 ta do‘kon kamlik qilyapti — savdo bor, ammo potensial bor joyda — yangi nishalarga kirorish kerak.
Chunki raqobatchilar ko‘paymoqda, va ularni yana bir “bizning do‘kon” bilan azoblash kerak 😂
Chunki tajriba, izlanish va urinishsiz o‘sish bo‘lmaydi.

❗️ Layk bosish — pullik emas. Komment yozish — sog‘liqqa zarar yetkazmaydi. Lekin ikkalasi ham bizni xursand qiladi! 🤪

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3321
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Fulfillment №1 — Tovar tayyorlash markazi

Fulfillment xizmatlari:

Tovarlarni qabul qilish, saqlash, qadoqlash va markalash, 3-4 kun ichida Uzum va Yandex Market omboriga jo'natish.

🚀 Fulfillment sizga nima beradi:
🚛 Barcha logistika jarayonlarini avtomatlashtirish.
Muntazamlikdan halos bo'ling.
⚡️ Tovarlarni yetkazib berish va markalash jarayonini tezlashtirish.
🚛 Viloyatdan xam tovarlarni bizga jo'natsangiz bo'ladi.

📲 Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
211
🥊 Uzum Marketdan Yana Bir Zarba

"O'zi zo‘rg‘a tirikchilik qilib yurganlarga yana biroz qiyinchilik qo‘shamizmi?” degan seriyadan yangi xabar. ☕️

❗️Do‘konlarni bir YaTTdan boshqasiga o‘tkazish — to‘xtatildi.
Qancha vaqtga? Noaniq.

💭 Oldin qanday edi?
Agar do‘kon yiliga 1 milliard aylanmaga yaqinlashsa — uni, xotining, qo‘shning yoki maktabdosh do‘stingning YaTTsiga o‘tkazsa bo'lardi.

QQSsiz ishlab, sof foyda tushib ketmay, biznes nafas olardi.

Kimga foyda edi?
50 ta do‘koni bor gigantlarga emas, balki Uzum Market’da kuniga 2–3 mln so‘m aylanma qiladigan va har kuni hisob-kitob qiladiganlarga:
➡️ marketingga qancha ketadi,
➡️ tovar uchun qancha qoladi,
➡️ oy oxirida ijara to‘lashga yetadimi?

💥 Endi esa:
1 milliardga yetdingizmi? QQS dunyosiga xush kelibsiz.

Raqobat kuchayib, kargo narxlari oshayotgan paytda.
Narxni oshirasizmi? Mijozni yo‘qotasiz.
Narxni o‘sha-o‘sha qoldirasizmi? Foydani o‘ziz yeb qo‘yasiz.

🤷 Bundan kim yutadi?
🟦Katta sotuvchilar? — Ha.
🟦Davlat byudjeti? — Ehtimol.
🟦Garaijdagi ombori va bitta yordamchisi bo‘lgan kichkina sotuvchi? — Yo‘q.

💡 Eng qizig‘i shundaki, bu “kulrang” imkoniyat aslida yuzlab kichik tadbirkorlarni yopilishdan qutqarardi. Endi esa ular boshqa, ehtimol, yanada “qora” sxemalarni izlashadi.

Savol:
Bu “halol raqobat” sari qadammi yoki kichik sotuvchilarni siqib chiqarib, maydonni faqat yiriklarga bo‘shatishmi?

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯432🤔2
💵 Iyul oyi — 190.550.000 so'm daromad
"Iskat qilgan, imkon topadi" 😂

Assalomu alaykum, Sellerlarim!

🌀 Tovarlar va savdo oqimi haqida:
🟢Yangi partiyalar keldi, omborlar to‘ldi.
🟢Savdo oshdi – kunlik o‘rtacha 6,3 mln so‘m.
🟢Bustni oxiri boshqattan tahlil qilib to'g'rilab chiqdik. Natijada reklamaga xarajat kamaydi, daromad oshdi. Natijasini Avgust oyida ko'ramiz, chunki iyulda yana tentakcha xarajat bo'ldi 😂

🚀 5-magazin:
O‘sha “kutilgan mehmon” tovarlari nihoyat kelib, omborga topshirildi. Endi esa eng maroqli bosqich: narxlar bilan “ishlash”, reklama kampaniyalarini yoqish, kerakli kalitlarni topish.
Bu do‘kon biz uchun yangi tajriba bo‘ladi, chunki: yangi assortiment, yangi yo‘nalish, yangi tajribalar.


📊 #Finstat | Iyul 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 190.550.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar soni: 1254 dona
🟩 Sof: 44.090.000 so‘m (3.485$)

🏪 Do‘konlar bo'yicha:

🍇 Uzum #1 — “Birinchi shep”
💸 Tushum: 90.911.000 so‘m

🍇 Uzum #2 — “Sezon kelishini kutyapti” 😂
💸 Tushum: 60.311.000 so‘m

🍇 Uzum #3 — Sentyabrgacha qul!
💸 Tushum: 19.012.000 so‘m

🟡 Yandex.Market #4 — Ishlavotti!
💸 Tushum: 20.316.000 so‘m

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 123.192.000 so‘m
🔵 Marketing 11.365.000 so‘m
🔵 Soliqlar 5.940.000 so‘m
🔵 Ombor 3.670.000 so‘m
🔵 Transport 1.600.000 so‘m
🔵 Boshqa 626.000 so‘m
🔵 Zarar 67.000 so‘m


➡️ Natijaga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi, buning ortida sabr va intizom turadi, siz ham savdolaringizni to’g’ri boshqarish strategiyalariga qiziqsangiz, bizning yopiq klubimizga qo’shilishingiz mumkin.
Klubimiz chegaralanmagan vaqt asosida siz bilan shartnoma tuzishga doimo tayyor. Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz

Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor. Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlashni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni, o‘rganishni va o‘z maqsadingiz sari yurishni davom ettiring.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
422👏11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟡 Volto‘dan rekord: Yandex Go Market'da 3 oyda 19 000 ventilyator sotildi

Tasavvur qiling: siz O‘zbekistonda maishiy texnika sotuvi bilan shug‘ullanasiz va 3 yil ichida barcha kanallar (onlayn + offlayn) orqali 15 000 dona mahsulot sotgansiz.
↗️ So‘ngra yangi marketpleysga chiqasiz — va bor-yo‘g‘i 3 oyda 19 000 ta sotuv amalga oshirasiz.

Volto – maishiy texnika ishlab chiqaradigan o‘zbek brendi aynan shunday natijaga erishdi. Yozning eng qizg‘in kunlarida ular kuniga 1 500 tagacha ventilyator sotishdi — omborlarda mahsulot qolmadi.

Bu kabi natijaga nima sabab bo‘ldi?
👉 Yangidan ishga tushgan marketpleysda tez faollashish (ular ilk ishtirokchilardan biri bo‘lishdi)
👉 Massov talabga mos mahsulot tanlash (ventilyator — yozda haqiqiy ehtiyoj)
👉 Ombor nazorati — mahsulot tugashi bilan yangisini tez yetkazib kelishgan
👉 Qulay narx siyosati va brendga nisbatan ishonch

⚫️ Marketpleyslar — bu shunchaki yana bir sotuv kanali emas, balki o‘sish drayveri.
Volto misoli shundan dalolat beradi: kim birinchi kirsa va talab bilan to‘g‘ri ishlay olsa — u katta foydaga erishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏432👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Fulfillment №1 — Tovar tayyorlash markazi

Fulfillment xizmatlari:

Tovarlarni qabul qilish, saqlash, qadoqlash va markalash, 3-4 kun ichida Uzum va Yandex Market omboriga jo'natish.

🚀 Fulfillment sizga nima beradi:
🚛 Barcha logistika jarayonlarini avtomatlashtirish.
Muntazamlikdan halos bo'ling.
⚡️ Tovarlarni yetkazib berish va markalash jarayonini tezlashtirish.
🚛 Viloyatdan xam tovarlarni bizga jo'natsangiz bo'ladi.

📲 Ma'lumot uchun: @iSellerUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
221
🚀 Yangi 5chi do‘konning ilk natijalari

Avgust o‘rtalarida bizning Uzumda yangi, 5-do‘konimiz to‘liq ishga tushdi.

💬 Qisqa vaqt ichida anchagina ish qilindi:
🟢6 ta karta va 21 ta SKU yaratildi;
🟢5 ta tovar savdoga chiqdi;
🟢6chi tovar yaqinda kelib tushdi va hozirda qabul jarayonida.

⬆️ Savdo natijalari:
Atigi ikki hafta ichida savdolar 34 mln so‘mni tashkil qildi. Yangi do‘kon uchun bu juda yaxshi start bo‘ldi.

🔻 Kutilmagan konkurent:
Bir tovar umuman sotilmadi. Biz uni 300.000 so‘mdan sotib, 25% foyda olishni rejalashtirgan edik. Ammo bozorda kutilmaganda raqib chiqib, xuddi shu tovarni 170.000 so‘mdan qo‘ydi. 😂

Bu nimani anglatadi?
🔵 ehtimol u pulni bo'shatyapti,
🔵 yoki mahsulot unga tekinga tushgan,
🔵 yoki oddiygina demping qilyapti.

Bu fitnaga aralashmasdan, vaziyatni kuzatamiz va boshqa mahsulotlarga e’tibor qaratamiz.

🔥 Qolgan tovarlarda hammasi zo‘r:
🟢BUSTlarni ishga tushirdik, sekin sekin kerakli kalitlarni yig'yapmiz;
🟢sotuvlar yaxshi;
🟢ayrim mahsulotlarni bozor juda yaxshi qabul qildi.

👨‍💻 Hozirning o‘zida biz yaxshi sotilgan tovarlarni yangi partiyasi ustida ishlayapmiz. Hajmlarni ko‘paytiramiz — dastlabki natijalardan ko‘rinib turibdiki, talab bor va zapaslarni tezroq to'ldirish kerak.

🤩 Xulosa: 5chi - do‘konni ishga tushishi judayam muvaffaqiyatli o'tdi va ajoyib start oldi — 34 mln so‘m savdo, yaxshi qabul qilingan tovarlar va yangi partiya rejalari.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5422
🥊 Uzum+TEMU — ana endi yig‘la!

AliExpress? TEMU? Yo‘q!
Bu — Uzum Market Global.
Uzumdan yangi “sovg‘a”.
Biz so‘ramadik, ular so'rashmadi, endi Uzum ichida ”TEMU va AliExpress” 😂

Bu sellerlar uchun nimani anglatadi⁉️
🚫 Dempingga tayyorlaning. Xitoyliklar shunday narx qo‘yadiki, siz xattoki 10–15% marja bilan xam konkurentsiya qilolmaysiz.
🚫 Xaridorlar arzonrog'ini qidirib, Global bo‘limiga o'tib ketadi.
🚫 Ba’zi kategoriyalaringiz shunchaki “o‘ladi”.

Uzum buni chiroyli qilib o'zbek selleri uchun zarari yo'q deb tushuntirmoqchi bo'lyapti: “savatchalari alohida, ularda nasiyaga sotuv yo‘q, yetkazib berish uzoqroq”.
Lekin keling, rostini aytamiz — bizning xaridor arzon bo‘lsa kutishga tayyor 🤪

Bu kimga foyda? 🤑
Uzum Marketga: “qarang, biz global platformamiz, trafik o‘smoqda” deb investorlarni xursand qiladi.
Xitoy yetkazib beruvchilari, ular endi rasmiy ravishda kirib keladi.
Lekin biz sellerlar endi qo‘shni bilan emas, balki Shenchjendagi fabrikalar bilan raqobat qilishga to'g'ri keladi.

😂 Ironiya shundaki: biz cargo, logistika, Uzum Marketga yaxshiroq tovar olib kirib, kartochkalar ustidan ishlayotgan bir paytda, Uzum rasman Xitoyliklar uchun eshikni ochib qo‘ydi — o‘z tannarxi bizning xarid narximizdan past bo‘lganlarga.

Xulosa
Uzum Market Global — chiroyli nom, aslida esa xitoyliklarni olib kirish va bizni yangi “omon qolish o'yini”ga kirishga majburlash.

💬 Hamkasblar, siz nima deb o‘ylaysiz: raqobatga bardosh beramizmi yoki bu kichik do‘konlar uchun “oxir”ning boshlanishimi?

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬9🤯3
💵 Avgust oyi — 261.340.000 so'm daromad

Kuniga 10 mln savdo — yangi standart, lekin zapaslar qarshi 🤪

Assalomu alaykum, sellerlarim!

🌀 Avgust hisoboti

Avgust oyi a’lo kayfiyatda, yuqori savdo bilan o‘tdi. Beshinchi do‘kon avgust oyida ishga tushdi, sentyabr boshida esa to‘liq quvvatda ishlay boshladi. Ikki pozitsiyada stoklar butunlay sotilib ketdi (doimgiday 😂), shuning uchun yangi partiyalarni shoshilinch buyurtma qilishga to‘g‘ri keldi.

Odatdagidek, zaxiralar yana kutilmagandek tez tugap qoldi: barcha do‘konlarda ko‘plab tovarlar avgustda tez sotilib ketdi. Oxirgi xaftalari deyarli har kuni kunlik aylanmamiz 10 mln so‘mdan yuqori bo‘ldi va bu zo‘r natija. Agar stoklar yetganida, sentyabr oyini 300 mln so‘m bilan yopishimiz aniq edi. Lekin sellerlik hayoti shunday: ko‘proq fouda qilishni xohlasang — ko‘proq zaxira qil. Afsuski bizni byudjet rezina emas. 🤷‍♀️

🗓️ Rejalar

Deyarli barcha do‘konlarda ba'zi tovarlar stoklari tugadi, lekin biz yangi partiya tovarlar ustidan ishni boshlab yubordik. Qisman to‘lab bo‘ldik, qolgani tez orada to‘lanadi.
Yetib kelishi oktyabr o‘rta-oxirida kutilmoqda. Tovarlar hajmini oshirdik, hech bo‘lmaganda bir oyga yetsin deb. 11.11 ga qadar yetib keladi deb umid qilamiz.
— Rejalarda bir-ikki yangi mahsulot ham bor — xozircha o‘rganayapmiz. Hozir esa bazani ushlab turib, omborlarni ishonchli tovarlar bilan to‘ldiramiz.

📊 Yangi postavkani moliyaviy ko‘rsatkichi:
🔵 Tovarlar uchun to‘lov — 20.256$
🟢 Kutilayotgan foyda — 42.604$
🟩 Kutilayotgan sof foyda — 19.118$


📊 #Finstat | Avgust 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 261.340.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar soni: 1569 dona
🟩 Sof: 70.600.000 so‘m (5650$)

🏪 Do‘konlar bo'yicha:

🍇 Uzum #1 — Birinchi shep
💰 Tushum: 94.790.000 so‘m

🍇 Uzum #2 — Sezonga qaramasdan yordi
💰 Tushum: 83.028.000 so‘m

🍇 Uzum #3 — Qullikdan ozod etildi
💰 Tushum: 30.789.000 so‘m

🍇 Uzum #4 — Yangi boy
💰 Tushum: 28.156.000 so‘m

🟡 Yandex.Market #5 — Xali senlarga ko'rsataman
💰 Tushum: 24.577.000 so‘m

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 169.742.000 so‘m
🔵 Marketing 6.955.000 so‘m
🔵 Soliqlar 8.166.000 so‘m
🔵 Ombor 2.480.000 so‘m
🔵 Boshqa 2.030.000 so‘m
🔵 Transport 1.100.000 so‘m
🔵 Zarar 267.000 so‘m

Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor.
Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlab, yangi yo‘nalishlarni sinab, tajriba ortirib o‘z maqsadingiz sari yurishni davom eting.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
122👍2😁11
🟡 Market Yandex Go dan super taklif

Tasavvur qiling noyabr oyidagi aksiyalarni:
Minglab xaridorlar bayram uchun sovg‘alar, kiyim-kechak va texnika izlamoqda. Kimdir Market Yandex Go ochadi va aynan sizning mahsulotingizni tanlaydi🌟

Buning haqiqatga aylanishi uchun — hoziroq ulaning!

Market Yandex Go sotuvchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi:
📦 Saqlash komissiyalari 6–12 baravar past.
💸 Arzonroq tariflar: asosiy kategoriyalarda (kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, avtotovarlar, texnika, uy buyumlari va boshqalar) joylashtirish narxlari 2,5–10 p.p ga past.

🌎 Butun O‘zbekiston bo‘ylab savdolar: Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va boshqa shaharlar.

🔥 Mavsum boshlanishidan oldin marketpleysga ulaning — shunda sizning mahsulotingiz birinchi takliflar qatorida bo‘ladi.

➡️ Hozir ro‘yxatdan o‘ting

reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍111
💵 Sentyabr oyi — 274.598.000 so'm daromad

Sentyabr: havoniyam sotdik (deyarli) 🤪

Assalomu alaykum, sellerlarim!

🌀 Sentyabr hisoboti

Sentyabr biz uchun “tovarsiz oy, ammo katta tajribalarga” boy bo‘ldi.
Avgust oxirida 4-do‘kondagi hamma mahsulot tugadi, sentyabrda esa qolgan do‘konlar ham bo‘shab qoldi.
Har kuni bir xil gap: “Bu tovar tugagan”, “Bu endi sotuvda yo‘q”, “2 dona qolgan…”

💡 Sentyabrda nimalar bo‘ldi

🔹 Omborlar bo‘shadi.
Avgustdagi sotuvlardan so‘ng ko‘p tovarlar zapasi nolga teng bo'ldi 💀
Sentyabr – “omborda nima qolgan bo‘lsa, o‘shani sotsak” oyi bo‘ldi.

🔹 Yangi partiya tovarlar.
Rejamizga ko‘ra, oldindan katta partiyalar buyurtma bergan edik.
Bir qismi keldi, qolganlari yo‘lda.
Fulfillment hammasini qabul qilib, Uzum va Yandex omborlariga jo‘natdi.
Oyning oxirida savdo yana o‘sishni boshladi – nihoyat! 🤩

🔹 Yangi mavsumga tayyorgarlik.
Noyabr – 11.11 va dekabr – Yangi yil 🎄
Shu bois hozir xitoydagi postavshiklar bilan aktiv ish olib boryapmiz: byudjetlar ajratildi, yangi tovarlar tahlilda, 4–5 ta yangi tovarlar bo'yicha o'rganishlar, logistika, marja va rentabellik hisoblanmoqda.


📊 #Finstat | Sentyabr 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 274.598.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar soni: 1478 dona
🟩 Sof: 73.101.000 so‘m (6040$)

🏪 Do‘konlar bo‘yicha qisqacha

🍇 Uzum #1 — Birinchi shep.
Boshqalarga nisbatan eng barqaror, hatto tovar tugaganda ham o‘zini ushlab turdi.
Aylanma: 78.297.000
Sof foyda: 18.870.000

🍇 Uzum #2 — Jangchi.
Ombor bo‘sh bo‘lishiga qaramay, 45 mln aylanma bilan yaxshi natija ko‘rsatdi.
Aylanma: 45.673.000
Sof foyda: 9.500.000

🍇 Uzum #3 — Eng kichik, ammo samarali.
Aylanma kam, lekin foyda yuqori. Marjasi a’lo.
Aylanma: 27.065.000
Sof foyda: 8.047.000

🍇 Uzum #4 — Yangi yetakchi.
79 mln yaqin aylanma, 19.8 mln sof foyda bilan oy chempioni.
Aylanma: 79.213.000
Sof foyda: 19.851.000

🟡 Yandex.Market #5 — yoqimli kutilmagan sovg‘a.
44.3 mln aylanma, 16,8 mln sof foyda — a’lo natija.
Endi bu do‘kon to‘liq o‘zini oqladi va barqaror daromadga chiqyapti.

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 180.553.000 so‘m
🔵 Soliqlar 9.725.000 so‘m
🔵 Marketing 6.826.000 so‘m
🔵 Ombor 1.744.000 so‘m
🔵 Transport 1.600.000 so‘m
🔵 Boshqa 850.000 so‘m
🔵 Zarar 232.000 so‘m


🚀 Final va motivatsiya

“Seller — bu xatoni strategiyaga aylantira oladigan odam.”

Bir yil avval bizda faqat bitta do‘kon bor edi, kunlik aylanmasi 2 mln so'm.
Bugun esa 5 ta do‘kon, kunlik 10 mln aylanma, oyiga 274 mln aylanma va 73 mln sof foyda.

Harakatda baraka, izlanishda yutuq bor.
Har bir kichik qadam katta natijalarga olib kelishi mumkun. O‘z ustingizda ishlab, yangi yo‘nalishlarni sinab, tajriba ortirib o‘z maqsadingiz sari yurishni davom eting.

O'rtolar, sizlarda sentyabr qanday o‘tdi?
Kommentda yozing, natijalaringiz bilan bo‘lishing, va postga LAYK ayamang
💻

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14763😁1
📣 Uzum Marketdagi “11.11” aksiyasi haqida muhim xabar

⚠️ Hamkasblar, kechiktirmang!

Uzum Marketda “11.11” aksiyasiga kirish allaqachon ochilgan.

Tovaringiz aksiyaga kirmasligi yoki tizim “osilib qolmasligi” uchun — bugun, 10-noyabr soat 23:59 gacha aksiyaga kirishga ulgurib qoling.

Aksiya 11-noyabr soat 00:01 da start oladi.

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4211
🚀 Oktyabr oyi — 249.140.000 so'm

Oktyabr - "Kelayotgan, kelmayotgan, lekin oxiri baribir keladigan tovarlar" oyi 😂

Assalomu alaykum, Sellerlarim! ⭐️


🌀 Oktyabr hisoboti — real hayot, real savdo, real og‘riqlar.

Sentyabr oyidagi muammolar surunkali kasallik kabi oktyabrga ham o‘tib ketdi. Sentyabr “tovarsiz oy” bo‘lgan edi, oktyabr boshida esa Xitoydagi 10 kunlik bayram sabab yo‘ldagi tovarlar yana kechikdi 🤨

Bunga qo‘shimcha ravishda, bir mijozning yuklari ketayotgan fura tamojnida ushlab qolindi, hujjatlar hal bo‘lguncha yana vaqt o‘tdi 🤣

Natijada:
🔵bir qismi oktyabr o‘rtasida,
🔵bir qismi oktyabr oxirida,
🔵qolganlari noyabr o'rtalarida yetib keldi.

Shu sabab oktyabr savdosi biz kutganchalik ochilmadi va 11.11 ga to‘liq zaxira bilan kira olmadik.
Shunga qaramay, 11.11 ni to‘liq o‘tkazolmagan bo‘lsak ham, o‘sha kuni 20 mln so‘m savdo qildik 💃

“Битва проиграна, но не война.”
Ya’ni, jangda yutqazdik — lekin urushda emas.


Vaxima qilmay, sovuqqonlik bilan o‘z yo‘limizda davom etdik 💀
Kutgan barcha tovarlar noyabr o‘rtasida yetib keldi va asta-sekin savdoga chiqadi.

11.11 ni o‘tkazib yubordik — lekin oldinda bizni Dekabr va Yangi yil savdolari kutyapti.
Xitoydan yangi partiya tovarlar yo‘lda, yana to‘lov kutilayotgan partiyalar ham bor — xullas, Yangi yilga jiddiy tayyorgarlik ketmoqda.

Bizning birinchi maqsad — kuniga stabil 10 mln so'm savdo.
Agar barcha tovarlar bir vaqtda mavjud bo‘lsa, 15–20 mln so'm kunlik savdo bemalol qila olamiz.
Bu darajaga chiqish uchun bizga taxminan 5–6 oy va pul kerak 🤩

2026-chi yilga reja: oyiga 0.5 milliard so‘m savdoga chiqish 🚶‍♂️

💬 Yangi mavsumga tayyorgarlik
Dekabr va Yangi yil savdosi uchun kiritilgan sarmoyalar va foyda tahlili:
🔵 Tovarlar uchun to‘lov — 19.112$
🟢 Kutilayotgan foyda — 41.903$
🟩 Kutilayotgan sof foyda — 21.188$


📊 #Finstat | Oktyabr 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 249.140.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar: 1491 dona
🟩 Sof foyda: 64.138.000 so‘m (5300$)

🏪 Do‘konlar bo‘yicha qisqacha

🍇 Uzum #1
Aylanma: 59.362.000
Sof foyda: 14.258.000

🍇 Uzum #2
Aylanma: 84.677.000
Sof foyda: 19.250.000

🍇 Uzum #3
Aylanma: 16.583.000
Sof foyda: 4.724.000

🍇 Uzum #4
Aylanma: 47.331.000
Sof foyda: 11.164.000

🟡 Yandex.Market #5
Aylanma: 41.187.000
Sof foyda: 14.742.000

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 163.444.000 so‘m
🔵 Soliqlar 9.133.000 so‘m
🔵 Marketing 6.277.000 so‘m
🔵 Transport 2.500.000 so‘m
🔵 Zarar 2.136.000 so‘m
🔵 Ombor 912.000 so‘m
🔵 Boshqa 600.000 so‘m

📣👥 Natijaga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi, buning ortida sabr va intizom turadi, siz ham savdolaringizni to’g’ri boshqarish strategiyalariga qiziqsangiz, bizning yopiq klubimizga qo’shilishingiz mumkin.
Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz


🚀 Final va motivatsiya:

Oktyabr — bizni sinadi. Sentyabr soyasini ostida o'tdi.
Tovarlar kechikdi, yuklar chegarada turib qoldi.

Lekin bitta narsa tushmadi — bizning ruhimiz.

Qishgi savdolari endi boshlanadi.
Biz tayyormiz.

O'rtolar, sizlarda oktyabr qanday o‘tdi?
Kommentda yozing, natijalaringiz bilan bo‘lishing, Layk qani?
💻

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
104👍32
🚀 Noyabr - 300.000.000 so'm

Noyabr — Uzum ham savdoimizni sezgan oy 😂

Assalomu alaykum, Sellerlarim! ⭐️


🌀 Noyabr hisoboti — real hayot, real savdo, real og‘riqlar.

Noyabr oyi juda zo‘r o‘tdi.
Biz haqiqatan ham kayf oldik va kutilgan rekordni qo‘ydik — oyiga 300+ mln so‘m aylanma, sof foyda 90.950.000 so‘m (7485 $), moshin olamizmi? 🤩

Muhim jihati shundaki:
biz mavsumiy tovarlar sotmaymiz,
ammo noyabr oyida avvalgi oylar davomida Xitoydan buyurtma qilingan barcha tovarlar yetib keldi — va savdolar darhol yuqoriga qarab ketdi.

Yana bir muhim qadam.
biz Uzum Market’da 5-chi do‘konni ishga tushirdik,
bu esa umumiy tizimimizni yanada kuchaytirdi 🚶‍♂️

Har doimgidek, noyabrda ko‘p tovarlar sotildi,
shu sabab dekabr hozir tinchroq ketmoqda,
noyabr darajasida bo‘lmasa ham, natijadan mamnunmiz.

Eng yaxshi kunlarda kuniga 15–20 mln so‘m savdoga chiqdik 🚀
va eng muhimi biz shuni aniq tushundikki:
🟢qaysi tovarlarga asosiy e’tibor berish kerak,
🟢va qaysilaridan katta partiyalar bilan zaxira qilish zarur,
🟢shunda savdoni barqaror ravishda 15–20 mln oralig‘ida ushlab turish mumkin bo‘ladi.

Bu esa bizni asosiy maqsadimizga yaqinlashtiradi,
oyiga 0.5 milliard so‘m aylanma 🔥

Noyabr bizga berdi:
🟩ishonch
🟩kuchli motivatsiya
🟩miqyosni ko‘rish
🟩endi biz kengayish, masshtablash va yangi investitsiyalarni jalb qilishga tayyormiz.

⚠️ Yandex Market haqida alohida

Noyabr oyida biz Yandex Market’dagi do‘konni boshqa YTTga ko‘chirdik.
Ochig‘ini aytsam — bu jarayon juda qiyin va asabiy bo‘ldi.

Shu sabab:
🔵Yandex’dagi savdolar vaqtincha pasaydi va hali to‘liq tiklanmadi

Lekin eng muhimi — jarayon tugadi.
Endi biz to‘liq tayyormiz va yangi yildan boshlab Yandex Market’da to‘liq quvvat bilan ishlaymiz.

💬 2026 yil savdosi uchun kiritilgan sarmoyalar va foyda tahlili:
🔵 Tovarlar uchun to‘lov — 22.421$
🟢 Kutilayotgan foyda — 57.600$
🟩 Kutilayotgan sof foyda — 32.994$

📊 #Finstat | Noyabr 2025 hisoboti:

🔵 Umumiy savdo: 303.190.000 so‘m
🟢 Sotilgan tovarlar: 1275 dona
🟩 Sof foyda: 90.950.000 so‘m (7485 $)

🏪 Do‘konlar bo‘yicha qisqacha

🍇 Uzum #1
Aylanma: 85.299.000
Sof foyda: 25.879.000

🍇 Uzum #2
Aylanma: 65.106.000
Sof foyda: 17.855.000

🍇 Uzum #3
Aylanma: 46.945.000
Sof foyda: 12.107.000

🍇 Uzum #4
Aylanma: 44.728.000
Sof foyda: 14.140.000

🍇 Uzum #5
Aylanma: 35.341.000
Sof foyda: 12.212.000

🟡 Yandex Market #6
Aylanma: 25.771.000
Sof foyda: 8.757.000

🕯 Xarajatlar:

🔵 Tovarlar 188.437.850 so‘m
🔵 Soliqlar 10.092.800 so‘m
🔵 Marketing 9.164.850 so‘m
🔵 Transport 2.500.000 so‘m
🔵 Ombor 947.000 so‘m
🔵 Zarar 698.000 so‘m
🔵 Boshqa 400.000 so‘m

📣👥 Natijaga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi, buning ortida sabr va intizom turadi, siz ham savdolaringizni to’g’ri boshqarish strategiyalariga qiziqsangiz, bizning yopiq klubimizga qo’shilishingiz mumkin.
Sizni qo’llab quvvatlash va natijalarga olib chiqish bizni ham xursand qiladi.
Ma'lumot uchun: @iSellerUz

🚀 Final va motivatsiya

Noyabr bizga bitta oddiy haqiqatni ko‘rsatdi:
agar tovar bo‘lsa, strategiya bo‘lsa va sovuqqonlik bilan harakat qilinsa — natija keladi.

Ha, qiyinchiliklar bo‘ldi.
Ha, Yandexda savdo pasaydi.

Lekin shu bilan birga biz:

✔️ yangi rekord qo‘ydik

🌀 do‘konlar tizimini kuchaytirdik

💧 kunlik maksimal ko‘rsatkichlarga chiqdik

va keyingi bosqichga juda yaqinlashdik

Oldinda hali katta ishlar bor,
🟢natijani mustahkamlash,
🟢oyiga 0.5 milliard so‘mga chiqish.

Biz bilan birga bo‘lgan, o‘qigan va o'sayotgan barchaga rahmat.
Kommentda natijalaringiz bilan bo‘lishing, Layk qani? 💻

➡️Sellerman.uz | Uzum va Yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1064