Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich hamda fakultet jamoasi tomonidan 1- va 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni yakuniy imtihonlar oldidan qo‘llab-quvvatlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar bilan gulxan atrofida samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning yashash sharoiti, darslarga tayyorgarligi hamda yakuniy imtihonlarga hozirlik jarayoni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, gulxan atrofida kuy-qo‘shiqlar yangrab, musiqiy chiqishlar orqali talabalar kayfiyati yanada ko‘tarildi. Ushbu samimiy uchrashuv talabalarga unutilmas taassurot ulashdi hamda ularni oldinda turgan imtihonlarga yanada ruhlantirdi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🤩2❤🔥1
Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori H.Isomov tashabbusi bilan Olimpiya va paralimpya shon shuhrat muzeyiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari sovrinlar,sport anjomlari va tarixiy suratlari namoyish etilgan.
Muzey xodimlari tomonidan sport tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi. Sportchilarning mehnati, intilishi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi haqida ko‘plab foydali bilimlarga ega bo'lishdi.
Shuningdek, muzeyda zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv ko‘rgazmalardan tashkil topgan.
Bu tashrif yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrat muzeyi nafaqat tarixiy maskan, balki yoshlarni vatanparvarlik, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ruhida tarbiyalovchi muhim ma’naviy maskan sifatida muhim rol o'ynaydi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Joriy yilning 18.05.2026 sanasida Ingliz tili 2-fakulteti tyutori S.Muxitdinova va talabalar Olmazor tumanidagi «Millat fidoiyllari» xiyoboniga tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.
Park ekspozisiyasida muzey devorlari ichida jonlanib kelayotgandek urush davri manzaralari, harbiy oficerlarning manikenlari, xandaklar, dubinkalar va dala oshxonalari, temir yo’l vokzali, eski kutubxonalar bo’lgan joylar kompozisiyalari aks ettirilgan.
Bog’ hududida, ochiq havoda, harbiy texnika va qurol-yarog’ ko’rgazmasi bilan yaqindan tanishish mumkin.
Tashrifdan asosiy maqsad talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Joriy yilning 18 may kuni O’ZDJTU Ingliz tili 2 fakulteti Ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchilari Bobokulova Salomatxon Yashin qizi va Shamsiddinova Gavhar Dilshod qizi tomonidan 4-kurs talabalari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.
Talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida “Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir orqali yoshlar ongida milliy an’analarimizga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash ko‘zda tutildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zbek xalqining urf-odatlari, milliy qadriyatlari va udumlari haqida ma’ruzalar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar xalqimizning boy madaniy merosi, mehmondo‘stlik, kattaga hurmat va kichikka izzat kabi qadriyatlarning ahamiyatini yoritib berdilar.
Shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish va tabiatni asrashga bag‘ishlangan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Talabalar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik mas’uliyat va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir mazmunli, ko‘tarinki ruhda va taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
📅 18-may Ingliz tili ikkinchi fakultetida tyutori Sodiqova Durdona Kosimovna tashabbusi bilan 2504-guruh talabalari ishtirokida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
✨ Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etishdi. Bahslar qiziqarli va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.
💬 Tadbir jarayonida ishtirokchilar shaxmatning inson tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashishdi hamda mazmunli vaqt o‘tkazishdi.
Bunday musobaqalar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga, diqqat va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2