Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
6.33K photos
551 videos
2 files
789 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🧠🧠🧠🧠

🇺🇿 “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

📅2026-yilning 7-may kuni Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Sodiqova Durdona Kosimovna tashabbusi bilan 2504-guruh talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘yin davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va qiziqarli muhit yuzaga keldi.

Talabalar faol ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi.

Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bilim saviyasini oshiradi, fikrlash doirasini kengaytiradi va ularni izlanishga undaydi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰2💘2
🟦🟦

Startup Brainstorm Session

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida startap ekotizimini rivojlantirish, talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni o‘z startap loyihalarini yaratish va rivojlantirish jarayonida amaliy jihatdan yo‘naltirish maqsadida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i   F. Abdullayeva hamda 2-ingliz fakulteti talabalari ishtirokida Startup Brainstorm Session tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan innovatsion va istiqbolli startap g‘oyalari muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish, biznes modelini shakllantirish, jamoa bilan ishlash hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiya va yo‘nalishlar berildi.  Shuningdek, g‘oyalarni tijoratlashtirish, ularni investitsion loyihalarga aylantirish va bozorga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Ushbu Startup Brainstorm Session yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularni startap faoliyatiga yo‘naltirish hamda universitetda startap ekotizimini  rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2539-guruh talabalari tyutor Xamidova Shahnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Muzey va bog‘ hududidagi tarixiy lavhalar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar jasoratiga cheksiz hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tarixni qadrlashga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti 😊ingliz tili ikkinchi fakulteti kengashi tomonidan 2026-yilning 8-may kuni " Dekan kubogi " 😍zakovat musobaqasi taqdirlash marosimi tashkil qilindi. Tadbirda ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich ishtirok etdi.

Tadbirda g‘olib va sovrindor jamoalarga hamda musobaqa davomida faol ishtirok etgan jamoalarga ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich tomonidan sertifikatlar topshirildi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilarning intellektual salohiyati e’tirof etilib, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham omad tilandi.

Dekan kubogi yakuniy tur natijalariga koʻra ushbu jamoalar yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan edi:
1) Turon 175
2) Sharqiy Qirollik 157
3) Antigrob 152

Jamoalarga keyingi musobaqalarda ham omad tilab qolamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📱Telegram |📱 Instagram |
📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2❤‍🔥11