Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
6.33K photos
551 videos
2 files
789 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
AN'ANAVIY TALABALAR KONFERENSIYASI — PRESETT DAY

🗓2026-yil 6-may kuni 🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 😊Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili integratsiyalashgan kursi №2 kafedrasi tomonidan tashkil etilgan PRESETT DAY talabalar konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

📍Hall 201 da bo‘lib o‘tgan ushbu ilmiy-amaliy tadbir talabalar bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan tanishish hamda tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Shuningdek, dastur davomida:
• Plenar sessiyalar
• Interaktiv skill station’lar (grammar, vocabulary, creativity)
• Student challenge’lar va tanlovlar
• Adabiyot viktorinasi va sahna chiqishlari tashkil etildi

Tadbir davomida talabalar o‘z ilmiy va ijodiy salohiyatlarini namoyon etish, fikr almashish hamda yangi tajribalar orttirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦

Ingliz tili 2-fakulteti 1-kurs talabasi Umaraliyeva Sugʻdiyona 2531-guruh talabalari bilan Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.

📖 Tadbir davomida adibning hayoti, ijodi, she’riyati hamda adabiyotdagi oʻrni haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Talabalar tomonidan uning ijodidan namunalar oʻqilib, asarlaridagi insonparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari alohida ta’kidlandi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi:
yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish;
📚 Aleksandr Faynberg ijodini keng yoritish;
🎓 talabalarning adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirishdan iborat boʻldi.

Bunday tadbirlar yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashi va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32❤‍🔥1👍1🔥1🥰1🎉1🤗1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tashrif.

🗓Joriy yilning 07.04.2026 sanasida 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori M. Xudayberdiyeva va Sh.Xamidova hamda XT2-2530, XT2-2531-guruh talabalari bilan birgalikda "Motamsaro ona" haykali poyiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrifdan koʻzlangan maqsad yoshlarni bugungi tinch osoyishta kunlarga shukronalik ruhida tarbiyalash hamda vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan vatandoshlarimiz nomini yod etish va abadiylashtirishdan iborat.

Zero tarixiy xotirani saqlash, tinchlikni qadrlash, o‘tganlarni yod etish va keksalarni e'zozlash har bir kishining insoniy burchidir.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1🥰1🤩1😍1😇1🤗1💘1
🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti tyutori Sodiqova Durdona Kosimovna tashabbusi bilan 2503-guruh talabalari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Vatanimiz tinchligi, ozodligi va kelajagi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Ularning mardonavor jasorati, sabot-matonati hamda Vatanga sadoqati haqida batafsil so‘z yuritilib, tarixiy voqealar esga olindi.

Shuningdek, ularning og‘ir va sinovli hayot yo‘li, urush yillaridagi fidoyiligi va insoniyat tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari alohida ta’kidlandi.

Ularning hayoti yosh avlod uchun yuksak ibrat maktabi bo‘lib, vatanparvarlik, insonparvarlik va burchga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏1
🧠🧠🧠🧠

🇺🇿 “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

📅2026-yilning 7-may kuni Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Sodiqova Durdona Kosimovna tashabbusi bilan 2504-guruh talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘yin davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va qiziqarli muhit yuzaga keldi.

Talabalar faol ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi.

Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bilim saviyasini oshiradi, fikrlash doirasini kengaytiradi va ularni izlanishga undaydi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰2💘2
🟦🟦

Startup Brainstorm Session

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida startap ekotizimini rivojlantirish, talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni o‘z startap loyihalarini yaratish va rivojlantirish jarayonida amaliy jihatdan yo‘naltirish maqsadida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i   F. Abdullayeva hamda 2-ingliz fakulteti talabalari ishtirokida Startup Brainstorm Session tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan innovatsion va istiqbolli startap g‘oyalari muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish, biznes modelini shakllantirish, jamoa bilan ishlash hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiya va yo‘nalishlar berildi.  Shuningdek, g‘oyalarni tijoratlashtirish, ularni investitsion loyihalarga aylantirish va bozorga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Ushbu Startup Brainstorm Session yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularni startap faoliyatiga yo‘naltirish hamda universitetda startap ekotizimini  rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6